Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana12.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#145607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JANGOVOR KLUB

6
   
“Maykrosoft” kompaniyasi uchun men tomonimdan tayyorlangan ko’rgazmali 
prezentatsiyaning ikkita slaydini ko’rsatgan edik hamki, qon ketishi yana boshlandi
va qonni artib tashlashimga to’g’ri keldi. Boshlig’im men tayyorlagan materialga 
o’zi tushunmasa ham, ko’kargan ko’z va choklar tufayli shishib ketgan iyak bilan 
bu prezentatsiyani o’zim namoyish qilishimga hech qanaqasiga rozi bo’lmaydi. 
Choklar ochilib ketdi, men qonni artib tashlashga majburman. Boshlig’im 
prezentatsiyani men yozgan ssenariy bo’yicha olib bormoqda, meni esa hech kim 
ko’rmasligi uchun xonaning qorong’i burchagidagi proyektorga o’tkazib qo’ygan. 
      Lablarimdan yopishqoq qon oqmoqda, men uni artib tashlashga urunayapman, 
chiroq yonib, “Maykrosoft” konsultantlari – Ellen, Uolter, Norbert va Lindaga 
e’tiborlari uchun minnatdorlik bildirish maqsadida ular tomon burilganimda 
og’zim qonga to’lgan va tishlarim orasidan sizib chiqmoqda edi. 
   O’zingni noqulay his qilmaslik uchun o’z qoningdan bir qultum yutib yuborsang 
hech narsa qilmaydi.
   Ertaga jangovor klub yig’iladi, men uni nima bo’lgan taqdirda ham o’tkazib 
yubora olmayman.
   Prezentatsiyadan avval Uolter quyoshda qorayib barbekyuda qovurilgan chipsga 
o’xshash terisi va marvariddek tishlarining rangi o’rtasidagi farqni namoyish 
qilgancha jilmayadi. Uolter salomlashish uchun uzuk taqqan qo’lini cho’zadi, 
barmoqlarim uning yumshoq kaftida yo’q bo’lib ketadi.
- Siz adabini berib qo’ygan odamning ahvoli haqida xatto o’ylashning o’zi 
ham qo’rqinchli
   Jangovor klubning birinchi qoidasida deyiladi: hech kimga jangovor klub haqida 
aytilmasin.
   Yiqilib tushdim, tushuntiraman Uolterga.
   Bexosdan.
   Prezentatsiyadan avval boshliqning oldida o’tirib unga ssenariy bo’yicha 
slaydalar ketma-ketligi va qaysi payt videomagnitofonni yoqish zarurligini 
tushuntiraman. U mendan so’raydi:
- Nimaga har dam olish kunlarida qanaqadir janjalga aralashib qolasan?
   Chandiqlar erkak kishining ko’rki, deyman men. Bir tekis tashqi ko’rinish urfdan
qoldi. 1955-yilda chiqqan eski avtomobilga o’tirsangu, uning tashqi ko’rinishi 
xuddi hozir konveyerdan chiqqandek bo’lsa, ko’nglim ayniydi.
   Jangovor klubning ikkinchi qoidasida deyiladi: hech qachon hech kimga 
jangovor klub haqida aytilmasin.
   Ovqatlanib olish uchun jo’naysan, sening stolingga ko’zi pandanikiga o’xshab 
ko’karib qolgan ofitsiant yaqinlashadi. Uni o’tgan shanbada jangovor klubda 
ko’rganingni eslaysan; yuz kiloli ho’kiz uning boshini tizzasi bilan beton polga 
bosib olgancha to u “yetar!” deb baqirmaguncha rosa adabini berdi.
   Jangovor klub haqida gapirishga haqing yo’q, chunki klub faqatgina 
yi’g’ilishning boshlanishidan tugashigacha mavjud bo’ladi. 
25


   Nusxa ko’chirish byurosida ishlaydigan yigitchga ko’zing tushadi. U bilan bir oy
oldin tanishgansan. U qog’ozlardan nusxa ko’chirib, ularni dirokol yordamida 
teshadi, ammo klubda u naq xudoning o’zidek urishardi. U o’zidan ikkita 
keladigan bosh hisobchini o’n daqiqa bo’g’ib turdi, keyin polga ag’dardida to u 
kechirim so’rab yolvorguncha urdi. Jangovor klubning uchinchi qoidasi shunday: 
agar raqib xushidan ketsa, yoki “yetar!” deb baqirsa jang yakunlanadi. Biz u bilan 
har kuni ko’rishamiz, ammo uning qanday zo’r jangchi ekani haqida kimgadir bir 
og’iz so’z aytish ta’qiqlangan.
   Jangda faqat ikki kishi qatnashadi. Hech kim bir kechada bittadan ortiq jang 
o’tkazmaydi. Belidan tepasi yalong’och va yalangoyoq holda jang qilish talab 
qilinadi. Jang qancha zarur bo’lsa, shuncha davom etadi. Jangovor klubning qolgan
qoidalari mana shunaqa.
   Jangovor klubda biz hammamiz boshqa odamga aylanamiz. Nusxa ko’chirish 
byurosidagi yigitga ajoyib jangchi ekanini aytgan taqdiringda ham buni umuman 
boshqa odamga aytasan.
   Jangovor klubdagi men boshliq biladigan mendan butkul farq qiladi. 
   Odatiy hayotda men, boshlig’i “Maykrosoft” konsultantlariga nega menyu uchun
aynan shu och zangori rangni tanlaganini tushuntirayotgan paytda, qorong’i 
burchakda og’zi qonga to’lib, slayd va diagrammalarni almashtirib turgan, oq 
ko’ylak kiyib bo’yinbog’ taqqan reklama bo’limi koordinatoriman. 
   Jangovor klubning birinchi jangida men va Tayler qatnashganmiz.
   Avvallari, besh yillik rejadan ortda qolib, uyga kayfiyatim tushib qaytganimda 
ko’rinishim yaxshiligi, uyim, mashinam borligi va qachondir sokin o’lim 
topishimni o’ylab o’zimga dalda berardim.
   O’zini-o’zi mukammallashtirish hali hammasi bo’lmasachi?
   Tayler uning otasi kimligini bilmasdi.
   Balki, o’zini-o’zi yo’q qilish muhimroqdir.
   Tayler va men xuddi avvalgidek jangovor klubga qatnaymiz. Jangovor klub 
barning yerto’lasida joylashgan va har shanba bar yopilgach borgan sari ko’proq 
yigitlar yig’ilmoqda.
   Tayler yerto’la o’rtasida osilgan yagona lampa tagida turib oladi va qorong’idan 
unga tikilib turgan yuzlab ko’zlarni ko’radi. Shunda u baland ovozda gapiradi:
- Jangovor klubning birinchi qoidasi: hech kimga jangovor klub haqida 
aytilmasin.
- Jangovor klubning ikkinchi qoidasi, - davom etadi Tayler, - hech qachon 
hech kimga jangovor klub haqida aytilmasin.
   Otam meni tashlab ketganida yoshim oltida bo’lganiga qaramasdan men uni 
eslolmayman. Otamning qiziq odati bor: har yetti yilda yangi shaharda yangi oila 
quradi. U oila deganda restoranlar tarmog’iga o’xshash narsani tushunsa kerak.
   Jangovor klubda ayollar katta qilgan erkaklar yig’iladi.
   Tayler yerto’la o’rtasidagi yagona lampa ostida turadi, odam to’la qorong’ilikdan
hamma bir ovozda qolgan qoidalarni e’lon qiladi: ikki kishi urishadi, har bir kishi 
ko’pi bilan bir marta jang qiladi, yalangoyoq va ko’ylaksiz urilishadi, jang qancha 
kerak bo’lsa, shuncha davom etadi.
26


- Nihoyat, yettinchi qoida, - baland ovozda ma’lum qiladi Tayler, - yangi 
kelgan chorlovni qabul qilishga majbur.
   Jangovor klubga qatnashish televizorda futbol tomosha qilish emas. Televizorda 
yerning narigi chetida bir-biri bellashayotganlarni ko’rasan. Signal sun’iy yo’ldosh
orqali ikki daqiqalik kechikish bilan yettib keladi, har o’n daqiqada homiylar 
reklamasi paydo bo’ladi. Jangovor klubga birinchi tashrifdan keyin odamlar 
televizor orqali futbol ko’rishga oldingda kelishgan jonon turganda behayo film 
tomosha qilishdek munosabatda bo’la boshlashadi.
   Jangovor klubga a’zo bo’lgach, mashq zallariga qatnashni, soch va tirnoqlarni 
kalta qilib yurishni boshlaysan. Mashq zallari “erkak bo’lish”ni yunon haykallari 
kabi bo’lish deb tushunadigan yigitlar bilan to’la. 
   Taylerning aytishi bo’yicha, istalgan hezalak o’zini baquvvat deb atashi mumkin.
   Otam oliy ma’lumot ololmagan, shuning  uchun u mening oliy ma’lumot 
olishimni juda muhim deb hisoblagan. Kollejni tugatgach, otam bilan gaplashish 
uchun boshqa shaharga telefon qildim va undan so’radim:
- Dada, endi nima qilay?
   U savolimga javob bera olmadi.
   Keyin ishga kirdim, yigirma beshga to’lganimda yana boshqa shaharga telefon 
qilib otamdan so’radim – endichi? U yana nima deyishni bilmasdan aytdi: uylan.
   Yoshim o’ttizda, ammo haliyam bolaman. Boshqa ayol nima ham qilib bera 
olardi?
   Jangovor klubda nimalar yuz berishini so’z bilan tushuntirib berish, qiyin. Ba’zi 
yigitlar har hafta jang qilsam deydi. Bu hafta Tayler yerto’laga birinchi ellik 
kishini kiritaman deb aytdi. Faqat shuncha.
   O’tgan hafta men bir yigit bilan gaplashib jang qilishga kelishdik. Bu hafta uning
uchun og’ir kelgan ko’rinadi: u darhol qo’limni qayirib ikki marta zarba berib 
yuzimni beton polga ishqay boshladi. Ko’zim shishib ketgani tufayli uni 
ocholmadim, iyagimdan qon oqar, lablarim yorilib ketgandi, “yetar!” deb 
o’rnimdan turgach polda yuzimning qonli izini ko’rdim. 
   Tayler yonimda turib polda og’zim o’rnida qolgan “O” shaklidagi atrofi qonli 
izni ko’rdi.
- Qoyil! – dedi Tayler.
   Rahmat, ajoyib jang, deb raqibimning qo’lini siqaman.
   U javob beradi:
- Keyingi haftadayam olishamizmi?
   Abjag’i chiqqan yuzim bilan kulishga urinib, javob qaytaraman, yuzimga qara. 
Balki, bir oy kutganimiz yaxshiroqdir.
   Hech qayerda hayotni jangovor klubdagidek his qila olmaysan. Yagona lampa 
ostida ikki kishi – sen va raqibing, atrofingni tomoshabinlar olomoni qurshab 
olgan. Yutish yoki yutqazish ahamiyatga ega emas. So’zlar muhim emas. Mana 
yana bir yangi yigit jangovor klubga keldi, terisi non mag’ziga o’xshaydi. Ammo 
bir oy o’tmasdan turib u daraxt kabi chayir bo’lib qoladi. Endi u har qanday 
muammoni mustaqil hal qila oladi. Jangovor klubning shovqini boshqa 
zallarnikiga o’xshash, ammo bu yerda hech kim tashqi ko’rinish haqida 
qayg’urmaydi. Bu yerda hamma tushunarsiz so’zlar bilan tushunarsiz tilda 
27


hayqirishadi, yakshanba kuni ertalab uyg’onishgach o’zlarini chinakamiga erkin 
his qilishadi.
   So’nggi jangdan so’ng tibbiy klinikaga yo’llanma olish uchun sug’urta agentligi 
bilan gaplashgunimcha raqibim shvabra bilan poldagi qonni yuvib tashladi. 
Shifoxonada Tayler vrachga yiqilim tushganimni aytdi.
   Ba’zida Tayler mening o’rnimga gapiradi.
   Jangovor klub haqida gapirish mumkin emas, chuni u juda qisqa vaqt oralig’ida –
shanba kuni tungi ikkidan yakshanba tonggi yettigacha mavjud bo’ladi. 
   Men ham, Tayler ham, jangovor klubni o’ylab topgunimizcha urishmagan edik. 
Agar hech qachon urishmagan bo’lsang, hamma narsadan qo’rqasan: og’riqdan, 
raqibingni yenga olmasligingdan. Tayler o’zini urishni taklif qilgan birinchi odam 
menman. Biz barda kayfimiz oshib o’tirgandik, atrofimizdagilarning biz bilan ishi 
yo’q edi, shunda Tayler dedi:
- Menga bir yordam qilib yubor. Meni bor kuching bilan urishingni 
istayman.
   Avvaliga rad etdim, ammo Tayler menga birortayam chandiqsiz o’lib ketishni 
istamasligini, televizorda boshqalar urishayotganini ko’rish joniga tekkanini, o’zini
yaxshiroq anglashni istashini aytdi.
   U menga o’zini-o’zi yo’q qilish haqida gapirib berdi.
   Shunda menga hayotim bo’m-bo’sh bo’lib tuyuldi, qafasni buzib chiqish, yangi 
hayot topish kerak deb o’yladim.
   Atrofga qarab, yaxshi, dedim, faqat, tashqariga mashinalar to’xtash joyiga 
chiqaylik dedim.
   Tashqariga chiqdik va men Taylerdan qayeriga urishimni xohlashini so’radim: 
boshigami yoki qorniga.
   Tayler dedi:
- Abjag’imni chiqar.
   Avva hech kimni urmaganimni aytdim.
   Tayler dedi:
- Qani, o’zingni bo’sh qo’y.
   Undan ko’zini yumishini so’radim.
   Tayler dedi:
- Hech qanaqasiga.
   Chuqur nafas oldimda, xuddi kovboylar haqida filmlardagidek uning jag’iga 
tushirayotganimni tasavvur qildim, yangi kelganlarning hammasi shunday qiladi. 
Albatta, mushtim mo’ljalga tegmadi, Taylerning bo’yniga urib yubordim.
   Jin ursin, dedim men, bunisi hisob emas. Kel, boshqatdan.
- Hisob, hisob, - dedi Tayler hamda to’satdan multifilmlardagi prujina 
o’rnatilgan boks qo’lqopi singari ko’kragimga tushirdi.
   Men kimningdir mashinasiga urildim. Bir pas jim turdik: Tayler bo’ynini 
uqalardi, men qo’limni ko’kragimga bosib turardim, ikkimiz ham avval bo’lmagan 
yerga tushib qolgandik va haliyam tirik edik, ikkimiz ham bu yo’ldan tirik 
qolgancha qancha vaqt yura olishimiz haqida o’ylardik.
   Tayler dedi:
- Qoyil.
28


   Yana ur, dedim.
   Tayler dedi:
- Yo’q, endi seni navbating.
   Men uni qiz bolalarga o’xshab qulog’iga tushirdim, u esa qornimga tepdi. Keyin 
nima bo’lganini ta’riflash mushkul. Aynan shu paytda bar yopildi. Ichkaridan 
odamlar chiqib kelishdida atrofimizni o’rab olib hayqira boshlashdi. 
   Tayler nimani his qildi, bilmadim, lekin men endi hayotimdagi hamma 
muammolarni hal qila olishimni bilardim: ko’ylagim tugmalarini sindirib 
qaytaradigan kimyoviy tozalash sexi bilan ham, kredit foizini oshirib jahlimni 
chiqaradigan bank bilan ham, meni kompyuterimga o’zinikidek xo’jayinchilik 
qilib, sozlamalarini o’zgartirib qo’yadigan boshlig’im bilan ham. Mendan qo’llab-
quvvatlash guruhlarini olib qo’ygan Marla Singer bilan ham.
   Jangimiz tugagach bu muammolardan birortasi ham hal bo’lmadi, ammo endi 
ularga tupurganman.
   Bizning Tayler bilan birinchi jangimiz shanba kuni kechasi sodir bo’ldi.
   Jangovor klubda raqibning shaxsiyati ahamiyatga ega emas. Shunchaki urishasan
– bori shu. Klubimiz qoidasi bo’yicha u haqida gapirish mumkin bo’lmasada, 
baribir gapiraverardik, bar oldidagi avtoturargohda esa borgan sari ko’proq odam 
yig’ila boshladi. Havo sovigach biz boshqa bar topdik, u yerda bizga yerto’ladan 
foydalanishga ruxsat berishdi.
   Har yig’ilish mening Tayler bilan birga qoidalarni e’lon qilishimiz bilan 
boshlanadi.
- Ko’pchiligingiz, - ma’lum qiladi Tayler, - bu  yerdagilardan 
kimlarningdir qoidani buzgani uchun shu yerdasiz.
   Tayler deydi:
- Shunday ekan, har biringizda tanlash imkoniyati bor: yo tilingizni tiyasiz,
yoki boshqa yerda o’zingizning jangovor klubingizni ochasiz, chunki 
qachondir bu yerga kelib birinchi ellik kishining orasiga kirolmay 
qolishingiz mumkin. Lekin, bu yerga keldingmi yo jangga kirasan, yo 
kimningdir joyini band qilib turganingni tan olasan.
- Jangovor klubga keldingmi, - deydi Tayler, - jangga kirishga majbursan.
   Bu yerga ko’pchilik muammolari bilan kurashishdan qo’rqqani uchun keladi. Bir
necha jangdan keyin ular qo’rquvni yengishadi.
   Ko’pchilik jangovor klubda qalin do’stlarga aylanishadi. Men borgan sari turli 
uchrashuvlar, konferensiyalarda ko’zi baqlajon kabi ko’kargan hisobchilar, ko’zi 
tagida choklari bor advokatlar, jag’i sinib metal tirgak taqib olgan menedjerlarni 
ko’ryapman. Ular juda xotirjam: o’tirib tinglashadi va qaror qabul qilish payti 
kelishini kutishadi.
   Bir-birimizga bosh silkib qo’yamiz.
   Bir safar boshlig’im mendan qanday qilib bunchalik ko’p tanish orttirganimni 
so’radi.
   Prezentatsiya davom etmoqda.
   “Maykrosoft”dagi Uolter menga qarab qo’yadi. Uolter – tishlari ideal, terisi 
chiroyli – yaxshi joyda ishlaydi, ixtisoslashgan kollej bitiruvchilari jurnaliga 
maqolalar yozadi. U biror bir urushda qatnashish uchun juda kech tug’ilgan, ota-
29


onasi ajrashishmagan bo’lishsada, otasi uyda juda kam bo’lgan. U qorong’i 
burchakka tikilib, mening bir tomoni toza qirilgan, bir tomini momataloq yuzimni 
ko’rishga harakat qiladi. Lablarimda qon yaltiraydi. Bilmadim u hozir nima haqida
o’ylayapti ekan, balki, o’tgan yakshanbadagi vegeteriancha sayohat haqida, balki, 
ozon qatlami haqida, balki yangi dorilarni jonivorlar bilan tekshirib ko’rishni 
ta’qiqlash haqida, lekin katta ehtimol bilan, - boshqa bir narsa haqida.
   
30



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish