Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana12.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#145607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JANGOVOR KLUB



1


2


Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga
bag’ishlanadi
1
Bu Tayler bir qarasa meni ofitsiant qilib ishga kiritib qo’yadi, bir qarasa 
og’zimga qurol tiqib abadiy hayotga erishish uchun avval o’lish lozim deb e’lon 
qiladi. To’g’risini aytganda, biz Tayler bilan uzoq vaqt davomida juda qalin 
do’stlar bo’lganmiz. Kimni uchratishimdan qat’iy nazar u mendan Tayler Dyorden 
bilan tanishmisiz deb so’raydi.
Pistolet stvoli hiqildog’imga niqtaladi. Tayler esa shunday deydi:
- Biz haqiqatan ham o’lamiz.
          Men tilim bilan pistolet tovush pasaytirgichidagi teshiklarni his qilaman. Bu 
teshiklarni biz o’zimiz teshganmiz. O’q otilganda chiqadigan tovush, birinchidan, 
porox gazlari, ikkinchidan, o’q havo qarshiligini kesib o’tishi tufayli vujudga 
keladi. Shuning uchun ham, tovush pasaytirgich yasash uchun pistolet stvolida 
teshiklar hosil qilish kerak – juda ko’p teshiklar. Ular orqali porox gazlari chiqib 
ketadi, o’q tezligi esa tovush tezligidan sekin bo’lib qoladi.
          Agar teshiklar hosil qilishda xatolikka yo’l qo’yilsa, pistolet naq qo’lingda 
portlab ketadi.
O’lim aslida mavjud emas, - deydi Tayler.   – Biz afsonaga aylanamiz. 
Biz abadiy yosh bo’lib qolamiz.
          Men stvolni tilim bilan lunjimga tiralib qolguncha itaramanda bir amallab 
gapiraman:
          - Tayler, bekoringni aytibsan! Biz axir vampir emasmizku!
          Biz turgan bino 10 daqiqadan so’ng yer yuzidan yo’q bo’lib ketadi. Bir ulush
98% foizli azot kislotasini oling, uni uch ulush konsentratsiyalangan sulfat kislota 
bilan aralashtiring. Buni muzli vannada bajarish kerak. Keyin ko’z pipetkasi 
yordamida tomchilatib glitserin qo’shing. Siz nitroglitseringa ega bo’ldingiz.
          Men buni bilaman, chunki buni Tayler biladi.
          Nitroglitserinni payraha bilan aralashtiring, qarabsizki, ajoyib plastit hosil 
bo’ladi. Ayrimlar nitroglitserinni vata va tuz bilan aralashtirishni ma’qul 
ko’rishadi. Bu ham yaxshi natija beradi. Ba’zilar esa nitrani parafin bilan 
aralashtirishadi. Lekin bunday qilinsa yasalgan portlatgich ishonchli bo’lmaydi.
          Biz Tayler bilan “Parker-Morris” osmono’parining yuqorisida turibmiz. 
Og’zimda pistolet stvoli. Olisdan sinayotgan oynalarning ovozi eshitiladi. Tom 
chetidan qara. Havo bulutli, hattoki shunday balandlikda ham quyosh ko’rinmaydi.
Bu dunyodagi eng baland bino, shunday ekan hatto yozda ham bino tomida havo 
sovuq bo’ladi. Atrofda xuddi kosmosdagidek sokinlik hukm surmoqda. G’alati 
tuyg’uni his qilasan, xuddiki sen o’rgatilgan astronavt-maymunsan. Nimani 
o’rgatishgan bo’lishsa, shuni qilasan.
         Richagni tort.
3


        Tepkini bos.
        O’zing nima qilayotganingni anglashga ulgurmasdan murdaga aylanasan.
        Pastga qara, anavi yerdan, tom chekkasidan. Hatto bir yuzi to’qson birinchi 
qavatdan ham pastdagi ko’cha qalin olomon bilan qoplanganligini ko’rish mumkin.
Odamlar joylarida turganlaricha yuqoriga tikilishmoqda. Oynaning singan ovozi 
shundoq oyoqlarimiz ostidan eshitilmoqda. Pastda oynalar sinib, u yerdan hujjat 
to’la qora muzlatkichni eslatadigan shkaf otilib chiqmoqda. Boshqa oynalardan olti
tortmali javonlar uchib chiqib, yerga yaqinashgan sari yomg’ir tomchilariga 
o’xshab bormoqda. Tomchilar borgan sari kichiklashib bormoqda. Ular 
qaynayotgan olomon dengizi orasiga singgib ketmoqda.
       Qayerdadir oyoqlarimiz ostida, 191 qavatning birida, Bo’ysunmaslik 
Qo’mitasining “maymun-astronavtlari” “Vayron qilish rejasi”ni amalga oshirishga 
kirishishdi va tarixni yo’q qilishni boshlashmoqchi.
        Qachonlardir kimdir shunday degan ekan, sevganlarini o’ldirish odamga xos 
xislat. 
        Og’zingga pistolet tiqilgan bo’lsa va uning stvolini tishlab tursang faqat 
unlilar bilangina gapira olasan.
        Bino portlashiga o’n daqiqadan kamroq vaqt qoldi.
        Yana bir oyna sindi. Shisha bo’laklari havo uzra xuddi qush galasidek 
sochilib ketdi, keyin oyna chetida Bo’ysunmaslik Qo’mitasi a’zolari tomonidan 
uloqtirilayotgan uzun stolning cheti ko’rindi. Stol oyna chetida bir muddat 
muvozanatni saqlab turdida, so’ngra chirpirak bo’lib aylangancha pastga 
sho’ng’idi.
        To’qqiz daqiqadan so’ng “Parker-Morris” qulaydi. Agar yetarli miqdordagi 
plastitni barcha poydevorlarga o’rnatib chiqilsa, dunyodagi birorta bino bardosh 
bera olmaydi. To’g’ri poydevor qulashi uchun plastit kolonnalarini qum to’la 
qoplar bilan yaxshilab o’rab chiqish kerak, shunday qilinsa portlashning barcha 
energiyasi yerosti garajiga emas, aynan beton poydevorga ta’sir qiladi.
       Bu kabi foydali ma’lumotlarni biror bir darslikdan izlab topishingiz amri 
mahol.
       Dinamit uchun napalmni uch xil usulda tayyorlash mumkin. Birinchisi: benzin
va muzlatilgan apelsin sharbatini teng miqdorda aralashtiring. Ikkinchisi: yana 
shuni o’zi, faqat, apelsin sharbati o’rniga – diet kola. Va nihoyat, mushukning 
qurigan tukiga benzin shimdirish.
       Agar bilishni xohlasangiz, men sizga asab tizimini karaxt qiluvchi gaz yoki 
avtomobil bombasi qanday tayyorlanishini ham tushuntirib berishim mumkin.
       To’qqiz daqiqa qoldi.
       “Parker-Morris” binosi vayron bo’ladi, uning barcha 191 qavati asta-sekinlik 
bilan, xuddi, arralangan daraxt singari qulaydi. Agar istasangiz, xohlagan 
narsangizni kunpaya-kun qila olasiz. Buni o’ylashning o’zi daxshat, ammo, biz 
turgan bino tez orada havoda matematik nuqtaga aylanadi.
       Biz tom qirrasida turibmiz, men va Tayler, pistolet stvoli esa mening 
og’zimda. Qiziq, u tozamikan?
       Biz oynadan qulayotgan yana bir shkafga hayrat bilan tikilib turarkanmiz, 
o’ldirish va o’z joniga qasd qilish to’g’risidagi Taylerona falsafa haqida unutib 
4


qo’yishimizga sal qoldi. Shkaf bo’lmalari ochilgancha qular ekan, uning ichidagi 
yozuv qog’ozlari havoda har tarafga sochilib ketdi.
       Sakkiz daqiqa qoldi.
       Sakkiz daqiqadan so’ng portlatish jamoasi boshlang’ich zaryadni ishga 
tushiradi, u esa o’z navbatida asosiy zaryadga ta’sir ko’rsatadi, bino qulaydi va 
“Parker-Morris” binosi halokatining turli bosqichlari tasvirlangan suratlar barcha 
tarix darsliklaridan o’rin oladi.
       Birinchi bosqich, bino hali tik turibdi. Ikkinchisi bosqich, vertikal holatdan 10 
gradusga og’gan. Uchinchisi allaqachon yigirma gradusga. Keying suratda og’sh 
burchagi 45 gradusga yetgan, armaturalar sinishni boshlagan, qulayotgan bino 
boshqa binoga suyanib qolgan. So’nggi suratda esa binoning 190 qavati bor 
og’irligi bilan Milliy muzey ustiga qulagan. Aynan muzey Taylerning asosiy 
nishoni hisoblanadi. 
- Bu dunyo bundan buyon bizga, faqatgina bizga tegishli, - dedi Tayler. 
Avvalgi egalari allaqachon qabrda.  
       Agar men hammasi nima bilan tugashini bilganimda edi, hozir o’sha 
avvalgilar bilan qabrda yotishni afzal ko’rgan bo’lardim.
       Yetti daqiqa qoldi.
       Men og’zimga Tayler pistoletni tiqqan holda tom chekkasida turibman. 
Shkaflar, kompyuterlar bino derazalaridan bino atrofida yig’ilgan olomon ustiga 
uchib tushmoqda, singan oynalardan tutun chiqyapti, bu yerdan uch kvartal narida 
esa portlatuvchilar jamoasi soatlariga qarab qo’yishmoqda. Ammo men 
hammasining asl sababini, pistolet og’zimda nima qilayotganini, anarxiya va 
portlashning sababini bilaman, uning ismi Marla Singer.
       Bizning o’rtamizda o’ziga xos sevgi uchburchagi mavjud. Men Taylerni 
sevaman. Tayler Marlani sevadi. Marla meni sevadi.
       Men esa Marlani sevmayman, Tayler esa meni boshqa sevmasligi aniq. Men 
“sevish” deganimda, “yaxshi ko’rish”ni emas, balki, “boshqarish”ni nazarda 
tutyapman.
       Marlasiz Tayler hechkim.
       Besh daqiqa qoldi.
       Balki biz tarixga kirarmiz, balki yo’q. Katta ehtimol bilan yo’q deyapman 
o’zimga-o’zim, ammo nimanidir kutishda davom etyapman.
       Agar yevangelistlar bo’lmaganda kimdir Iso Masih haqida eshitgan 
bo’larmidi?
       To’rt daqiqa qoldi.
- Sen haqingda eslashlarini xohlaysanmi, Tayler? Men senga yordam 
beraman. Axir men hamma-hammasini eng boshidan bilamanku.
       Men hammasini eslayman.
       Uch daqiqa qoldi.
5


2
        Bobning ulkan qo’llari meni uning nam va osilib qolgan ko’kraklarining 
qorong’i oralig’iga tortib ketdi. Bu yerda, cherkovning yarimyerto’la qismida biz 
har kuni kechqurun ko’rishamiz: mana bu Art, bu Pol, bu esa Bob. Bobning keng 
yelkalari ufqning o’rnini egallaydi. Bobning tekis va malla sochlari teri gelidan  
soch uchun balzam sifatida  foydalansangiz nima bo’lishini ko’rsatib turibdi: soch 
bunchalik tekis, qalin va malla bo’lishi mumkin emas.
        Bobning ulkan qo’llari meni quchoqlaydi, uning belkurakka o’xshash kaftlari 
esa boshimni uning bir vaqtlar muskuldor bo’lgan ko’kragiga bosadi.
- Hammasi yaxshi! – deydi Bob. – Yig’la!
        Men butun vujudim bilan ichidagi sutning kislotaga aylanayotganini his 
qilaman.
- Balki senda hali erta bosqichdir, - deydi Bob. – balki, senda shunchaki 
seminoma bordir. Seminomadan hali hechkim o’lmagan,
        Bobning yelkalari chuqur nafasdan tekis ko’tariladi, keyin yig’i tufayli 
silkinib-silkinib yana pastga tushadi. Ko’tariladi. Tushadi.
        Men bu yerga ikki yildan beri har haftada qatnayman, har hafta Bob meni 
quchgancha yig’laydi.
- Yig’la! – deydi Bob. Yelkalar ko’tariladi va tushadi, men esa unga 
monand nafas olaman. – Yig’la, uyalma!
        Katta va nam yuz mening boshimning ustidan bosadi va odatda men aynan 
shu paytda yig’lashni boshlayman. Men qorong’ulik ichida yolg’izman. Sen hech 
nimani ko’rmasang, yig’lash juda oson, aynan shu damda sen tushunasan: bu 
hayotda nimaga erishishingdan qat’iy nazar, ularning barchasi bir kun kelib kulga 
aylanadi.
       Sen g’ururlanadigan barcha narsalar ertami-kech axlatga uloqtiriladi.
       Men qorong’ulik ichra yolg’izman.
       Men deyarli bir hafta mijja qoqmadim.
       Aynan o’shanda men Marla Singer bilan tanishdim.
       Bob yig’layapti chunki olti oy avval uning moyaklarini olib tashlashdi. Keyin 
gormonal terapiyaga o’tkazishdi, Bobning ko’kraklari unda testosteronning 
ko’pligi tufayli osilib ketdi. Agar qonda testosteron miqdori ko’p bo’lsa, 
to’qimalaringiz balansni saqlash uchun estrogen ishlab chiqarishni boshlaydi. 
       Men esa hayotim ma’nosizligi tufayli yig’layapman, undan ham yomoni u 
shunchaki unutilish bilan yakunlanadi.
       Qonda estrogen miqdori ko’p bo’lsa, sut to’qimalari paydo bo’ladi.
       Agar sen sevgan insonlar bir kun kelib tashlab ketishi yoki o’lishini bilsang, 
yig’lash oson. Hammamizning uzoq umr ko’rishimiz ehtimoli nolga teng.
       Bob meni yaxshi ko’radi, chunki u mening ham moyagimni olib tashlashgan 
deb o’ylaydi.
       Bu yerda, Muqaddas Uchlik cherkovining kambag’allar do’konidan olib 
kelingan taburetkalar bilan jihozlangam yarimyerto’la xonasida yigirma erkak va 
bir ayol yig’ilganmiz. Biz juft-juft bo’lib turgancha, asosan, yig’layapmiz. 
6


Ayrimlar boshlarini yarim eggancha bir-birining yelkasiga qo’yib, kurashchilar 
singari turishibdi. Bu yerdagi yagona ayol bilan to’g’ri kelib qolgan erkak uning 
qo’llarini yelkasiga qo’yib, yig’layapti. Ayol esa boshini yon tomonga burgancha 
sigaret chekayapti. 
- Mening hayotim tugadi, - o’kiradi Bob. – nima uchun yashayapman men,
o’zim ham bilmayman.
         Moyak saratoni bilan og’riyotganlar uchun tashkil qilingan “Erkakligimizcha
qolamiz” guruhidagi yagona ayol sherigining og’irligidan qiynalgnacha sigaret 
tutatayapti, shu payt nigohlarimiz to’qnashdi. 
         Simulyant
         Simulyant
         Simulyant
         Xira va qora sochlar, kalta turmak, faqat yapon multifilmlari qahramonlarida 
bo’ladigan yirik ko’zlar, yog’i olingan sut kabi rangpar teri, to’q qizil atirgulli 
ko’ylak – men uni o’tgan jumada silga chalinganlarni qo’llab-quvvatlovchi 
guruhda ko’rganman. Chorshanbada esa melonoma bilan og’riyotganlarning 
dumaloq stoli atrofida o’tirgan edi. Dushanbada unga leykemiyadan aziyat 
chekayotganlarning “Mustahkam ishonch” guruhida duch kelgan edim. 
        Barcha guruhning nomlari juda tetik. Payshanba kechasi “Ichki soflik” deb 
nomlangan qon paraziti guruhiga qatnayman.
        Miya paraziti guruhi esa “O’zingni angla!” deb nomlangan.
        Va nihoyat, shanba kuni Muqaddas Uchlik cherkovida, “Erkakligimizcha 
qolamiz” guruhida men uni yana uchratdim.
        Lekin eng yomoni shundaki, agar u yonimda bo’lsa, yig’lay olmayman.
        Men esa Katta Bobning ko’kraklari orasiga yashiringancha o’kirib yig’lashni 
qanchalik yoqtirib qolgan edim. Ertalab kechgacha – ish, ish, ish. Faqatgina shu 
yerda men o’zimni bemalol his qila olaman, jilovni bo’sh qo’ya olaman.
        Faqatgina shu yerda men o’zimni inson ekanimni his qilaman.
        Birinchi marta bu guruhga ikki yil avval, yana bir bor vrachga uyqusizlikdan 
shikoyat qilganimdan so’ng qatnashni boshlaganman.
        Men uch hafta uxlamadim. Bu uch haftadan so’ng men o’zimni klinik o’lim 
holatida bo’lganlarning hikoyalaridagi tanasidan ajralgan ruh singari his qildim. 
Mening terpevtim shunday dedi:
- Uyqusizlik – shunchaki simptom. U muhim emas. Sizda qanday 
muammo borligini anglashga urinib ko’ring. O’z tananggizga quloq 
tuting.
       Men esa shunchaki uxlab olishni istardim. Menga kichkina havorang 
antibiotik amital natriy yozib berishlarini xohlardim. Yoki qizil-ko’k, o’qqa 
o’xshash, tuinal kapsulasi. Yoki yorqin qizil rangdagi sekonal tabletkasi.
       Terapevt menga valerianka ildizini chaynash va sport bilan ko’proq 
shug’ullanishni maslahat berdi. Qarabsanki, uyqu qaytadi.
       Mening yuzim eski aynigan nokni eslatar, boshalar menga xuddi o’liklar 
olamidan qaytgan odamga qaragandek qarashardi.
7


       Terapevt menga agar haqiqatan ahvoli og’ir insonlarni ko’rmoqchi bo’lsam, 
seshanba kunlari kechqurun cherkov borib ko’rishim kerakligini aytdi. Miya 
parazitiga yo’liqqanlarni ko’rishim uchun. Suyak kasalligini ko’rish uchun. Oliy 
nerv tizimining organik shikastlanishini ko’rish uchun. Saraton bilan 
kurashayotganlarni ko’rish uchun.
      Men maslahatga amal qildim.
      Men qatnagan birinchi guruhda tanishishdan boshlashar ekan. Tarnishing, bu – 
Elis, bu – Brenda, bu esa – Dover. Hammasi jilmayadi, ularning boshlari esa 
jahannam kabi qaynaydi.
      Qo’llab-quvvatlash guruhlarida hech qachon asl ismimni aytmayman.
      Bu skeletga o’xshash kichkinagina ayolning ismi Xloy. Uning shimining orqa 
tarafi qop kabi osilib turadi. Xloyning aytishicha miyasidagi parazitlar tufayli hech 
kim u bilan birga bo’lishni istamas ekan. U shunchalik ko’p marta o’lgandiki, 
tibbiy sug’urta qiymati 75 ming dollarga yetgan edi, hozir Xloy xohlayotgan 
yagona narsa esa – biror bir erkak bilan birga bo’lish edi, xolos. Sevgi-muhabbat 
emas. Shunchaki, birga bo’lish.
     Bunday so’zlarni eshitgan erkak qanday javob berishi mumkin? Siz nima degan
bo’lar edingiz?
     Xloyda hammasi shunchaki oddiy charchoq hissidan boshlangan. Hozir esa 
unga shunchalik baribirki, hatto davolanish protseduralariga ham qatnamay 
qo’ygan. Uning uyida behayo filmlar juda ko’p.
    Xloyning aytishicha, fransuz revolyutsiyasi paytida qamoqqa olingan barcha 
aristokrat ayollar – baronessalar, gertsoginyalar, markizalar, grafinyalar, navbati 
bilan ularning kamerasiga kiritilgan barcha erkaklar bilan birga bo’laverishgan 
ekan. Xloyning nafasi bo’ynimga urildi. To’g’ri kelgan erkak bilan. Qiziq, 
kameraga kimlarni kirgizishgan ekan? Ha, ular vaqtni bekor o’tkazishmagani aniq.
   La petite mort. Adashmasam, fransuzlar shunday deyishardi.
   Xloyning aytishicha, biz uning uyiga borishimiz va uning behayo filmlar 
kolleksiyasini tomosha qilishimiz mumkin ekan. Unda yana amilnitrat ham bor. 
Yana maxsus kremlar ham.
   Agar menga bu gaplarni istalgan boshqa ayol aytganda edi…. Ammo Xloy 
ayoldan ko’ra ayrim joylari sarg’ish pergament bilan o’ralgan skeletga o’xshaydi.
   Xloy bilan solishtirganda men tuban maxluqman. Tubandan ham pastroq. Biz 
gilamda aylana hosil qilib o’tiramiz, Xloyning qo’llari mening qo’llarim orasiga 
kiradi. Ko’zlarimizni yumamiz. Bugun meditatsiya kursini Xloy boshqaradi. Xloy 
bizni tepalik ustiga boshlaydi, u yerda yetti darvozali qasr turibdi. Xloy bizga bu 
darvozalarni birin-ketin ochishni buyuradi – ko’k darvoza, qizil, oq – keyin bizga 
har bir darvoza ortida nima yashiringanini aytib beradi.
   Xloy bizni g’orga boshlaydi, biz u yerda bizni boshqaradigan hayvonlar bilan 
uchrashamiz, ular bizning irodamizning timsoli hisoblanadi. Mening jonivorim – 
pingvin.
   G’or devorlarini muz qoplaydi va pingvin menga buyuradi: “Sirpan!”. Men u 
bilan tunnel va galeriyalar bo’ylab yengillik va quvonch bilan sirpanaman. 
   Keyin quchoqlashish navbati keladi.
   Ko’zlaringizni oching.
8


  Bu – tana kontakti orqali davolash, tushuntiradi Xloy. Har birimiz o’zimiz uchun 
sherik tanlashimiz kerak. Xloy meni quchadi va yig’lashga qo’yib beradi. Mening 
ajoyib ichki kiyimlarim bor, qulog’imga shivirlaydi u. U shunchalik uzoq vaqt 
yig’laydiki, u meni qo’yib yuborguncha qo’lsoatimga 11 marta qarashga 
ulguraman.
  Ikki yil avval, birinchi guruhga qatnashni boshlaganimda, yig’lamagandim. 
Ikkinchi guruhda ham, uchinchi guruhda ham yig’lamadim. Miya paraziti guruhida
ham, ichak saratoni guruhida ham, ruhiy kasallik guruhida ham yig’lamadim.
  Uyqusizlik – jiddiy muammo. Atrofdagi hamma narsa xuddi qog’ozning 
nusxasidan olingan nusxa kabi xira ko’rinadi. Uyqusizlik devorga o’xshaydi; sen 
hech narsaga tegina olmaysan, senga ham hech narsa tegina olmaydi.
  Keyin Bob paydo bo’ldi. Birinchi marta moyak raki guruhiga kelganimdayoq bu 
sigir, bu bir qop yog’ yig’lashim uchun bag’riga bosdi. “Erkakligimizcha 
qolamiz!” guruhida quchoqlashish vaqti kelishi bilan u panshaxalarini ikki 
tomonga yoygancha men tomon intildi va hali menga yettib kelmasdanoq ko’zida 
shashqator yosh paydo bo’ldi. Bob o’zining filnikiga o’xshash maymoq oyoqlari 
bilan yurib keldi va bor og’irligini ustimga tashaldi.
  U meni o’ziga tortdi.
  U meni o’zining diqqanafas quchog’iga ko’mib tashladi.
  Katta Bobning aytishicha, avvallari u kulturist bo’lgan ekan. Turli preparatlar, 
steroidlar, vistrol qabul qilar ekan. Bu dorilarni poygachi otlarga ham berishadi. 
Bob kulturistlar uchun shaxsiy zalga ham egalik qilgan. U uch marta uylangan. U 
telivizor orqali kulturistlar uchun turli mahsulotlarni reklama qilgan. Adashmasam,
men u boshlovchilik qilgan “Ko’krak muskullarini qanday kattartirish mumkin?” 
ko’rsatuvini ko’rganman.
    Men bilan notanish odamlar bunchalik ochiq gaplasha boshlasa o’sha yerdan 
juftakni rostlashni xohlayman.
    Lekin Bob buni bilmasdi. U o’zining dardlarini to’kib solishda davom etdi. 
Uning huevolaridan biri yoshligidayoq qurib qolgan ekan va avvaldan rak 
bo’lishini taxmin qilgan ekan. Bob menga operatsiyadan keyingi gormonal 
terapiya haqida ham atroflicha gaprib berdi.
   Ko’pchilik kulturistlar testosteronning katta dozasini qabul qilishadi, shuning 
uchun ham operatsiyadan keyin unda sut bezlari paydo bo’lgan.
   Men Bobdan huevo nimaligini so’rashimga to’g’ri keldi.
   Meksikaliklar tuxumni shunday atashadi, tushuntirdi Bob. Biz esa “pomidor”, 
“o’rik”, “koptok” deymiz. Meksikaliklar esa huevos deyishar ekan. Bob Meksikaga
steroidlar sotib olish uchun qatnagan ekan.
   Ajrashish, ajrashish va yana bir ajrashish – dedi Bob, hamyonini ochib 
musobaqalarda tushgan suratlarini ko’rsatdi. U boshlang’ich pozada yalang’och va 
yaltirab turardi. Ahmoqona hayot, dedi Bob, mashq qilasan, tanangda tuklarni 
qirasan, sahnaga chiqasan. Yog’ to’qimalari butun tananing bor-yo’g’i ikki foizini 
tashkil qiladi, beton kabi qattiq va sovuq bo’lmaguningcha diuretklar ichasan, 
projektor yorug’idan ko’rolmay qolasan, baland musiqadan qulog’ing eshitmay 
qoladi, keyin hakam buyuradi: “O’ng trisepsni ko’rsating va oldinga chiqaring, 
bisepsni to’g’irlang!”.
9


   Shunga qaramasdan, bu oddiy hayotga qaraganda baribir yaxshiroq.
   Kasallik Bobni sindirdi. Uning ikkita voyaga yetgan bolalari bor, ammo ikkalasi 
ham u bilan hatto telefonda gaplashishni istashmaydi.
   Tez orada uni yana operatsiya qilishadi, sut bezlarini olib tashlashadi – ko’kragi 
ostidan kesib, u yerdan suyuqlikni chiqarib tashlashadi.
   Men boshqa hech narsa eshita olmadim, chunki u meni ko’kragiga yanayam 
qattiqroq bosdi, iyagi boshimga tiraldi, men hamma narsani unutdim, to’liq 
tinchlik va sukunatni his qilgach, va nihoyat, yig’lay boshladim, Bobning 
ko’kragida ko’zyoshlarimdan xo’l dog’ qoldi.
  
   Bu voqea ikki yil avval, birinchi bor “erkakligimizch qolamiz!” guruhiga 
kelganimda sodir bo’lgan edi. 
   Shundan so’ng deyarli har uchrashuvda Katta Bobning ko’kragiga boshimni 
qo’ygancha yig’lardim.
   Shundan so’ng biror marta ham terapevt huzuriga bormadim, valerianka ildizini 
ham chaynamadim.
   Bor umidlaringni yo’qotsang, chin ma’noda erkin bo’lasan. Men hech narsa 
demasdim, guruhning boshqa a’zolari esa mening ahvolim ularnikidan ham yomon
deb o’ylashardi. Men ular bilan birga yig’lardim. Boshni ko’tarsang va yulduzlarga
tikilsang bo’lgani – unutilasan.
   Guruhdan uyga qaytgach, men o’zimni shunchaki ajoyib his qilardim. Axir 
menda na parazitlar, na rak bor edi – men atrofida butun olam aylanayotgan 
kichkina yorug’ markaz edim.
   Va uxlab qolardim. Gunohsiz chaqaloqdek qattiq uxlardim.
   Har kecha men o’lib qayta tirilardim.
   Narigi dunyodan qaytardim.
   Har kecha, lekin bugun emas. Bu ayol menga qarab tursa, yig’lash qo’limdan 
kelmaydi. Men kerakli nuqtaga yettib bora olmasdim, bundan kelib chiqadiki, 
qayta tirila olmasdim. Lablarimni shunday qattiq tishlar edimki, agar ularga 
teginilsa, kesilganini sezish mumkin. Men esa to’rt kundan beri uxlay olganim 
yo’q.
   U menga qaraganda o’zimni yolg’onchidek his qilaman. Lekin u aldoqchi. 
Simulyant. Bugun har doimgidek bir-birimiz bilan salomlashib oldik. Men – Bob, 
men esa – Pol, men – Terri, men – Devid.
   Guruhda hech qachon asl ismimni aytmayman.
- Bu rak guruhimi? – so’raydi u. Salom, mening ismim Marla Singer.
   Ko’rinishidan hech kim Marla Singerga bu qanaqa rak bilan kasallanganlar 
guruhi ekanligini tushuntirmagan bo’lsa kerak. Bizning ham gapirishga tilimiz 
bormadi.
   Marlaning sherigi hamon uning yelkasiga boshini qo’ygancha yig’lamoqda. 
Marla esa sigaretni siqib turibdi.
   Men qulog’imni Bobning bilqillagan ko’kragiga bosgancha uni kuzatib turibman.
   Marla meni simulyant deb hisoblaydi. Uni ko’rgan kuni kechasi uxlay olmadim. 
Lekin nima bo’lgan taqdirda ham u haq – kasalman deb aldashni birinchi men 
boshladim. Umuman olganda bu yerdagi odamlarning hammasi aldashadi – rakka 
10


chalinganu, lekin o’zlarini hammasi yaxshidek tutishadi. Hattoki mana bu bir qop 
yog’ Katta Bob ham aldaydi.
   Unga qarashning o’zi kifoya.
   Marla chekkancha atrofni kuzatadi.
   Va shu lahzada mening yolg’onlarim Marlada o’z aksini topadi, atrofimdagi 
hamma narsa yolg’onligini his qilaman. Ularning haqiqatlari orasida mening 
yolg’onim. Ular hammasi yomon tugashi mumkinligini tan olishdan qo’rqishadi, 
ular hayotga cho’kayotgan odam xasga ham yopishgandek tirmashishadi, ular 
og’izlarida pistolet bilan yashashadi. Lekin hozir, Marla chekib atrofga qarayotgan 
paytda, men esa Katta Bobning quchog’ida uning yig’ilariga ko’milib turgan bir 
paytda, to’satdan hatto o’lim va o’layotgan mana bu odamlar ham xuddi 
videomagnitofonim ustida turgan sun’iy gullar kabi soxta ko’rinadi ko’zimga.
- Bob, - deyman men, - meni siqib qo’yding.
Avvaliga shivirlab gapiraman.
Keyin ovozimni biroz ko’tarib shivirlayman:
- Bob!
Va nihoyat baqiramn:
- Bob, tashqariga chiqib kelishim kerak!
   Xojatxonadagi rakovina ustida ko’zgu bor. Agar hisob-kitobim to’g’ri bo’lsa, 
men Marla Singer bilan miya paraziti bilan kasallanganlarning “O’zingni angla!” 
guruhida ham uchrashaman. Marla u yerga boradi. Albatta boradi, hech qayerga 
ketmaydi. Mana men nima qilaman – u bilan yonma-yon o’tirib olaman. Bir-
birimiz bilan salomlashib olamiz, meditatsiya bilan shug’ullanib yetti darvozali 
qasrga kiramiz, va nihoyat, quchoqlashish vaqti kelganda, men bu qanjiqchani 
maxkam ushlab olaman. Uning qo’llarini maxkam siqamanda qulog’iga 
shivirlayman:
- Marla, sen simulyantsan. Daf bo’l bu yerdan! Mening hayotimda mana 
shu guruhlardan boshqa hech narsa yo’q, sen esa barchasini barbod 
qilayapsan! Jin urgur turist!
Keyingi safar uchrashganimizda unga aytaman:
- Marla, sen kelganing tufayli men uxlay olmayapman. Uyqu esa menga 
juda zarur. Yo’qol!
11


3
   Eyr Harborda uyg’onasan.
   Agar uchish yoki qo’nish paytida samolyot keskin yon tomonga og’ib ketsa, 
ishqilib halokat sodir bo’lsinda deb duo qilaman. Biz mana shu uchar sigaret 
donasi ichidagi tamaki singari yonib ketishimizni va mening uyqusizligim 
yo’qolishini o’ylashim bilanoq og’zim qulog’imga yetadi.
   Mana shunday qilib Tayler Dyorden bilan uchrashib qolganman.
   O’Xarada uyg’onasan.
   La Gardiyada uyg’onasan.
   Loganda uyg’onasan.
   Tayler kinomexanik bo’lib ishlardi. U faqat kechalari ishlay olardi – uning tabiati
shunaqa. Biror yerda kinomexanik kasal bo’lib qolsa bo’lgani, ular Taylerni 
chaqirish uchun kasaba uyushmasiga telefon qilishadi.
   Ayrim insonlar – ukki, qolganlari – chumchuq. Men chumchuqman, men faqat 
kunduzlari ishlay olaman. 
   Dallasda uyg’onasan.
   Agar komandirovka payti o’lib qolsang sug’urta qiymati uch barobar ortadi. Men
yon tomonizdan kuchli bo’ron paydo bo’lsin deb duo qilardim. Men texnik mana 
bu devning turbinasidagi biror bir muhim gaykani maxkamlshni unutgan bo’lsin va
detallari bir-biridan ajralib ketsin deb duo qilaman. Samolyot tezlik olish uchun 
uchish yo’lagida sirpanib borar ekan men halokat yuz bersin deb duo qilardim.
   Lav Fildda uyg’onasan.
   Eski kinoteatrlarda Tayler proyeksiya xonasida bir postdan ikkinchisiga qatnab 
turishiga to’g’ri keladi. Odatda poyeksiya xonasida ikkita proyektor bo’ladi – 
birinchi proyektordagi plyonka o’z nihoyasiga yetgach, ikkinchi qismni qo’yasan 
va ishga tushirasan. Bu “boshqa postga o’tish” deb ataladi.
   Men buni bilaman, chunki buni Tayler biladi.
   Demak, keying qismni ikkinchi proyektorga o’rnatasan va ishga tushirasan. 
Ko’pchilik filmlar 6-7 qismdan iborat bo’ladi, ularni aniq tartibda qo’yib turish 
kerak. Yangi kinoteatrlarda esa qismlarning barchasi bir yarim metr diametrli 
ulkan bobinaga o’rnatilgan bo’ladi. Bunday holatda bir proyektordan ikkinchisiga 
qatnab turishga xojat qolmaydi.
   Si Takeda uyg’onasan.
   Men samolyot kreslosi orqasidagi laminat qilingan yo’riqnomadagi suratlarga 
qarayman. Bir ayol kreslodagi yostiqchaga osilib olgancha okean to’lqinlari 
orasida suzmoqda. Qora sochlari shamolda to’zg’igan, ko’zlari katta-katta 
ochilgan, ammo yuzi hissiz, na xursandchilik, na qo’rquv bor. Boshqa suratda hind
sigirlari kabi xotirjam odamlar shiftda osilgan kislorod niqoblarini taqib olishgan.
   Favqulodda holat!
   Voy!
   Salon bosimi tushib ketmoqda.
   Voy!
12


   Uyg’onib ketasan va tushunasanki, Uillou Randa ko’zingni ochibsan.
   Eski kinoteatr, yangi kinoteatr. Plyonka solingan bobinalarni kinoteatrdan 
kinoteatrga olib yurish uchun Tayler ularni yana 6-7 qismga ajratib chiqishiga 
to’g’ri kelardi. Kichik bobinalar “yauf” deb ataluvchi oltiburchak shaklidagi po’lat 
qutilarga joylanadi. Yaufning tutqichidan ushlab ko’tarmoqchi bo’lsangiz 
yelkangizni chiqarib olishingiz hech gap emas – u juda og’ir.
   Bundan tashqari, Tayler shahar markazidagi katta otelda banketlar paytida 
ofitsiant bo’lib ham ishlardi. Proyektor bobinalarini almashtirmagan paytlari, 
albatta. Men uyqusizlikdan qiynalgan kechalarda Tayler nimalar qilishga 
ulgurganini tasavvur ham qila olmayman.
   Hamon ikki proyektordan foydalaniladigan eski kinoteatrlarda kinomexanik 
postlarni shunday almashtirishi kerakki, tomoshabinlar bir qism tugab, ikkinchisi 
boshlanganini payqamasliklari lozim. Buni aniq bajarish uchun u ekranning yuqori
o’ng burchagidagi oq nuqtalarni kuzatib borishi kerak. Bu nuqtalar ogohlantirish. 
Bir diqqat bilan qarab ko’ring: filmning har bir qismi oxirida ekranning yuqori 
o’ng burchagida ikkita oq nuqta yonib-o’chadi.
   Professionallar ularni “yulduzchalar” deb atashadi.
   Bitta nuqta qism oxirigacha ikki daqiqa qolganini anglatadi. Bu paytda ikkinchi 
proyektorni qizib olishi uchun yoqib qo’yish kerak bo’ladi.
   Ikkinchi nuqta qism tugashiga besh soniya qolganda paydo bo’ladi. Qaraganda 
ko’r qilib qo’yishi mumkin bo’lgan ksenonli lampalari tufayli qizib turgan ikki 
proyektor orasida turganingda nimalarni his qilishingni tushuntirib berish amri 
mahol. Kinoteatrda tovush zalga o’rnatilgan maxsus kolonkalarda qo’yiladi. 
Proyeksiya xonasi tovushdan izolyatsiya qilingan, shu sababli bu yerda hech 
narsani eshitib bo’lmaydi. Chunki proyektorning tovushi tomoshabinlarga halaqit 
berishi mumkin. Lenta linzalar orasidan sekundiga 6 fut tezlikda o’tadi, har bir 
futda – o’nta kadr. Proyektor sekundiga 60 ta kadrni yutib yuboradi, xuddi 
pulemyot o’qdori lentasini yutib yuborganidek, hatto tarillashi ham pulemyotga 
o’xshaydi. Ikki proyektor ishlab turadi, sen esa ikkalasi o’rtasida ishga tushirish 
dastagini tutgancha shay bo’lib turasan. Juda eski proyektorlar plyonka tugayotgan
payti maxsus ovoz ham chiqaradi.
   “Yulduzchalar” film video ko’rinishida chiqarilgandan keyin ham saqlanib 
qoladi. Ularni samolyotdagi ekranda qo’yilgan filmda ham ko’rish mumkin.
   Plyonka oxiriga yaqinlashgan sari bobina tez aylana boshlaydi. Ovozli signal 
bonina juda tez aylanganda chalinadi. Demak, postlarni almashtirish vaqti keldi.
   Proyeksiya xonasi qorong’u, ksenon lampalar tyfayli issiq va dim, ovozli signal 
chalinadi. Sen esa ikki proyektor orasida dastakni tutgancha turibsan, ko’zing 
ekranning burchagida. Ikkinchi nuqta paydo bo’ladi. Ichingda beshgacha sana. 
Birinchi proyektorni o’chirishing bilan ikkinchisini yoqasan.
   Postlar almashadi
   Film davom etadi.
   Zaldagi biror kishi ham hech narsani payqamaydi.
   Proyektorda ovozli signal bo’lsa, kinomexanik mizg’ib olishi mumkin. Umuman 
kinomexaniklar ko’p narsa qila olishadi. Ba’zida proyektorlarda ovozli signal 
bo’lmaydi. Uyda uxlab yotganingda tushingga post almashtirish paytida uxlab 
13


qolganing kiradi va daxshatga tushib uyg’onasan. Zalda tomoshabinlar shovqin 
solmoqda. Sen ularning orzusini pichga chiqarding, shirin tush ko’royatganlarida 
uyg’otib qo’yding, ular jahl otiga mingan. Kinoteatr direktori telefonini oladida 
kasaba uyushmasiga qo’ng’iroq qiladi.
   Montgomeri Fildda uyg’onasan.
   Ba’zida Tayler Dyorden yarim tunda daxshatli tushdan uyg’onib ketadi, yo post 
almashinish payti uxlab qolgan bo’ladi, yo plyonka uzilib ketgan bo’ladi, yo lenta 
izidan chiqqani tufayi shesteryonkalar ovoz yo’lini chaynab qo’ygan bo’ladi.
   Agar shunday holat yuz bersa, tomoshabinlar aktyorlar replikalari o’rniga 
vertolyot parraklari aylanganda chiqadigan tovushga o’xshash tovush eshitishadi – 
Frrr! Frrrrr! Frrrrrrrrr! Bu tovush fotoelmentga yo’naltirilgan yorug’lik nuri ovoz 
yo’lida shesteryonkalar tishi hosil qilgan teshikka to’g’irlanib qolganda hosil 
bo’ladi.
   Mana kinomexaniklar qilishi mumkin bo’lmagan yana bir narsa: Tayler lentadan 
eng yaxshi kadrlardan birini kesib oladida ulardan slayd tayyorlaydi. O’zining 
yechinish sahnalari bilan mashhur bo’lgan birinchi filmda aktrisa Enji 
Dikinsonning yalong’och kadrlari bo’lgan.
   Film nusxalari G’arbiy sohillardan Sharqiy sohillarga yettib borguncha barcha 
yechinish kadrlari g’oyib bo’lgan. Bir mexanik kadr qirqib olgan. Boshqasi ham 
shunday qilgan. Hamma o’zida Enji Dikinsonning yalang’och surati bo’lishini 
istagan. Kinoteatrlarda behayo filmlar namoyish qilina boshlangach esa, bu yigitlar
ajoyib slaydlar kolleksiyasiga ega bo’lishgan.
   Boing Fildda uyg’onasan.
   Los-Anjeles xalqaro aeroportida uyg’onasan.
   Bugun bizning reysda yo’lovchilar deyarli yo’q, demak, kresloni oxirigacha 
yotqizib, maza qilib ketish mumkin. Qo’l-oyoqlaringni yozib 3-4ta kresloni 
egallagancha yotib olasan. Men soatdan ikki-uch soatlab ilgarilab ketaman: Tinch 
Okeani, Markaziy, Sharqiy vaqt mintaqalari, Qoyali tog’ vaqt mintaqasi. Bir soat 
yutasan, bir soat yutqazasan.
   Bu sening hayoting, daqiqa sayin u poyoniga yettib bormoqda.
   Xopkins nomidagi Klivlend aeroportida uyg’onasan.
   Yana Si Takeda  uyg’onasan.
   Kinomexaniklikdan tez zeriksan va asabiy bo’lib qolasan. Ammo hammasidan 
ko’proq zerikishdan azob chekasan. Va shunda sendan avvalgi kinomexanikdan 
qolgan behayo slaydlr kolleksiyasini olasanda, olat yoki vagina kadrini badiiy film 
orasiga yopishtirib qo’yasan.
   Ekrandagi filmda egalarini yo’qotib qo’ygan it va mushuk uylariga yo’l 
qidirmoqda. Uchinchi qismda bu inson ovozi bilan gapiruvchi to’rt oyoqlilar axlat 
qutisidagi narsalar bilan qornini to’ydirib olgach, ekrandan haligi kadr o’tib ketadi.
   Bu Taylerning ishi.
   O’sha kadr ekranda bor-yo’g’i soniyaning 60 dan bir ulushi davomida bo’ladi. 
Soniyani 60 ta teng bo’lakka bo’ling. O’sha kadrni shuncha vaqt davomidagina 
ko’rish mumkin. Balandligi to’rt qavatli uy bilan teng olat qandaydir lahzada 
popkorn chaynab o’tirgan mana bu odamlar ko’z o’ngida paydo bo’ladi, ammo uni
hech kim ko’rmaydi.
14


   Yana Loganda uyg’onasan.
   Bu safarlar – to’lig’icha azobning o’zginasi. Men boshlig’im borishni istamagan 
uchrashuvlarga boraman. Men hammasini ipidan-ignasigacha yozib olaman. 
Qaytib boraman va hisobot beraman.
   Mening vazifam maxfiy formulani to’g’ri qo’llashdan iborat.
   Toza arifmetika.
   Darsliklardagi kabi oddiy vazifa.
   Agar men ishlaydigan kompaniya tomonidan chiqarilgan mashina Chikagodan 
60 mil tezlikda chiqsayu, uning burilish tizimi ishdan chiqib, yo’l chetidagi 
to’siqqa urilib uchib ketsa, yoqilg’i baki portlab, mashinaga qo’shilib uning 
salonidagilar ham tiriklayin yonib ketsa, kompaniya barcha sotilgan mashinalarni 
nosozlikni to’g’irlash uchun qaytarib olishi kerakmi, axir?
   Sotilgan mashinalarning umumiy sonini(A) oling, uni jiddiy nosozliklarning 
o’rtacha qiymatiga(B) ko’paytiring, keyin esa uni nosozlik tufayli halok bo’lgan 
odamlarning qarindoshlariga ular kompaniyani sudga bermasligi uchun 
to’lanadigan tovon pulining o’rta qiymatiga (C) ko’paytiring.
   A*B*C=X. Mana agar biz sotilgan mashinalarni qaytarib olmasak qanchaga 
tushamiz. 
   Agar X ning qiymati nosozliklarni to’g’irlashga ketadigan xarajatdan yuqori 
bo’lsa, nosozliklarni to’g’irlaymiz va boshqa avariya sodir bo’lmaydi.
   Agar X bu xarajatdan kichik bo’lsa, mashinalrni qaytarib olmaymiz.
   Qayerga bormay meni u yerda yonib dabdalasi chiqqan avtomobil korpusi kutib 
turgan bo’ladi. Buni men aytib qo’ygan maxfiy ma’lumot deb hisoblang.
   Tun mehmonxonada, tushlik restoranda. Yo’lda ko’plab bir martalik tanishlar 
orttirasan, Logandan Montgomeriga borishingda yoki Montgomeridan Uillou 
Ranga.
- Reklama agentligida koordinator bo’lib ishlayman, - deyman navbatdagi 
bir martalik tanishimga, - lekin idish yuvuvchi bo’lib ishlashi orzu 
qilaman.
   Yana O’Xarada uyg’onasan.
   Birinchi omadli urinishdan keyin Tayler olat tushirilgan kadrlarni to’g’ri kelgan 
joyga yelimlay boshladi, yoki, masalan, Katta Kanyondek keladigan vagina kadri 
shahzoda Zolushkani raqsga taklif qilganda ekranda paydo bo’ladi. Odamlar 
tomosha qiladi, lekin hech narsani payqamaydi. Ular popkornlarini avvalgidek 
chaynashardi, lekin ularning ongostida nimadir o’zgargandi. Kimlardir o’zini 
to’satdan yomon his qilib sababsiz yig’lay boshlaydi. Nima bo’lganini esa hech 
kim tushunmaydi. Faqatgina kolibri qushi Tayler nima qilganini payqashi mumkin 
edi.
   Kennedi nomidagi aeroportda uyg’onasan.
   Samolyot qo’nayotganda yuragim tovonimga tushadi, birinchi shassi trassaga 
tegib qo’nish yoki yana ko’tarilishga ikkilanib turganda, tovushsiz zarbani his 
qilasan. Ana shu lahzada hamma narsa o’z ma’nosini yo’qotadi. Boshni ko’tarib, 
yulduzlarga tikilsang bo’lgani – unutilasan. Hech narsa ahamiyatga ega emas. 
Yuklarning yo’qolishi. Og’izning hidi. Illuminyatorlarni tutun to’sadi. Salon o’ta 
15


xavfli burchak ostida va endi hech qachon komandirovka hisobotini to’ldirish ham 
shart emas. Endi senga sartaroshning ham keragi bo’lmaydi.
   Yana tovushsiz zarba – ikkinchi shassi trassaga tegdi. Yuzlab xavfsizlik 
kaMarlarining bo’shatilgani eshitiladi, men bilan yonma-yon kelgan navbatdagi bir
martalik tanish esa shunday deydi:
- Umid qilamanki, sizda hammasi yaxshi bo’ladi.
   Men ham shunga umid qilaman.
   Mana yana bir lahza ortda qoldi, hayot davom etmoqda.
   Bir safar, umuman tasodifan, Tayler Dyorden bilan uchrashib qoldim.
   Ta’til payti keldi.
   Los-Anjeles xalqaro aeroportida uyg’onasan.
   Yana.
   Tayler bilan nudistlar plyajida tanishganman. Bu yoz oxirida bo’lgan edi, meni 
oftob elitib, mudrab qolibman. Taylerning yalang’och tanasini ter va qum qoplagan
edi, to’zg’igan sochlari yuzini to’sgan.
   U qumdan bir nechta odam bo’yi keladigan minorachalar yasadi, keyin 
tayoqlarni tushunarsiz tartibda qumga suqib chiqdi. Plyajda bizdan boshqa hech 
kim yo’q edi.
- Ey, soat necha bo’ldi, - so’radi Tayler.
- Bu qayerni nazarda tutganingga bog’liq, - javob qildim.
- Shu yerni.
- O’n oltiyu nol nol.
   Tayler turklardek o’ng oyog’ini chap oyog’I ostiga tiqib o’tirib oldida nimanidir 
kuta boshladi. Buni faqat men ko’rdim.
   U yasagan qum minoralari va tayoqlarning soyasi birlashib qo’l shaklini hosl 
qilgan ekan.
- Sen mabodo rassom emasmisan, - so’radim men.
   U javoban yelka qisib qo’ydi.
   Sen plyajda uyg’onasan.
   Gigant qo’l – mana nima yasadi Tayler. Faqat biroz bosh barmoqdan boshqalari 
proporsional emasdi, xuddi Nosferatning barmoqlari kabi. Besh yarimda, 
tushuntirdi Tayler, barmoqlar ideal edi. U qandaydir lahzalar davomida o’zi 
yaratgan mukammallik oldida o’tirgan.
   Bir daqiqa yetarli, tushuntirdi Tayler. Mukammallikka erishish uchun obdon 
terlashga to’g’ri keladi, ammo mana shu bir daqiqalik mukammallik unga 
sarflangan kuchga arziydi. Mukammallikdan uzoqroq davom etishini talab qilish 
mumkin emas.
   Uning ismi Tayler Dyorden, u kinomexanik edi, yana shohona mehmonxonada 
ofitsiant bo’lib ishlardi. U menga telefon raqamini qoldirdi.
   Mana shunday qilib tanishganimiz.
16


4
   Bugun kechqurun miya paraziti guruhida anshlag. Bu – Piter, bu – Aldo, bu esa –
Marsi.
   Salom!
   Yangilarni bizga tanishtirishadi. Tanishinglar, bu – Marla Singer, u yangi.
   Salom, Marla!
   “O’zingni angla!” guruhida odatda biz terapiyani yangiliklar almashinuvidan 
boshlaymiz. Parazitlar haqida bitta so’z ham bo’lishi mumkin emas. Nima, bizning
guruhni parazitlarga aloqasi bormi? Bu haqda gap bo’lishi mumkin emas, bizda 
hammasi yaxshi. O, mana buni davolanish metodikasi desa bo’ladi! 
Hammamizning ahvolimiz yaxshilanib boryapti. Ammo hammada qutulib bo’lmas 
bosh og’rig’ining alomati seziladi. Bir ayol sababsiz yig’lashni boshlaydi. 
Hammaning ko’kragida ismi yozilgan yorliq bor. Mana ikki yildirki hammamiz 
seshanba kuni kechalari bu guruhga qatnaymiz, shunga qaramasdan, kim sen bilan 
salomlashmoqchi bo’lmasin, ismingni bilib olish uchun yorliqqa bir qarab oladi. 
   Kechirasiz, biz avval ham uchrashganmizmi?
   Hech kim parazit so’zini ishlatmaydi, hamma uyg’otuvchi deydi.
   Hech kim davolanish so’zini ishlatmaydi, hamma protsedura deydi. 
   Yangiliklar almashish payti kimdir uyg’otuvchi kutilmaganda uning orqa 
miyasiga o’tganini va qo’li bo’ysunmayotganini aytadi. Boshqasi esa uyg’otuvchi 
miya suyuqligi yettishmovchiligini keltirib chiqarganini va natijada tutqanoq yuz 
berayotganini e’lon qiladi.
   Oxirgi muhokamada Xloy bizga xushxabar keltirgandi. U qiynalib oyog’ida turdi
va kreslo suyanchig’iga qo’lini qo’ygancha endi o’limdan qo’rqmasligini aytdi. 
Bugun salomlashib olganimizdan so’ng, men avval ko’rmagan Glenda 
ismli(yorliqdagi yozuv to’g’ri bo’lsa, albatta) yoqimtoy ayol Xloy o’tgan seshanba 
kechgi soat ikkida vafot etganini aytdi.
   Qanday yaxshi! Xloy ikki yil mobaynida mening quchog’imda yig’ladi, mana 
o’ldi va hozir balki qabrda, balki qutida, balki maqbarada, balki – nomi nima edi, 
ha, kolumbariyda yotibdi. Mana qachondir sening qurt-qumursqalarga yemish, 
o’simliklarga o’g’it bo’lishingning yana bir isboti. O’lim – shunchaki mo’jiza, agar
mana bu hayvon bo’lmaganda mening o’limga hecham qarshiligim yo’q edi.
   Marla.
   U yana menga tikildi, xuddiki bu yerda boshqa hech kim yo’qdek.
   Yolg’onchi.
   Simulyant.
   Marla – simulyant. Sen ham simulyantsan. Atrofdagi hamma aldayapti.
   Bugun kechqurun kutilmagan holda meditatsiya menga ta’sir qilmayapti. Hamma
yetti darvoza ortida, yashilda ham, qizilda ham Marla turibdi. Ko’kning orqasida 
17


ham Marla. Yolg’onchi. G’orga kirganimda  ham mening irodam timsoli bo’lgan 
jonivor ham Marla bo’lib qolyapti. Marla sigaretini tortgancha atrofga qarayapti. 
Yolg’onchi. Qora sochlari fransuz yostig’i kabi paxmoq. Simulyant. Lablari 
italyancha divan kabi muloyim. Bunaqa lablardan qochib qutulishning ilojisi yo’q.
   Xloy haqiqiyroq edi.
   Men tez-tez uning chumolidek keladigan skeleti u yodan bu yoqqa yugurib 
yurganini tasavvur qilaman. Shu payt uzoqdan ovoz keladi: “o’limga tayyorlaning 
o’n soniya, to’qqiz soniya, sakkiz soniya”. “O’lim yaqinloshmoqda, yetti, olti....”.
   “Besh, to’rt….”
   “To’rt”.
   “O’lim kelyapti uch, ikki….”.
   Oy nuri uning ochilib qolgan og’ziga kiradi.
   “So’nggi nafasga tayyorlaning – nol!”
   Qalb tanadan evakuatsiya qilinmoqda.
   Nol!
   Tanadan ajralish.
   Nol!
   O’lim keldi.
   Marla menga qarayapti.
   Meditatsiya paytida men o’z ichimda yashayotgan bolakayni quchish uchun 
qulochimni yozaman, ammo uning o’rnida og’zidan tutun purkayotgan Marla 
paydo bo’ldi. 
   Yolg’onchi.
   Men diqqatimni jamlay olmayapman.
   Meditatsiya yakunlangach, hamma o’rnidan turib o’zini tartibga keltirib, tana 
kontakti orqali davolash jarayoniga tayyorgarlik ko’rishadi. Quchoqlashish navbati
yetgach, qulochimni ochamanda Marla tarafga uch qadam tashlayman, atrofga 
biror bir yordam izlab alanglayman. 
   Yordam: to’g’ringda kim turgan bo’lsa, o’shani quchoqla.
   Qo’llarim Marlaning yelkasidan tutadi.
   Bugun senga kerak bo’lgan odamni tanla.
   Marla qo’lida sigaret tutgancha turibdi.
   Unga o’zingni qanday his qilayotganingni aytib ber.
   Marlada moyak raki yo’q. Unda hatto tuberkulyoz ham yo’q. Uning o’limi 
yaqinlashib kelayotgani ham yo’q. Mayli, mayli, bilaman falsafiy nuqtayi nazar 
bilan qarasak, hammamizning ham o’limimiz asta-sekinlik bilan yaqinlashib 
kelmoqda, ammo Marla Xloy kabi o’layotgani yo’q.
   Yana bir yordam: eng yashirin hislaring bilan o’rtoqlash.
   Ey, Marla, olmani yoqtirasanmi?
   Eng yashirin.
   Marla, qaniydi bu yerdan daf bo’lsang. Yo’qol! Yo’qol!
   Bu yerdan daf bo’l, boshqa joyda yig’la, seni ko’rishni istamayman.
   Marla mening yuzimga tikiladi. Uning ko’zlari jigarrang ekan. Qulog’ining 
pastki qismi keng, ammo zirak taqmas ekan. 
   Bu yerdan ket.
18


