Qushlar sayramoqda,
Gullarda shabnam,
Misoli ko’zyosh.
Muzlatkich eshigini bir dyuymcha ochgandim hamki, Marla yelkam orqasidan
menga qarab so’raydi:
- Tushlikka nima yeymiz?
Maymuncha o’z aksiga qarab gapiradi:
- Men xudo qarg’agan yuqumli kasallikman.
Bir oylar avval Marla muzltkichda nima saqlanayotganini ko’rishini istamagan
edim. Endi esa buni o’zim ko’rishni istayman.
Ey, xudo! Tayler!
Marla meni sevadi. U Tayler ikkimiz o’rtamizdagi farqni bilmaydi.
- Qaytib kelganingdan xursandman, - deydi Marla. – Biz gaplashib
olishimiz kerak.
Ha, albatta, deyman men. Gaplashib olishimiz kerak.
Men muzlatkichni ochishga o’zimni majburlay olmayapman.
Men – Joning bo’sh xaltasiman.
Marlaga muzlatkichdagi hech narsaga tegma, deyman. Xatto ochishni ham
xayolingga keltirma. Biror narsa topsang o’zing ham yema, mushukka ham berma.
Maymuncha oynadan bizga qarab, yaxshisi tashqariga chiqishimizni so’raydi.
Boshqa joyda gaplashib olamiz.
Yerto’la zinasida turib olgan boshqa bir maymuncha qolganlariga ma’ruza
o’qiyapti:
- Napalm tayyorlashning uch uauli. Birinchisi: benzin va muzlatilgan
apelsin sharbatini teng miqdorda aralashtiring. Ikkinchisi: xuddi shuning
o’zi, faqat sharbat o’rniga – diet kola. Uchinchisi: mushukning qurib
qolgan axlatini benzinda eritish.
102
Biz Marla bilan “Qog’ozchilar ko’chasidagi sovun zavodi”dan chiqib,
“Dennining sayyoralari” restoranidagi alohida kabinetga, zarg’aldoq sayyoraga
o’tamiz.
Men Taylerning inglizlar yangi yerlarni bosib olishgan paytda, u yerlarga
Angliyadagi joylarning nomlarini qo’yishganini aytib bergani yodimga tushadi.
Inglizlar hamma joyga o’z nomlarini berishgan. Deyarli hammasiga.
Masalan, Irlandiyada.
Avstraliyada Nyu-London bor.
Hindistonda ham Nyu-London bor.
Aydaho shtatida ham Nyu-London bor.
Nyu-York shatatida Nyu-York bor.
Kelajakni tasavvur qilaman.
“IBM” yulduzlar turkumi.
“Filip-Morris” galaktikasi.
“Denni” sayyorasi.
Har bir sayyoraga unga birinchi bo’lib yettib brogan korporatsiya nomi beriladi.
“Budvayzer” sayyorasi.
Ofitsiantimizning boshida kattagina g’urra bor, u qarshimizda tovonlarini
birlashtirgancha tek turibdi.
- Ser! – deydi u. – Buyuring, ser! Nima istasangiz ham, siz uchun bepul,
ser!
Hamma sho’rvaga peshob qo’shilgandek tuyulaveradi.
Ikkita kofe, iltimos.
Marla so’raydi:
- Nega tekin?
Ofitsiant meni Tayler Dyorden deb o’ylayapti, javob beraman men.
Unaqa bo’lsa, deydi Marla, menga qovurilgan mollyuska, mollyuskali sho’rva,
qaynatilgan kartoshka va qayla bilan qovurilgan jo’ja va shokoladli tort keltiring.
Oshxonaga qaragan kichkina tirqishdan uch oshpazni ko’raman. Ulardan birining
labi tepasida choklar bor. Ular men va Marlani ko’rib, bint bilan o’ralgan
boshlarini bir-biriga yaqinalshtirib, pichirlasha boshlashdi. Men ofitsiantga iltimos,
bizga toza ovqat bering, dedim. Siz qo’shadigan narsalarsiz.
- Unaqada, ser, - deydi ofitsiant, - xonimga mollyuskali sho’rvani ichishni
maslahat bermagan bo’lar edim.
Rahmat. Unda mollyuskali sho’rva kerak emas. Marla menga hayron bo’lib,
tikiladi. Men unga, menga ishon, deyman.
Ofitsiant harbiychasiga burilib, oshxona tomon yo’l oladi.
Kichik tirqishdan uch oshpaz men tomon bosh barmoqlarini ko’tarib qo’yishadi.
- Tayler Dyorden bo’lish unchalik yomon emas ekan, - deydi Marla.
Bugunda boshlab, deyman Marlaga, har tunda mening ortimdan kuzatishing,
qayerda bo’lganim, kim bilan uchrashganim, hukumat a’zolaridan birortasini axta
qilgan-qilmaganimni va shunga o’xshash narsalarni qayd qilib borishing kerak.
Men cho’ntagimdan hamyonimni olib, Marlaga haydovchilik guvohnomamni
ko’rsataman.
Mening ismim Tayler Dyorden emas.
103
- Lekin hamma seni shu ism bilan taniydiku, - deydi Marla.
Lekin o’zim bu mening ismim emasligini bilaman.
Ishda ham meni tayelr deb chaqirishmaydi. Boshlig’im meni boshqacha ataydi.
Ota-onam ham.
- Qanaqasiga, - so’raydi Marla, - ayrimlar uchun sen Tayler Dyordensanu,
ayrimlar uchun boshqami?
Birinchi marta Taylerni uxlayotganimda uchratgandim.
Men deyarli aqldan ozgan edim, men uchayotgan samolyot qulashini istagandim.
Men rakka chalinganlarga havas qilardim. Hayotimdan nafratlanardim. Ishim,
mebellarimdan nafratlanardim, men haotimni qanday qilib o’zgartirishni
bilmasdim.
Men hammasiga yakun yasashni istardim.
Men o’zimni tuzoqqa tushgandek his qilardim.
Men tamom bo’lgandim.
Men o’z inimdan chiqishni istardim. Samolyot kreslosida o’tirgan iste’molchi
rolini o’ynash jonimga tekkandi.
Shved mebeliga o’lim!
San’atga o’lim!
Ishdan ta’til oldim. Plyajda uxlab qoldim, uyg’ongach yalang’och, terga botgan,
sochlari ko’ziga tushgan Tayler Dyordenni ko’rdim.
U tayoqlardan qo’lning soyasini hosil qildi va o’zi yaratgan mukammal asar
oldiga o’tirdi.
O’zi mukammal narsadan yana nimadir talab qilinmaydi.
Ammo men bu plyajda umuman uyg’onmagan bo’lishim ham mumkin.
Balki, hammasi Blarnidagi toshlarga peshob chiqargan kunimdan boshlangandir.
Men uxlayapman deb o’ylagan paytimda, aslida uxlamayotgan bo’laman.
“Dennining sayyoralari”dagi boshqa stollar oldida ko’kargan ko’zini menga
tikib, kulib turgan bir, ikki, uch, to’rt, beshta yigitni ko’raman.
- Ha, - deydi Marla, - sen uxlamayan.
Tayler Dyorden o’z hayotini yashashni boshlagan mening xayolotim mahsuli.
- “Psixo” filmidagi Toni Perkinsning onasi kabimi? – deydi Marla. –
Qoyil! Hammaning o’ziga yarasha kamchiliklari bor. Bir vaqtlar
pirsingdan o’zini to’xtata olmaydigan yigit bilan uchrashib yurganman.
O’ylashimcha, deyman men, uxlaganimda Tayler mening charchagan tanamdan
qandaydir jinoyat sodir qilish maqsadida foydalanadi. Tongda esa xuddi mijja
qoqmagandek charchoq va og’riq bilan uyg’onaman.
Keyingi safar ertaroq o’rnimga yotaman.
Ammo bu keyingi tunda Taylerning vaqti yanada ko’proq bo’lishini anglatadi.
Qancha ko’p uxlasam, Taylerning shuncha ko’p vaqti bo’ladi.
- Ammo Tayler – bu sensanku, - deydi Tayler.
Yo’q.
Men – u emasman.
Menga Tyaler Dyordenning ko’p jihatlari yoqadi. Jasurligi va tabassumi.
Qat’iyati. Tayler – xushchaqachaq, kirishuvchan, kuchli va mustaqil. Odamlar
104
unga ishonishadi, u dunyoni yaxshi tomonga o’zgartira olishiga ishonishadi. Tayler
– erkin, hech kimga bo’ysunmaydi. Men esa yo’q.
Men Tayler Dyorden emasman.
- Sen adashayapsan, Tayler, - deydi Marla.
Tayler ikkimizning tanamiz bir. Men buni yaqinda bildim. Tayler Marla bilan
tunni o’tkazganda, men uxlaganman. Tayler harakat qilganda va gapirganda, men
uxlayapman deb o’ylaganman.
Jangovor klub va “Vayron qilish rejasi”da meni Tayler Dyorden deb bilishadi.
Agar borgan sari erta yotib, kech turishda davom etadigan bo’lsam, bir kun kelib,
butkul yo’qolib ketaman.
Uxlashga yotaman va qaytib uyg’onmayman.
Marla deydi:
- Xuddi daydi hayvonlar markazidagi jonivorlar kabimi?
Bechora itlar. Agar ular kimgadir yoqib qolib, uni o’ldirishmagan taqdirda ham,
axta qilib qo’yishadi.
Bir kun kelib, uyg’onmayman va Tayler g’olib bo’ladi.
Ofitsiant qahva olib keladi.
Kofeni hidlayman. Yaxshi, undan qahvaning hidi kelmoqda.
- Yaxshi, - deydi Marla, - senga ishongan taqdirimda ham, mendan nima
istaysan, o’zi?
Tayler g’olib bo’lmasligi uchun Marla mening uxlashimga yo’l qo’ymasligi
kerak. Hech qachon.
Tayler Marlaning hayotini saqlab qolgan tunda u ham Taylerdan uni uxlashiga
yo’l qo’ymagan edi.
Uxlashim bilan, Tayler nazoratdan chiqadi va qandaydir daxshatli hodisa ro’y
berishi aniq.
Agar uxlab qolgan taqdirimda ham, Marla Taylerning ortidan kuzatib borishi
kerak. Shundagina uning rejalarini buza olaman.
105
24
Uning ismi Robert Polson, Yoshi qirq sakkizda edi. Uning ismi Robert Polson
edi, endi u hech qachon qarimaydi.
Uzoq muddatni olib qaraganda, hammamizning yashab qolishimiz ehtimolligi
nolga teng.
Katta Bob.
Bu bir qop yog’ doimiy uy vazifasini bajarayotgan edi. Muzlatish va teshik
ochish. Tayler aynan shu usul bilan mening eshigimni ochib, qo’lbola dinamit
yordamida kvartiramni portlatgan edi. Freonli ballonchani olasan, eng ma’quli R-
12 (lekin uni hozirda ozon qatlamining yemirilishi va shunga o’xshash ekologik
muammolar tufayli topish amrimahol), R-13 ham bo’laveradi, uni eshik oshiq-
moshig’iga u muzlab qolguncha sepasan.
Shuningdek doimiy uy vazifasi paytida bankomatlardan payvandlab teshik ochib,
ichini solidol, vanilli pudding yoki sement bilan to’ldiramiz.
Bularni “Vayron qilish rejasi” pulga muhtoj bo’lgani uchun qilmaymiz. Biz
sovun uchun berilgan buyurtmalarga ko’milib ketganmiz. Rojdestvo arafasida
buyurtma yanada ko’payadi, tog’risi o’shanda hammasini bajarib ulgurishimizga
ishonmayman. Uy vazifasi asasblarni mustahkamlash uchun kerak. Jangovor
kayfiyatni oshirish uchun. “Vayron qilish rejasi”ga hissa qo’shish uchun.
Cho’kich o’ringa elektrodrildan ham foydalansa bo’ladi. Effekt o’zgarmaydi,
shovqin kamroq bo’ladi.
Aynan uzatkichsiz elektrodrilni politsiyachilar Katta Bobga o’q uzishayotganda
qurol deb o’ylashgandi.
Katta Bobda “Vayron qilish rejasi”da iz qoldirish uchun kerak bo’ladigan hech
qanday xususiyat yo’q edi.
Uning cho’ntagidan bir vaqtlar qanaqadir kulturistlar konkursida tushgan suratini
topishdi. Ahmoqona hayot, degandi Bob. Projektorlar nuridan ko’rish
qobiliyatingni yo’qotasan, musiqa sadosidan qulog’ing kar bo’ladi, keyin esa
hakam o’ng trisepsni ko’rsatishni buyurdi.
Menga qo’llaringizni ko’rsating.
Chap qo’lni bukib, bisepsni qotiring.
To’xta!
Qurolni tashla!
Bu oddiy hayotga qaraganda yaxshiroq, baribir.
Uning qo’lida o’pichim shaklidagi chandiq bor. Taylerning o’pichi. Katta Bob
sochlarini qirib tashlagan. Barmoq izlarini ishqor yordamida kuydirgan. Qo’lga
tushgandan o’lgan afzal. Agar seni hibsga olishsa, “Vayron qilish rejasi”dan
chetlatilasan. Boshqa uy vazifasi olmaysan.
Bir lahza avval Robert Polson butun olam atrofida aylanayotgan yorug’lik edi,
mana endi shunchaki jonsiz tanaga aylandi. Politsiyachining bittagina o’qi va o’lim
mo’jizasi amalga oshdi.
Har bir jangovor klubda bu kecha klub yetakchisi yigitlar atrofida aylanar ekan,
shunday baqiradi:
106
- Uning ismi – Robert Polson.
Yigitlar bir ovozda takrorlashadi:
- Uning ismi – Robert Polson.
Yetakchi baqiradi:
- Yoshi qirq sakkizda.
Olomon takrorlaydi:
- Yoshi qirq sakkizda.
Yoshi qirq sakkizda, jangovor klub a’zosi edi.
Yoshi qirq sakkizda, “Vayron qilish rejasi”da ishtirok etardi.
Faqat o’lganimizdan so’nggina o’z ismimizga ega bo’lamiz, chunki o’lgach endi
nomsiz kuch bo’la olmaymiz. O’lim bizni qahramonga aylantiradi.
Olomon hayqiradi:
- Robert Polson.
Olomon hayqiradi:
- Robert Polson.
Olomon yana hayqiradi:
- Robert Polson.
Men bugun jangovor klubga uni tarqatib yuborish uchun keldim. Men yerto’la
o’rtasida chiroq tagida turib olaman, olomon meni xursandchilik hayqiriqlari bilan
qarshilaydi. Hamma uchun men Tayler Dyordenman. Aqlli. Kuchli. Qat’iyatli.
Odamlarni tinchlantirish uchun qo’limni ko’taraman va deyman: balki yetar, nima
deb o’ylaysiz? Uyingizga jo’nang va jangovor klub haqida unuting.
Meninmcha jangovor klub o’z ishini bajarib bo’ldi, shunday emasmi?
“Vayron qilish rejasi” bekor qilinadi.
Aytishlaricha bugun televizorda ajoyib o’yin bo’lar ekan…
Yuzlab kishi jim bo’lib, qorong’ilikdan men tomonga tikilishadi.
Odam o’ldi, deyman men. O’yin tugadi. Hazil-hazil bilan juda jiddiylashib
ketdik.
Kutilmaganda orqa tarafdan klub yetakchisining menga notanish ovozi eshitiladi:
- Jangovor klubning birinchi qoidasi – hech kimga jangovor klub haqida
aytilmasin.
Uyingizga keting, baqiraman men.
- Jangovor klubning ikkinchi qoidasi – hech qachon hech kimga jangovor
klub haqida aytilmasin.
Jangovor klub yopiladi. “Vayron qilish rejasi” bekor qilinadi.
- Jangovor klubning uchinchi qoidasi – jangda faqat ikki kishi qatnashadi.
Men – Tayler Dyordenman, baqiraman men. Hammangizga uyingizga daf
bo’lishingizni buyuraman!
Ammo biror kishi menga xattoki, qarab ham qo’ymaydi.
Yetakchining ovozi yerto’la bo’ylab tarqaladi. Jangda faqat ikki kishi qatnashadi.
Yalangoyoq va ko’ulaksiz jang qilinadi.
Jang qancha kerak bo’lsa, shuncha davom etadi.
Bu so’zlar hozir yuzlab shaharlarda olti tilda jaranglamoqda.
Qoidalarni aytish mrosimi yakunlandi, men esa hamon chiroq tagida turibman.
107
- Birinchi vaqti keldi – aylana hosil qiling! – qorong’ilikdan baqiradi klub
yetakchisi. – Aylana markazi tozalansin!
Joyimdan qimirlamayman.
- Aylana markazini tozalang!
Joyimdan qimirlamayman.
Chiroq yuzlab menga tikilib turgan yuzlab ko’zlarda aks etadi. Men ularning
ko’zlariga Tayler kabi qarashga harakat qilaman.
- Aylana markazi tozalansin!
Bu jangovor klubdagi odatiy holat. Klub yetakchisiga uch marta bo’ysunmagan
klubdan chetlatiladi.
Ammo men Tayler Dyordenman. Men o’ylab topganman jangovor klubni. Men
yozganman bu qoidalarni. Birortangiz bu yerda turmgan bo’lardingiz, agar men
bo’lmaganimda. Klubni tarqatib yuborishni buyuraman!
- Klub a’zolari, klubdan chetlatilishga tayyorlaning uch, ikki, bir…
Aylana siqiladi va yuzlab barmoqlar meni tutib, yuqoriga ko’taradi.
Qalbingizning qutqarilishiga tayyorlaning o’n, to’qqiz, sakkiz...
Meni yuqoridan bir-birlarining boshlari uzra uzatishadi. Men suzmoqdaman.
Yo’q, men uchmoqdaman.
Biu mening klubim, baqiraman men. “Vayron qilish rejasi” – mening g’oyam.
Sizning meni chetlatishga haqingiz yo’q. bu yerda buyruqni men beraman. Uy-
uyingizga tarqaling.
Yetakchi buyruq beradi:
- Birinchi vaqti keldi – aylana bo’lib turing!
Men ketmayman. Taslim bo’lmayman. Ko’ramiz hali. Boshliq menman bu
yerda.
- Jangovor klub a’zosini chetlating!
Qalb qutqarildi.
Men asta-sekinlik bilan klub eshigidan qorong’i, sovuq, yulduzlarga to’la tun
tomon uchaman. Va avturargohning betoniga yiqilaman. Meni uloqtirgan qo’llar
eshik ortiga yo’qoladi, eshik esa darhol qarsillab yopiladi. Yuzlab shaharlarda
jangovor klub yig’ilishlari davom etmoqda. Mensiz.
108
25
Menimcha, bu bir yil avval sodir bo’lgan edi. O’shanda uxlashni istagandim.
Uyg’tib bo’lmas, ahmoqona, o’lik uyquni istagandim. Endi esa hammasidan ham
uxlab qolishdan qo’rqaman. Men Marlaning oldida, “Regent” otelining “8G”
xonasidaman. Bu yerda, keksalar va giyohvandlar bilan to’lgan bu binoga mening
hozirgi ahvolim juda mos keladi.
- Mana, - deydi Marla, u krovatda oyoqlarini chalishtirib o’tiribdi, qo’lida
tabletka. – Yigitlarimdan biri qo’rqinchli tush ko’rardi, u ham uxlashni
istamasdi.
O’sha yigitga nima bo’ldi?
- Ha, ungami? O’ldi. Dori dozasini oshirib yuborgani tufayli yurak xuruji
sodir bo’lgan. Amfetamin miqdori oshib ketgan, - deydi Marla. – Bor
yo’g’i yigirma yoshda edi.
Axborot uchun rahmat.
Otelga kirganimizda qabulxonada sochining yarmi ildizi bilan yulib olingan
yigitni ko’rdik. Bosh terisining taqir tarafi chandiqlar bilan qoplangandi. U menga
salom berdi. Hollda televizor ko’rib o’tirgan qariyalar bu yigit kimga “ser” deb
murojaat qilganini ko’rish uchun o’girilishdi.
- Xayrli kech, ser!
Hozir u “Vayron qilish rejasi”ning shatb-kvartiralaridan biriga qo’ng’iroq qilib,
mening qayerda ekanligim haqida axborot beradi. Ularning devorida shahar
xaritasi osig’liq turadi, ular kanselariya knopkasi yordamida mening harakat
yo’nalishimni belgilab borishadi. Men o’zimni “Jonivorlar olami” ko’rsatuvidagi
ko’chib yuradigan g’ozdek his qilaman.
Ular ortimdan ayg’oqchilik qilishadi, ular qo’limdagi tabletkani ham ko’rib
turishibdi.
- Birvarakayiga oltovini ham ichib yuborishing mumkin, ammo
oshqozoning og’rishini istamasang, ularni orqangga tiq, - dedi Marla.
Quvonchli yangilik emas.
Marla deydi:
- Ular menga yordam bermay qo’yganiga ancha bo’ldi. Keyinroq
kuchlirog’idan toparmiz. Masalan, “qora go’zal” yoki”alligator” kabi
haqiqiy narkotik.
Mening bu tabletkalarni orqamga tiqish niyatim yo’q.
- Unda birdaniga ikkitadan ortiq tabletka ichma.
Qayerga ketayapmiz?
- Boulingga. U yer tuni bilan ochiq bo’ladi, seni uxlatgani qo’yishmaydi.
Qayerga borishimizdan qat’iy nazar, hamma meni Tayler Dyorden deb o’ylaydi.
- Shuning uchun avtobus haydovchisi bizdan pul olmadimi?
Ha. Aynan shuning uchun ikki yigit bizga joy berdi.
- Bu borada fikring qanday?
Menimcha yashirinib yurish naf bermaydi. Biror yo’lini topib, Taylerdan
qutulishim kerak.
109
- Yigitlarimdan biri mening ko’ylaklarimni kiyib ko’rishni yaxshi ko’rardi,
- deydi Marla. – Menda vualli shlyapa bor. Sen ayollar kiyimini kiyib,
oteldan chiqishing mumkin.
Men ayollar ko’ylagini kiyishni ham, tabletkani orqamga tiqishni ham
istamayman.
- Bundan ham yomon bo’lishi mumkin edi, - deydi Marla. – Yigitlarimdan
biri odam bo’yi keladigan qo’g’irchoq bilan sevishganlar rolini
o’ynashimni talab qilardi.
Marla men haqimda ham navbatdagi yigitiga gapirib bersa kerak.
Bir paytlar shaxsiyati ikkiga ajralgan yigit bilan uchrashib yurganman.
Marladan soat necha bo’ldi, deb so’rayman.
- Tonggi to’rt.
Uch soatdan so’ng ishga borishim kerak.
- Tabletkani qabul qilib ol, - deydi Marla. – ular seni Tayler deb o’ylashar
ekan, bouling klubga bizni tekinga kirgizishadi. Eshit, Taylerdan
qutulishimizdan avval, nima uchun bundan foydalnib qolmasligimiz
kerak? Yaxshi mashina, kiyim, kompakt-disklar sotib olishimiz mumkin.
Kel, bu voqeaning qaymog’ini yig’ishtirib olamiz.
Marla.
- Yaxshi, ketdik.
110
26
Eskilarning gapi to’g’ri, odamlar yaxshi ko’rganlarini halok qilishadi. Buning
teskarisi ham to’g’ri.
Bugun ertalab ishga yo’l oldim va ishxonamiz oldidagi avtoturargohni
politsiyachilar yopib qo’yganini ko’rdim. Politsiyachilar men bilan ishlagan
odamlarni to’xtatib, so’roq qilishmoqda. Kimni ko’rishsa, hammasini.
Men avtobusdan tushmadim.
Men – Joning sovuq teriman.
Avtobus oynasidan mening ofisimning shisha oynasi qo’prilib tushganligini
ko’rdim, xona ichida iflos sariq kiyimli o’t o’chiruvchi yonib ketgan shiftni o’pirib
tushirmoqda. Ikki o’t o’chiruvchi tutayotgan stolni to’rtinchi qvatdan pastga
uloqtirishdi.
Stol bo’laklarga bo’linib ketdi, bo’laklardan hamon tutun chiqmoqda.
Men – Joning oshqozinadagi tugunman.
Bu mening stolim.
Men bilaman, boshlig’im o’lgan.
Boshlig’imni o’ldir.
Tayler, Tayler.
Men bilaman, kompyuter portlagan.
Men buni bilaman, chunki buni Tayler biladi.
Men bilishni istamasdim, ammo zargarlarning parmasi bilan monitor trubkasida
mittigina teshik ochishni bilaman. Hamma astronavt-maymunlar buni biladi. Men
Taylerning qaydlarini kompyuterda terganman. Bu teshik ochib, ichiga benzin
solish yordamida yasaladigan lampochka-bombaning yangi turi. Teshikcha silikon
bilan yopib qo’yiladi, keyin kimdir xonaga kelib chiroqni yoqishini kutish qoladi.
Monitor trubkasiga lampochkaga qaraganda ko’proq benzin solinadi.
Avvaliga katod-nurli trubkani o’rab turgan plastik ramkani olib tashlash kerak,
yoki monitorning yuqori panelidagi havo almashtirish teshiklaridan foydalansa
ham bo’ladi.
Ammo bungacha monitorni kompyuter va tarmoqdan uzib qo’yish kerak bo’ladi.
Televizor ham to’g’ri keladi.
Arzimagan uchqun, xattoki sintetik matoda hosil bo’ladigan elektr ham
portlashga sabbab bo’lishini yodda tutish kerak. Yo’qsa, bir siqim kulga aylanasiz.
Katod-nurli trubkadauch yuz voltgacha ortiqcha kuchlanish saqlanib qolgan
bo’lishi mumkin, shuning uchun asosiy kondensator otvertka yordamida
zaryadsizlantirilishi kerak. Izolyatsiya qilinmagan tutqichli otvettkadan
foydalansangiz, tok urib o’lasiz.
Trubka ichida vakuum bo’ladi, shuning uchun u teshilganda hushtak ovozini
eshitasiz. Trubkaning ichi havo bilan to’layotgan bo’ladi.
Teshikni voronka sig’adigan darajada kattalashtiring. Keyin trubka ichiga
portlatgich yoki ta’bga qarab yonuvchan suyuqlik solish kerak. Qo’lbola napalm
juda mos keladi. Muzlatilgan apelsin sharbati yoki mushuk tezagi aralashtirilgan
benzin.
111
Shuningdek, margansovka va shakar upasi qorishmasi ham zo’r portlaydi.
Mantiq shundaki, yonuvchan modda tarkibida ko’p miqdorda kislorod saqlaydigan
modda bilan aralashtirilishi kerak, kislorod yonish jarayonini ta’minlaydi. Yonish
jarayoni yetarli darajada tez sodir bo’lsa, portlash sodir bo’ladi.
Rux kukuni va bariy kislotasi.
Ammiakli selitra va alyumin kukuni.
Anarxiyaning yangi oshxonasi.
Toshko’mir qaylasi qo’shilgan bariy nitrat. Ajoyib porox.
Yoqimli ishtaha.
Monitorni shular bilan to’ldiring, kimdir kompyuterni yoqishi bilan burni ostida
bir kilogramm atrofidagi porox portlab ketadi.
Yomon tomoni shundaki, men ozgina bo’lsa ham, boshlig’imni yaxshi
ko’rardim.
Agar sen amerikalik erkak va xristian diniga mansub bo’lsang, demak otang
xudoga o’xshatib yaratilgan. Otalar esa ba’zida kasbingni o’zgartirishingni talab
qilishlari mumkin.
Tayler boshlig’imni yoqtirmasdi.
Politsiya meni izlayapti. Juma kuni kechqurun ofisni oxirgi bo’lib men tark
etganman. Men o’sha kuni stolim ustida uxlab qolgandim, Tayler telefonda
“ko’chaga chiq. Bizda mashina bor”, degandi.
“Kadillak”.
Qo’limdan hamon benzin hidi kelayotgandi.
Rulda o’tirgan avtomexanik mendan o’limimdan oldin nima qilishni istashimni
so’ragandi. Ishdan bo’shashni xohlayamn, degandim men. Men Taylerga o’zim
ruxsat berdim. O’zingni uyingdagidek his qil. Boshlig’imni o’ldir.
Avtobusda oxirgi bekatgacha bordim, bu bekat juda kata, avtobuslar har tomonga
tarqalib ketmoqda. Haydovchi nonushta solingan paket va termos olib, tepasidagi
oynadan menga qarab qo’yadi.
Qayerga yashirinsam, mentlar meni topa olishmas ekan, deb o’ylamoqdaman.
Orqadagi o’rindiqda o’tirib avtobusda men va haydovchidan tashqari yana yigirma
kishi borligini ko’rib turibman. Men yigirmata bosh sanadim.
Yigirmata taqir bosh.
Haydovchi orqaga o’girilib, menga dedi:
- Mister Dyorden, ser! Men siz qilayotgan ishlardan hayratdaman.
Men uni avval ko’rmaganman.
- Meni kechiring, ser, - deydi haydovchi, - ammo qo’mitada menga aynan
shunday qilishimni buyurishgandi.
Taqir boshlar birin-ketin men tomonga qayriladi. Keyin ular birin-ketin
o’rinlaridan turishdi. Bittasining qo’lida efir hidi kelib turgan latta bor. Eng yaqin
turgani qo’lida ovchilar pichog’ini ushlab turibdi. Bu jangvor klubdagi
avtomexanik.
- Siz – jasursiz, ser, - dedi haydovchi, - siz o’z-o’zingizga uy vazifasi
belgiladingiz.
Mexanik haydovchiga o’giriladi:
- Ovozingni o’chir. Joyingda tur, ovozing chiqmasin.
112
Astronavt-maymunlardan birining qo’lida rezina lenta bor. Nima bo’lishini sezib
turibman. Maymunchalar yaqinlashishmoqda.
- Qoidalarni bilasiz, mister Dyorden - deydi mexanik. O’zingiz shunday
degansiz. Siz o’zingiz kimdir, xatto bu o’zingiz bo’lsangiz ham jangovor
klubni yopishga urinsa, tuxumini kesib tashlansin degansiz.
Pomidorlar.
Abrikoslar.
Sharlar.
Huevos.
Tasavvur qil, sening eng qimmatli qisming Qog’ozchilar ko’chasidagu
muzlatkichda yotibdi.
- O’zingiz bilasiz: qarshilik ko’rsatish foydasiz, - deydi mexanik.
Haydovchi oynaga qarab sendvichini chaynamoqda.
Yaqin-o’rtda politsiya sirenasi eshtiladi. Uzoqda, dalada traktorning tarillashi
eshitiladi. Qushlar. Avtobusning orqa oynasi yarim-ochiq turibdi. Bulutlar.
Avtobus bekati chetida baland o’tlar o’sgan. Asalarilar o’t ustida g’ujg’on
o’ynamoqda.
- Hozir kichkinagina operatsiya qilamiz, - deydi mexanik. – bu safargisi
shunchaki tahdid emas, mister Dyorden. Bu safar rostakamiga kesamiz.
Avtobus haydovchisi deydi:
- Politsiya.
Sirena ovozi shundoqqina avtobus oldidan eshitilyapti.
Politsiya mashinasi ko’k va qizil sirenalarini yoqqancha avtobus tomon
kelmoqda, mashina ichidan kimningdir ovozi keladi:
- Hamma joyida qolsin!
Qutuldim.
Shunaqa shekilli.
Mentlarga Tayler haqida gapirib berishim mumkin. Ularga jangovor klub
haqidagi bilganlarimning hammasini aytib beraman. Turgan gapki, meni qamab
qo’yishadi, ammo “Vayron qilish rejasi” ularning muammosiga aylanadi, buning
ustiga mana bu o’tkir pichoqdan qutulib qolaman.
Politsiyachilar avtobusga yugurib chiqishadi, ulardan biri so’raydi:
- Kesib bo’ldinglarmi?
Ikkinchisi qo’shib qo’yadi:
- Tezroq kesinglar, uni hibsga olishga order berishdi.
Keyin u furajkasini ko’tarib, menga qaraydi:
- Shaxsiy xusumatim yo’q, mister Dyorden. Va nihoyat, siz bilan
tanishishga muvaffaq bo’lganimdan xursandman.
Siz xato qilayapsiz, deyman men.
Mexanik deydi:
- Siz aynan shunday deyshingizni aytib, bizni ogohlantirgandingiz.
Men – Tayler Dyorden emasman.
- Buni ham aytgansiz.
Men qoidalarni o’zgartiraman. Mayli, jangovor klub saqlanib qolinadi, ammo
bundan keyin hech kimni axta qilmaymiz.
113
- Xo’sh, xo’sh, xo’sh, - deydi mexanik.
U menga yanada yaqinlashib kelmoqda, qo’lida hamon o’sha o’tkir pichoq.
- Aynan shunday deyishingizni ham aytgandingiz.
Yaxshi, men – Tayler Dyordenman. Xuddi o’zi. Men – Tayler Dyordenman va
buyuraman: pichoqni yo’qot!
Mexanik burilib so’raydi:
- Bugungi rekordimiz qancha edi?
- To’rt daqiqa, - javob qiladi sheriklaridan biri.
Mexanik so’raydi:
- Kimdir vaqtga qarab turibdimi?
Ikkala politsiyachi ham avtobus eshigi oldida turishibdi. Ular soatlriga qarashadi:
- Ozgina kut. Hozir soat mili o’n ikkiga yettib keladi, shunda
boshlayverasan.
Ment deydi:
- To’qqiz, sakkiz, yetti.
Yarimochiq oynadan sakrayman.
Qornim oynaga uriladi, orqamdan mexanikning ovozi eshitiladi:
- Mister Dyorden, siz natijamizni buzayapsiz!
Oynadan osilaman, qo’lim orqa shinaga tegadi. Uni maxkam tutib, tashqariga
chiqib olishga urinaman. Kimdir oyog’imdan ushlab olgan. Uoqdagi traktor tomon
baqiraman:
- Hey, hey, bu tomondaman!
Boshimga qon quyilmoqda, chunki oyog’im osmondan bo’lib turibman. O’zimni
pastga tortaman, ammo ichkarida oyog’imdan tutib turganlar meni yuqoriga
tortadi. bo'yinbog’im silkinib, yuzimga urilmoqda. Kamarim nimagadir ilinib
qoldi. Asalarilar mendan bir necha dyuym narida uchishmoqda, men esa
baqiraman:
- Hey, bu yerdaman!
Qo’llar shimimni kamarimga qo’shib tortmoqda.
Kimdir baqiradi:
- Bir daqiqa o’tdi!
Oyoq kiyimimyechilib ketadi.
Kamarim shimimdan chiqb avtobus ichiga kirib ketadi.
Kimningdir qo’li oyog’imdan maxkam tutib turibdi. Qizigan avtobus korpusi
qornimni kuydiradi. Oq ko’ylak yelkam va boshimni yopib qoladi. Hamon shinani
maxkam ushlab baqirmoqdaman:
- Bu yoqdaman!
Oyog’im uvushib qoldi. Kimdir shimini ham tortib oldi. Quyosh o’z nurlari bilan
orqamni qizdiradi.
Iyagimdagi teshikdan qon oqadi, ko’zim bosimdan xiralashib qolgan, bor
ko’rayotgan narsan – boshimni o’rab olgan oq ko’ylak. Uzoqda traktor tarillaydi.
Asalarilar g’o’ng’illaydi. Qayerdadir. Million mil uzoqlikda. Kimdir baqiradi:
- Ikki daqiqa!
Kimningdir qo’li oyoqlarim orasida harakatlanmoqda.
- Jonini og’ritmang, - deydi kimdir.
114
To’pig’imdan ushlab turgan qo’l mendan million mil uzoqlikda. Tasavvur qil,
ular uzun yo’lning oxirida turishibdi. Meditatsiya.
Sendan million, kvadrillion mil narida qo’pol, issiq qo’l ildizingdan ushladi,
nimadir qattiq siqmoqda.
Rezina lenta.
Irlandiyadasan.
Jangovor klubdasan.
Ishdasan.
To’g’ri kelgan joydasan, lekin bu yerda emas.
- Uch daqiqa!
Uzoqda kimdir baqiradi:
- O’zingiz aytgandingiz, mister Dyorden: “jangovor klubning yo’lini
to’smang”.
Issiq qo’l senga tegadi. Undan keyin pichoqning sovuq tig’i.
Boshqa qo’l yelkangdan tutadi.
Bu – tana kontakti yordamida davolash.
Quchoqlashish vaqti keldi.
Efirli latta og’iz va burnimni yopadi.
Undan keyin – hech nima. Hech nimadan ham mavhumroq. Unutilish.
115
27
Yonib kul bo’lgan kvartiram shahar chiroqlari orasidagi kosmik bo’shliqqa
o’xshab ko’rinadi. Derazalar yo’q, politsiyachilar odatda jinoyat sodir bo’lgan
joyni yopib qo’yadigan sariq lenta o’n beshinchi qavatda hilpirab turibdi.
Beton polda uyqudan turdim. Portlashgacha pol parket bilan qoplangan edi.
Devorda suratlar, shved mebellari bor edi. Tayler paydo bo’lguncha hamma
narsam bor edi.
Kiyimlarim joyida. Qo’limni cho’ntagimga tiqib, o’zimni his qilaman.
Hamma narsam joyida.
Qo’rqqanman, ammo hech qayerimga zarar yetmagan.
Bino chekkasiga kelib qara, o’n besh qavatning eng tubida avtoturargoh
joylashgan, shahar chiroqlariga va yulduzarga boq – unutilasan.
Ularning biz bilan ishi yo’q.
Bu yerda, soki tun qo’ynida, yer yulduzlar orasida turib, o’zimni astronavt-
jonivorlardan biridek his qilaman.
Astronavt-kuchuk.
Astronavt-maymun.
Astronavt-odam.
Nima o’rgatishgan bo’lsa, shuni qil. Richagni tort. Tugmani bos. Nima bo’lgan
taqdirda ham, baribir tushunmaysan.
Olam aqldan ozdi. Endi boshlig’im yo’q. Uyim yo’q. Buning ustiga ularni
yo’qotishimda o’zimdan boshqa hech kimning aybi yo’q.
Hech narsam qolmadi.
Bankdagi kreditim ishlatib yuborilgan.
Qirra bo’ylab yur.
Unutilishdan meni bor-yo’g’i politsiyachilarning lentasi ajratib turibdi.
Qirra bo’ylab yur.
Marla.
Pastga sakra.
Marlani bu ishlarga aralashtirib qo’ydim, u esa gap nima haqida ekanini ham
bilmaydi.
Marla meni sevadi.
U Taylerni sevadi.
Marla men va Taylerning farqiga bormaydi.
Kimdir unga aytishi kerak. Ket. Ket. Ket.
O’zingni qutqar.
Liftda hollga tushasan, seni hech qachon jini suymagan portye senga kulib
murojaat qiladi:
- Xayrli kech, mister Dyorden. Taksi chaqirtirib beraymi? Hammasi
joyidami? Telefon qilishni istaysizmi?
Marlaga, “Regent” oteliga telefon qilasan.
Xizmatchining ovozi keladi:
- Ulayapman, mister Dyorden.
116
Go’shakdan Marlaning ovozi keladi.
Portye orqamda turib, gaplarimga quloq soladi. “Regent” oteli xodimi ham
gapimizni poylab turgan bo’lsa kerak.
Marla gaplashib olishimiz kerak.
- Daf bo’l, ablah!
Hayoting xavf ostida. Sening nimalar bo’layotganini bilishga haqing bor.
Uchrashishimiz kerak. Gaplashib olamiz.
- Qayerda?
Birinchi marta uchrashgan joyimizda. Esingdami? Bo’laqol, miyangni ishlat.
Yetti darvozali qasr.
- Tushunarli, - javob beradi Marla. – Yigirma daqiqadan keyin.
Bo’pti.
Go’shakni qo’yasan, portye deydi:
- Taksi chaqirib berishim mumkin, mister Dyorden. U sizni istagan
joyingizga bepul eltib qo’yadi.
Jangovor klub yigitlari orqangdan ta’qib qilishmoqda. Yo’q, deysan sen, qanday
ajoyib kecha, yaxshisi, sayr qilaman.
***
Shanba kuni cherkov yerto’lasida ichak raki bilan kasallanganlarning yig’ilishi
bo’ladi. Yetib kelganingda Marla allaqachon o’sha yerda ekan.
Marla Singer sigaretasini siqib turibdi. Marla Singer ko’zini olib qochadi.
Marlaning ko’zi osti ko’kargan.
Sen meditatsiya qilayotganlar orasida o’tirib, sening irodangni tasvirlovchi
jonivorni tasavvur qilishga urinasan, Marla senga ko’kargan ko’zi bilan tikiladi.
Xatto ko’zingni yumib o’zingni yetti darvozali qasrda deb tasavvur qilganingda
ham, Marlaning nigohini sezib turasan.
Quchoqlashish vaqti keladi.
Ko’zingni och.
Hamma o’ziga sherik tanlashi kerak.
Marla xonani uch qadamda bosib o’tib, yuzimga bor kuchi bilan tushiradi.
- Sen haqiqiy jirkanchsan, - deydi Marla.
Atrofimizdagi hamma bizga qaraydi.
Keyin ikki qo’li bilan meni navbat-navbati bilan ura boshlaydi.
- Sen kimnidir o’ldirding, - deydi u. – Men politsiya chqirdim, tez orada
shu yerda bo’lishadi.
Men uning qo’lidan tutaman va deyman: balki, politsiya kelar, ammo kata
ehtimol bilan yo’q.
Marla qo’limdan chiqib ketib, politsiya bu yerga bor tezligi bilan kelayotgani,
meni elektr stulga o’tqazib, ko’zlarim oqib tushguncha kuydirishlarini, hech
bo’lmaganda o’ldiradigan ukol qilishlarini aytib baqiradi.
Ukol qilishganda asalari chaqishiga o’xshash og’riq his qilsam kerak.
Fenorbarbital natriyning kata dozasi va uyg’onmaydigan bo’lib, uyquga ketasan.
Xuddi daydi hayvonlar markazidagi kabi.
Marlaning aytishicha, u bugun men kimnidir o’ldirganimni ko’ribdi.
117
Agar boshlig’imni nazarda tutayotgan bo’lsang, ha, ming martalab ha. Men buni
bilaman, politsiya ham biladi, hamma meni o’ldiradigan ukol qilish uchun
izlashmoqda, ammo bu ishni Tayler qildi, u o’ldirdi mening boshlig’imni.
Shunchaki, Tayler ikkimizning barmoq izimiz bir xil, ammo bunga kim ham
ishonardi.
- Ovozingni o’chir, ablah! – deydi Marla va menga ko’kargan ko’zini
ko’rsatadi. – Sen va sening o’quvchilaringga shunchaki odamlarni
do’pposlash yoqadi. Eslab qol, yana bir marta menga qo’lingni uchini
tekkizsang, o’zim seni o’ldiraman.
- Men bugun kechasi bir odamni otib tashlaganingni ko’rdim, - deydi
Marla.
Yo’q, deyman men, axir u bomba edi, ertalab portagandi. Tayler kompyuter
monitorida teshik ochib, uni benzin yoki porox bilan to’ldirgan.
Rakka chalinganlarning hammasi bizga qarab turishibdi.
- Yo’q, - deydi Marla, - men orqangdan “Pressman” mehmonxonasigacha
kuzatib bordim. Sen u yerda murdali ziyofatlardan birida ofitsiant bo’lib
ishlaganding.
Murdali ziyofatda boyvachchalar to’planib Agata Kristi hikoyalaridagi qotillikka
o’xshash o’yin o’ynashadi. Birinchi va ikkinchi taom orasida chiroq o’chirilinb
kimnidir yolg’ondakam o’ldirishadi. Bu juda qiziqarli mashg’ulot.
Kechaning qolgan qismida ular yeb-ichib kim qotil-psixopat ekanligini topishga
urinishadi.
Marla baqiradi:
- Sen merning chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha o’rinbosarini
o’ldirding!
Uni Tayler o’ldirgan.
- Senda xatto rak ham yo’q.
Hammasi juda tez sodir bo’ldi.
Ko’z-yumib ochguncha.
Hamma senga qarab turibdi.
Men ham baqiraman: senda ham rak yo’qku!
- U bu yerga ikki yildan beri qatnaydi, - deydi Marla, - ammo buqadek
sog’lom.
Men hayotingni saqlab qolishga urinayapman.
- Senga yordaming kerak dedimmi?!
Sen mening orqamdan kuzatib yuribsan. Sen mening orqamdan borib, Tayler
Dyorden kimnidir o’ldirganiga guvoh bo’lding, Tayler esa “Vayron qilish rejasi”ga
halal berishga uringan har qanday kishini o’ldiradi.
Atrofimizdagi hamma bir lahzaga o’zlarinig arzimagan muammolarini unutishdi.
Rakni nazarda tutayapman. Og’riq qoldiradigan dori ichib yuradiganlar ham diqqat
bilan bizga tikilishmoqda.
Ularga deyman: kechiring. Hech kimga zarar yetkazmoqchi emasdim.
Ketishimiz kerak. Yuzma-yuz gaplashib olishimiz kerak.
Hamma birvarakayiga baqiradi:
- Yo’q! Ketmang! Oxirigacha aytib bering!
118
Men hech kimni o’ldirganim yo’q, deyman men. Men Tayler Dyorden emasman.
U mening ikkinchi qismim. Kimdir “Sivilla” filmini ko’rganmi? – deb so’rayman.
Marla so’raydi:
- Xo’sh kim meni o’ldirmoqchi ekan?
Tayler.
- Sen?
Yo’q, Tayler, deyman men, lekin qo’rqma men uni o’zim eplayman. Sen
shunchaki “Vayron qilish rejasi”dan uzoqroqda bo’l. Tayler ularga seni o’g’irlab
ketish yoki undan ham yomonroq narsa qilish to’g’risida buyruq bergan bo’lishi
mumkin.
- Nima uchun senga ishonishim kerak?
Hammasi juda tez sodir bo’ldi.
Menimcha, menga yoqasan, deyman men.
- Yoqaman? Xo’sh, qanchalik?
Bularning hammasi ezmalikdek tuyulayapti. Mendan sevgi izxori qilishimni
talab qilma, deyman men.
Atrofdagilar kuladi.
Ketishim kerak. Sen esa taqirbosh yoki yuz-ko’zi ko’kargan yigitlardan nari yur.
Marla so’raydi:
- Qayerga ketayapsan?
Men Tayler bilan shug’ullanaman.
119
28
Uning ismi Patrik Medden edi, u merning qayta ishlash masalalari bo’yicha
o’rinbosari edi. Uning ismi Patrik Medden edi, u “Vayron qilish rejasi”ning
dushmani edi.
Cherkovdan ko’chaga chiqar ekanman, hammasini esladim.
Tayler bilgan hamma narsani esladim.
Patrik Medden jangovor klub to’planadigan barlarning ro’yxatini tuzib chiqdi.
To’stdan kinoproyektorni qanday ishlatish, qulfni qanday buzish yodimga tushdi.
Men Tayler Qog’ozchilar ko’chasidagi uyni uni plyajda uchratgunimga qadar
ijaraga olganini esladim.
Men xattoki, Tayler qayerdan paydo bo’lganini ham bilaman. Tayler Marlani
sevardi. Birinchi uchrashuvimizdayoq mening bir qismim Marlani yoqtirib qolgan,
ana shu qism keyinroq Taylerga aylangan.
Xullas, bularning hech biri ahamiyatga ega emas. Har holda, hozir. Xotiralar
menga cherkovdan chiqib, eng yaqin jangovor klubga yetib olgunimcha qaytdi.
Shanba kuni kechqurun jangovor klub yig’ilishi “Arsenal” barining yerto’lasida
bo’lib o’tadi. Bu bar ham Patrik Meddenning ro’yxatidan joy olgan bo’lsa kerak,
bechora Patrik Medden…
Men “Arsenal” bariga kiraman, olomon menga yo’l berib, ikki tomonga siljiydi,
xuddi shimning zamogiga o’xshab. Bu yerdagilar uchun men – Tayler
Dyordenman, buyuk va qo’rqinchli. Xudo va ota.
Atrofimdagilarning ovozini eshitaman:
- Xayrli kech, ser!
- Klubga xush kelibsiz, ser!
- Kelganinggiz uchun tashakkur, ser!
Yuzim yaqindagina bitishni boshladi. Iyagimdagi teshikdan qon oqishi to’xtadi.
Lablarim odatiy ko’rinishga qayta boshladi.
Men Tayler Dyorden ekanman, demak hamma qoidalardan ustunman. Bu
yerdagi yigitlarning barchasini jangga chorlayman. Ellikta jang. Oyoq kiyimsiz.
Belgacha yalang’och.
Jang qancha kerak bo’lsa, shuncha davom etadi.
Axir Tayler Marlani sevadi.
Demak, men ham Marlani sevaman.
Keyin sodir bo’ladigan ishlarni so’z bilan ta’riflash ilojsiz. Fransiyaning hamma
plyajlarini iflos qilib chiqishni istayman. Tasavvur qiling, Rokfeller markazi
yaqinidagi changalzorda los ovlab yuribsiz.
Birinchi jangning o’zidayoq raqibim qo’limni qayirib, yuzim va iyagimni beton
polga tishlarim sinib, milkimni jarohatlamagunimcha ishqalaydi.
Patrik Meddenning jasadi polda yotgani, xotini esa hiringlagancha uning og’ziga
shampan vinosini quymoqchi bo’layotganini esladim.
120
Uning xotini soxta qonni haqiqiysidan ajratish juda osonligi, chunki u juda ham
qizlligini aytgandi. Shunday deb, ikki barmog’ini qon halqobiga tiqib, og’ziga
solib ko’rdi.
Singan tishim milkimga sanchildi, qon ta’mini his qildim.
Patrik Meddenning xotini qon ta’mini his qildi.
Meni raqs zali chetida ofitsiant kiyimidagi astronavt-maymunlar tansoqchilar
kabi o’rab olishgani yodimga tushdi. Men zalning narigi chetida qizil gulli kiyib
olgan Marlaning menga qarab turganini ko’rdim.
Ikkinchi jangda raqibim kuraklarim orasiga tepdi. Qo’limni orqaga qayirib,
ko’kragim bilan beton polga yiqitdi. O’mrov suyaklarimdan birining qanday
qarsillaganini eshitdim.
Men Britaniya muzeyidagi yunon haykallari kolleksiyasini bolg’a bilan
maydalashni, Mona Lizani yirtib tashlashni istayman.
Patrik Meddenning xotini qonli ikki barmog’ini og’ziga solgancha turardi,
erining qoni uning barmog’idan avval bilagiga, keyin olmos bilakuzugidan o’tib
tirsagiga oqib tushdi.
Uchinchi jang. O’zimga keldim, uchinchi jangning navbati. Jangovor klubda
endi hech kimning ismi yo’q.
Isming ahamiyatga ega emas.
Familiyang ahamiyatga ega emas.
Uchinchi raqibim men nima xohlayotganimni bilar ekan, shekilli. U qo’limni
ushlab, boshimni ko’kragiga qisadi. Qorong’i va diqqanafas, havo o’lib
qolmaslikka yetadi. Boshimni futbol to’pi kabi ushlab olgan, ikkinchi qo’li bilan
esa boshimning ustiga tushirmoqda.
Singan tishim bo’lakalri iyagimga botadi.
Iyagimdagi teshik kengayib labimning chetigacha yetib keladi.
Uchinchi raqib mushti qonga botmaguncha uradi.
Ko’zimda yosh paydo bo’lguncha uradi.
Sen sevgan hamma odam yo seni tashlab ketadi, yo o’ladi.
Sen yaratgan hamma narsa unutiladi.
Sen faxrlangan hamma narsa kun kelib axlatga uloqtiriladi.
Men – Ozimandiyman, men – shohlarning shohiman.
Yana bir zarba va jag’im qarsillab, tilimning bir parchasi uzilib tushadi, uni
chetdagilardan biri bosib oladi.
Patrik Meddenning xotini erining tanasi oldida tiz cho’kib qoladi, atrofdagi
boyvachchalar esa og’izlarini to’ldirib kulishadi.
Ular hammasi uni chaqirishadi:
- Patrik?
Qon halqobi brogan sari kengayib xotinining yubkasigacha yetib boradi. U
deydi:
- Patrik, o’zingni o’lganga solishni bas qil!
Qon kapilyar effekt tufayli uning yubkasidan borga sari balandga ko’tarilib
boradi.
Atrofimdagi “Vayron qilish rejasi” a’zolari baqirishni boshlashadi.
Ularning ortidan Patrik Meddenning xotini ham baqiradi.
121
“Arsenal” barining yerto’lasida qonga belangan go’shtga aylangan Tayler
Dyorden polga qulaydi.
Men turaman va yangi jangni boshlayman, chunki o’lishni istayman. Chunki
faqat o’libgina “Vayron qilish rejasi”ni tark etishimiz mumkin.
122
29
123
29
Tayler yana qarshimda turibdi: u har doimgidek kelishgan, rangpar farishtaga
o’xshaydi.
Men esa Qo’ozchilar ko’chasidagi uyda qonga belanib yotgan tanaman.
Mening xonamdagi hamma narsa qayergadir g’oyib bo’libdi.
Bir vaqtlar o’n daqiqa davomida rak bo’lgan paytimda olingan oyog’imning
surati osib qo’yilgan ko’zgu g’oyib bo’libdi. Javon eshiklari ochiq: oltita oq
ko’ytlak, shimlar, ich kiyimlar, paypoq, tufli – hammasi g’oyib bo’libdi.
Tayler buyruq beradi:
- Tur o’rningdan!
Astronavt-maymunlar qayoqqadir daf bo’lgan.
Hamma narsa boshqa joyga ko’chirilgan: inson yog’i, krovatlar, pullar. Pullar –
birinchi navbatda.
- Shu paytda sening azoblaring yetishmay turgandi. Azobli o’liming. Sen
qayg’uli o’lim topishing mumkin emas: sening o’liming quvonchli,
ruhlantiradigan o’lim bo’lishi kerak.
Tayler og’riqqa chiday olmayapman. Meni hozirning o’zida o’ldir.
- Tur o’rningdan!
Yaxshisi, meni o’ldir. O’ldir meni. O’ldir meni. O’ldir! O’ldir! O’ldir!
- Sen buyuklar kabi o’lishing kerak, - deydi Tayler. – Tasavvur qilib ko’r:
sen “Vayron qilish rejasi” tomonidan egallab olingan dunyoning eng
baland binosida turibsan. Oynalardan tutun chiqmoqda. Mebellar pastda
to’planib turgan olomon ustiga qulaydi. O’lim operasi, ajoyib tomosha –
mana bizga nima kerak.
Yo’q, deyman men. Sen mendan keragidan ham ko’proq foydalanding.
- Agar rozi bo’lmasang, Marla bilan shug’ullanamiz.
Uni ko’rsat, deyman men.
- Unda tur o’rningdan, qanjiq, iflos iningdan chiq, mashinaga o’tir.
Mana qanday qilib, biz Tayler bilan “Parker-Morris” osmono’parining tomiga
kelib qoldik. Mana nima uchun pistolet stvoli mening og’zimda turibdi.
So’nggi o’n daqiqamiz qoldi.
“Parker-Morris” ham shuncha yashaydi. Men buni bilaman, chunki buni Tayler
biladi.
Pistolet stvoli hiqildog’imga tiraladi. Tayler deydi:
- Biz aslida o’lmaymiz.
Men stvolni tilim suraman, u iyagimga tiraladi.
- Tayler, esingni yebsan! Biz vampire emasmiz, axir!
Sakkiz daqiqa qoldi.
Pistolet politsiya vertolyotlari portlashdan oldin kelib qolsa, har ehtimolga qarshi
kerak bo’lib qolishi mumkin.
Umuman olganda, tom ustida o’z og’ziga pistolet tiqib olgan bir odam bor,
ammo men bilaman: pistoletni Tayler ushlab turibdi.
124
Bir ulush 98%li azot kislotasini olib, uni uch ulush sulfat kislota bilan
aralashtiring.
Nitroglitseringa ega bo’ldingiz.
Yetti daqiqa qoldi.
Nitroglitserinni payraha bilan aralashtiring, plastit hosil bo’ladi. Ayrimlar
nitroglitserinni vata va tuz bilan aralashtirishni ma’qul ko’rishadi. Bu ham yaxshi
natija beradi. Ayrimlar paraffin bilan aralashtirishadi. Bunday qilinsa, hosil
bo’lgan portlagichga ishonib bo’lmaydi.
To’rt daqiqa.
Biz tom chekkasida turibmiz, men va Tayler, og’zimda esa pistolet. Uning
qanchalik toza ekanini bilgim kelyapti.
Uch daqiqa.
Shu payt qandaydir qichqiriqni eshitaman.
Men tomon “To’xta!” deb yugurib kelayotgan Marlani ko’raman.
Marla faqat meni ko’rayapti, Taylerni esa yo’q, chunki Tayler mening
gallyusinatsiyam mahsuli, uning emas. Pshik. Tayler fokuschi kabi ko’zdan g’oyib
bo’ldi. Tom ustida esa bir o’zim og’zimga pistolet tiqqancha qoldim.
- Biz sening orqangdan kuzatdik, - baqiradi Marla. – Men va qo’llab-
quvvatlash guruhidagilarning hammasi. Bunday qilma. Pistoletni tushir.
Marlaning orqasida ichak raki, miya paraziti, melanoma, tuberkulyoz qo’llab-
quvvatlash guruhlariga qatnaydigan yigitlar turibdi. Ular cho’loqlanib, yo’talib,
aravachasini minib olib, Marlaning orqasidan kelishmoqda.
Ular baqirishadi:
- To’xta!
Sovuq shamol ularning ovozlarini men tomon olib keladi; ular baqirishmoqda:
- Bas qil!
- Biz senga yordam bera olamiz!
- Yordam berishimizga ruxsat ber!
Osmonda politsiya vertolyotlarining ovozi eshitilmoqda.
Men baqiraman: qoching! Keting bu yerdan! Bino tez orada portlaydi!
Men o’zimni o’ldirishni istayman, baqiraman men. Men Taylerni o’ldirishni
istayman.
Men – Joning metindik qat’iyatiman.
Men hammasini eslayman.
- Buni sevgi deb atay olmayman, - baqiradi Marla, - ammo sen ham menga
yoqasan.
Bir daqiqa qoldi.
Marlga Tayler yoqadi.
- Yo’q, menga sen yoqasan, - baqiradi Marla. – Men va sen o’rtamizdagi
farqni ajrata olaman.
Nol daqiqa.
Ammo portlash yuz bermadi.
Stvolni sog’ iyagimga tirab, gapiraman: Tayler, baribir nitrani parafin bilan
aralashtiribsanda?
Axir, bunaqa usulda yasalga portlatgichga ishonib bo’lmaydiku!
125
Boshqa yo’lim yo’q.
Politsiya vertolyotlari borgan sari yaqinlashib kelmoqda.
Tepkiga yopishaman.
126
30
Otamning uyida xonalar ko’p.
Tepkini bosganimda o’ldim, albatta.
Yolg’onchi.
Tayler ham o’ldi.
Politsiya vertolyotlari yetib kelib, Marla va qolganlar meni qutqarishga
uringanlari uchun tepkini bosishdan boshqa ilojim qolmadi.
Bu nima bo’lgan taqdirda ham, odatiy hayotdan ko’ra yaxshiroq.
Mukammallik abadiy saqlanib qololmaydi.
Simulyant.
Osmon juda tinch ekan, chunki hamma tagi yumshoq shippakda yuribdi.
Bu yerda men uyqusizlikdan qiynalmayman.
Odamlar menga xatlar yozishadi, ular meni eslashadi. Ular uchun men
qahramonman. Tez orada o’zimga kelib olaman.
Men xudo bilan uchrashdim. U keng yong’oqdan yasalgan stol oldida o’tirar,
barcha diplomlari esa orqasidagi devord osig’liq turardi. Xudo mendan so’radi: -
Nega?
Nega shuncha azob keltirding?
Nahotki har bir inson qor parchasi kabi yakkayu-yagonaligi bilan go’zalligini
tushunmading?
Nahotki, hammangiz buyuk muhabbat mahsuli ekanligingizni tushunmading?
Men yon daftariga nimalarnidir yozib o’tirgan xudoga qarab, u ham xato qilar
ekan, deb o’yladim.
Biz yakkayu-yagona emasmiz.
Biz shunchaki organik materiallarning kombinatsiyasimiz.
Biz mavjudmiz.
Shunchaki mavjudmiz va biz bilan shunchaki nimalardir sodir bo’ladi.
Xudo menga dedi:
- Bunaqa emas.
Siz aytganinggizcha bo’laqolsin. Yaxshi. Xudoga hammasini tushuntirib bera
olarmidim.
Xudo mendan nimalarni eslay olishimni so’raydi.
Men hammasini eslayman.
O’q mening iyagimni shunday teshib o’tdiki, endi jarohatim bir qulog’imdan,
ikkinchi qulog’imgacha yetib bordi. Xuddi Hellouin qovog’idek. Xuddi yapon
iblisidek.
Marla yerda qoldi, o’sha yerdan menga xat yozadi. Qachondir orqaga qayta
olasanmi deb so’raydi.
Agar osmonda telefon bo’lganda edi, o’sha yerdan turib Marlga telefon qilardim,
u go’shakni ko’targanda esa jim turmasdim.
- Salom. Yaxshimisan? Hammasini bir-boshdan aytib ber, - degan
bo’lardim.
Ammo men orqaga qaytishni istamayman. Xayr.
127
Mana nima uchun.
Chunki mening yaram uchun malham keltiradigan farishta menga “siz bizga
yetishmayapsiz, mister Dyorden”, deydi.
Ba’zida qo’lida shvabra ushlagan farishta yonimga sekin kelib, shivirlaydi:
- Hammasi reja bo’yicha ketayapti. Biz sivilizatsiyani vayron qilib, o’rniga
undan ko’ra yaxshiroq narsa yaratishimiz kerak.
Tamom.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |