Qarama qarshilik qonunyatlari - Tirik tabiatda qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi o'zgaruvchanlik va irsiyatda, avlodlarning almashinishida, salomatlik va kasalliklarda (me'yor va patologiya), jinslarning o'zaro ta'sirida namoyon bo'ladi. Miya faoliyati jarayonlari qo'zg'alish va inhibisyonning birligini taxmin qiladi. Tug'ilmasdan, o'lim bo'lmaydi, nafas olish, nafas olish. Inson psixikasi biologik va ijtimoiy birlikdir. Hayotning mohiyati assimilyatsiya va dissimilyatsiyaning birligi, ya'ni oqsillar, uglevodlar, yog'lar sintezi va shu tarkibiy qismlarni yo'q qilishdir. Yosh tanada etakchi jarayon assimilyatsiya bo'lib, bu tananing o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydi. Yetuklik davrida assimilyatsiya va dissimilyatsiya bir-birini muvozanatlashtiradi. Ammo bu muvozanat vaqtinchalik, nisbiydir. Keksalikda dissimilyatsiya hukmronlik qila boshlaydi. Bu tananing qarishi va o'limiga olib keladi. Shuning uchun gerontologiya (organizmning qarishi haqidagi fan) muammolaridan biri assimilyatsiya jarayonlarini uzoqroq va dominant qilishdir. Organizmni toksinlardan tozalash, fikrlash markazini va dori omillarini o'rgatish muammosi mavjud.
- Mukammal va tugal tahlilning bo‘lishi mumkin emasligi badiiy asar tahlilini amalga oshirishda rioya qilinadigan birinchi tamoyildir. Badiiy tahlilda mantiqiy tushunchalar asosida ish ko‘rilib, ilmiy xulosalar chiqarilsa-da, bunda aniq fanlardagi kabi bir xil natijaga kelinmasligi mumkin. San’at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq kategoriyalari va tafakkur tushunchalari qolipiga to‘liq, tugal va beshikast ag‘darish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga to‘la tushadigan, barcha qirralari tugal izohlanadigan hodisa chin san’atga tegishli bo‘lmaydi. San’at mantiqiy tushunchalarga sig‘dirish mumkin bo‘lmagan joydan boshlanadi. Binobarin, eng zo‘r tadqiqotchi ham asl ijod namunasini o‘zgacha talqinga o‘rin qoldirmaydigan tarzda to‘liq tahlil qilolmaydi.
- Chinakam badiiy matn uni idrok etgan shaxslarning saviyasi, didi, intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etilaveradi. Hatto, ba’zan bir asarning o‘zi bitta odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har xil idrok etilishi mumkindir.
- Badiiy asar tahlilida amal qilinadigan ikkinchi tamoyil har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza ekani va u hech qachon mutlaq haqiqat bo‘lmasligidir. Tahlilchi qanchalik bilimdon va mohir bo‘lmasin, uning fikrlari hamisha faqat shaxsiy mulohaza maqomida bo‘ladi. Ilmiy haqiqatlar ko‘pchilik tomonidan birday qabul qilinadi, ammo estetik haqiqatlar to‘g‘risida bunday deb bo‘lmaydi. Har bir o‘quvchi asarni o‘zicha o‘qiydi, tushunadi, ta’sirlanadi, his etadi va o‘zicha to‘xtamga keladi. Bir asarni o‘qigan bir qancha kishi o‘rtasida o‘zaro o‘xshash fikrlar bo‘lgani singari, bir-birini mutlaqo inkor etadigan qarashlar uchrashi ham tabiiy holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |