Ilon tabassumi,
Yo’lbars qarashi:
Yolg’on – yovuzlik manbai.
- Nima qaynatayapsan?
Daf bo’l, savol bermasdan tuyog’ingni shiqillat. Mendan tortib olgan vaqting
kamlik qildimi?
Marla qo’limdan tutib yuzimni o’padi.
- Menga qo’ng’iroq qil. Iltimos, gaplashib olishimiz kerak.
Ha, ha, ha, ha, ha, - takrorlayman men.
Marla chiqib ketishi bilan Tayler qaytib keladi.
39
Xuddi sehr qo’llagandek tez qaytib keladi. Ota-onamda ham bu qobiliyat bor edi.
Ular besh yil o’zlarini shunday tutishdi.
Men yog’ni qaynataman, Tayler esa muzlatgichdan joy ajratadi. Muzlatkichning
orqa devorida qirq vattli lampochka yonadi. Ketchup va marinad bankalari
orasidan uning yorug’i zo’rg’a o’tadi. Lekin shuning o’zi ham Taylerning yuzini
ko’rib olishimga yetarli bo’ladi.
Tayler stulni muzlatkich oldiga olib kelib o’tiradida, yog’ning qotishini kuzatib
turadi.
Men Taylerning oldiga kelib cho’k tushib o’tiraman. U menga kaftimdagi
chiziqlarni ko’rsatadi. Hayot chiziqlari. Sevgi chizig’i. Venera chizig’i, Mars
chizig’i – xonani sovuq bug’ qoplab olgan, yuzlarimizni xira chiroq yoritadi.
- Menga yordam ber, - so’raydi Tayler.
Marlani nazarda tutayapsan, shundaymi?
- U haqida gapirishga jur’at qilma. Men yo’g’imda u bilan men haqimda
gaplashma, so’z ber.
So’z beraman.
- Agar uni oldida men haqimda og’iz ochsang, meni boshqa ko’rmaysan.
So’z beraman.
So’z berasnmi?
So’z beraman.
- Eslab qol, sen menga uch marta so’z berding.
Muzlatkich ichidagi yog’ning ustida shaffof, qalin suyuqlik to’planadi.
Yo’g’ ajralyapti.
- Hammasi, to’g’ri, - ta’kidlaydi Tayler. – Bu glitserin. Sovun tayyorlashda
uni qattiq yog’ bilan aralashtirishadi. Biz esa uni ajratib olamiz. Agar
glitserinni azot kislotasi bilan aralashtirsak, nitroglitserin hosil bo’ladi.
Tayler engashib qo’limni o’padi. O’pgan joyi nam bo’lib qoladi.
Men chuqur nafas olib, takrorlayman: “nitroglitserin”.
- Agar nitroglitserinni natriy selitrasi va payraha bilan aralashtirilsa,
dinamit hosil bo’ladi, - davom etadi Tayler.
Tayler ishqorli kanistr og’zini ochadi.
- Uning yordamida ko’priklarni portlatish mumkin, - qo’shib qo’yadi
Tayler.
- Agar nitroglitserinni parafin va azot kislotasining qo’shimcha miqdori
bilan aralashtirilsa, plastit tayyorlash mumkin, uning yordamida baland
binolarni ham qulatish mumkin.
Tayler kanistrni xo’l qo’lim ustiga engashtiradi.
- Bu kimyoviy kuyish, - tushuntiradi Tayler. – Bu shu paytgacha his
qilganlaringdan ko’ra og’riqliroq. Mingta sigaretni birvarakayiga
bosishdan ham og’riqliroq.
Qo’lim yaltiraydi.
- Chandiq hech qachon bitib ketmaydi, - ogohlantiradi Tayler.
- Agar yetarli miqdorda sovuning bo’lsa, butun yer sharini portlatib
yuborish mumkin. – Endi esa menga so’z berganingni unutma.
Tayler kanistrdan ishqor to’kadi.
40
9
Taylerning so’lagi ikki sabab tufayli kerak edi. Birinchidan, ishqor qo’lga
yopishib qolishi uchun. Ikkinchidan, ishqor faqat suvda eritilgan holda kuydira
oladi. Yoki so’lakda.
- Bu kimyoviy kuyish, - deydi Tayler. – Bu sen bilgan hamma narsadan
ko’ra og’riqliroq.
Ana shuning uchun ham ishqordan kanalizatsiyani tozalashda foydalanishadi.
Ko’zingni yum.
Suv va ishqor alyumin tovani teshib o’ta oladi.
Suvda eritilgan ishqor yog’ochni issiz eritib yubora oladi.
Suvda eritilganda ishqor ikki yuz darajagacha qiziydi va aynan shu darajada
terim kuya boshladi. U qo’limni siqib ushlagach, uni tortib olishimga imkon
bermaydi va bu hayotimdagi eng muhim lahzalar ekanini uqtiradi.
- Chunki shu paytgacha sodir bo’lganlarning hammasi, tarixga aylandi.
Bundan keyin sodir bo’ladiganlari esa tarix bo’ladi.
Bu – hayotimizdagi eng muhim daqiqalar.
Qo’limdagi kuyishning shakli, Taylerning labi shakli bilan bir xil. Xuddi
qo’limda gulxan yoqishganga, yoki hayvonlarni tamg’alaydigan temirni
bosishganga o’xshaydi. Lekin bu qo’lim emas, bu uzundan-uzoq yo’lning oxirida
osilgan surat. Men shunday o’ylashga urinyapman.
- Og’riqdan yuz o’girishga urinma.
Bu gaplar Xloyning meditatsiya paytidagi gaplarini esga soladi.
Xatto xayolan ham og’riq so’zi haqida o’ylama.
Meditatsiya rakka chalinganlarga yordam berardi, nima uchun hozir yordam
bermasin?
- Qo’lingga qara, - deydi Tayler.
Qo’lingga qarama.
Xatto xayolan ham kuyish, teri, olov kabi so’zlarni o’ylama.
Teringning kuyayotgan ovozini eshitmaslikka harakat qil.
Meditatsiyaga kirish.
Ko’zingni yum va o’zingni Irlandiyadasan deb tasavvur qil.
Sen Irlandiyadasan, yoz, kollej tugagan, sen esa Blarni toshlarida yotish uchun
kelgan amerikalik va ingliz sayyohlari tashrif buyurgan eski qasr oldidagi pabda
pivo ichib o’tiribsan.
- Hech qachon unutma, sovun ixtiro qilinishi va odamning qurbon
keltirilishi o’rtasida aloqa bor.
Pab yopilgach undan bir to’da erkaklarga qo’shilib chiqasanda, tungi ko’chalarda
sayr qilasan. Hozirgina yomg’ir yog’gan, mashinalarning ustini yaltiroq tomchilar
qoplab qolgan. Nihoyat, Blarni qal’asiga yettib kelasan.
Qal’a pollari chirib ketgan, sen esa tosh zinalardan ko’tarilasan, ko’tarilgan
saring atrof qorong’ilashib boraveradi. Sheriklaring xotirjamlik bilan ketishmoqda,
ular bu ishni birinchi marta qilishmayapti.
- Meni eshit, ko’zingni och.
41
- Qadim zamonlarda, - hikoya qila boshlaydi Tayler, - odamning qurbon
keltirilishi daryoning boshlanishida o’tkazilgan. Minglab odamlar
qurbonlik keltirilgan. Eshit meni. Qurbonlik keltirilgandan so’ng ularning
tanasi gulxanda kuydirilgan.
- Xohlaganingcha yig’la, - deydi Tayler, - umivalnikka yugur va ishqorni
yuvib tashla, ammo tushun: sen ahmoqsan va o’lasan. Menga qara.
Ajoyib kunlarning birida sen o’lasan, sen buni tushunib yetmas ekansan,
menga keraging yo’q.
Sen Irlandiyadasan.
- Xohlaganingcha yig’la, lekin har tomchi ko’zyoshing ishqorga tushib,
qo’lingda sigaret bosilganga o’xshash chandiq qoldiradi.
Meditatsiya. Irlandiyadasan, yozda, kollej tugaganidan keyin, balki o’sha paytda
birinchi bor anarxiya haqida o’ylagandirsan. Tayler Dyorden bilan
uchrashishingdan bir necha yillar avval.
Irlandiyada.
Sen qal’a zinasining yuqorisidagi maydonchada turibsan.
- Kuyishni neytrallashtirish uchun sirkadan foydalanamiz, lekin avval sen
tushunishing kerak.
Yuzlab odamlar qurbon keltirib, yoqishgach altar ostida qalin yog’ qatlami hosil
bo’lgan.
Birinchi navbatda, kerakli nuqtaga yettib borish kerak.
Sen Irlandiyadagi qal’aning zinasi ustida turibsan, yon-atrofni zulmat qoplangan,
qo’l yetar masofada esa qal’a devori.
- Yomg’ir yillar davomida odamlar kuydirilgan yerga yog’avergan, yillar
davomida odamlar qurbonlik sifatida qatl qilinavergan. Yer ostiga
singgan yomg’ir chirigan daraxtlardan hosil bo’lgan ko’mirga aralashib
ishqorni hosil qilgan, ishqor esa odam yog’i bilan reaksiyaga kirishib,
altar ostidan toshib chiqqan va daryo qirg’og’igacha yettib borgan.
Sen irlandiyalik hamrohlaring bilan devor chekkasiga chiqib olib, qorong’ilikka
qarab peshob chiqarasan.
Ular seni tezlashadi: gormon va vitaminlar tufayli sarg’aygan qimmatbaho
peshobingni ayama.
- Bu – bizning hayotimizdagi eng buyuk damlar, - deydi Tayler, - sen esa
xayolan boshqa yerlarda yuribsan.
Sen Irlandiyadasan.
Ha, barakalla! Yaxshi. Ammiak va vitamin B ning hidi kelyapti.
Ming yillar davomida yomg’ir va inson yog’idan sovun hosil bo’lgan, daryoning
shu qismida kir yuvgan odamlar, aynan shu yerda kir boshqa joylarga qaraganda
tez va oson ketishini payqashadi.
Men Blarni toshlari ustiga peshob chiqaraman.
- Allo! – deydi Tayler.
Men o’sha boshlig’imga yoqmagan qon dog’i bor qora shimimni xo’l qilib
qo’yibman.
Sen Qog’ozchilar ko’chasidagi uydasan.
- Bu nimanidir anglatadi, - deydi Tayler, - bu belgi.
42
Tayler qimmatli axborotlar omborining o’zginasi. Sovun yaratilmasdan avval
yashagan odamlar kiyimlarini tozalash uchun peshobdan foydalanishgan, chunki
peshob tarkibida kislota va ammiak mavjud bo’ladi.
Keyin sirka hidi keladi va nihoyat, qo’lingdagi gulxanning tafti so’nadi.
Qo’lingning yallig’lanib ketgan joyidan sirka va peshobning ko’ngilni
aynitadigan hidi anqiydi.
- Bundan kelib chiqadiki, - deydi Tayler, - o’sha qurbon qilingan odamlar
bekordan-bekorga o’lib ketishmagan ekan.
Qo’limda yaltirab turgan shakli Taylerning labi shakli bilan bir xil chandiqni
ko’raman, uning atrofida esa ko’zyoshlarning ishqor ustiga tushishidan hosil
bo’lgan, sigaret bosilganga o’xshash chandiqlar hosil bo’lgan.
- Ko’zingni och, - deydi Tayler. Ko’zimni ochaman va Taylerning ham
yuzi yig’idan xo’l bo’lganini ko’raman.
- Tabriklayman, - deydi Tayler, - sen yakunga yana bir qadam
yaqinlashding. Endi sen birinchi sovunni odamlardan yasalganini bilib
olding.
Yangi dorilar sinab ko’riladigan jonivorlarni o’yla.
Kosmosga uchirilgan maymunlar haqida o’yla.
- Ular chekkan azob va og’riqsiz, ular keltirgan qurbonliksiz, biz hech
nimaga erisholmasdik.
43
10
Men liftni qavatlar oralig’ida to’xtataman, Tayler esa bu vaqtda kamarini
bo’shatadi. Lift to’xtagach, aravacha ustidagi sho’rva solingan kastryulning
qopqog’i taqillashdan to’xtaydi. Tayler sho’rva ustidagi qopqoqni oladi,
sho’rvadan chiqqan bug’ lift shiftigacha ko’tariladi.
Tayler shimining oldini ochadida deydi:
- Qarama, bo’lmasa o’xshamaydi.
Kastryulda meksika kunjuti va molyuskali sho’rva bor. Hidi shunchalik o’tkirki,
yon-atrofdagi boshqa hamma narsalarning hidini bosib ketadi.
Men Taylerni shoshiraman, yelkam osha unga qarab qo’yaman, Tayler
allaqachon ishga kirishgan. Chetdan bu juda g’alati ko’rinadi: kapalaknusxa
bo’yinbog’ taqqan filcha o’zining kichkina xartumchasi bilan sho’rva ichmoqda.
Tayler gapiradi:
- Axir aytdimku, menga qarama deb.
Lift eshigida kichkina illyuminator bor, undan banketlar zalida nimalar
bo’layotganini ko’rib turishim mumkin. Ammo hozir lift qavatlar orasida turgani
uchun kichkina tirqishdan faqat yashil linoleum va korridor oxiridagi yarimochiq
eshik ko’rinadi. Bu eshikdan magnatlarning xotinlari chelaklab shampan ichib,
og’zini to’ldirib kekirib, bir-biridan katta brilliyantlarini ko’z-ko’z qilgancha kirib-
chiqib yurishadi.
O’tgan haftada, deyman Taylerga, Nyu-York yuristlari Rojdestvoni nishonlash
uchun yig’ilishganda, ular uchun tayyorlangan apelsinli kokteylga peshob
chiqardim.
O’tgan haftada men ham “Yosh aristokratlar”ning bayramida aravachadagi
hamma “Boccone Dolce”ga peshob qo’shib qo’ydim.
Voy, Tayler ayyorey! Qaysi pirojniylar peshobni yaxshi yutib yuborishini yaxshi
biladi.
Kichik tirqishdan magnatlar marmar kabi oq, Stounhenj toshlari kabi ulkan
tishlari bilan har biri cho’chqadek keladigan qo’y go’shtini chaynayotgan paytda,
arfachi qiz ularning ko’nglini yozish uchun kuy chalayotgani eshitiladi.
Bo’la qolsangchi, deyman men.
- Ilojim yo’q, - javob beradi Tayler.
Agar sho’rva sovib qolsa, bu yaramaslar uni oshxonaga qaytarib yuborishadi.
Ular ba’zida ovqatni hech qanday sababsiz qaytarib yuborishadi. Ular shunchaki
sen ular to’lagan pul evaziga yugurishingni ko’rishni xohlashadi. Bunday
ziyofatlarda choy puli ham hisob ichiga qo’shiladi, shuning uchun ular ofitsiantlar
bilan qandaydir qumursqadek muomala qilish huquqini sotib olganmiz, deb
o’ylashadi. Biz esa, bilib turganinggizdek, ovqatni oshxonaga qaytarib olib
bormaymiz. U yoq-buyog’ini to’g’irlaymizda, boshqa kishiga olib boramiz, u xatto
sezmaydi ham.
Niagara, Nil, deyman men. Maktabda o’qib yurganimizda, agar uxlayotgan
odamning qo’lini iliq suvli idishga solib qo’yilsa, to’shagini xo’l qilib qo’yishiga
ishonardik.
44
Tayler deydi:
- Vo!
Tayler orqamda turib xursandchilik bilan gapiradi:
- Ha! Nihoyat! O’xshadi!
Zalning yarimochiq eshigidan xuddi eski brodvey teatrining zar ipli pardasidek
uzun yubkalarning etaklari ko’rinadi.
Oshirib yuborma, deyman men.
Biz Tayler bilan xizmat ko’rsatish sohasining partizanlariga aylandik.
Taklifnoma bilan kiriladigan ziyofatlarning buzg’unchilariga aylandik.
Mehmonxonalar ziyofat tashkil qilsa, hamma narsani o’z bo’yniga oladi: ovqat,
ichimlik, ofitsiantlar. Hammasi avvaldan to’langan. Ular sen choy pulingni olib
bo’lganingni bilganlari uchun ham sen bilan suvarakdek muomalada bo’lishadi.
Bir safar Tayler ana shunday taklifnoma bilan kiriladigan ziyofatlarning birida
xizmat qilgan. Aynan o’shanda u qo’zg’alonchi-ofitsiantga aylangan. Ziyofat hov
anavi, shishadan qurilgan, bulutga o’xshash uyda o’tkazilgandi. Mehmonlarga
baliqli taom tortilgandi, Tayler spagetti qoldiqlarini tozalayotgan paytda, uy bekasi
qaltiroq qo’li bilan qog’ozchani ko’targancha oshxonaga kirib keldi. Xonim uyning
yotoqxonalar joylashgan qismiga ofitsiantlardan kim borganini so’radi. Erimni
hech kim ko’rmadimi?
Oshxonada Tayler bor. Albert, Leon va Jerri tarelkalarni yuvib, javonga
taxlashayapti. Oshpaz yordamchisi Lesli esa rediska, krevetka qiymasi va ulitkaga
sarimsoq qaylasini taqsimlamoqda.
- Bizga uyning u qismiga o’tish man qilingan, - deydi Tayler.
Biz uyga garaj orqali kirdik. Biz garajdan tashqari faqat oshxona va
tamaddixonaga kirishimiz mumkin.
Shu payt xonimning orqasida eri paydo bo’lib, qog’ozni uning qaltirayotgan
qo’lidan tortib oldida, shunday bo’lgani yaxshiroq deydi.
- Buni kim qildi ekana? – deydi uy bekasi.
Eri xonimnining oq ipak bilan qoplangan yelkasini quchadi(ko’ylak rangi uy
rangi bilan mos ekan), uning titrog’i biroz bosildi.
- Bu ziyofat muhim, tinchlan, - deydi eri.
Chetdan qaralsa, qiziq ko’rinadi: xuddiki, qo’g’irchoqboz qo’g’irchog’iga jon
kiritgandek. Eri xonimni biroz o’ziga tortadi. Qog’ozcha polga tushib, sirpanadida,
Taylerning oyog’i ostiga kelib tushadi.
Albert so’raydi:
- Nima deb yozilgan ekan?
Leon baliq solingan tarelkalarni tozalashni boshlaydi.
Lesli ham rediskali protivenni duxovkaga joylagach qog’ozga qiziqadi:
- Xo’sh, nima deb yozilgan ekan?
Tayler Leslining ko’zlariga tik qarab, qog’ozni yerdan olmasdan turib, gapiradi:
- Sening atir solingan flakonlaringdan biriga atir o’rniga mening peshobim
solingan.
Albert kuladi:
- Sen uning atriga peshob chiqardingmi?
45
Tayler yo’q deydi. Shunchaki shu qog’ozchani flakonlari orasiga qo’yib
qo’ydim. Uning vannasidagi oyna ostida kamida yuzta flakon bor.
Lesli kuladi:
- Demak, peshob chiqarmabsanda?
- Yo’q, - javob beradi Tayler, - lekin u buni bilmaydi.
Ziyofatdan qolgan hamma ovqatni Tayler yig’ishtirib oldi, uy bekasi birorta
ovqatga qo’lini urmadi, tarelkadagi sovuq rediskalar, sovib qolgan “pomm
dyushese”li mol go’shti, polyakcha pishirilgan gulkaram. U birorta ovqatdan tatib
ko’rmadi, ammo Tayler vinodan kamida o’n marta quyib berishiga to’g’ri keldi.
Stol to’riga o’tirib olgan beka ziyofatga kelgan barcha ayollarni kuzatib turdi,
ovqat oxirida, sharbat tortilib, abrikosli tort olib kelinayotgan paytda qayergadir
yo’qolib qoldi.
Ofitsiantlar iflos idishlarni yuvib, mehmonxonaga tegishli avtofurgonga joylab
bo’lishgan ham ediki, uy egasi Albertning yoniga kelib, undan og’ir narsani
ko’tarishga yordam bera olasizmi deb so’radi.
Lesli Tayler oshirib yubormadimikan, deb so’radi.
Tayler ularga ana shu bir unsiyasi oltindan qimmat turadigan atirni olish uchun
kitlarni qanday o’ldirishlarini aytib berdi. Ko’pchilik odamlar tirik kitni umuman
ko’rishmagan. Lesli ikkita kichkina bolasi bilan katta yo’lning chetidagi kvartirada
yashaydi, uy bekasining bitta atri esa ofitsiantlarning bir yillik maoshidan ham
qimmat turadi.
Albert qaytib keladi va qutqarish xizmatining raqamini teradi.
Albert kafti bilan telefonni to’sadida, Taylerga qarab, bunday qilish kerak emasdi
deydi.
Tayler deydi:
- Qani, bo’laqol, menejerga qo’ng’iroq qil. Meni ishdan bo’shata qolsin.
Men bu ishga uylanib olmaganman.
Hamma boshini egadi.
- Bu hayotingda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng yaxshi narsa. Seni
ishdan bo’shatishganda vaqtingni havoga sovurishni bas qilib, nimanidir
o’zgartirishga harakat qilishni boshlaysan.
Albert telefonga tez yordam kerak deb, manzilni aytadi. Javobni kutayotgan
paytida u sheriklariga xonim hazillarni yomon ko’rishini aytadi. Albert uni
xojatxonadan ko’tarib chiqishiga to’g’ri kelibdi. Eriga qo’l tekkizishni man qilibdi.
U eriga peshobni sen solib qo’ygansan, chunki meni aqlimdan ozdirib,
dugonalarimdan biriga uylanishni istaysan, yana faqat yaxshi kuningda seni
do’stim deb ataydigan mana bu odamlarning hammasidan juda charchadim deb
aytibdi.
Eri uni xojatxonadan chiqara olmapti, chunki u atir flakonlridan birini sindirib,
agar ichkariga kirishga urinsang, bo’g’izlab tashlayman, deb tahdid qilibdi.
Tayler deydi:
- Ajoyib!
Albertdan badbo’y hid keladi. Lesli deydi:
- Albert, azizim, sendan badbo’y hid kelayapti!
46
Vannadan sasimasdan chiqib bo’lmasdida, javob beradi Albert. Pol va unitaz
flakon siniqlari bilan to’la edi. Xuddi biz banketlar uchun tayyorlaydigan muz
bo’laklariga o’xshaydi. Vanna sasib ketgan, pol shisha bo’laklari bilan to’lgan,
men esa xonimni u yerdan olib chiqishga urinyapman. Uning oq ko’ylagi sariq
dog’lar bilan qoplangan. Xonim qo’lidagi shisha bo’lagi bilan kaftini kesib oldi.
Uning qo’li qonadi, yig’lagancha burchakka qisilib oldi. U kuydiryapti dedi:
- Uolter, qo’lim kuyayapti!
O’ldirilgan kitdan olingan atir kesilgan joyga kirib, chidab bo’lmas darajada
og’riq hosil qilgandi.
Eri uni yana oyoqqa turgizdi, xonim bir kafti bilan ikkinchisini xuddi
yolvorayotgandek siqadi, barmoqlari orasidan qon sizib chiqib, bilagidagi olmos
bilakuzugidan o’tadida, tirsagidan polga oqib tushadi.
Eri deydi:
- Hammasi yaxshi bo’ladi, Nina.
- Qo’lim og’riyapti, Uolter.
Xonim so’raydi:
- Kimning qo’li bordi bunday qilishga? Kim meni shunchalik yomon
ko’radi?
Eri Albertga murojaat qiladi:
- Tez yordamni chaqira olasizmi?
Bu Taylerning, xizmat ko’rsatish sohasi terroristining, partizan ofitsiantning, eng
kam ish haqi oluvchilar himoyachisining birinchi yurishi edi. Tayler bu ishlar bilan
men bilan tanishishidan ancha avval shug’ullanishni boshlagan ekan, ammo faqat
omadsizlargina yolg’iz ichishadi.
Albert hikoyasini tugatgach Tayler qoyil deydi.
Mana biz yana mehmonxonadamiz va oshxona hamda banketlar zali orasida
turibmiz, men esa Taylerga qanday qilib dermatologlar kongressi uchun pishirilgan
forelga peshob chiqarganimni aytib beryapman. O’shanda dermotologlardan
uchtasi forel sho’r ekanini, bittasi esa umrida bundan mazaliroq narsa yemaganini
aytgandi.
Tayler so’nggi tomchilarni siltab tushiradida, bori shu deydi.
Bu operatsiyani vishisuaz yoki gaspacho kabi sovuq holda tortiladigan sho’rvalar
bilan amalga oshirish osonroq. Lekin bu ishni usti qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq
bilan qoplangan fransuzcha piyozli sho’rva bilan qilib bo’lmaydi. Agar shohona
restoranda ovqatlanish uchun pulim bo’lganda aynan shu sho’rvani buyurgan
bo’lar edim.
Bizda yangi g’oyalar yettishmovchiligi boshlandi. Ovqatga nimanidir qo’shib
qo’yaversang, joningga tegib qolar ekan. Xuddi bu kasbingning bir qismidek
tuyula boshlaydi. Ammo ziyofatlarning birida bir doktor gepatit virusi narsalarning
yuzasida olti oygacha yashay oladi, deb qoldi. Qiziq u desert uchun tortilgan
ruscha sharlotka kremida qancha yashar ekana?
Lasosli dimlamadachi?
Men doktordan gepatit virusini qayerda yuqtirib olish mumkin deb, so’radim,
uning kayfi oshib qolgandi.
Istalgan virusni shifoxona chiqindisidan topish mumkin dedi.
47
Istalganini.
Kasalxona chiqindixonasi – chindan ham kerakli nuqta.
Barmog’imni lift tugmasiga olib borib, Taylerdan tayyormisan, deb so’rayman.
Qo’limdagi chandiqqa ko’zim tushadi, uning shakli Taylerning lablari shakli bilan
bir xil.
- Bir soniya, - deydi Tayler.
Sho’rva haliyam issiq shekilli, chunki Tayler hozirgina shimining ichiga
yashirgan narsacha bug’ning taftidan krevetkadek qizarib qolgan edi.
48
11
Ahvolimiz bundan yomon bo’lishi mumkin edi, deydi Tayler, masalan, Janubiy
Amerikada daryoni kechib o’tayotganimizda uzun va o’tkir tishli baliq tishlab
olishi mumkin edi. U tishlari bilan oyoqlaring orasiga yopishib oladida, g’ajishni
boshlaydi. Ko’rdingmi, shanba tunini hozirgidan yomonroq o’tkazishning juda
ko’p yo’llari bor.
- Biz Marlaning onasi bilan bundan ham yomonroq ishlarni qilishimiz
mumkin edi, - deydi Tayler.
- Ovozingni o’chir, - jahlim chiqadi meni.
Taylerning aytishicha, bu yerda emas, masalan Fransiyada bo’lganimizda,
hukumat bizni o’g’irlab ketib, Parij atrofidagi kimsasiz yerto’lalardan biriga
yashirib qo’yishlari mumkin ekan. U yerda esa jarrohlikdan tuzukroq xabari ham
bo’lmagan laborantlar quyoshda qorayish uchun mo’ljallangan yangi kremni sinab
ko’rish uchun tana a’zolarimizni kesib olishlari mumkin ekan.
- Shunaqa voqealar ham bo’lib turadi, - deydi Tayler. Gazeta o’qisang
bilasan.
Hammasidan yomoni men Tayler Marlaning onasi bilan nima qilmoqchi ekanini
aniq bilaman. Tayler chinakamiga pul ishlab topayapti. Soqqa qilyapti.
Nordstromdan telefon bo’ldi va ular rojdestvogacha ikki yuz dona sovun buyurtma
qilishdi, “Taylerning kuydirilgan shakari” firmasi nomiga. Ular bir dona sovunga
yigirma dollardan to’lashlarini ma’lum qilishdi. Bizda uyning isitish tizimini
ta’mirlashga, kechalari bayramlarga borishga yetadigan pul paydo bo’ldi. Hamma
narsaga pulimiz yetganda edi, ishdan bo’shagan bo’lar edim.
Tayler “Qog’ozchilar ko’chasidagi sovun zavodi” nomi bilan ish yuritadi.
Odamlarning aytishlaricha, bunday sifatli sovunni hali ko’rishmagan ekan.
- Agar sen bexosdan Marlaning onasini yeb qo’yganingda, bundan ko’ra
yomonroq bo’lar edi, - deydi Tayler.
Yeb turgan tovuq go’shti tiqilib qolishiga sal qoldi, Taylerdan ovozini
o’chirishini so’radim.
Bu tunni biz dami chiqqan shinali, eski avtomobillar uchun mo’ljallangan
avtoturargohda turgan, 1968-yil ishlab chiqarilgan “impala”ning o’rindiqlarida
o’tkazamiz. Biz Tayler bilan pivo ichgancha, valaqlashib o’tiribmiz, “impala”ning
o’rindiqlari ko’pchilik divanlardan ham kengroq bo’lgani uchunmi, o’zimizni juda
qulay his qilyapmiz. Shaharning bu qismida bunga o’xshash avtoturargohlar juda
ko’p. Avtomobil bilan savdo qiluvchilar bunaqa mashinalarni “teshik tog’ora” deb
atashadi: bu yerdagi hamma mashinalarni, ularga egalik qilayotgan lo’lilardan nari
borsa, ikki yuz dollarga sotib olish mumkin. Lo’lilar ularga kontora vazifasini
o’taydigan faner budkalar eshigi oldida ingichka va uzun papiros chekib
o’tirishadi.
Bu mashinalarni urib pachoq qilsang ham achinmaysan, shuning uchun ham
yuqori sinf o’quvchilari shunaqasidan sotib olishni yaxshi ko’rishadi. “Gremlin”,
“peyser”, “maverik” va “hornet”, “Interneyshnl Harvester” pikaplari, usti ochiq
“kamarolar”, “dasterlar” va “impalalar”. Bu mashinalarni egalari qachondir
49
yoqtirishgan, ammo keyinchalik tashlab yuborishgan. Kechalari lo’lilar
mashinalarning eshigini yopib ham o’tirishmaydi.
Katta yo’ldan o’tib ketayotgan mashinalarning chiroqlari bizning “impala”ning
old oynasidagi katta e’lonni bir lahzaga yoritadi. Bu Amerika. Narxi – to’qson yetti
dollar. Nol, nol, nuqta, sakkiz, to’qqiz. Shu raqam orqali Amerika bilan
bog’lanishingiz mumkin. Amerika bu mashina egasi bo’lgan lo’lining laqabi bo’lsa
kerak.
Bu yerdagi ko’pchilik mashinalar yuz dollardan qimmat turmaydi, hammasining
old oynasiga sotib olish sharti yopishtirilgan: “qanday bo’lsa, shunday olib ket”.
Biz impalani tunni shu yerda o’tkazishimizga to’g’ri kelib qolishi mumkinligi
tufayli tanladik, chunki uning o’rindiqlari boshqa mashinalarnikidan kengroq.
Uyga borib bo’lmaydi, shuning uchun yo shu yerda uxlashimiz, yo tuni bilan
diskotekada bo’lishimiz kerak. Lekin biz tungi klubga bormaymiz. Taylerning
aytishicha, baland musiqa, ayniqsa, bas uning bioritmini buzar ekan. Buning ustiga
klublarda deyarli gaplashishning iloji yo’q: bir juft ichimlikdan so’ng hamma
o’zini butun dunyoning markazi deb hisoblashni boshlaydi. Ammo aslida
hammalari tashqi dunyodan uzilib qolgan bo’lishadi.
Biz bugun mashinada uxlaymiz, chunki bugun uyga Marla kelib, menga uning
onasini qaynatib yuborganim uchun politsiya chaqiraman deb, tahdid qildi. Keyin
u meni maxluq va odamxo’r deb atab, uyni to’zg’itishni boshladi. U bir dunyo
jurnallarni butun uy bo’ylab sochib tashaldi; shu holatda uyni tashlab chiqishimga
to’g’ri keldi, bori shu.
“Regent” otelida uyqudori bilan o’zini o’ldirishga urinish voqeasidan so’ng
uning politsiya chaqirishiga shubham bor, lekin Tayler tunni boshqa yerda
o’tkazganimiz ma’qul degan xulosaga keldi. Har ehtimolga qarshi.
Har ehtimolga qarshi: Marla uyni yoqib yuborishi mumkin.
Har ehtimolga qarshi: Marla pistolet sotib olishi mumkin.
Har ehtimolga qarshi: balki Marla haliyam uydan ketmagan bo’lishi mumkin.
Har ehtimolga qarshi.
Men diqqatimni jamlashga harakat qilaman:
Do'stlaringiz bilan baham: |