- Sen ham menimcha o’lmayapsan, - deydi Marla.
   Atrofimizdagilar quchoqlashib olib, yig’lashmoqda.
- Menga rostini ayt, - turib oldi Marla, - men esa senga aytib beraman.
   Biz butun hafta davomidagi guruhlarni teppa-teng bo’lishib olishimiz mumkin, 
tushuntiraman men. Marla o’ziga suyak kasalligi, miya paraziti va tuverkulyozni 
oldi. Men o’zimga moyak raki, qon paraziti va xronik ruhiy hastalikni qoldirdim.
- Ichak raki nima bo’ladi? – so’raydi Marla.
   Ichak rakini ham teng bo’lib olamiz. Unga har oyning birinchi va uchinchi 
yakshanbasi tegadi.
- Yo’q, - rad etadi Marla.
   U ichak rakini to’liq olishni xohladi. Parazitlarni ham, boshqa raklarni ham. U 
ko’zini qisib qo’yadi. U o’zini qanday yaxshi his qilayotgani ko’rinib turibdi. U 
o’zini birinchi marta tirikdek his qilmoqda. U hech qachon o’layotganlarni 
ko’rmagan edi. U hayot nimaligini tushunmasdi, chunki u hayotni hech narsa bilan 
solishtira olmasdi. O, ammo u endi o’lim va o’lish, haqiqiy og’riq va chin 
yo’qotish nima ekanligini biladi. Ko’zyosh, o’lim qo’rquvi va vijdon azobi 
nimaligini biladi. Marla endi hammamiz bilan oxir-oqibatda nima bo’lishini biladi,
u endi hayotining har bir lahzasidan bahra olib yashashi mumkin.
   Yo’q, u menga birorta guruhni ham berib qo’ymaydi.
- Men yana avvalgidek yashashga hech qanaqasiga rozi bo’lmayman, - 
deydi Marla. – Avvallari, men shunchaki nafas olayotganimdan 
rohatlanib yashashim uchun dafn qilish byurosida ishlardim. Meni 
mutaxassisligim umuman boshqa, ammo buni ahamiyati bormi?
   Unaqada o’sha byuroyingga daf bo’l, deyman men. 
- Dafn marosimlari – bu guruhlar bilan solishtirganda hech narsa emas, - 
jahl qiladi Marla. – Dafn qilish – shunchaki mavhum marosim. Ularda 
o’limni chin dildan his qila olmaysan. Bu yerda esa his qilasan.
   Atrofimizdagilar ko’zyoshlarini artishadi, burunlarini tortishadi, bir-birlarining 
yelkalariga urib qo’yishadida tarqalishadi.
   Biz guruhga bir vaqtda qatnay olmaymiz, deyman men.
- Unda qatnama.
   Bu men uchun juda zarur.
- Unda dafn marosimlariga bor.
   Hamma bir-birining qo’lidan ushlab so’nggi duoni o’qish uchun turishibdi. 
Marlani qo’yib yuboraman.
- Qanchadan neri bu yerga qatnaysan?
   Ikki yil.
   Kimdir mening qo’limdan tutadi. Kimdir Marlaning qo’lidan tutadi.
   Har doimgidek duo boshlangach nafasim bo’g’zimga tiqilib qoladi. O, o’zing 
asra! O, o’zing bizni g’azabingdan asra!
- Ikki yil? – shivirlaydi Marla, boshini yon tomonga engashtirgancha.
   O, bizni asra, gunohlarimizdan o’t!
   Meni bu yerga ikki yildan beri qatnashimni biladiganlarning birortasi ham hozir 
bu yerda emas. Kimdir o’ldi, kimdir tuzaldi, kimdir qatnamay qo’ydi. 
   O’zing bizga yordam ber, yordam ber.
19


- Nima qilsak ekana, - deydi Marla, - unaqada senga moyak rakini 
beraman.
   Katta Bobning quchog’ida yana to’yib yig’layman. Rahmat senga, Marla.
   O’zing bizga marhamat ko’rsat.
- Arzimaydi.
   Marla bilan shu tariqa tanishganman.
   
20


5
   Xavfsizlik xizmatida ishlaydigan yigit menga hammasini tushuntirib berdi.
   Yuk tashuvchilar ichida nimadir chiqillayotgan chemodanga e’tibor qaratishibdi. 
Xavfsizlik xizmatidagi yigit yuk tashuvchilarni “chiqindi” deb ataydi. Zamonaviy 
bombalar chiqillamaydi. Ammo chemodanda qandaydir harakat sezilsa, yo 
“chiqindilar”, yo xavfsizlik xizmati vakili politsiya chaqirishi kerak.
   Ko’pchilik aviakompaniyalardagi mana shu qoida tufayli Taylerning uyiga 
ko'chib borishimga to'g'ri keldi. 
   Dallasdan qaytayotganimda yonimda ichiga bir dunyo narsa solingan 
chemodanim bor edi. Ko’p safar qilsang senda o’z-o’zidan hamma eng zarur 
narsalarni o’zing bilan olib yurish odati paydo bo’ladi. 6 ta oq ko’ylak. 2 ta qora 
shim. Yashab qolish uchun zarur bo’lgan mayda-chuydalar.
   Budilnik.
   Akkukumulyatorli elektr ustara.
   Tish cho’tkasi.
   6 ta ich kiyim.
   6 juft qora paypoq.
   Agar xavfsizlik xodimining so’zlariga ishonadigan bo’lsak, safardan oldin 
mening chemodanimda chiqillagan ovoz eshitilgan va uni tekshirish uchun 
Dallasda qoldirishgan. Hamma narsam o’sha chemodanda edi. Kontakt linzalar 
uchun suyuqlik. Ko’k yo’lli qizil bo’yinbog’. Yana bitta oddiy qizil bo’yinbog’.
   Bu narsalarning ro’yxatini kiyim shkafining eshigiga yopishtirib qo’ydim. 
   Mening uyim – bu kitob javonini esga soladigan ko’p qavatli uyning o’n 
beshinchi qavatida joylashgan kvartira. Reklama qog’ozida devordagi televizor 
yoki stereo bilan qo’shnimning xonasi o’rtasida eng kamida bir fut qalinlikdagi 
pol, shift yoki devor bo’lishi aytilgan edi. Bir fut beton, shunga qaramasdan 
ventilyatsiya tizimi shunday qurilgan ediki, xonaning hidi gaz plitasida unutib 
qoldirilgan tushlikning hidi darajasiga yetmaguncha oynalarni ochib bo’lmasdi.
   Shuningdek, xonamda haqiqiy yo’g’ochdan yasalgan oshxona jihozlari va 
yoritgichlar uchun past voltli elektr o’tkazgichlar ham bor edi.
   Shunga qaramasdan bir fut beton juda muhim, ayniqsa qo’shningning eshitish 
apparati batareyasi o’tirib qolib, sevimli ko’rsatuvini bor balandlikda ko’rayotgan 
bo’lsa. Yoki gaz plitasining vulqon kabi portlashi natijasida hamma narsalaring 
tashqariga o’rnida g’orga o’xshash teshik qoldirgancha uchib chiqsa. 
   Shunaqasiyam bo’lib turadi.
   Portlash hamma narsani yo’q qildi, usti notekisroq ichida pufakchalari bor yashil 
rangli shisha servizni ham(bular servizni halol, mehnatkish, sodda shishasoz-usta 
yasaganini isbotlaydi). Ha shunaqa, portlash mana shu servizga qo’shib 
qolganlarini ham yo’q qildi. Uch metrli qimmatbaho pardalar yonib yirtilib ketgan.
   O’n besh qavat balandlikdan tushayotgan kul shahar bo’ylab tarqalib, yon-
atrofdagi mashinalarning tomini qoplab qo’ygan. Dallasda esa FQB, barcha 
ishchilar evakuatsiya qilingan joyda bitta o’zi tansportyorda turgan chemodanimni 
sinchiklab tekshirmoqda. O’ndan to’qqiz holatda elektr soqol olgich bo’lsa kerak. 
21


Ha, chemodanimdan shunday qilib ayrildim. O’ndan bir holatda falloimitator 
bo’lishi mumkin. 
   Menga buni xavfsizlik xizmati xodimi aytib berdi. Keyin taksida uyimga bordim 
va asfalt ustida dabdalasi chiqib yotgan ich kiyimlarimni ko’rdim.
   Tasavvur qiling, dedi xavfsizlik xizmati xodimi, yo’lovchi belgilangan joyga 
yettib keldi, bu yerda esa unga uning yuklarini falloimitator tufayli Sharqiy Sohilda
ushlab qolishganini ma’lum qilishmoqda. Chemodan egasi erkak kishi bo’lishi 
ham mumkin. Aviakompaniyalar siyosati shunday – falloimitator kimga tegishli 
ekanini aniqlashtirishmaydi. Shunchaki – falloimitator.
   Hech qanaqasiga “sizning falloimitatoringiz” emas.
   “Falloimitatorning o’zidan-o’zi yoqilib qolishi” deyish kerak qoida bo’yicha.
   “Falloimitatorning o’zidan-o’zi yoqilib qolishi natijasida yuklaringiz ushlab 
qolindi”.
   Men Jorjiya shtatidagi Steypltonda belgilangan uchrashuvdan qaytayotganimda 
yomg’ir yog’ardi.
   Uyimga yettib kelganimda ham yog’ishda davom etardi.
   Avvaliga styuardessa o’rinlarimizga yaxshilab qarashimiz va hech narsamizni 
unutmasligimiz kerakligini e’lon qildi. Keyin u menga aeroportda meni 
aviakompaniya vakili kutayotganini aytdi. Soatimni uch soat orqaga qaytarib 
qo’ydim.
   Chiqish eshigida meni aviakompaniya vakili va xavfsizlik xizmati xodimi kutib 
turardi. Ha, ha, ha, sizning ustarangiz yoqilib qolgani tufayli yuklaringizni 
Dallasda ushlab qolishdi. Xavfsizlik xizmati xodimi yuk tashuvchilarni 
“chiqindilar” deb atardi. Bundan yomon bo’lishi ham mumkin edi, dedi u, ustara 
har holda falloimitator emas. Bu yigit uchuvchilarnikiga o’xshash forma kiygandi; 
mayda epoletlari bor oq ko’ylak va zangori bo’yinbog’. U mening yuklarimni 
tekshirishgani va ertaga yetkazib berishlarini ma’lum qildi.
   U mening ismim, manzilim va uy telefonim raqamini yozib oldi.
   Yonimdagi so’nggi o’n dollarga taksida uyga yettib oldim.
   Mahalliy politsiya meni savollar bilan qiynab tashladi.
   Mening bomba deb o’ylashgan elektr ustaram hamon mendan 3 vaqt kengligicha 
uzoqlikda edi. Haqiqiy, buni ustiga kattagina bomba esa mening “Nyurunda” 
uslubida ishlangan yashil va zarg’aldoq rangli “in” va “yan” ko’rinishidagi ajoyib 
kofe stolimni parchalab tashladi. 
   Erik Pekkari dizaynida tayyorlangan “Haparanda” kreslolari bilan ham xuddi 
shunday bo’libdi. 
   Menda ham ko’pchilikda bo’lgani kabi  o’z uyasini turli narsalar bilan to’ldirish 
instinkti bor. Mening bir vaqtlar xojatxonada behayo jurnallarni tomosha qilib 
o’tirgan tanishlarimning barchasi, hozir IKEA firmasi katalogini tomosha qilib 
o’tirishadi. 
   Hozir hammamizda “Yoxannes” kreslolari, “Shtinne” gilamlari bor. Aytgancha, 
menikilari hozirgina yarmi yonib kul bo’lgan holda o’n beshinchi qavatdan fontan 
ustiga tushdi. 
   “Rislampa-Xar” cho’ntak fonari.
22


   “Alle” pichoqlar to’plami. Sayqallangan po’latdan yasalgan. Mashinada yuvsa 
ham zanglamydi.
   Oksidlangan po’latdan yasalgan “Vild” devor soati. Usiz yashab bo’ladimi, axir?
   Tushunarliki, “Klipsk” konstruktori.
   “Hemlig” shlyapa qutisi ham, albatta.
   Turli-tuman rangli Tomas Haril dizaynida ishlangan “Mommala” yopinchiqlari.
   Orxideya.
   Fuksiya.
   Kobalt.
   Fil suyagi.
   Antratsit.
   Doimiy yashil buta.
   Butun hayotim mana shularni sotib olishga sarflangan edi.
   Mebel sotib olasan. Sen o’zingni bu birinchi va oxirgi divaning ekaniga 
ishontirasan. Keyin idish-tovoq masalasi hal qilinadi. Keyin yotoq masalasi. 
O’zingga mos parda va gilam tanlaysan.
   Mana endi o’zingning shinam uyangning mahbusiga aylanasan, sen egalik 
qilyapman degan narsalaring senga egalik qila boshlaydi.
   To bir kuni uyingga kelganingda portye senga portlash yuz bergani va allaqachon
politsiya kelib, bir dunyo savol berishga ulgurganini aytmaguncha shu tariqa 
davom etadi hammasi.
   Politsiya hammasiga gaz sabab bo’lgan deb, taxmin qilmoqda. Balki, duxovka 
yoniq qolib ketgandir, balki nosozlik, yoki biror joyni o’chirishni unutgandirman, 
keyin gaz to’planib, portlash sodir bo’lgan. Shift baland shu sababli, xona gazga 
to’lishi uchun bir kun yetali emas. Gaz to’lgan paytda esa qayerdadir, masalan, 
muzlatgich kompressorining relesida chaqnash sodir bo’lgan....
   Detonatsiya.
   Zarba kuchi oynalarni alyuminiy romlardan yulib tashlaydi va xonangda nimaiki 
bo’lsa hammasi – divanlar, lampalar, servizlar, diplomlar va telefon olov bilan 
qoplangancha oynadan uchib ketadi.
   Ey, Xudo, mening muzlatgichim! Axir erinmasdan turli ikralarni to’plagandim – 
qora ikra, qizil ikra, baqlajon ikrasi(chet eldan keltirilgan)! Menda o’n to’rt xil 
salat uchun ziravorlar bor edi.
   Ha, ha – siz butunlay haqsiz, uy to’la ziravor edi, ovqat sotib olmasam ham, 
ziravor sotib olganman.
   O’n beshinchi qavatga ko’tarilishingiz mumkin, tushuntirdi portye, ammo 
kvartirangizni muhrlab qo’yishgan. Politsiya muhrlab qo’ygan. Politsiya mendan 
jahldor sobiq sevgilim yoki dinamit tayyorlay oladigan dushmanim bor yoki 
yo’qligini so’radi.
- Buni ustiga xonada quruq devordan boshqa hech narsa qolmagan, davom 
etdi portye.
   Politsiya ataylab portlatish variantini ham ko’rib chiqmoqda, chunki gaz hidi 
yo’q edi. 
   Portye qoshlarini ma’nodor ko’tarib qo’ydi.
23


   (Bu yaramasning qilar ishi farroshlaru uy xizmatchilarining boshini aylantirish 
edi. Men bu yerda uch yil yashadim. Men sotib olgan narsalarimni uyimga olib 
kirarkanman, portye o’zining “Elleri Kvin”ini varaqlab o’tirardi.)
   Portye qoshlarini ma’nodor ko’tarib dedi: “Ayrimlar xonaga benzinni to’kadida, 
hosil bo’lgan halqoblar orasiga uzun shamlarni yoqib tashalb ketishadi. Moliyaviy 
muammolari bor insonlar shu yo’l bilan sug’urtachilardan pul undirishga 
urinishadi”.
   Men undan xizmat telefonidan foydalanishim mumkinligini so’radim.
- Eh, yoshlar, o’zlaringga ortiqcha narsalarni sotib olib kerilishni 
yoqtirasizlar, - dedi portye.
   Men Taylerning raqamini terdim.
   Taylerning Qog’ozchilar ko’chasida ijaraga olgan uyidagi telefon jiringlaydi.
   O, Tayler, meni bu yerdan olib ket!
   Telefonni hech kim ko’tarmaydi.
   Portye qulog’imga shivirlaydi”
- Yoshlar, nima xohlashingizni o’zingiz ham bilmaysiz.
   O, Tayler, qutqar meni!
   Meni shved mebellaridan qutqar.
   Meni san’at asarlaridan qutqar.
   Nihoyat, Tayler telefonni oladi.
   Tayler bilan barda uchrashishga kelishib oldik.
   Portye meni qaysi raqamdan topishi mumkinligini so’radi. Yomg’ir yog’ishda 
davom etmoqda. Mening “Audi”m butun edi, “Dakapo” galogen lampalari old 
oynasini sindirganini hisobga olmasa, albatta.
   Biz uchrashdik, rosa pivo ichdik, keyin Tayler menga unikida yashashim 
mumkinligini, faqat bitta sharti borligini aytdi. Chemodanim ertasi kuni yettib 
keldi. 6 ta ko’ylak va 6 ta ich kiyim, qolgan narsalar yo’q.
   Biz barda kayfimiz oshib o’tirardik, biz bilan hech kimning ishi yo’q edi. Men 
Taylerdan nima qilishim kerakligini so’radim.
   Tayler dedi:
- Meni bor kuching bilan ur.
   
 
   
24



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish