Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana12.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#145607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JANGOVOR KLUB

Ona asalari – qirolicha 
Qirolicha – qul.
   Bor narsangu mashinangdan kech, shaharning chiqindilari to’planadigan joydagi 
ijaraga olingan uyga ko’chib bor, kechalari bilan Marla va Tayler bir-birini 
erkalatayotganini eshitib yot.
   Bo’laqol, sassiq latta!
   Ovozingni o’chir. O’zing sassiq lattasan!
   Mana, ko’kargan ko’z va qon qotib qolgan shimim bilan ishxonamga kirib 
hammaga SALOM deyapman. SALOM! Menga qarang, SALOM! Men to’liq 
DZEN holatidaman. Bu – QON. Bu – NIMADIR. Salom.
   Nafas.
   Nigoh.
   Oyna orqasida qush ko’rinadi.
   Boshliq bu qon senikimi deb so’raydi.
   Qush shamol bo’ylab uchmoqda. Men hayolan yangi hayku yozaman.
Qush uyidan ayrilgach,
Butun dunyo uy unga.
Yasha yashamoq uchun.
   Barmoqlarim bilan sanab, bo’g’in qoidalarini to’g’ri qo’llaganimni tekshirib 
ko’raman.
- Ey, bu qon senikimi?
   Aha, javob beraman. Bir qismi.
   Noto’g’ri javob.
   
   Umuman buni nima ahamiyati bor. Menda ikki juft qora shim, oltita oq ko’ylak 
va oltita ichki kiyim bor. Eng zarur narsalar. Jangovor klubga qatnayman. Bu 
yerda qanday noodatiy narsa bor?
- Uyingga jo’na, - dag’dag’a qiladi boshliq. – kiyimingni almashtir.
   Men Tayler va Marla bitta odam emasmikan deb o’ylashni boshladim. Ular har 
kuni Taylerning xonasida tunni o’tkazishlarini hisobga olmaganda, albatta.
   Tayler va Marla hech qachon bitta xonada bo’lishmaydi. Men hech qachon ularni
birga ko’rmaganman.
35


   To’g’ri, siz meni hech qachon Konfutsiy bilan birga ko’rmagansiz va bu men u 
bilan bitta odam ekanimni anglatmaydi. Shunchaki, Marla kelganda Tayler hech 
qachon xonasidan chiqmaydi. 
   Shimlarimni tozalashim uchun Tayler menga sovun tayyorlashni o’rgatishi 
kerak. Tayler yuqori qavatlarning birida, oshxonadan esa chinnigul va kuygan 
sochning hidi keladi. Marla oshxona stoli oldida o’tirgancha o’zining xushbo’y 
hidli sigaretasini bilagiga bosyapti.
- Men og’riq his qilib, jahlim chiqqan holatimni sovg’a deb hisoblayman, -
sigaretning yonayotgan uchiga tikilgancha gapiradi Marla.
   Marla sigaretini oppoq bilagiga bosadi:
- Yon, yalmog’iz, yon!
   Tayler yuqorida, mening xonamda oynada tishlarini tomosha qilib turibdi. U 
menga banket paytlari xizmat qilish uchun ofitsiant bo’lib ishga kirganini aytadi. 
- “Pressman” mehmonxonasida, kechqurun bo’sh vaqt bo’lganda 
ishlayman, - deydi Tayler. – Bunaqa ish senda moliyaviy tabaqalanishga 
nisbatan nafrat hissini uyg’otishga katta yordam beradi.
   Yaxshi, javob beraman men, ishingga tupurganman.
- Administratsiyaning o’zi bo’yinbog’ beradi, sendan talab qilinadigani oq 
ko’ylak va qora shim, xolos.
   Sovun, Tayler, deyman men. Bizga sovun kerak. Men shimlarimni tozalashim 
kerak.
   Tayler ikki yuzta press mashqi qilib bo’lguncha uning oyog’ini bosib turaman.
- Sovun tayyorlash uchun yuqori sifatli yog’ kerak bo’ladi.
   Tayler – muhim ma’lumotlar ombori.
   Tunni hisobga olmaganda, Marla va Tayler hech qachon bir xonada 
bo’lishmaydi. Tayler men bilan birga payti Marla undan qochib yuradi. Bu holat 
menga tanish. Ota-onam ajrashishlaridan oldin o’zlarini xuddi shunday tutishgandi.
   Otam har doim shunday derdi:
- Ayollar joningga tekkuncha uylanib qol, bo’lmasa uylanmay o’tib 
ketasan.
   Onam har doim shunday derdi:
- Hech qachon plastmass zamokli narsa sotib olma.
   Butun hayotim davomida ota-onam birorta ham yostiq jildingga kashta qilib 
tikishga arziydigan gap aytishmagan.
   Tayler bir yuzi to’qson sakkiz marta yotib turdi. Biryuzi to’qson to’qqiz. Ikki 
yuz.
   U shorti va vanna xalati kiyib olgan.
- Shunday qilki, Marla uydan ketsin, - deydi Tayler. – Do’konga borib bir 
banka tozalash uchun ishlatiladigan ishqor olib kelsin. Faqat brekit 
ko’rinishidagisidan olsin, kukunlisi yaramaydi. Qisqasi, yo’lini qilib 
jo’natib yubor uni.
   Yoshim oltida, kuryer bo’lib ishlayman: dadaming gapini onamga, onamning 
gapini dadamga yetkazaman. Ular bir-biri bilan gaplashishmaydi. Men bundan 
nafratlanardim. Men bundan hozir ham nafratlanaman.
36


   Tayler mashq qilishda davom etadi, men esa pastga tushib Marlaga ishqor olib 
kelishini aytib o’n dollar va avtobusga chipta beraman. Marla hali ham stol oldida 
o’tirib chinnigul hidli sigaretini chekyapti. Sigaretini barmoq orasidan olib 
qo’yaman. Muloyim va xotirjamlik bilan. Keyin idish yuvadigan latta bilan uning 
bilgidagi kuyishdan hosil bo’lib, qon oqishni boshlagan yarasini artib qo’yaman. 
Keyin unga baland poshnali tuflisini kiydirib qo’yaman.
   Marla menga tikiladi, o’zimni “Zolushka”dagi shahzodadek his qilaman.
- Men uyingga kirdim, chunki hech kim yo’q deb o’ylagandim, eshiging 
esa baribir yopilmaydi. 
   Men javob bermayman.
- Bilasanmi, davom etadi Marla, - prezervativ – bizning avlod uchun billur 
tufliga aylangan. Notanish odam bilan uchrashganingda kiyasan, 
tonggacha raqsga tushasan, keyin tashlab yuborasan. Prezervativni 
nazarda tutayapman, notanish odamni emas.
   Men Marla bilan gaplashmayman. U Tayler bilan istagan ishini qilishi mumkin, 
lekin menga tryuklari o’tmaydi.
- Men seni tongdan beri shu yerda kutdim.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish