Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana12.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#145607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JANGOVOR KLUB

Rangpar yuzli oy
Yulduz nurin to’solmas:
Ajab bo’pti.
   Uzoqdan mashinalar o’tib ketadi, men esa qo’limdagi pivo bankasini siqaman, 
eski o’rindiqlar jinsi shimimdan o’tib, orqamga botadi. Tayler deydi:
- Yana bir marta aytib berchi, nima ro’y berganini.
   Bir necha haftalar davomida Tayler Marlaning onasi bilan nima qilishni 
rejalashtirganiga e’tibor bermaslikka harakat qildim. Bir safar Tayler bilan 
“Vestern Yunion”ning filialiga bordim va u Marlaning onasiga quyidagi 
telegrammani jo’natganining guvohi bo’ldim:
   Labim bujmayib ketdi,
   Tezda yordamingiz kerak.
   Tayler xodimga Marlaning kutubxona uchun olgan ruxsatnomasini ko’rsatdi va 
telegrammaga Marla Singer deb imzo qo’ydi. Hayron qolgan xodimga esa, ha, 
50


ba’zida o’g’il bolalarga ham shunday ism qo’yishadi dedi. U ham surishtirib 
o’tirmay telegrammani jo’natdi.
   “Vestern Yunion”dan chiqqanimizdan so’ng Tayler menga agar uni yaxshi 
ko’rsam, unga ishonishim kerakligini aytdi. U meni “Garbonzo” restoraniga taklif 
qildi. 
   Meni telegramma emas, restoranga taklif qilinishim ko’proq tashvishga soldi. 
Tayler biror narsa uchun pul to’laganini eslay olmayman. Tayler kiyim sotib 
olmaydi: u mehmonxona yoki sport zalining topilmalar byurosiga murojaat qiladi. 
Bu har holda Marlaning usulidan yaxshiroq: u kir yuvish mashinalaridan 
kiyimlarni o’g’irlab uni eski kiyim sotuvchilarga o’n ikki dollardan pullaydi. 
Tayler hech qachon restoranda ovqatlanmasdi, Marlaning labi esa bujmayib 
qolmagandi.
   Hech qanday sababsiz Tayler Marlaning onasiga olti kilo shokolad jo’natib 
yubordi.
   Tunni bundan ham yomon o’tkazishimiz mumkin edi, - deydi Tayler. Bunga 
malla monax o’rgimchak sabab bo’lishi mumkin edi.
   U chaqqanda zahar ems, kislota ajratib chiqaradi, chaqqan joyi ko’z o’ngingda 
erib ketadi. 
   Bugun kechasi Marla kelganda Tayler qayergadir g’oyib bo’lgandi. Marla 
eshikni taqillatmasdan kirib keldi. U shunchaki eshik oldida turib oldida, “Tuk-tuk-
tuk!”, dedi.
   Men oshxonada jurnal varaqlab o’tiribman.
   Marla baqirdi:
- Tayler, uydamisan? Kirsam bo’ladimi?
   Men Tayler uyda yo’q dedim.
- Asabimni buzma, - javob beradi Marla.
   Eshikka chiqaman. Marla qo’lida FedEx ning kattagina banderolini ko’targancha
turibdi.
- Men muzlatkichingga bir narsani qo’ymoqchiman.
   Men uning orqasidan oshxona tomon yuraman va “bunday qilma” deyman.
   Bunday qilma.
   Bunday qilma.
   Bunday qilma.
   Mening uyimda har xil bo’lar-bo’lmas narsalarni saqlashingni xohlamayman.
- Mening nomerimda nuzlatkich yo’qligini bilasan, - deydi Marla. – O’zing
menga, quyoncham, mening muzlatkichimdan foydalanaver 
degandingku.
   Men bunday demagandim. Marla lash-lushlarini menikiga tashishini hamma 
narsadan kamroq istasam kerak.
   Marla banderolni oshxonada ochdi, uning ichida plastik paketga solingan oq 
suyuqlik bor edi.
- Bu sen o’ylagan narsa emas, - deydi u. – Bu mening onam, shunday ekan 
nari tur.
   Marla sendvich solinadigan paketga o’xshash paketga solingan narsadan biz 
Tayler bilan birga sovun tayyorlardik.
51


- Agar o’sha paketdagi narsani yeb qo’yganingda, - deydi Tayler, - bundan 
ko’ra yomonroq bo’lar edi. Tasavvur qil, yarim yunda uyg’onib, 
paketdagi yog’ni “Kaliforniya piyoz sho’rvasi” konsentratiga yoki 
brokkoliga qo’shib yeb qo’yding.
   Biz Marla bilan oshxonada turibmiz, shu paytda men eng xohlamayotgan narsa 
Marla muzlatkichni ochishi edi. 
   Bu narsa unga nima uchun kerakligini so’radim.
- Lablar, - deydi Marla. – Yosh o’tgani sari lablar bujmayib qolishni 
boshlaydi. Buni kollagen inyeksiya yordamida tog’irlash mumkin. Men 
allaqachon sening muzlatkichingda o’ttiz funtcha kollagen yig’ib 
qo’ydim.
   Men Marladan lablari haddan tashqari katta bo’lib ketishidan qo’rqmaysanmi 
deb so’radim. 
   Marla inyeksiya jarayonidan ko’proq qo’rqishini aytdi. 
***
   Paketda, deyman “impala”ning orqasida o’tirgan Taylerga, biz sovun 
tayyorlaydigan narsa bor edi. Silikon sog’liq uchun zararli ekanligini aniqlashgach,
ajinlarni yo’qotish, lablarni kattalashtirish uchun kollagendan foydalana 
boshlashdi. Ko’pincha arzon kollagen olish uchun sterillangan va qayta ishlangan 
qoramol yog’idan foydalanishadi, tushuntirib berdi Marla, ammo bu kollagen 
tanada uzoq muddat saqlanmaydi. Organizm uni inkor qiladi; olti oy o’tmasdan 
lablaring yana bujmayib qoladi.
   Eng yaxshi kollagen o’zingning belingdan olingan yog’dan tayyorlanadi. Maxsus
yo’l bilan qayta ishlanadi va yana o’z labingga jo’natishadi. Bunday kollagen uzoq
vaqtga yetadi.
   Muzlatkichdagi paketlar Marlaning kollagen fondi ekan. Marlaning onasining 
belida ortiqcha yog’ paydo bo’lsa, u yog’ni oldirib tashlaydida paketga soldiradi. 
Onasiga yog’ kerak bo’lmagani uchun uni Marlaga jo’natadi. Marlaning o’zida 
hech qanaqa yog’ yo’q, onasi esa Marla inyeksiya qildiradigan bo’lsa, arzon 
qoramol yog’idan emas, o’zining qondoshi yog’idan foydalana qolsin deb 
hisoblaydi.
   Ko’cha chirog’ining shul’asi mashinaning oynasidan o’tib, Taylerning yuzida 
“qanday bo’lsa, shunday olib ket” degan yozuvning soyasi paydo bo’ladi. 
- O’rgimchak, - deydi Tayler, - tering ostida tuxum qo’yishi mumkin, 
keyin u yerda lichinkalar paydo bo’ladi. Ko’ryapsanmi, ayrim odamlar 
bilan qanday baxtsizliklar sodir bo’lishi mumkin.
   Bu gaplarni eshitgandan keyin, yeb turgan tovug’imning ta’mi Marlaning 
onasining yog’i ta’midek tuyulib ketadi.
   
   Va ana shu paytda, Marla bilan yonma-yon turgancha, Tayler nima qilganini 
tushunaman.
   LABIM BUJMAYIB KETDI,
   Men nima uchun Tayler Marlaning onasiga shokolad jo’natganini tushundim.
   TEZDA YORDAMINGIZ KERAK.
52


   Marla, sen muzlatkichni ochishni xohlamaysanku, to’g’rimi?
   Marla hayron bo’ladi: “Nima?”
- Tovuq yog’idan faqatgina suyuq sovun olish mumkin, - deydi Tayler. – 
Biz sovun savdosidan boyib ketamiz. Kvartira haqini to’laymiz.
   Sen Marlaga to’g’risini aytishing kerak, bo’lmasa buni men qilgan deb o’ylaydi.
- Yog’ning suvda erishi – sifatli sovun hosil bo’lish reaksiyasidir, - deydi 
Tayler. Tovuq yog’i ham, boshqa tarkibida tuz ko’p bo’lgan yog’lar ham 
sifatli sovun olishga yaramaydi.
- Eshit, - deydi Tayler, - bizda katta buyurtma bor. Shuning uchun, 
Marlaning onajonisiga ko’proq shokolad jo’natish kerak, yana mevali 
kekslar ham. 
   O’ylashimcha, endi bundan hech narsa chiqmasa kerak.
   Qisqasi, Marla muzlatkichni ochdi. Birdaniga emas, avvaliga to’poloncha sodir 
bo’ldi. Men unga halaqit bermoqchi edim, u qo’lidagi paketni tushirib yubordi, 
paket yerga tushib yorilib ketdi, ikkalamiz ham yog’da sirpanib yiqilib tushdik, 
qayt qilib yuborishimizga sal qoldi. Men uning belidan quchoqlab oldim, sochlari 
ko’zimga kirib ketdi, qo’lini qayirib, bu ishni men qilmadim dedim. Buni men 
qilmadim.
   Men emas. 
- U mening onam! Sen onamni pol bilan bitta qilding!
   Biz sovun tayyorlashimiz kerak edi, deyman Marlaga. Shimlarni yuvish uchun, 
kvartira haqini to’lash uchun, gaz trubalarini tuzatish uchun. Lekin buni men 
qilganim yo’q.
   Buni Tayler qildi.
   Marla baqiradi:
- Nima deb valdirayapsan?! – va quchog’imdan qo’limda yubkasini 
qoldirgancha qutulib chiqadi.
   Men qo’limda Marlaning yubkasini ushlagancha, sirpanchiq poldan ko’tarilishga 
harakat qilaman, Marla esa muzlatkichni ochadi va u yerda faqat ikkita ishlamay 
qolgan fonar batareykasini ko’radi.
- Qani?
   Men orqaga sirpanaman: qo’l-oyog’im polda sirpanib ketadi, orqam esa polda 
toza iz qoldiradi. Men haqiqatni aytayotgan paytimda Marlaning yuzini ko’rmaslik
uchun yuzimni yubka bilan to’saman. 
   Haqiqatni.
   Biz undan sovun tayyorladik. Sovun.
- Sovun?!
   Sovun. Yog’ni qaynatasan. Ishqor qo’shasan. Sovun hosil bo’ladi.
   Marla tishlarini g’ijirlatishni boshlagach, yubkani yuziga otib, qochishni 
boshlayman. Sirpanib ketib yiqilaman. Yana o’rnimdan turib qochishda davom 
etaman.
   Marla mening orqamdan birinchi qavat tomon yuguradi, yiqilib tushmaslik 
uchun oyna chetidagi chang yig’lib ketgan joylardan ushlaydi, iflos qo’lining izlari
53


gulqog’ozlarda qoladi. Sirpanib polga yiqiladi, yana turadida, quvishda davom 
etadi.
   U baqiradi:
- Sen mening onamni qaynatding!
   Ammo Tayler qildi bu ishni.
   Marla mendan bor-yo’g’i yarim qadam ortda qolgancha baqirishda davom etadi.
   Tayler qaynatdi sening onagni!
- Sen qaynatding!
   Kirish eshigi haliyam ochiq ekan.
   Eshikdan o’kirayotgan Marlani ortda qoldirgancha otilib chiqdim. Beton 
trotuarda oyog’im sirpanmadi va bor kuchim bilan oldinga chopdim. Men Taylerni
topmagunimcha yugurdim, yoki Tayler meni topmagunichami, bilmadim. Unga 
hammasini aytib berdim.
   Biz Tayler bilan qo’limizda pivo ushlagancha o’tiribmiz. Men old o’rindiqda, 
Tayler orqa o’rinda. Marla hoynahoy, haliyam uyda jurnallarni har tarafga sochib, 
meni yaramas va ikkiyuzlamachi haromi deb atab, izg’ib yurgan bo’lsa kerak. 
Marla va mening o’rtamizda tun bor. Bu tunda baliq tishlab olishi, o’rgimchak 
chaqishi yoki odam yog’ini yeb qo’yishim mumkin edi. Yaxshisi, shu yerda 
qolaman. 
Odamning boshiga yashin urilsa, - deydi Tayler, - u beysbol to’pidek keladigan 
ko’mir bo’lagiga aylanib qoladi, shimining zamogi esa erib ketadi.
   Men bugun nuqtagacha yettib bordikmi, deb so’rayman.
   Tayler boshini orqaga tashlagancha so’raydi:
- Merilin Monro haliyam tirik bo’lganda nima qilgan bo’lardi deb 
o’ylaysan?
   Xayrli tun, deyman men.
- Go’ridan tik turardi, menimcha.
54


12
   Boshlig’im stolimga juda yaqin keldi, lablari kinoyali jilmayib turibdi. Men 
boshimni stolda turgan ishlab chiqarish to’g’risidagi bildirishnomadan ko’taraman.
Bu xatlarning hammasi bir xil boshlanadi:
- Bildirishnoma avtomobil transporti xavfsizligining milliy me’yorlari 
asosida tuzildi. Biz quyidagi nosozlikni topdik…
   Ancha avval yana bir holat bo’yicha o’sha oddiy formulani qo’lladim, o’shanda 
A, B va C ning ko’paytmasi nosozliklarni bartaraf etishga kerak bo’ladigan 
summadan ko’p chiqdi. 
   O’shanda oyna tozalagichnning rezinasida nosozlik kuzatilgandi. Arzimas detal. 
Nosozlik faqat ikki yuzta mashinada bo’lgan. Uni to’g’irlashga ketadigan xarajat 
nolga yaqin edi.
   O’tgan haftada esa tez-tez uchrab turadigan nosozlikka duch keldim. Muammo 
butunlay ta’qiqlangan ammo, haligacha Uchinchi Dunyo mamlakatlarida 
foydalanilayotgan sintetik nirretolli teri bilan bog’liq edi. Bu juda kuchli narsa, 
homilador ayolning shunchaki bu teriga teginishi bolaga jiddiy zarar keltirishi 
mumkin. Lekin mashinalarni qaytarib olish haqida hech kim gapirmadi. 
   Hamma mashinalarning o’rindiqlari qoplamasini almashtirib chiqish, 
kompaniyamizning bir choraklik foydasidan ham qimmatga tushgan bo’lar edi. 
Agar kimdir bu haqida e’tiroz bildirganda ham, olti ming mashinani qaytarib 
olgandan ko’ra, bir kishining og’zini yopish ma’qul edi. 
   Lekin biz mashinalarni qaytarib oldik. Bu haftada yana uyqusizlikdan qiynala 
boshladim. Uyqusizlik qaytdi, hamma odamlar qabrim oldida unga tupurish uchun 
yig’ilgandek tuyuladi. 
   Boshlig’im kulrang bo’yinbog’ taqib olibdi, demak, bugun seshanba bo’lsa 
kerak.
   Boshlig’im bir varaq qog’oz ko’tarib olgan, u mendan bir narsangni yo’qotib 
qo’ymadingmi, deb so’radi. Bu varaqni kimdir nusxa ko’chiradigan apparat ichida 
unutib qoldiribdi, deydi va o’sha varaqni o’qishni boshlaydi:
- Jangovor klubning birinchi qoidasi: jangovor klub haqida hech kimga 
aytilmasin. U qatorlarga ko’z yugurtiradida, hiringlaydi:
- Jangovor klubning ikkinchi qoidasi: hech qachon hech kimga jangovor 
klub haqida aytilmasin.
   Menga Taylerning so’zlari boshlig’imning og’zidan chiqayotgandek tuyuladi. 
Janob boshlig’im stolining ustida oilaviy suratini qo’yib qo’ygan, tezroq nafaqaga 
chiqishniyu, yozni Arizona dashtlaridan biridagi treylerlar parkida o’tkazishni orzu
qiladi. Mening kraxmallangan ko’ylak kiyadigan, har hafta seshanba kunlari 
sartaroshga boradigan xo’jayinim menga qarab gapiradi:
- Umid qilamanki, buni sen yozmagansan.
   Men – Joning qonga to’lgan ko’ziman.
   Tayler menga klubning qoidasini kompyuterda yozib o’n nusxada chiqarishni 
buyurgandi. Sakkiz, to’qqiz emas, aynan o’n, aniqlashtirgandi Tayler. Lekin 
uyqusizlik qaytdi: oxirgi marta uch kecha oldin uxlagandim. Bu hoynahoy asl 
55


nusxasi bo’lsa kerak. Men o’nta nusxa olganmanu, aslini unutganman. Nusxa 
ko’chirish apparatining chirog’i ko’zimni xuddi paparatsilarning fotoapparati 
chirog’i kabi qamashtirgandi. Uyqusizlikda hamma narsa xira ko’rinadi: nusxadan 
olingan nusxaga o’xshab. Sen hech narsaga tegina olmaysan, senga ham hech 
narsa tegina olmaydi.
   Boshlig’im o’qishda davom etadi:
- Jangovor klubning uchinchi qoidasi: jangda ikki kishi qatnashadi.
   Ikkimiz ham hech narsa sodir bo’lgandek tutishga urinamiz o’zimizni.
- Bir kechada ko’pi bilan bitta jang.
   Uch kechadan beri uxlamaganman. Balki, hozir ham uxlayotgandirman. 
Boshlig’im varaqni burnimga niqtaydi. Bu hammasi nimani anglatadi, so’raydi u. 
Kompaniya hisobidan ko’ngil yozishmi? Senga jangari o’yinlar uchun emas, 
ishlaganing uchun haq to’lanadi. Senga hech kim apparatdan shaxsiy manfaatlaring
uchun foydalanishga ruxsat bermagan.
   Bu nimani anglatadi? Varaqni burnimga niqtaydi u. U ish vaqtida shxsiy ishlari 
bilan mashg’ul bo’lgan xodimga qanday jazo berish kerakligini so’rayapti, 
menimcha. Uning o’rnida bo’lganimda nima qilgan bo’lardim?
   Nima qilgan bo’lardim?
   Iyagimda yara, ko’zim osti ko’kargan, qo’limda Taylerning o’pichidan qolgan 
chandiq. Nusxadan olingan nusxa.
   Xulosaning muhokamasi.
   Nega Tayler aynan o’nta nusxa kerak dedi?
   Hind sigirlari.
   Boshlanishiga, deyman men, bu varaq haqida to’g’ri kelgan odamga valaqlab 
yurmagan bo’lardim. 
   Ko’rinishidan, deyman men, buni o’ta xavfli psixopat qotil yozgan, o’sha 
shizofrenik istalgan paytda qo’lida yarimavtomatik “armalit AR-180” quroli bilan 
bu yerda paydo bo’lishi mumkin.
   Boshlig’im menga ovozini chiqarmasdan tikiladi. 
   O’sha yigit, deyman men, hoynahoy, kechalari bilan uyida qo’lbola o’q 
tayyorlasa kerak, bir kuni u qurol ko’tarib ishxonasiga keladida, o’zining mayda 
gap, pastkash, qo’rqoq boshlig’ini otib tashlaydi, o’q esa uning ichida mayda 
bo’laklarga bo’linib, ichak-chovoqlarini ag’dar-to’ntar qilib, orqasidan mushtdek 
keladigan teshik qoldirgancha chiqib ketadi. Tasavvur qilyapsizmi?
   Boshlig’im varaqni niqtashni bas qilgan.
   Suring bu yerdan, deyman men, boshqa narsalarni o’qing.
   Jiddiy aytayapman, deyman men, juda qiziq. Bilinib turibdi – buni haqiqiy telba 
yozgan.
   Kulaman. Iyagimda qorayib ketgan yara. Ko’zim osti xuddi ataylab lak bilan 
bo’yalgandek ko’karib ketgan. 
   Boshlig’im tildan qolgancha menga qaraydi.
   Keling, yordamlashaman deyman.
   Jangovor klubning to’rtinchi qoidasi, deyman men, bir kechada ko’pi bilan bitta 
jang.
   Boshlig’im bir menga, bir varaqqa qaraydi.
56


   Men esa davom etaman: jangovor klubnng beshinchi qoidasi – jangchilar 
ko’ylaksiz va yalangoyoq holda jang qilishadi.
   Boshlig’im bir menga, bir varaqqa qaraydi.
   Balki, o’sha jinni “igl apash” karabinini tanlar, chunki uning og’irligi bor-yo’g’i 
o’n funt bo’lsa ham, o’ttizta o’q ketadi. “Armalit”da bor yo’g’i beshta patron 
bo’ladi. Bu o’ttizta o’q bilan o’sha esini yegan haromi konferensiyalar zalida 
o’tirgan vitse-prezidentlarni otib tashlagandan keyin ham, hamma direktorlarga 
yetadigan o’q qoladi. 
   Taylerning so’zlari mening og’zimdan chiqadi. Esiz, qachonlardir qanday 
shirinso’z edima.
   Boshliqning ko’ziga tik qarayman. Ko’zlari och moviy rangda.
   Yarimavtomatik “J&R 68” karabiniga ham o’ttizta o’q ketadi, og’irligi esa bor-
yo’g’i yetti funt. 
   Boshlig’im hali ham jim.
   O’ylashning o’zi ham qo’rqinchli, deyman men. Balki, siz o’sha odamni uzoq 
yillardan beri tanigandirsiz. Balki, o’sha odam siz haqingizdagi hamma narsani 
bilar: qayerda yashaysiz, xotininggiz qayerda ishlaydi, bolalaringiz qaysi maktabga
qatnaydi. 
   Men suhbatdan charchadim, zerikdim.
   Nega Taylerga aynan o’nta nusxa kerak bo’libdi ekan?
   Muhimi – salonga ishlatilgan sintetik teri haqida bilishimni aytmasligim kerak. 
Shuningdek, mutlaqo oddiy ko’rinadigan, ammo ikki ming mil yurilgandan keyin 
ishlamay qoladigan tormozlanish tizimi haqida ham.  
   Bundan tashqari men bardachokdagi xaritani yoqib yuboradigan darajada qizib 
ketadigan havo almashtirish tizimi haqida ham, yoqilg’i injektoridagi nosozlik 
tufayli qancha odam o’lganini ham bilaman. Axir men turbinadagi nosozlik tufayli 
yuz bergan portlash natijasida boldiridan tepasi parchalanib ketganlarni ko’rdim. 
Men butunlay yonib ketgan mashinalarning hujjatidagi “HALOKAT SABABI” 
degan qismiga “NOMA’LUM” deb yozishganlarini ko’rdim. 
   Yo’q, deyman men, bu varaq meniki emas. Men varaqni boshliqning barmoqlari 
orasidan tortib olaman. Qog’oz burchagi uning barmog’ini kesib ketgan ko’rinadi, 
chunki u barmog’ini so’ra boshladi. Men g’ijimlab axlat qutisiga tashlayman. 
   Balki, meni har joydan yig’ib yuradigan axlatlaringiz sabab bezovta qilishingiz 
shart emasdir.
   Yakshanbada Muqaddas Uchlik cherkovining deyarli bo’shab qolgan 
yerto’lasiga “Erkakligimizcha qolamiz!” guruhiga boraman. Faqat men va Bob, 
boshqa hech kim yo’q. Har bir mushagim bo’shashib qolgan, ammo yuragim 
urmoqda, miyamda xayollar to’xtovsiz aylanadi. Bu uyqusizlik. Kechasi bilan 
to’xtamasdan xayol surasan.
   Tuni bilan o’ylaysan: uxlayapmanmi yoki yo’q? Uxladimmi yoki yo’q?
   Mening dardimga dard qo’shib, oxirgi paytlarda Bob o’ziga kelib qolibdi, 
qo’lidagi bisepslari yana qotibdi. Katta Bob jilmayadi, u meni ko’rganidan juda 
xursand.
   U meni o’lgan deb o’ylapti.
57


   Haa, deyman men, men ham seni o’lgan deb o’ylagandim.
- Menda yaxshi yangiliklar bor, - deydi Katta Bob.
   Qolganlar qayerga yo’qoldi?
- Yaxshi yangilik ana shuda, - deydi Bob. – Guruh qaytadan shakllantirildi.
Men bu yerga bundan xabari yo’qlarni ogohlantirish uchun har ehtimolga
qarshi kelgandim.
   Men ko’zimni yumib, taburetkalardan biriga o’tiraman. 
- Yaxshi yangilik shundaki, - aniqlashtiradi Bob, - biz tashkil qilgan 
guruhning birinchi qoidasi – guruh haqida hech kimga aytmaslik kerak.
   Xudoyim!
   Bob davom etadi:
- Ikkinchi qoida esa – hech qachon u haqida gapirmaslik.
   Jin ursin! Ko’zlarimni ochaman.
   Qanaqasiga!
- Bu guruh jangovor klub deb ataladi, - deydi Bob, - biz har juma kunlari 
kechqurun shaharning narigi chekkasidagi garajda to’planamiz. 
Payshanba kuni kechqurunlari esa boshqa bir garajda yana bir guruh 
to’planadi.
   Bu joylar qayerdaligi menga noma’lum.
- Jangovor klubning birinchi qoidasi, - deydi Katta Bob, - jangovor klub 
haqida hech kimga aytilmasin.
   Chorshanba, payshanba va juma kunlari kechqurun Tayler kinomexanik bo’lib 
ishlaydi. Men unga to’langan maoshi cheklarini ko’rgan edim.
- Ikkinchi qoida esa, - deydi Katta Bob, - jangovor klub haqida hech 
qachon aytilmasin.
   Shanba kuni kechasi Tayler men bilan jangovor klubga boradi.
- Jangda ikki kishi qatnashadi.
   Yakshanba tongida shanba kungi janglardan keyin uyda sulayib yotgan bo’lamiz.
- Bir kechada ko’pi bilan bitta jang, - deydi Katta Bob.
   Yakshanba va dushanba kechalari Tayler ofitsiantlik qiladi.
- Jangchilar yalangoyoq va ko’ylaksiz olishishadi.
   Seshanba kuni kechqurun Tayler uyda sovun tayyorlaydi va uni 
buyurtmachilarga jo’natadi. “Qog’ozchilar ko’chasidagi sovun zavodi”.
- Jang qancha kerak bo’lsa, shuncha davom etadi, - deydi Katta Bob. – Bu 
qoidalarni jangovor klubni o’ylab topgan yigit joriy qilgan ekan.
- Sen uni taniysanmi? – so’raydi Bob.
- Men uni hech qachon ko’rmaganman, - deydi Katta Bob, - ammo 
adashmasam, uning ismi Tayler Dyorden.
   “Qog’ozchilar ko’chasidagi sovun zavodi”.
   Men uni taniymanmi?
   Ha, deyman men.
   Balki.
   
   
58


13
   “Regent” oteliga yettib borganimda vanna xalatini kiyib olgan Marla meni 
korridorda kutib oldi. Marla ishxonamga qo’ng’roq qilib, trenajor zali, kutubxona 
yoki kir yuvishmi, ishqilib bugunga nima reja qilgan bo’lsam ham, bekor qilib, 
uning kvartirasiga borishimni iltimos qildi.
   Marla menga telefon qildi, chunki mendan nafratlanadi.
   U o’zining kollagen fondi haqida bir og’iz ham gapirmadi. 
   Marla mendan yordam bera olasanmi, deb so’radi. Marla kuni bilan to’shagida 
yotgan edi. Marla uning allaqachon o’lib ketgan qo’shnilariga jo’natilgan 
ovqatlarni yeb kun ko’radi. Marla ular uxlayapti deb, buyurtmani o’zida olib 
qoladi. Qisqasi, u odatda o’n ikki va ikki orasida olib kelinadigan buyurtmani kutib
yotgandi. Marlada bir necha yildan beri tibbiyot sug’urtasi yo’q, shuning uchun u 
allaqachon sog’lig’i haqida o’ylamay qo’ygan, ammo bugun tongda u ko’kragida 
qattiqlashishni sezibdi, yana qo’ltiq ostidagi limfa tomirlari ham shishib, 
o’griyotgan ekan, u o’zi yaxshi ko’rgan odamlarga ular bezovta bo’lmasligi uchun 
bu haqida aytishni xohlamagan, shifokorga borishni ham istamagan – balki, hech 
qanday muammo yo’qdir, lekin baribir uni kimdir ko’rib qo’yishini istagan.
   Marla agar uni ko’rib qo’ysam, kollagen voqeasini unutishini aytdi.
   Men nima uchun Taylerni chaqirmaganini tushunaman, uni qo’rqitishni 
istamagan. Men bilan esa ishi yo’q.
   Biz Marlaning xonasiga ko’tarilamiz, u menga tabiatda qari jonivorlar 
bo’lmasligi haqida gapiradi, chunki ular qarishga ulgurmas ekanlar. Agar ular 
kasal yoki yugura olmaydigan bo’lib qolsalar, yoshroq va kuchliroqlariga yemish 
bo’lishadi. Hayvonlarga qarish mumkin emas.
   Marla krovatga yotib xalatining bog’ichini yecha boshlaydi. Bizning 
madaniyatimiz o’limning asl mohiyatini yo’qotdi, deydi u. Qari hayvonlar – bu 
tabiatning istisnosi.
   Qarilik – nogironlik.
   Men Marlaga kollejda mendagi so’galni olib tashlashganini aytib bergunimcha, 
Marla sovuq terga botdi. Qayerda deng, o’sha yerda. Men so’galni olib tashlashlari
uchun tibbiyot fakultetiga murojaat qildim. Keyin buni otamga aytib berdim. Bir 
yildan keyin. Otam ustimdan kuldi, uning aytishicha, so’gal qizlarga juda yoqar 
emish, xudo menga shunday sovg’a berganmishu, men uni rad etganmishman.
   Men Marlaning krovati oldida cho’k tushib, uning terisini barmoqlarim bilan 
tekshirib ko’raman, Marla menga o’sha qizlarga yoqadigan so’gal ularda bachadon
saratonining paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin deydi.
   Men tibbiyot fakultetining ko’rik xoansida bir martalik sochiqning ustiga 
o’tiraman, bir talaba esa so’galga azot sepadi, sakkizta kursdoshi esa uning 
harakatlarini kuzatib turibdi. Mana nimalar qilishingga to’g’ri keladi, tibbiy 
sug’urtang bo’lmasa. Ular uni biz ishlatadigan so’z bilan atashmaydi, ular uni 
penis deyishadi, lekin qanday atashingdan qat’iy nazar, baribir unga azot 
sepishayapti, bu esa ishqor to’kilgan kabi og’riqli.
   Marla mening barmoqlarim to’xtamaguncha menga qo’shilib kuladi. 
59


   Marla nafas olishdan to’xtaydi, qorni xuddi baraban singari taranglashadi. Shu 
tarang terisi ostida yurak urishi yanada aniqroq bilinadi. Ammo men biror nima 
topganim uchun emas, balki yana o’zimni o’sha kollej tibbiyot xonasida turgandek 
his qildim, xuddiki, xonada men ham, Marla ham yo’qdek. Biz olis o’tmishda 
qolib ketgan o’sha tibbiyot fakultetida paydo bo’lamiz, biz yopishqoq sochiqda 
o’tiribmiz, men azot tufayli yonayapman, shu payt talabalardan biri oyog’imdagi 
qizil dog’ni ko’rdiyu xonadan yugurib chiqib ketdi. Birozdan so’ng u uchta haqiqiy
vrach bilan kirib keldi, shifokorlar azot ballonini ko’targan talabani bir chetga 
surib tashlashdi.
   Vrachlardan biri o’ng oyog’imni ko’tardida qolgan ikkitasining burnigacha olib 
bordi. Ular oyog’imni sinchiklab tomosha qildi, terimdan namuna olishdi. Ular 
o’zlarini xuddi xonada o’ng oyogimdan boshqa qismlarim yo’qdek tutishdi. 
Talabalar ham oyog’imni yaxshiroq ko’rish uchun atrofimni o’rab olishdi. 
- Bu dog’ qachon paydo bo’lgan? – so’radi vrach. 
   Bu dog’ tug’ilganimda ham bor edi, otam hazillashganidek, Avstraliya va uning 
o’ng tomonidagi Yangi Zelandiya ko’rinishida edi. Vrachlarga xuddi shunday 
dedim, buni eshitishlari bilan yengil tortishdi. Azot asta-sekin eriy boshladi. Azot 
ushlaganidan boshqa talabalar chiqib ketishdi. U yonimga keldida aybdor nigoh 
bilan qarab, so’gal o’rniga yana azot sepdi. Shunchalar qattiq og’ridiki! Agar uning
uzunligi 100 mil bo’lsayu, og’riq uning eng uzoq yerida bo’lgan taqdirda ham 
azoblanishimni his qilaman.
   Marla Taylerning o’pichidan qolgan chandiqqa qaraydi.
   Men talabaga tug’ma dog’i bor bemorlarga duch kelmaganing ko’rinib turibdi, 
dedim.
   Gap bunda emas, dedi u. Hammamiz bu tug’ma dog’ emas, rak deb o’ylabmiz. 
Hozir yangi rak paydo bo’lgan. Ajoyib tonglardan birida uyg’onib oyog’ingda yoki
to’pig’ingda qizil dog’ paydo bo’lganini ko’rasan. Dog’ kattalashib boraveradi, 
boshingga yettib borgach, o’lasan.
   Talabaning aytishi bo’yicha, hamma dog’ni rak deb xato qilishibdi. Bu rak 
kamdan-kam uchraydi, ammo asta-sekin ko’payib boryapti ekan.
   Bu voqeaga juda ko’p bo’ldi.
   Rak – shunaqa, deyman Marlaga. Shunday ekan, xudo ko’rsatmasin, mabodo 
senda qanaqadir muammo bo’lgan taqdirda ham, buni esdan chiqarma.
   Xudo ko’rsatmasin, deydi Marla.
   Azot ballonli talaba, so’galning qolib ketgan ozroq qismi bir necha kundan keyin
qurib, to’kilib ketishini aytdi. Bir martalik sochiqda oyog’imning surati yotgan edi,
men uni o’zim bilan olib ketishim mumkinmi, deb so’radim. 
   O’sha suratni ramkaga solib, ko’zgu yoniga ilib qo’yganman, har kuni ertalab 
ishga ketishim oldidan unga qarab, qachondir o’n daqiqa davomida menda rak 
bo’lganini eslayman.
   Marla kulmaydi. Men uning kulishini, kayfiyati ko’tarilishini istayman. Men 
Marla kollagen haqida unutishini istayman. Hech nima yo’q, deymman men. Agar 
bugun tongda u nimanidir his qilgan taqdirda ham, bu xatolik.
   Marla kaftining tashqi tarafida ham Taylerning o’pichidan hosil bo’lgan chandiq 
bor.
60


   Men Marlaning kulishini istayman, shuning uchun unga skeletga aylanib qolgan, 
taqir boshiga ro’mol o’ragan Xloyni oxirgi marta quchoqlaganim haqida aytib 
beraman. Men uni g’oyib bo’lishidan avval oxirgi marta quchoqlagandim. Men 
unga kabutarga oxshashini aytdim, u kuldi. Men plyajda doim o’ng oyog’imni 
chap oyog’im bilan yoki qum bilan yashirib o’tiraman. Avstraliya va Yangi 
Zelandiyani asrayman. Men odamlar dog’ni ko’rishidan va ularning xayolida 
o’lishimdan qo’rqimdan. Menda yo’q bo’lgan rak, tanam bo’ylab yoyilayotganga 
o’xshaydi. Bu gaplarni Marlaga aytmadim.
   Biz o’zimiz sevgan odamlar haqida hech narsa bilishni istamaymiz.
   Marlaning kulishi, kayfiyati ko’tarilishi uchun unga “Qadrli Ebbi” filmidagi ayol
haqida aytib beraman, ayol dafn qilish byurosi xodimiga turmushga chiqadi, eri esa
nikoh kechasi uning badani sovishi uchun muzli vanna qabul qilishga majbur 
qiladi va tuni qimirlamasdan yotishini so’raydi.
   Eng qizig’i, o’sha ayolning bu ishni qilishga rozi bo’lgani emas, bu ishni o’n yil 
davomida qilgani bo’lsa kerak.
61


14
   Agar odamlar seni yaqin orada o’ladi deb o’ylashsa, ular seni diqqat bilan 
tinglashadi. Mana nima uchun qo’llab-quvvatlash guruhlarini yaxshi ko’rardim.
   Agar odamlar seni rostdan ham oxirgi marta ko’rib turayotganlariga ishonishsa, 
ular seni haqiqatdan ham ko’ra boshlashadi. Yo’qsa, ular senga bank bilan bog’liq 
muammolari, radiodan berilayotgan qo’shiqlar haqida gapirishadi, sen 
gapirganingda esa turmagini to’g’irlash bilan ovora bo’lishadi. 
   Guruhlarda ularning bor diqqati senda bo’ladi.
   Bu yerda ular seni tinglashni boshlaydi, bungacha esa o’zlarining gapirish 
navbatlarini kutishayotgandi. 
   Bu yerda ular gapirishganda ham, o’zlari haqida gapirishmaydi. Ular sen bilan 
gaplashadi, bu suhbatdan keyin ikkalangiz ham o’zingizni boshqacha his qilasiz.
   Marla bu guruhlarga birinchi bor ko’kragida qattiqlashish borligini sezganda 
qatnashni boshlagandi.
   Biz undagi ikkinchi shishni topganimizning ertasiga, Marla ikkala oyog’ini bir 
kolgotkaga tiqib oshxonada sakrab yurardi.
- Qara, rostdan ham suv parisiga o’xshaymana? – deydi u. – Menda bu 
tasodifan bo’lib qoldi.
   Birinchi shish “Erkakligimizcha qolamiz!” guruhida uchrashib qolishimizdan 
avval paydo bo’lgandi, mana bugun ikkinchisi. 
   Birinchi shish paydo bo’lgach, Marla klinikaga bordi, u yerda oriq va rangpar 
bolalarini ko’targan ayollar qabulxonaga kirish navbatini kutib o’tirishardi. 
Bolalarning ko’zlari tagida qora dog’lari bor edi, umuman olganda, ular eskirib 
qolgan banan yoki apeilsinga o’xshab qolishgandi, onalari ularning organizmidagi 
zamburug’larning konsentratsiyasi buzilgani tufayli qazg’oq bosgan sochlarini 
tarab o’tirishardi. Bolalarning tishlari shunday ko’rinar ediki, sen tish aslida 
og’izga solingan narsalarni chaynash uchun tashqariga chiqqan suyak ekanini his 
qilasan. 
   Mana tibbiy sug’urtang bo’lmasa, hammasi nima bilan tugashi mumkin. 
Hamshira kelib ayollardan qachondan beri betobligi, shu paytgacha qancha vazn 
yo’qotganligi, bolalarining qarindoshi yoki homiysi bor yoki yo’qligini so’ragach, 
Marla qat’iy qaror qiladi: yo’q, yo’q, yo’q.
   Agar o’lish peshonangda bo’lsa, bu haqida bilmaganing ma’qul.
   Marla klinika burchagidagi kir yuvish mashinasidan hamma jinsilarni o’g’irlab, 
har birini o’n besh dollardan sotib, o’ziga yirtilmaydigan kolgotka sotib oldi.
- Hatto yirtilmaydigan eng qimmat kolgotkalarda ham choklar bo’ladi, - 
deydi Marla.
   Bu dunyoda abadiy narsaning o’zi yo’q. Hammasi asta-sekin yo’qolib ketadi.
   Marla guruhga qatnashni boshladi, chunki u o’zidan boshqalarda ham 
muammolar borligini tushunib yetdi. Bir qancha vaqt hatto yuragi ham bir tekis ura
boshladi.
   Marla morgda ishlay boshladi, u yerda dafn marosimi uchun oldindan pul to’lab 
qo’yadigan mijozlar bilan shug’ullandi. Tez-tez namoyish zalidan biror bir semiz 
62


ayol qo’lida tuxum uchun mo’ljallangan idish o’lchamidagi xumcha ko’tarib 
chiqardi, shu payt foyedagi stulda sochlarini yoyib o’tirgan Marla ularga “Madam, 
o’zingizni aldamang! Bu qutichaga hatto boshingizning kuli ham sig’maydi. Hech 
bo’lmasa, bouling sharidek keladigan idish tanlang”, deyishga majbur bo’lardi. 
   Morgdagi ishi va qo’llab-quvvatlash guruhlari orasida, deydi Marla, men 
marhumlar bilan muloqotda bo’lganman. Marhumlar unga narigi dunyodan telefon
qilishgandi. Ba’zida barmen uni telefonga so’rashayotganlarini aytardi, u trubkani 
ko’taradi, narigi tomonda esa – o’lik sukunat.
   Ba’zi paytlari uning miyasiga kerakli nuqtaga yettib borish – ana shu degan 
xayol ham kelardi.
   Yoshing yigirma to’rtda bo’lsa, - deydi Marla, - qanchalik past ketishing 
mumkinligini bilmaysan, ammo men hamma narsani tez o’rganganman. 
   Marla birinchi marta idishni kul bilan to’ldirganda niqob taqishni unutdi. Ishini 
tugatib aksirganda, ro’molchasida inson xoki tufayli qora dog’lar paydo bo’ldi. 
   Agar Qog’ozchilar ko’chasidagi telefon bir marta jiringlab, narigi tarafdan ovoz 
kelmagan bo’lsa, demak marhumlar Marlaga telefon qilgan. Bunday hodisa 
tasavvur qilganimizdan ancha ko’p sodir bo’lardi. 
   Qog’ozchilar ko’chasidagi uyning telefoni kvartiramdagi portlash bilan 
shug’ullanayotgan detektivlar tufayli tinch turmasdi. Bir qulog’imda telefon 
trubkasi bo’lgan paytda Tayler ikkinchi qulog’imga shivirlardi. Izquvar mendan uy
sharoitida dinamit tayyorlay oladigan tanishingiz bormi, deb so’raydi.
- Zo’ravonlik – mening rivojlanishimning yagona usuli, - shivirlaydi 
Tayler.
   Men izquvarga portlash muzlatgichdagi muammolar tufayli sodir bo’lganini 
tushuntiraman.
- Men jismoniy hukmronlik va mulkdorlik instinktidan voz kechdim, - 
davom etadi Tayler, - chunki faqatgina o’z-o’zimni yo’q qilib ruhim 
ustidan hukmronlik qila olaman.
   Dinamit, - dedi detektiv, - o’z tarkibida ammoniy kislotasi va kaliy xlorat 
birikmasini saqlagan, demak, u qo’lbola, uy sharoitida tayyorlangan. Kirish eshigi 
qulfi eritib yuborilgan.
   Men o’sha tunda Vashingtonda bo’lganimni aytdim.
   Detektivning aytishicha, kimdir qulfga avval freon sepib, keyin cho’kich bilan 
zarba bergan. Aynan shu usulda o’g’rilar velosiped qulflarini buzishadi.
- Mening o’zligimni parchalagan qutqaruvchi, - deydi Tayler, - mening 
ruhimni ozod qilish uchun kurashadi, men ozod bo’lishim uchun 
kurashadi.
   Detektiv dinamitni yasagan odam shubha qilmasliklari uchun ataylab gazni ochib
qo’ygan bo’lishi mumkin, dedi. Gaz shunchaki boshlang’ich zaryad vazifasini 
bajargan. Kun o’tgan sari gaz xonani to’ldirgan, dinamit yasagan odam tomonidan 
atayin buzib qo’yilgan muzlatkich kompressoridan uchqun sachragan va bum!
- Unga ayt, - deydi Tayler. – Ha, buni men qildim. Axir u aynan shuni 
eshitmoqchiku.
   Yo’q deyman detektivga, gazni men ochiq qoldirmagandim. Menga hayotim 
yoqar edi. Menga kvartiram ham yoqar edi. Mebellarim yoqar edi. Hamma-
63


hammasi – qandillar, kreslolar, gilamlar – bularni butun umrim davomida 
to’plagandim. Shkafdagi tarelkalar mening bir qismim edi. Men ularni portlatishni 
xohlamadim, meni portlatishni xohlashdi. Nahotki shuni tushunmayapsiz?
   Izquvar mendan shaharni tark etmaslikni so’radi.
64


15
   Milliy kinomexaniklar va proyeksiya operatorlari ittifoqining hurmatli mahalliy 
rahbari jim o’tiribdi.
   Bu dunyoda abadiy narsaning o’zi yo’q.
   Hamma narsa asta-sekin yo’qolib ketadi.
   Men buni bilaman, chunki buni Tayler biladi.
   Tayler uch yil mobaynida kinoteatrlar tarmog’i uchun plyonka yopishtirish bilan 
shug’ullandi. Plyonkalar kinoteatrlarga olti yoki yetti qismga bo’lingan bobinalar 
ko’rinishida yetkaziladi. Taylerning ishi shu qismlarni navbat bilan proyektorga 
qo’yib borishdan iborat edi. Uch yil, har birida kamida uchta zal bo’lgan yetti 
kinoteatr, haftasiga kamida bitta yangi film. Taylerning qo’lidan yuzlab filmlar 
o’tdi.
   Afsuski, deyarli hamma kinoteatrlarda yangi avtomatik proyektorlar o’rnatildi va
kasaba uyushmasi Taylerning xizmatlariga muhtoj bo’lmay qoldi. Mahalliy rahbar 
Taylerni suhbat uchun chaqirtirdi. 
   Ish zerikarli edi, ish haqi ham arzimas, shuning uchun janob boshliq Taylerga 
hurmat ko’rsatib, unga bir smena oson va yaxshi haq to’lanadigan joy taklif qildi.
   Buni ishdan bo’shatish deb tushunmaslik kerak. Buni ish joyining qisqarishi deb 
tushuning.
   Keyin bir tiyinga qimmat mahalliy ittifoq rahbari dedi:
- Biz sizning umumiy ishimizga qo’shgan hissangizni yuqori baholaymiz.
   Hech qisi yo’q, deydi Tayler va uning yuzida kulgich paydo bo’ladi. Kasaba 
uyushmasi unga har oy maosh jo’natib turaversin, u esa tilini tiyib yuradi.
   Tayler dedi:
- Buni ishdan bo’shash deb tushunmang. Buni muddatidan avval nafaqaga 
chiqish deb tushuning.
   Taylerning qo’lidan yuzlab filmlar o’tgan.
   Filmlar yana distribyutorga qaytariladi. U ularni yana tarqatadi. Komediyalar, 
myuzikllar, romantika, jangari filmlar.
   Har bir filmga Tayler bir nechta behayo kadrlarni qo’shib qo’ygan.
   Sodomiya. BDSM. Sadomazohizm.
   Taylerning yo’qotadigan narsasi yo’q edi.
   Agar sen jamiyatning eng quyisida bo’lsa, agar sen bu dunyodagi so’nggi vintcha
bo’lsang, yo’qotadigan narsang ham bo’lmaydi.
   
   Tayler xuddi shu gapni “Pressman” mehmonxonasi menejeriga ham aytmoqchi 
edi.
   “Pressman”dagi ishi, Taylerning aytishicha, hech narsa emas ekan. Uning o’lik 
yoki tirikligi bilan hech kim qiziqmasdi, u ham ularga xuddi shunday javob qilardi.
Tayler ikki qo’riqchi turgan eshikdan o’tib, uning xonasiga kirganimda menga ham
shunday deyishni maslahat berdi.
   Tayler ikkalamiz yarim tungacha o’tirib suhbat qanday o’tganini bir-birimizga 
aytib berdik.
65


    Kinomexaniklar ittifoqidan kelishi bilan, Tayler meni menejer oldiga kirishga 
majbur qildi.
   Tayler ikkalamiz borgan sari bir-birimizga o’xshab boryapmiz. Ikkalamizning 
ham iyagimizda yara, terimiz esa allaqachon zarbalar tufayli sezgi qobiliyatini 
yo’qotgan.
   Men jarohatlarimni jangovor klubda olganman, Taylerning basharasini esa 
kinomexaniklar ittifoqi rahbari bejab qo’ygan. Tayler kasaba uyushmasidan 
qaytishi bilan, “Pressman” mehmonxonasiga yo’l oldim.
   Mana mehmonxona menejerining xonasida o’tiribman.
   Men – Joning qonli qasosiman.
   Menejerning birinchi aytgan gapi shu bo’ldi: “bizning ixtiyorimizda uch daqiqa 
bor”. O’ttiz soniya ichida men qanday qilib ovqatlarga peshob chiqarganimni, 
dudlangan go’shtaga aksirganimni aytib berdim, keyin mehmonxonadan har hafta 
maosh va choy pulini uyimga yetkazib berishni talab qildim. Buning evaziga ishga 
kelmasligimni va hech qaysi redaksiya yoki sanitariya agentligiga bu haqida xabar 
bermaslikni taklif qildim.
   Mana bunday sarlavhani tasavvur qilib ko’ring-a”:
   “ESI PAST OFITSIANT OVQATLARNI RASVO QILGANINI TAN OLDI”.
   Albatta, dedim men, siz meni qamoqqa tiqib qo’yishingiz mumkin. Meni 
osishingiz, tuxumimni yulib olishingiz, ko’chaga uloqtirib, boshdan-oyog’imgacha
ishqor sepishingiz mumkin, ammo “Pressman” mehmonxonasi abadiyga 
boyvachchalar peshobli ovqat yegan restoran degan nom oladi. 
   Taylerning so’zlari mening lablarimdan chiqmoqda.
   Esiz, qachonlardir qanday yoqimtoy edima.
   Kasaba uyushmasi ofisida boshliq Taylerning adabini berdi, Tayler esa kulishdan
to’xtamadi. Zarbalardan biri Taylerni stuldan polga yiqitsada, u devorga 
suyandida, kulishda davom etdi.
- Qani, ur, baribir meni o’ldirish qo’lingdan kelmaydi, - dedi kulishdan 
to’xtamagan Tayler. – Esi past to’nka. Meni abjag’imni chiqarishing 
mumkin, lekin o’ldirish qo’lingdan kelmaydi.
   Seni yo’qotadigan narsang bor.
   Menda esa yo’q.
   Senda hamma narsa bor.
   Qani nafasim qaytguncha ur. Yuzimga. Xohlasang hamma tishimni qoqib ol, 
ammo baribir menga pul to’lashga majbursan. Qovurg’alarimni sindir, ammo bilib 
qo’y, bir marta bo’lsa ham pul jo’natishni unutadigan bo’lsang, seni har bir 
kinoteatr egasi, har bir distribyutor, bolasi “Bembi”ning o’rtasida behayo kadrni 
ko’rib qolgan har bir ayol sudga beradi.
- Men – ablahman, dedi Tayler. – men sen uchun ham, sening bir pulga 
qimmat dunyoing uchun ham hech kimman. Sen men qayerda 
yashashimga ham, o’zimni qanday his qilayotganimga ham, bolalarimni 
nima bilan boqayotganimga ham, kasal bo’lsam, vrachga pulni qayerdan 
to’layotganimga ham tupurgansan. Mayli, men ahmoqdirman, ojiz va 
yaramasdirman, ammo qilgan ishim uchun sen javob berasan.
66


***
   Men “Pressman” mehmonxonasi menejerining xonasida kamida o’n joyidan 
yorilgan labimni so’rib o’tiribman. Men menejer tomonga yuzimga jiddiy qiyofa 
berib burildim.
   Umuman olganda, men unga Tayler nima degan bo’lsa, shunday dedim.
   Ittifoq rahbari Taylerni kaltaklab bo’lgach, uning gaplariga javobi yo’q ekanini 
tushundi. Polda yiqilib yotgan Taylerning qovurg’asiga tepdi. Tayler yana kuldi. 
Keyin “janobi oliylari” buyragiga zarba berdi. Tayler nafasi tiqilib qolganiga 
qaramay, kulishda davom etdi.
- Qani, ur, - dedi Tayler. – Menga ishon. Shu zahoti yengil tortasan. 
O’zingni shunchaki ajoyib his qilasan.
   Men menejerdan telefonidan foydalanishim mumkinligini so’radim. Go’shakni 
oldim va shahar gazetasining redaksiyasiga qo’ng’iroq qildim. Talvasaga tushib 
qolgan menejer menga tikilib qoldi va men boshladim.
   Salom, dedim men, men o’z siyosiy noroziligimni bildirish maqsadida 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish