Badiiy tahlilning muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlik hisoblanadi. Yaxlitlik talabi o‘rganiladigan badiiy asarga mustahkam estetik tizim sifatida istalgancha tarkibiy qismlarga ajratib tashlash mumkin bo‘lmagan butunlik tarzida yondashishni ko‘zda tutadi. San’at asarining butunligiga daxl qilinmagandagina uning ichiga kirib borish, mohiyatini anglash mumkin. Inson intelekti, tuyg‘ulari va ma’naviyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan badiiy tahlil har bir shaxsning yaxlit ijtimoiy-biologik hodisa ekanini hisobga olishi zarur. Chunki insonga avval aqliy, so‘ng axloqiy, so‘ngra jismoniy, undan keyin mehnat, undan so‘ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hokazo tarzidagi sifatlarni singdirib bo‘lmaydi. Odam yo turli omillar ta’sirida bir qator ma’naviy xususiyatlarga ega yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to‘la ma’nodagi shaxsga aylanolmay qolaveradi. - Badiiy tahlilning muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlik hisoblanadi. Yaxlitlik talabi o‘rganiladigan badiiy asarga mustahkam estetik tizim sifatida istalgancha tarkibiy qismlarga ajratib tashlash mumkin bo‘lmagan butunlik tarzida yondashishni ko‘zda tutadi. San’at asarining butunligiga daxl qilinmagandagina uning ichiga kirib borish, mohiyatini anglash mumkin. Inson intelekti, tuyg‘ulari va ma’naviyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan badiiy tahlil har bir shaxsning yaxlit ijtimoiy-biologik hodisa ekanini hisobga olishi zarur. Chunki insonga avval aqliy, so‘ng axloqiy, so‘ngra jismoniy, undan keyin mehnat, undan so‘ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hokazo tarzidagi sifatlarni singdirib bo‘lmaydi. Odam yo turli omillar ta’sirida bir qator ma’naviy xususiyatlarga ega yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to‘la ma’nodagi shaxsga aylanolmay qolaveradi.
- Badiiy asarga mo‘jizaviy bir butunlik tarzida yondashilmasa, uning siru jozibasi yo‘qqa chiqib, ta’sir qudratidan mahrum bo‘ladi. O‘rganilayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkov yondasha bilish va uning qismlarida buzilmas butunlikning jozibasi borligini kashf etish tahlil muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omildir.
- Badiiy tahlilda amal qilinishi kerak bo‘lgan zarur tamoyillardan biri tizimlilikdir. Tizimlilik yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo‘lib, unda badiiy asarni tashkil etgan unsurlarning muayyan tizimli ko‘rinishda bo‘lishi hisobga olinadi. Asl san’at asaridagi barcha badiiy unsurlar biri ikkinchisiga chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Biror bir asarda portret, o‘xshatish, peyzaj, ko‘chim, mubolag‘a, kichraytirish singari vositalar tasodifiy ravishda kelmaydi va tasvirning umumiy darajasiga ta’sir qilmay qolmaydi. Tahlil tekshirilayotgan asardagi badiiy unsurlarning ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy-kommunikativ, tasviriy-ifodaviy qonuniyatini ochishga qaratiladi.
-
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |