1
2
Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga
bag’ishlanadi
1
Bu Tayler bir qarasa meni ofitsiant qilib ishga kiritib qo’yadi, bir qarasa
og’zimga qurol tiqib abadiy hayotga erishish uchun avval o’lish lozim deb e’lon
qiladi. To’g’risini aytganda, biz Tayler bilan uzoq vaqt davomida juda qalin
do’stlar bo’lganmiz. Kimni uchratishimdan qat’iy nazar u mendan Tayler Dyorden
bilan tanishmisiz deb so’raydi.
Pistolet stvoli hiqildog’imga niqtaladi. Tayler esa shunday deydi:
- Biz haqiqatan ham o’lamiz.
Men tilim bilan pistolet tovush pasaytirgichidagi teshiklarni his qilaman. Bu
teshiklarni biz o’zimiz teshganmiz. O’q otilganda chiqadigan tovush, birinchidan,
porox gazlari, ikkinchidan, o’q havo qarshiligini kesib o’tishi tufayli vujudga
keladi. Shuning uchun ham, tovush pasaytirgich yasash uchun pistolet stvolida
teshiklar hosil qilish kerak – juda ko’p teshiklar. Ular orqali porox gazlari chiqib
ketadi, o’q tezligi esa tovush tezligidan sekin bo’lib qoladi.
Agar teshiklar hosil qilishda xatolikka yo’l qo’yilsa, pistolet naq qo’lingda
portlab ketadi.
O’lim aslida mavjud emas, - deydi Tayler. – Biz afsonaga aylanamiz.
Biz abadiy yosh bo’lib qolamiz.
Men stvolni tilim bilan lunjimga tiralib qolguncha itaramanda bir amallab
gapiraman:
- Tayler, bekoringni aytibsan! Biz axir vampir emasmizku!
Biz turgan bino 10 daqiqadan so’ng yer yuzidan yo’q bo’lib ketadi. Bir ulush
98% foizli azot kislotasini oling, uni uch ulush konsentratsiyalangan sulfat kislota
bilan aralashtiring. Buni muzli vannada bajarish kerak. Keyin ko’z pipetkasi
yordamida tomchilatib glitserin qo’shing. Siz nitroglitseringa ega bo’ldingiz.
Men buni bilaman, chunki buni Tayler biladi.
Nitroglitserinni payraha bilan aralashtiring, qarabsizki, ajoyib plastit hosil
bo’ladi. Ayrimlar nitroglitserinni vata va tuz bilan aralashtirishni ma’qul
ko’rishadi. Bu ham yaxshi natija beradi. Ba’zilar esa nitrani parafin bilan
aralashtirishadi. Lekin bunday qilinsa yasalgan portlatgich ishonchli bo’lmaydi.
Biz Tayler bilan “Parker-Morris” osmono’parining yuqorisida turibmiz.
Og’zimda pistolet stvoli. Olisdan sinayotgan oynalarning ovozi eshitiladi. Tom
chetidan qara. Havo bulutli, hattoki shunday balandlikda ham quyosh ko’rinmaydi.
Bu dunyodagi eng baland bino, shunday ekan hatto yozda ham bino tomida havo
sovuq bo’ladi. Atrofda xuddi kosmosdagidek sokinlik hukm surmoqda. G’alati
tuyg’uni his qilasan, xuddiki sen o’rgatilgan astronavt-maymunsan. Nimani
o’rgatishgan bo’lishsa, shuni qilasan.
Richagni tort.
3
Tepkini bos.
O’zing nima qilayotganingni anglashga ulgurmasdan murdaga aylanasan.
Pastga qara, anavi yerdan, tom chekkasidan. Hatto bir yuzi to’qson birinchi
qavatdan ham pastdagi ko’cha qalin olomon bilan qoplanganligini ko’rish mumkin.
Odamlar joylarida turganlaricha yuqoriga tikilishmoqda. Oynaning singan ovozi
shundoq oyoqlarimiz ostidan eshitilmoqda. Pastda oynalar sinib, u yerdan hujjat
to’la qora muzlatkichni eslatadigan shkaf otilib chiqmoqda. Boshqa oynalardan olti
tortmali javonlar uchib chiqib, yerga yaqinashgan sari yomg’ir tomchilariga
o’xshab bormoqda. Tomchilar borgan sari kichiklashib bormoqda. Ular
qaynayotgan olomon dengizi orasiga singgib ketmoqda.
Qayerdadir oyoqlarimiz ostida, 191 qavatning birida, Bo’ysunmaslik
Qo’mitasining “maymun-astronavtlari” “Vayron qilish rejasi”ni amalga oshirishga
kirishishdi va tarixni yo’q qilishni boshlashmoqchi.
Qachonlardir kimdir shunday degan ekan, sevganlarini o’ldirish odamga xos
xislat.
Og’zingga pistolet tiqilgan bo’lsa va uning stvolini tishlab tursang faqat
unlilar bilangina gapira olasan.
Bino portlashiga o’n daqiqadan kamroq vaqt qoldi.
Yana bir oyna sindi. Shisha bo’laklari havo uzra xuddi qush galasidek
sochilib ketdi, keyin oyna chetida Bo’ysunmaslik Qo’mitasi a’zolari tomonidan
uloqtirilayotgan uzun stolning cheti ko’rindi. Stol oyna chetida bir muddat
muvozanatni saqlab turdida, so’ngra chirpirak bo’lib aylangancha pastga
sho’ng’idi.
To’qqiz daqiqadan so’ng “Parker-Morris” qulaydi. Agar yetarli miqdordagi
plastitni barcha poydevorlarga o’rnatib chiqilsa, dunyodagi birorta bino bardosh
bera olmaydi. To’g’ri poydevor qulashi uchun plastit kolonnalarini qum to’la
qoplar bilan yaxshilab o’rab chiqish kerak, shunday qilinsa portlashning barcha
energiyasi yerosti garajiga emas, aynan beton poydevorga ta’sir qiladi.
Bu kabi foydali ma’lumotlarni biror bir darslikdan izlab topishingiz amri
mahol.
Dinamit uchun napalmni uch xil usulda tayyorlash mumkin. Birinchisi: benzin
va muzlatilgan apelsin sharbatini teng miqdorda aralashtiring. Ikkinchisi: yana
shuni o’zi, faqat, apelsin sharbati o’rniga – diet kola. Va nihoyat, mushukning
qurigan tukiga benzin shimdirish.
Agar bilishni xohlasangiz, men sizga asab tizimini karaxt qiluvchi gaz yoki
avtomobil bombasi qanday tayyorlanishini ham tushuntirib berishim mumkin.
To’qqiz daqiqa qoldi.
“Parker-Morris” binosi vayron bo’ladi, uning barcha 191 qavati asta-sekinlik
bilan, xuddi, arralangan daraxt singari qulaydi. Agar istasangiz, xohlagan
narsangizni kunpaya-kun qila olasiz. Buni o’ylashning o’zi daxshat, ammo, biz
turgan bino tez orada havoda matematik nuqtaga aylanadi.
Biz tom qirrasida turibmiz, men va Tayler, pistolet stvoli esa mening
og’zimda. Qiziq, u tozamikan?
Biz oynadan qulayotgan yana bir shkafga hayrat bilan tikilib turarkanmiz,
o’ldirish va o’z joniga qasd qilish to’g’risidagi Taylerona falsafa haqida unutib
4
qo’yishimizga sal qoldi. Shkaf bo’lmalari ochilgancha qular ekan, uning ichidagi
yozuv qog’ozlari havoda har tarafga sochilib ketdi.
Sakkiz daqiqa qoldi.
Sakkiz daqiqadan so’ng portlatish jamoasi boshlang’ich zaryadni ishga
tushiradi, u esa o’z navbatida asosiy zaryadga ta’sir ko’rsatadi, bino qulaydi va
“Parker-Morris” binosi halokatining turli bosqichlari tasvirlangan suratlar barcha
tarix darsliklaridan o’rin oladi.
Birinchi bosqich, bino hali tik turibdi. Ikkinchisi bosqich, vertikal holatdan 10
gradusga og’gan. Uchinchisi allaqachon yigirma gradusga. Keying suratda og’sh
burchagi 45 gradusga yetgan, armaturalar sinishni boshlagan, qulayotgan bino
boshqa binoga suyanib qolgan. So’nggi suratda esa binoning 190 qavati bor
og’irligi bilan Milliy muzey ustiga qulagan. Aynan muzey Taylerning asosiy
nishoni hisoblanadi.
- Bu dunyo bundan buyon bizga, faqatgina bizga tegishli, - dedi Tayler.
Avvalgi egalari allaqachon qabrda.
Agar men hammasi nima bilan tugashini bilganimda edi, hozir o’sha
avvalgilar bilan qabrda yotishni afzal ko’rgan bo’lardim.
Yetti daqiqa qoldi.
Men og’zimga Tayler pistoletni tiqqan holda tom chekkasida turibman.
Shkaflar, kompyuterlar bino derazalaridan bino atrofida yig’ilgan olomon ustiga
uchib tushmoqda, singan oynalardan tutun chiqyapti, bu yerdan uch kvartal narida
esa portlatuvchilar jamoasi soatlariga qarab qo’yishmoqda. Ammo men
hammasining asl sababini, pistolet og’zimda nima qilayotganini, anarxiya va
portlashning sababini bilaman, uning ismi Marla Singer.
Bizning o’rtamizda o’ziga xos sevgi uchburchagi mavjud. Men Taylerni
sevaman. Tayler Marlani sevadi. Marla meni sevadi.
Men esa Marlani sevmayman, Tayler esa meni boshqa sevmasligi aniq. Men
“sevish” deganimda, “yaxshi ko’rish”ni emas, balki, “boshqarish”ni nazarda
tutyapman.
Marlasiz Tayler hechkim.
Besh daqiqa qoldi.
Balki biz tarixga kirarmiz, balki yo’q. Katta ehtimol bilan yo’q deyapman
o’zimga-o’zim, ammo nimanidir kutishda davom etyapman.
Agar yevangelistlar bo’lmaganda kimdir Iso Masih haqida eshitgan
bo’larmidi?
To’rt daqiqa qoldi.
- Sen haqingda eslashlarini xohlaysanmi, Tayler? Men senga yordam
beraman. Axir men hamma-hammasini eng boshidan bilamanku.
Men hammasini eslayman.
Uch daqiqa qoldi.
5
2
Bobning ulkan qo’llari meni uning nam va osilib qolgan ko’kraklarining
qorong’i oralig’iga tortib ketdi. Bu yerda, cherkovning yarimyerto’la qismida biz
har kuni kechqurun ko’rishamiz: mana bu Art, bu Pol, bu esa Bob. Bobning keng
yelkalari ufqning o’rnini egallaydi. Bobning tekis va malla sochlari teri gelidan
soch uchun balzam sifatida foydalansangiz nima bo’lishini ko’rsatib turibdi: soch
bunchalik tekis, qalin va malla bo’lishi mumkin emas.
Bobning ulkan qo’llari meni quchoqlaydi, uning belkurakka o’xshash kaftlari
esa boshimni uning bir vaqtlar muskuldor bo’lgan ko’kragiga bosadi.
- Hammasi yaxshi! – deydi Bob. – Yig’la!
Men butun vujudim bilan ichidagi sutning kislotaga aylanayotganini his
qilaman.
- Balki senda hali erta bosqichdir, - deydi Bob. – balki, senda shunchaki
seminoma bordir. Seminomadan hali hechkim o’lmagan,
Bobning yelkalari chuqur nafasdan tekis ko’tariladi, keyin yig’i tufayli
silkinib-silkinib yana pastga tushadi. Ko’tariladi. Tushadi.
Men bu yerga ikki yildan beri har haftada qatnayman, har hafta Bob meni
quchgancha yig’laydi.
- Yig’la! – deydi Bob. Yelkalar ko’tariladi va tushadi, men esa unga
monand nafas olaman. – Yig’la, uyalma!
Katta va nam yuz mening boshimning ustidan bosadi va odatda men aynan
shu paytda yig’lashni boshlayman. Men qorong’ulik ichida yolg’izman. Sen hech
nimani ko’rmasang, yig’lash juda oson, aynan shu damda sen tushunasan: bu
hayotda nimaga erishishingdan qat’iy nazar, ularning barchasi bir kun kelib kulga
aylanadi.
Sen g’ururlanadigan barcha narsalar ertami-kech axlatga uloqtiriladi.
Men qorong’ulik ichra yolg’izman.
Men deyarli bir hafta mijja qoqmadim.
Aynan o’shanda men Marla Singer bilan tanishdim.
Bob yig’layapti chunki olti oy avval uning moyaklarini olib tashlashdi. Keyin
gormonal terapiyaga o’tkazishdi, Bobning ko’kraklari unda testosteronning
ko’pligi tufayli osilib ketdi. Agar qonda testosteron miqdori ko’p bo’lsa,
to’qimalaringiz balansni saqlash uchun estrogen ishlab chiqarishni boshlaydi.
Men esa hayotim ma’nosizligi tufayli yig’layapman, undan ham yomoni u
shunchaki unutilish bilan yakunlanadi.
Qonda estrogen miqdori ko’p bo’lsa, sut to’qimalari paydo bo’ladi.
Agar sen sevgan insonlar bir kun kelib tashlab ketishi yoki o’lishini bilsang,
yig’lash oson. Hammamizning uzoq umr ko’rishimiz ehtimoli nolga teng.
Bob meni yaxshi ko’radi, chunki u mening ham moyagimni olib tashlashgan
deb o’ylaydi.
Bu yerda, Muqaddas Uchlik cherkovining kambag’allar do’konidan olib
kelingan taburetkalar bilan jihozlangam yarimyerto’la xonasida yigirma erkak va
bir ayol yig’ilganmiz. Biz juft-juft bo’lib turgancha, asosan, yig’layapmiz.
6
Ayrimlar boshlarini yarim eggancha bir-birining yelkasiga qo’yib, kurashchilar
singari turishibdi. Bu yerdagi yagona ayol bilan to’g’ri kelib qolgan erkak uning
qo’llarini yelkasiga qo’yib, yig’layapti. Ayol esa boshini yon tomonga burgancha
sigaret chekayapti.
- Mening hayotim tugadi, - o’kiradi Bob. – nima uchun yashayapman men,
o’zim ham bilmayman.
Moyak saratoni bilan og’riyotganlar uchun tashkil qilingan “Erkakligimizcha
qolamiz” guruhidagi yagona ayol sherigining og’irligidan qiynalgnacha sigaret
tutatayapti, shu payt nigohlarimiz to’qnashdi.
Simulyant
Simulyant
Simulyant
Xira va qora sochlar, kalta turmak, faqat yapon multifilmlari qahramonlarida
bo’ladigan yirik ko’zlar, yog’i olingan sut kabi rangpar teri, to’q qizil atirgulli
ko’ylak – men uni o’tgan jumada silga chalinganlarni qo’llab-quvvatlovchi
guruhda ko’rganman. Chorshanbada esa melonoma bilan og’riyotganlarning
dumaloq stoli atrofida o’tirgan edi. Dushanbada unga leykemiyadan aziyat
chekayotganlarning “Mustahkam ishonch” guruhida duch kelgan edim.
Barcha guruhning nomlari juda tetik. Payshanba kechasi “Ichki soflik” deb
nomlangan qon paraziti guruhiga qatnayman.
Miya paraziti guruhi esa “O’zingni angla!” deb nomlangan.
Va nihoyat, shanba kuni Muqaddas Uchlik cherkovida, “Erkakligimizcha
qolamiz” guruhida men uni yana uchratdim.
Lekin eng yomoni shundaki, agar u yonimda bo’lsa, yig’lay olmayman.
Men esa Katta Bobning ko’kraklari orasiga yashiringancha o’kirib yig’lashni
qanchalik yoqtirib qolgan edim. Ertalab kechgacha – ish, ish, ish. Faqatgina shu
yerda men o’zimni bemalol his qila olaman, jilovni bo’sh qo’ya olaman.
Faqatgina shu yerda men o’zimni inson ekanimni his qilaman.
Birinchi marta bu guruhga ikki yil avval, yana bir bor vrachga uyqusizlikdan
shikoyat qilganimdan so’ng qatnashni boshlaganman.
Men uch hafta uxlamadim. Bu uch haftadan so’ng men o’zimni klinik o’lim
holatida bo’lganlarning hikoyalaridagi tanasidan ajralgan ruh singari his qildim.
Mening terpevtim shunday dedi:
- Uyqusizlik – shunchaki simptom. U muhim emas. Sizda qanday
muammo borligini anglashga urinib ko’ring. O’z tananggizga quloq
tuting.
Men esa shunchaki uxlab olishni istardim. Menga kichkina havorang
antibiotik amital natriy yozib berishlarini xohlardim. Yoki qizil-ko’k, o’qqa
o’xshash, tuinal kapsulasi. Yoki yorqin qizil rangdagi sekonal tabletkasi.
Terapevt menga valerianka ildizini chaynash va sport bilan ko’proq
shug’ullanishni maslahat berdi. Qarabsanki, uyqu qaytadi.
Mening yuzim eski aynigan nokni eslatar, boshalar menga xuddi o’liklar
olamidan qaytgan odamga qaragandek qarashardi.
7
Terapevt menga agar haqiqatan ahvoli og’ir insonlarni ko’rmoqchi bo’lsam,
seshanba kunlari kechqurun cherkov borib ko’rishim kerakligini aytdi. Miya
parazitiga yo’liqqanlarni ko’rishim uchun. Suyak kasalligini ko’rish uchun. Oliy
nerv tizimining organik shikastlanishini ko’rish uchun. Saraton bilan
kurashayotganlarni ko’rish uchun.
Men maslahatga amal qildim.
Men qatnagan birinchi guruhda tanishishdan boshlashar ekan. Tarnishing, bu –
Elis, bu – Brenda, bu esa – Dover. Hammasi jilmayadi, ularning boshlari esa
jahannam kabi qaynaydi.
Qo’llab-quvvatlash guruhlarida hech qachon asl ismimni aytmayman.
Bu skeletga o’xshash kichkinagina ayolning ismi Xloy. Uning shimining orqa
tarafi qop kabi osilib turadi. Xloyning aytishicha miyasidagi parazitlar tufayli hech
kim u bilan birga bo’lishni istamas ekan. U shunchalik ko’p marta o’lgandiki,
tibbiy sug’urta qiymati 75 ming dollarga yetgan edi, hozir Xloy xohlayotgan
yagona narsa esa – biror bir erkak bilan birga bo’lish edi, xolos. Sevgi-muhabbat
emas. Shunchaki, birga bo’lish.
Bunday so’zlarni eshitgan erkak qanday javob berishi mumkin? Siz nima degan
bo’lar edingiz?
Xloyda hammasi shunchaki oddiy charchoq hissidan boshlangan. Hozir esa
unga shunchalik baribirki, hatto davolanish protseduralariga ham qatnamay
qo’ygan. Uning uyida behayo filmlar juda ko’p.
Xloyning aytishicha, fransuz revolyutsiyasi paytida qamoqqa olingan barcha
aristokrat ayollar – baronessalar, gertsoginyalar, markizalar, grafinyalar, navbati
bilan ularning kamerasiga kiritilgan barcha erkaklar bilan birga bo’laverishgan
ekan. Xloyning nafasi bo’ynimga urildi. To’g’ri kelgan erkak bilan. Qiziq,
kameraga kimlarni kirgizishgan ekan? Ha, ular vaqtni bekor o’tkazishmagani aniq.
La petite mort. Adashmasam, fransuzlar shunday deyishardi.
Xloyning aytishicha, biz uning uyiga borishimiz va uning behayo filmlar
kolleksiyasini tomosha qilishimiz mumkin ekan. Unda yana amilnitrat ham bor.
Yana maxsus kremlar ham.
Agar menga bu gaplarni istalgan boshqa ayol aytganda edi…. Ammo Xloy
ayoldan ko’ra ayrim joylari sarg’ish pergament bilan o’ralgan skeletga o’xshaydi.
Xloy bilan solishtirganda men tuban maxluqman. Tubandan ham pastroq. Biz
gilamda aylana hosil qilib o’tiramiz, Xloyning qo’llari mening qo’llarim orasiga
kiradi. Ko’zlarimizni yumamiz. Bugun meditatsiya kursini Xloy boshqaradi. Xloy
bizni tepalik ustiga boshlaydi, u yerda yetti darvozali qasr turibdi. Xloy bizga bu
darvozalarni birin-ketin ochishni buyuradi – ko’k darvoza, qizil, oq – keyin bizga
har bir darvoza ortida nima yashiringanini aytib beradi.
Xloy bizni g’orga boshlaydi, biz u yerda bizni boshqaradigan hayvonlar bilan
uchrashamiz, ular bizning irodamizning timsoli hisoblanadi. Mening jonivorim –
pingvin.
G’or devorlarini muz qoplaydi va pingvin menga buyuradi: “Sirpan!”. Men u
bilan tunnel va galeriyalar bo’ylab yengillik va quvonch bilan sirpanaman.
Keyin quchoqlashish navbati keladi.
Ko’zlaringizni oching.
8
Bu – tana kontakti orqali davolash, tushuntiradi Xloy. Har birimiz o’zimiz uchun
sherik tanlashimiz kerak. Xloy meni quchadi va yig’lashga qo’yib beradi. Mening
ajoyib ichki kiyimlarim bor, qulog’imga shivirlaydi u. U shunchalik uzoq vaqt
yig’laydiki, u meni qo’yib yuborguncha qo’lsoatimga 11 marta qarashga
ulguraman.
Ikki yil avval, birinchi guruhga qatnashni boshlaganimda, yig’lamagandim.
Ikkinchi guruhda ham, uchinchi guruhda ham yig’lamadim. Miya paraziti guruhida
ham, ichak saratoni guruhida ham, ruhiy kasallik guruhida ham yig’lamadim.
Uyqusizlik – jiddiy muammo. Atrofdagi hamma narsa xuddi qog’ozning
nusxasidan olingan nusxa kabi xira ko’rinadi. Uyqusizlik devorga o’xshaydi; sen
hech narsaga tegina olmaysan, senga ham hech narsa tegina olmaydi.
Keyin Bob paydo bo’ldi. Birinchi marta moyak raki guruhiga kelganimdayoq bu
sigir, bu bir qop yog’ yig’lashim uchun bag’riga bosdi. “Erkakligimizcha
qolamiz!” guruhida quchoqlashish vaqti kelishi bilan u panshaxalarini ikki
tomonga yoygancha men tomon intildi va hali menga yettib kelmasdanoq ko’zida
shashqator yosh paydo bo’ldi. Bob o’zining filnikiga o’xshash maymoq oyoqlari
bilan yurib keldi va bor og’irligini ustimga tashaldi.
U meni o’ziga tortdi.
U meni o’zining diqqanafas quchog’iga ko’mib tashladi.
Katta Bobning aytishicha, avvallari u kulturist bo’lgan ekan. Turli preparatlar,
steroidlar, vistrol qabul qilar ekan. Bu dorilarni poygachi otlarga ham berishadi.
Bob kulturistlar uchun shaxsiy zalga ham egalik qilgan. U uch marta uylangan. U
telivizor orqali kulturistlar uchun turli mahsulotlarni reklama qilgan. Adashmasam,
men u boshlovchilik qilgan “Ko’krak muskullarini qanday kattartirish mumkin?”
ko’rsatuvini ko’rganman.
Men bilan notanish odamlar bunchalik ochiq gaplasha boshlasa o’sha yerdan
juftakni rostlashni xohlayman.
Lekin Bob buni bilmasdi. U o’zining dardlarini to’kib solishda davom etdi.
Uning huevolaridan biri yoshligidayoq qurib qolgan ekan va avvaldan rak
bo’lishini taxmin qilgan ekan. Bob menga operatsiyadan keyingi gormonal
terapiya haqida ham atroflicha gaprib berdi.
Ko’pchilik kulturistlar testosteronning katta dozasini qabul qilishadi, shuning
uchun ham operatsiyadan keyin unda sut bezlari paydo bo’lgan.
Men Bobdan huevo nimaligini so’rashimga to’g’ri keldi.
Meksikaliklar tuxumni shunday atashadi, tushuntirdi Bob. Biz esa “pomidor”,
“o’rik”, “koptok” deymiz. Meksikaliklar esa huevos deyishar ekan. Bob Meksikaga
steroidlar sotib olish uchun qatnagan ekan.
Ajrashish, ajrashish va yana bir ajrashish – dedi Bob, hamyonini ochib
musobaqalarda tushgan suratlarini ko’rsatdi. U boshlang’ich pozada yalang’och va
yaltirab turardi. Ahmoqona hayot, dedi Bob, mashq qilasan, tanangda tuklarni
qirasan, sahnaga chiqasan. Yog’ to’qimalari butun tananing bor-yo’g’i ikki foizini
tashkil qiladi, beton kabi qattiq va sovuq bo’lmaguningcha diuretklar ichasan,
projektor yorug’idan ko’rolmay qolasan, baland musiqadan qulog’ing eshitmay
qoladi, keyin hakam buyuradi: “O’ng trisepsni ko’rsating va oldinga chiqaring,
bisepsni to’g’irlang!”.
9
Shunga qaramasdan, bu oddiy hayotga qaraganda baribir yaxshiroq.
Kasallik Bobni sindirdi. Uning ikkita voyaga yetgan bolalari bor, ammo ikkalasi
ham u bilan hatto telefonda gaplashishni istashmaydi.
Tez orada uni yana operatsiya qilishadi, sut bezlarini olib tashlashadi – ko’kragi
ostidan kesib, u yerdan suyuqlikni chiqarib tashlashadi.
Men boshqa hech narsa eshita olmadim, chunki u meni ko’kragiga yanayam
qattiqroq bosdi, iyagi boshimga tiraldi, men hamma narsani unutdim, to’liq
tinchlik va sukunatni his qilgach, va nihoyat, yig’lay boshladim, Bobning
ko’kragida ko’zyoshlarimdan xo’l dog’ qoldi.
Bu voqea ikki yil avval, birinchi bor “erkakligimizch qolamiz!” guruhiga
kelganimda sodir bo’lgan edi.
Shundan so’ng deyarli har uchrashuvda Katta Bobning ko’kragiga boshimni
qo’ygancha yig’lardim.
Shundan so’ng biror marta ham terapevt huzuriga bormadim, valerianka ildizini
ham chaynamadim.
Bor umidlaringni yo’qotsang, chin ma’noda erkin bo’lasan. Men hech narsa
demasdim, guruhning boshqa a’zolari esa mening ahvolim ularnikidan ham yomon
deb o’ylashardi. Men ular bilan birga yig’lardim. Boshni ko’tarsang va yulduzlarga
tikilsang bo’lgani – unutilasan.
Guruhdan uyga qaytgach, men o’zimni shunchaki ajoyib his qilardim. Axir
menda na parazitlar, na rak bor edi – men atrofida butun olam aylanayotgan
kichkina yorug’ markaz edim.
Va uxlab qolardim. Gunohsiz chaqaloqdek qattiq uxlardim.
Har kecha men o’lib qayta tirilardim.
Narigi dunyodan qaytardim.
Har kecha, lekin bugun emas. Bu ayol menga qarab tursa, yig’lash qo’limdan
kelmaydi. Men kerakli nuqtaga yettib bora olmasdim, bundan kelib chiqadiki,
qayta tirila olmasdim. Lablarimni shunday qattiq tishlar edimki, agar ularga
teginilsa, kesilganini sezish mumkin. Men esa to’rt kundan beri uxlay olganim
yo’q.
U menga qaraganda o’zimni yolg’onchidek his qilaman. Lekin u aldoqchi.
Simulyant. Bugun har doimgidek bir-birimiz bilan salomlashib oldik. Men – Bob,
men esa – Pol, men – Terri, men – Devid.
Guruhda hech qachon asl ismimni aytmayman.
- Bu rak guruhimi? – so’raydi u. Salom, mening ismim Marla Singer.
Ko’rinishidan hech kim Marla Singerga bu qanaqa rak bilan kasallanganlar
guruhi ekanligini tushuntirmagan bo’lsa kerak. Bizning ham gapirishga tilimiz
bormadi.
Marlaning sherigi hamon uning yelkasiga boshini qo’ygancha yig’lamoqda.
Marla esa sigaretni siqib turibdi.
Men qulog’imni Bobning bilqillagan ko’kragiga bosgancha uni kuzatib turibman.
Marla meni simulyant deb hisoblaydi. Uni ko’rgan kuni kechasi uxlay olmadim.
Lekin nima bo’lgan taqdirda ham u haq – kasalman deb aldashni birinchi men
boshladim. Umuman olganda bu yerdagi odamlarning hammasi aldashadi – rakka
10
chalinganu, lekin o’zlarini hammasi yaxshidek tutishadi. Hattoki mana bu bir qop
yog’ Katta Bob ham aldaydi.
Unga qarashning o’zi kifoya.
Marla chekkancha atrofni kuzatadi.
Va shu lahzada mening yolg’onlarim Marlada o’z aksini topadi, atrofimdagi
hamma narsa yolg’onligini his qilaman. Ularning haqiqatlari orasida mening
yolg’onim. Ular hammasi yomon tugashi mumkinligini tan olishdan qo’rqishadi,
ular hayotga cho’kayotgan odam xasga ham yopishgandek tirmashishadi, ular
og’izlarida pistolet bilan yashashadi. Lekin hozir, Marla chekib atrofga qarayotgan
paytda, men esa Katta Bobning quchog’ida uning yig’ilariga ko’milib turgan bir
paytda, to’satdan hatto o’lim va o’layotgan mana bu odamlar ham xuddi
videomagnitofonim ustida turgan sun’iy gullar kabi soxta ko’rinadi ko’zimga.
- Bob, - deyman men, - meni siqib qo’yding.
Avvaliga shivirlab gapiraman.
Keyin ovozimni biroz ko’tarib shivirlayman:
- Bob!
Va nihoyat baqiramn:
- Bob, tashqariga chiqib kelishim kerak!
Xojatxonadagi rakovina ustida ko’zgu bor. Agar hisob-kitobim to’g’ri bo’lsa,
men Marla Singer bilan miya paraziti bilan kasallanganlarning “O’zingni angla!”
guruhida ham uchrashaman. Marla u yerga boradi. Albatta boradi, hech qayerga
ketmaydi. Mana men nima qilaman – u bilan yonma-yon o’tirib olaman. Bir-
birimiz bilan salomlashib olamiz, meditatsiya bilan shug’ullanib yetti darvozali
qasrga kiramiz, va nihoyat, quchoqlashish vaqti kelganda, men bu qanjiqchani
maxkam ushlab olaman. Uning qo’llarini maxkam siqamanda qulog’iga
shivirlayman:
- Marla, sen simulyantsan. Daf bo’l bu yerdan! Mening hayotimda mana
shu guruhlardan boshqa hech narsa yo’q, sen esa barchasini barbod
qilayapsan! Jin urgur turist!
Keyingi safar uchrashganimizda unga aytaman:
- Marla, sen kelganing tufayli men uxlay olmayapman. Uyqu esa menga
juda zarur. Yo’qol!
11
3
Eyr Harborda uyg’onasan.
Agar uchish yoki qo’nish paytida samolyot keskin yon tomonga og’ib ketsa,
ishqilib halokat sodir bo’lsinda deb duo qilaman. Biz mana shu uchar sigaret
donasi ichidagi tamaki singari yonib ketishimizni va mening uyqusizligim
yo’qolishini o’ylashim bilanoq og’zim qulog’imga yetadi.
Mana shunday qilib Tayler Dyorden bilan uchrashib qolganman.
O’Xarada uyg’onasan.
La Gardiyada uyg’onasan.
Loganda uyg’onasan.
Tayler kinomexanik bo’lib ishlardi. U faqat kechalari ishlay olardi – uning tabiati
shunaqa. Biror yerda kinomexanik kasal bo’lib qolsa bo’lgani, ular Taylerni
chaqirish uchun kasaba uyushmasiga telefon qilishadi.
Ayrim insonlar – ukki, qolganlari – chumchuq. Men chumchuqman, men faqat
kunduzlari ishlay olaman.
Dallasda uyg’onasan.
Agar komandirovka payti o’lib qolsang sug’urta qiymati uch barobar ortadi. Men
yon tomonizdan kuchli bo’ron paydo bo’lsin deb duo qilardim. Men texnik mana
bu devning turbinasidagi biror bir muhim gaykani maxkamlshni unutgan bo’lsin va
detallari bir-biridan ajralib ketsin deb duo qilaman. Samolyot tezlik olish uchun
uchish yo’lagida sirpanib borar ekan men halokat yuz bersin deb duo qilardim.
Lav Fildda uyg’onasan.
Eski kinoteatrlarda Tayler proyeksiya xonasida bir postdan ikkinchisiga qatnab
turishiga to’g’ri keladi. Odatda poyeksiya xonasida ikkita proyektor bo’ladi –
birinchi proyektordagi plyonka o’z nihoyasiga yetgach, ikkinchi qismni qo’yasan
va ishga tushirasan. Bu “boshqa postga o’tish” deb ataladi.
Men buni bilaman, chunki buni Tayler biladi.
Demak, keying qismni ikkinchi proyektorga o’rnatasan va ishga tushirasan.
Ko’pchilik filmlar 6-7 qismdan iborat bo’ladi, ularni aniq tartibda qo’yib turish
kerak. Yangi kinoteatrlarda esa qismlarning barchasi bir yarim metr diametrli
ulkan bobinaga o’rnatilgan bo’ladi. Bunday holatda bir proyektordan ikkinchisiga
qatnab turishga xojat qolmaydi.
Si Takeda uyg’onasan.
Men samolyot kreslosi orqasidagi laminat qilingan yo’riqnomadagi suratlarga
qarayman. Bir ayol kreslodagi yostiqchaga osilib olgancha okean to’lqinlari
orasida suzmoqda. Qora sochlari shamolda to’zg’igan, ko’zlari katta-katta
ochilgan, ammo yuzi hissiz, na xursandchilik, na qo’rquv bor. Boshqa suratda hind
sigirlari kabi xotirjam odamlar shiftda osilgan kislorod niqoblarini taqib olishgan.
Favqulodda holat!
Voy!
Salon bosimi tushib ketmoqda.
Voy!
12
Uyg’onib ketasan va tushunasanki, Uillou Randa ko’zingni ochibsan.
Eski kinoteatr, yangi kinoteatr. Plyonka solingan bobinalarni kinoteatrdan
kinoteatrga olib yurish uchun Tayler ularni yana 6-7 qismga ajratib chiqishiga
to’g’ri kelardi. Kichik bobinalar “yauf” deb ataluvchi oltiburchak shaklidagi po’lat
qutilarga joylanadi. Yaufning tutqichidan ushlab ko’tarmoqchi bo’lsangiz
yelkangizni chiqarib olishingiz hech gap emas – u juda og’ir.
Bundan tashqari, Tayler shahar markazidagi katta otelda banketlar paytida
ofitsiant bo’lib ham ishlardi. Proyektor bobinalarini almashtirmagan paytlari,
albatta. Men uyqusizlikdan qiynalgan kechalarda Tayler nimalar qilishga
ulgurganini tasavvur ham qila olmayman.
Hamon ikki proyektordan foydalaniladigan eski kinoteatrlarda kinomexanik
postlarni shunday almashtirishi kerakki, tomoshabinlar bir qism tugab, ikkinchisi
boshlanganini payqamasliklari lozim. Buni aniq bajarish uchun u ekranning yuqori
o’ng burchagidagi oq nuqtalarni kuzatib borishi kerak. Bu nuqtalar ogohlantirish.
Bir diqqat bilan qarab ko’ring: filmning har bir qismi oxirida ekranning yuqori
o’ng burchagida ikkita oq nuqta yonib-o’chadi.
Professionallar ularni “yulduzchalar” deb atashadi.
Bitta nuqta qism oxirigacha ikki daqiqa qolganini anglatadi. Bu paytda ikkinchi
proyektorni qizib olishi uchun yoqib qo’yish kerak bo’ladi.
Ikkinchi nuqta qism tugashiga besh soniya qolganda paydo bo’ladi. Qaraganda
ko’r qilib qo’yishi mumkin bo’lgan ksenonli lampalari tufayli qizib turgan ikki
proyektor orasida turganingda nimalarni his qilishingni tushuntirib berish amri
mahol. Kinoteatrda tovush zalga o’rnatilgan maxsus kolonkalarda qo’yiladi.
Proyeksiya xonasi tovushdan izolyatsiya qilingan, shu sababli bu yerda hech
narsani eshitib bo’lmaydi. Chunki proyektorning tovushi tomoshabinlarga halaqit
berishi mumkin. Lenta linzalar orasidan sekundiga 6 fut tezlikda o’tadi, har bir
futda – o’nta kadr. Proyektor sekundiga 60 ta kadrni yutib yuboradi, xuddi
pulemyot o’qdori lentasini yutib yuborganidek, hatto tarillashi ham pulemyotga
o’xshaydi. Ikki proyektor ishlab turadi, sen esa ikkalasi o’rtasida ishga tushirish
dastagini tutgancha shay bo’lib turasan. Juda eski proyektorlar plyonka tugayotgan
payti maxsus ovoz ham chiqaradi.
“Yulduzchalar” film video ko’rinishida chiqarilgandan keyin ham saqlanib
qoladi. Ularni samolyotdagi ekranda qo’yilgan filmda ham ko’rish mumkin.
Plyonka oxiriga yaqinlashgan sari bobina tez aylana boshlaydi. Ovozli signal
bonina juda tez aylanganda chalinadi. Demak, postlarni almashtirish vaqti keldi.
Proyeksiya xonasi qorong’u, ksenon lampalar tyfayli issiq va dim, ovozli signal
chalinadi. Sen esa ikki proyektor orasida dastakni tutgancha turibsan, ko’zing
ekranning burchagida. Ikkinchi nuqta paydo bo’ladi. Ichingda beshgacha sana.
Birinchi proyektorni o’chirishing bilan ikkinchisini yoqasan.
Postlar almashadi
Film davom etadi.
Zaldagi biror kishi ham hech narsani payqamaydi.
Proyektorda ovozli signal bo’lsa, kinomexanik mizg’ib olishi mumkin. Umuman
kinomexaniklar ko’p narsa qila olishadi. Ba’zida proyektorlarda ovozli signal
bo’lmaydi. Uyda uxlab yotganingda tushingga post almashtirish paytida uxlab
13
qolganing kiradi va daxshatga tushib uyg’onasan. Zalda tomoshabinlar shovqin
solmoqda. Sen ularning orzusini pichga chiqarding, shirin tush ko’royatganlarida
uyg’otib qo’yding, ular jahl otiga mingan. Kinoteatr direktori telefonini oladida
kasaba uyushmasiga qo’ng’iroq qiladi.
Montgomeri Fildda uyg’onasan.
Ba’zida Tayler Dyorden yarim tunda daxshatli tushdan uyg’onib ketadi, yo post
almashinish payti uxlab qolgan bo’ladi, yo plyonka uzilib ketgan bo’ladi, yo lenta
izidan chiqqani tufayi shesteryonkalar ovoz yo’lini chaynab qo’ygan bo’ladi.
Agar shunday holat yuz bersa, tomoshabinlar aktyorlar replikalari o’rniga
vertolyot parraklari aylanganda chiqadigan tovushga o’xshash tovush eshitishadi –
Frrr! Frrrrr! Frrrrrrrrr! Bu tovush fotoelmentga yo’naltirilgan yorug’lik nuri ovoz
yo’lida shesteryonkalar tishi hosil qilgan teshikka to’g’irlanib qolganda hosil
bo’ladi.
Mana kinomexaniklar qilishi mumkin bo’lmagan yana bir narsa: Tayler lentadan
eng yaxshi kadrlardan birini kesib oladida ulardan slayd tayyorlaydi. O’zining
yechinish sahnalari bilan mashhur bo’lgan birinchi filmda aktrisa Enji
Dikinsonning yalong’och kadrlari bo’lgan.
Film nusxalari G’arbiy sohillardan Sharqiy sohillarga yettib borguncha barcha
yechinish kadrlari g’oyib bo’lgan. Bir mexanik kadr qirqib olgan. Boshqasi ham
shunday qilgan. Hamma o’zida Enji Dikinsonning yalang’och surati bo’lishini
istagan. Kinoteatrlarda behayo filmlar namoyish qilina boshlangach esa, bu yigitlar
ajoyib slaydlar kolleksiyasiga ega bo’lishgan.
Boing Fildda uyg’onasan.
Los-Anjeles xalqaro aeroportida uyg’onasan.
Bugun bizning reysda yo’lovchilar deyarli yo’q, demak, kresloni oxirigacha
yotqizib, maza qilib ketish mumkin. Qo’l-oyoqlaringni yozib 3-4ta kresloni
egallagancha yotib olasan. Men soatdan ikki-uch soatlab ilgarilab ketaman: Tinch
Okeani, Markaziy, Sharqiy vaqt mintaqalari, Qoyali tog’ vaqt mintaqasi. Bir soat
yutasan, bir soat yutqazasan.
Bu sening hayoting, daqiqa sayin u poyoniga yettib bormoqda.
Xopkins nomidagi Klivlend aeroportida uyg’onasan.
Yana Si Takeda uyg’onasan.
Kinomexaniklikdan tez zeriksan va asabiy bo’lib qolasan. Ammo hammasidan
ko’proq zerikishdan azob chekasan. Va shunda sendan avvalgi kinomexanikdan
qolgan behayo slaydlr kolleksiyasini olasanda, olat yoki vagina kadrini badiiy film
orasiga yopishtirib qo’yasan.
Ekrandagi filmda egalarini yo’qotib qo’ygan it va mushuk uylariga yo’l
qidirmoqda. Uchinchi qismda bu inson ovozi bilan gapiruvchi to’rt oyoqlilar axlat
qutisidagi narsalar bilan qornini to’ydirib olgach, ekrandan haligi kadr o’tib ketadi.
Bu Taylerning ishi.
O’sha kadr ekranda bor-yo’g’i soniyaning 60 dan bir ulushi davomida bo’ladi.
Soniyani 60 ta teng bo’lakka bo’ling. O’sha kadrni shuncha vaqt davomidagina
ko’rish mumkin. Balandligi to’rt qavatli uy bilan teng olat qandaydir lahzada
popkorn chaynab o’tirgan mana bu odamlar ko’z o’ngida paydo bo’ladi, ammo uni
hech kim ko’rmaydi.
14
Yana Loganda uyg’onasan.
Bu safarlar – to’lig’icha azobning o’zginasi. Men boshlig’im borishni istamagan
uchrashuvlarga boraman. Men hammasini ipidan-ignasigacha yozib olaman.
Qaytib boraman va hisobot beraman.
Mening vazifam maxfiy formulani to’g’ri qo’llashdan iborat.
Toza arifmetika.
Darsliklardagi kabi oddiy vazifa.
Agar men ishlaydigan kompaniya tomonidan chiqarilgan mashina Chikagodan
60 mil tezlikda chiqsayu, uning burilish tizimi ishdan chiqib, yo’l chetidagi
to’siqqa urilib uchib ketsa, yoqilg’i baki portlab, mashinaga qo’shilib uning
salonidagilar ham tiriklayin yonib ketsa, kompaniya barcha sotilgan mashinalarni
nosozlikni to’g’irlash uchun qaytarib olishi kerakmi, axir?
Sotilgan mashinalarning umumiy sonini(A) oling, uni jiddiy nosozliklarning
o’rtacha qiymatiga(B) ko’paytiring, keyin esa uni nosozlik tufayli halok bo’lgan
odamlarning qarindoshlariga ular kompaniyani sudga bermasligi uchun
to’lanadigan tovon pulining o’rta qiymatiga (C) ko’paytiring.
A*B*C=X. Mana agar biz sotilgan mashinalarni qaytarib olmasak qanchaga
tushamiz.
Agar X ning qiymati nosozliklarni to’g’irlashga ketadigan xarajatdan yuqori
bo’lsa, nosozliklarni to’g’irlaymiz va boshqa avariya sodir bo’lmaydi.
Agar X bu xarajatdan kichik bo’lsa, mashinalrni qaytarib olmaymiz.
Qayerga bormay meni u yerda yonib dabdalasi chiqqan avtomobil korpusi kutib
turgan bo’ladi. Buni men aytib qo’ygan maxfiy ma’lumot deb hisoblang.
Tun mehmonxonada, tushlik restoranda. Yo’lda ko’plab bir martalik tanishlar
orttirasan, Logandan Montgomeriga borishingda yoki Montgomeridan Uillou
Ranga.
- Reklama agentligida koordinator bo’lib ishlayman, - deyman navbatdagi
bir martalik tanishimga, - lekin idish yuvuvchi bo’lib ishlashi orzu
qilaman.
Yana O’Xarada uyg’onasan.
Birinchi omadli urinishdan keyin Tayler olat tushirilgan kadrlarni to’g’ri kelgan
joyga yelimlay boshladi, yoki, masalan, Katta Kanyondek keladigan vagina kadri
shahzoda Zolushkani raqsga taklif qilganda ekranda paydo bo’ladi. Odamlar
tomosha qiladi, lekin hech narsani payqamaydi. Ular popkornlarini avvalgidek
chaynashardi, lekin ularning ongostida nimadir o’zgargandi. Kimlardir o’zini
to’satdan yomon his qilib sababsiz yig’lay boshlaydi. Nima bo’lganini esa hech
kim tushunmaydi. Faqatgina kolibri qushi Tayler nima qilganini payqashi mumkin
edi.
Kennedi nomidagi aeroportda uyg’onasan.
Samolyot qo’nayotganda yuragim tovonimga tushadi, birinchi shassi trassaga
tegib qo’nish yoki yana ko’tarilishga ikkilanib turganda, tovushsiz zarbani his
qilasan. Ana shu lahzada hamma narsa o’z ma’nosini yo’qotadi. Boshni ko’tarib,
yulduzlarga tikilsang bo’lgani – unutilasan. Hech narsa ahamiyatga ega emas.
Yuklarning yo’qolishi. Og’izning hidi. Illuminyatorlarni tutun to’sadi. Salon o’ta
15
xavfli burchak ostida va endi hech qachon komandirovka hisobotini to’ldirish ham
shart emas. Endi senga sartaroshning ham keragi bo’lmaydi.
Yana tovushsiz zarba – ikkinchi shassi trassaga tegdi. Yuzlab xavfsizlik
kaMarlarining bo’shatilgani eshitiladi, men bilan yonma-yon kelgan navbatdagi bir
martalik tanish esa shunday deydi:
- Umid qilamanki, sizda hammasi yaxshi bo’ladi.
Men ham shunga umid qilaman.
Mana yana bir lahza ortda qoldi, hayot davom etmoqda.
Bir safar, umuman tasodifan, Tayler Dyorden bilan uchrashib qoldim.
Ta’til payti keldi.
Los-Anjeles xalqaro aeroportida uyg’onasan.
Yana.
Tayler bilan nudistlar plyajida tanishganman. Bu yoz oxirida bo’lgan edi, meni
oftob elitib, mudrab qolibman. Taylerning yalang’och tanasini ter va qum qoplagan
edi, to’zg’igan sochlari yuzini to’sgan.
U qumdan bir nechta odam bo’yi keladigan minorachalar yasadi, keyin
tayoqlarni tushunarsiz tartibda qumga suqib chiqdi. Plyajda bizdan boshqa hech
kim yo’q edi.
- Ey, soat necha bo’ldi, - so’radi Tayler.
- Bu qayerni nazarda tutganingga bog’liq, - javob qildim.
- Shu yerni.
- O’n oltiyu nol nol.
Tayler turklardek o’ng oyog’ini chap oyog’I ostiga tiqib o’tirib oldida nimanidir
kuta boshladi. Buni faqat men ko’rdim.
U yasagan qum minoralari va tayoqlarning soyasi birlashib qo’l shaklini hosl
qilgan ekan.
- Sen mabodo rassom emasmisan, - so’radim men.
U javoban yelka qisib qo’ydi.
Sen plyajda uyg’onasan.
Gigant qo’l – mana nima yasadi Tayler. Faqat biroz bosh barmoqdan boshqalari
proporsional emasdi, xuddi Nosferatning barmoqlari kabi. Besh yarimda,
tushuntirdi Tayler, barmoqlar ideal edi. U qandaydir lahzalar davomida o’zi
yaratgan mukammallik oldida o’tirgan.
Bir daqiqa yetarli, tushuntirdi Tayler. Mukammallikka erishish uchun obdon
terlashga to’g’ri keladi, ammo mana shu bir daqiqalik mukammallik unga
sarflangan kuchga arziydi. Mukammallikdan uzoqroq davom etishini talab qilish
mumkin emas.
Uning ismi Tayler Dyorden, u kinomexanik edi, yana shohona mehmonxonada
ofitsiant bo’lib ishlardi. U menga telefon raqamini qoldirdi.
Mana shunday qilib tanishganimiz.
16
4
Bugun kechqurun miya paraziti guruhida anshlag. Bu – Piter, bu – Aldo, bu esa –
Marsi.
Salom!
Yangilarni bizga tanishtirishadi. Tanishinglar, bu – Marla Singer, u yangi.
Salom, Marla!
“O’zingni angla!” guruhida odatda biz terapiyani yangiliklar almashinuvidan
boshlaymiz. Parazitlar haqida bitta so’z ham bo’lishi mumkin emas. Nima, bizning
guruhni parazitlarga aloqasi bormi? Bu haqda gap bo’lishi mumkin emas, bizda
hammasi yaxshi. O, mana buni davolanish metodikasi desa bo’ladi!
Hammamizning ahvolimiz yaxshilanib boryapti. Ammo hammada qutulib bo’lmas
bosh og’rig’ining alomati seziladi. Bir ayol sababsiz yig’lashni boshlaydi.
Hammaning ko’kragida ismi yozilgan yorliq bor. Mana ikki yildirki hammamiz
seshanba kuni kechalari bu guruhga qatnaymiz, shunga qaramasdan, kim sen bilan
salomlashmoqchi bo’lmasin, ismingni bilib olish uchun yorliqqa bir qarab oladi.
Kechirasiz, biz avval ham uchrashganmizmi?
Hech kim parazit so’zini ishlatmaydi, hamma uyg’otuvchi deydi.
Hech kim davolanish so’zini ishlatmaydi, hamma protsedura deydi.
Yangiliklar almashish payti kimdir uyg’otuvchi kutilmaganda uning orqa
miyasiga o’tganini va qo’li bo’ysunmayotganini aytadi. Boshqasi esa uyg’otuvchi
miya suyuqligi yettishmovchiligini keltirib chiqarganini va natijada tutqanoq yuz
berayotganini e’lon qiladi.
Oxirgi muhokamada Xloy bizga xushxabar keltirgandi. U qiynalib oyog’ida turdi
va kreslo suyanchig’iga qo’lini qo’ygancha endi o’limdan qo’rqmasligini aytdi.
Bugun salomlashib olganimizdan so’ng, men avval ko’rmagan Glenda
ismli(yorliqdagi yozuv to’g’ri bo’lsa, albatta) yoqimtoy ayol Xloy o’tgan seshanba
kechgi soat ikkida vafot etganini aytdi.
Qanday yaxshi! Xloy ikki yil mobaynida mening quchog’imda yig’ladi, mana
o’ldi va hozir balki qabrda, balki qutida, balki maqbarada, balki – nomi nima edi,
ha, kolumbariyda yotibdi. Mana qachondir sening qurt-qumursqalarga yemish,
o’simliklarga o’g’it bo’lishingning yana bir isboti. O’lim – shunchaki mo’jiza, agar
mana bu hayvon bo’lmaganda mening o’limga hecham qarshiligim yo’q edi.
Marla.
U yana menga tikildi, xuddiki bu yerda boshqa hech kim yo’qdek.
Yolg’onchi.
Simulyant.
Marla – simulyant. Sen ham simulyantsan. Atrofdagi hamma aldayapti.
Bugun kechqurun kutilmagan holda meditatsiya menga ta’sir qilmayapti. Hamma
yetti darvoza ortida, yashilda ham, qizilda ham Marla turibdi. Ko’kning orqasida
17
ham Marla. Yolg’onchi. G’orga kirganimda ham mening irodam timsoli bo’lgan
jonivor ham Marla bo’lib qolyapti. Marla sigaretini tortgancha atrofga qarayapti.
Yolg’onchi. Qora sochlari fransuz yostig’i kabi paxmoq. Simulyant. Lablari
italyancha divan kabi muloyim. Bunaqa lablardan qochib qutulishning ilojisi yo’q.
Xloy haqiqiyroq edi.
Men tez-tez uning chumolidek keladigan skeleti u yodan bu yoqqa yugurib
yurganini tasavvur qilaman. Shu payt uzoqdan ovoz keladi: “o’limga tayyorlaning
o’n soniya, to’qqiz soniya, sakkiz soniya”. “O’lim yaqinloshmoqda, yetti, olti....”.
“Besh, to’rt….”
“To’rt”.
“O’lim kelyapti uch, ikki….”.
Oy nuri uning ochilib qolgan og’ziga kiradi.
“So’nggi nafasga tayyorlaning – nol!”
Qalb tanadan evakuatsiya qilinmoqda.
Nol!
Tanadan ajralish.
Nol!
O’lim keldi.
Marla menga qarayapti.
Meditatsiya paytida men o’z ichimda yashayotgan bolakayni quchish uchun
qulochimni yozaman, ammo uning o’rnida og’zidan tutun purkayotgan Marla
paydo bo’ldi.
Yolg’onchi.
Men diqqatimni jamlay olmayapman.
Meditatsiya yakunlangach, hamma o’rnidan turib o’zini tartibga keltirib, tana
kontakti orqali davolash jarayoniga tayyorgarlik ko’rishadi. Quchoqlashish navbati
yetgach, qulochimni ochamanda Marla tarafga uch qadam tashlayman, atrofga
biror bir yordam izlab alanglayman.
Yordam: to’g’ringda kim turgan bo’lsa, o’shani quchoqla.
Qo’llarim Marlaning yelkasidan tutadi.
Bugun senga kerak bo’lgan odamni tanla.
Marla qo’lida sigaret tutgancha turibdi.
Unga o’zingni qanday his qilayotganingni aytib ber.
Marlada moyak raki yo’q. Unda hatto tuberkulyoz ham yo’q. Uning o’limi
yaqinlashib kelayotgani ham yo’q. Mayli, mayli, bilaman falsafiy nuqtayi nazar
bilan qarasak, hammamizning ham o’limimiz asta-sekinlik bilan yaqinlashib
kelmoqda, ammo Marla Xloy kabi o’layotgani yo’q.
Yana bir yordam: eng yashirin hislaring bilan o’rtoqlash.
Ey, Marla, olmani yoqtirasanmi?
Eng yashirin.
Marla, qaniydi bu yerdan daf bo’lsang. Yo’qol! Yo’qol!
Bu yerdan daf bo’l, boshqa joyda yig’la, seni ko’rishni istamayman.
Marla mening yuzimga tikiladi. Uning ko’zlari jigarrang ekan. Qulog’ining
pastki qismi keng, ammo zirak taqmas ekan.
Bu yerdan ket.
18
- Sen ham menimcha o’lmayapsan, - deydi Marla.
Atrofimizdagilar quchoqlashib olib, yig’lashmoqda.
- Menga rostini ayt, - turib oldi Marla, - men esa senga aytib beraman.
Biz butun hafta davomidagi guruhlarni teppa-teng bo’lishib olishimiz mumkin,
tushuntiraman men. Marla o’ziga suyak kasalligi, miya paraziti va tuverkulyozni
oldi. Men o’zimga moyak raki, qon paraziti va xronik ruhiy hastalikni qoldirdim.
- Ichak raki nima bo’ladi? – so’raydi Marla.
Ichak rakini ham teng bo’lib olamiz. Unga har oyning birinchi va uchinchi
yakshanbasi tegadi.
- Yo’q, - rad etadi Marla.
U ichak rakini to’liq olishni xohladi. Parazitlarni ham, boshqa raklarni ham. U
ko’zini qisib qo’yadi. U o’zini qanday yaxshi his qilayotgani ko’rinib turibdi. U
o’zini birinchi marta tirikdek his qilmoqda. U hech qachon o’layotganlarni
ko’rmagan edi. U hayot nimaligini tushunmasdi, chunki u hayotni hech narsa bilan
solishtira olmasdi. O, ammo u endi o’lim va o’lish, haqiqiy og’riq va chin
yo’qotish nima ekanligini biladi. Ko’zyosh, o’lim qo’rquvi va vijdon azobi
nimaligini biladi. Marla endi hammamiz bilan oxir-oqibatda nima bo’lishini biladi,
u endi hayotining har bir lahzasidan bahra olib yashashi mumkin.
Yo’q, u menga birorta guruhni ham berib qo’ymaydi.
- Men yana avvalgidek yashashga hech qanaqasiga rozi bo’lmayman, -
deydi Marla. – Avvallari, men shunchaki nafas olayotganimdan
rohatlanib yashashim uchun dafn qilish byurosida ishlardim. Meni
mutaxassisligim umuman boshqa, ammo buni ahamiyati bormi?
Unaqada o’sha byuroyingga daf bo’l, deyman men.
- Dafn marosimlari – bu guruhlar bilan solishtirganda hech narsa emas, -
jahl qiladi Marla. – Dafn qilish – shunchaki mavhum marosim. Ularda
o’limni chin dildan his qila olmaysan. Bu yerda esa his qilasan.
Atrofimizdagilar ko’zyoshlarini artishadi, burunlarini tortishadi, bir-birlarining
yelkalariga urib qo’yishadida tarqalishadi.
Biz guruhga bir vaqtda qatnay olmaymiz, deyman men.
- Unda qatnama.
Bu men uchun juda zarur.
- Unda dafn marosimlariga bor.
Hamma bir-birining qo’lidan ushlab so’nggi duoni o’qish uchun turishibdi.
Marlani qo’yib yuboraman.
- Qanchadan neri bu yerga qatnaysan?
Ikki yil.
Kimdir mening qo’limdan tutadi. Kimdir Marlaning qo’lidan tutadi.
Har doimgidek duo boshlangach nafasim bo’g’zimga tiqilib qoladi. O, o’zing
asra! O, o’zing bizni g’azabingdan asra!
- Ikki yil? – shivirlaydi Marla, boshini yon tomonga engashtirgancha.
O, bizni asra, gunohlarimizdan o’t!
Meni bu yerga ikki yildan beri qatnashimni biladiganlarning birortasi ham hozir
bu yerda emas. Kimdir o’ldi, kimdir tuzaldi, kimdir qatnamay qo’ydi.
O’zing bizga yordam ber, yordam ber.
19
- Nima qilsak ekana, - deydi Marla, - unaqada senga moyak rakini
beraman.
Katta Bobning quchog’ida yana to’yib yig’layman. Rahmat senga, Marla.
O’zing bizga marhamat ko’rsat.
- Arzimaydi.
Marla bilan shu tariqa tanishganman.
20
5
Xavfsizlik xizmatida ishlaydigan yigit menga hammasini tushuntirib berdi.
Yuk tashuvchilar ichida nimadir chiqillayotgan chemodanga e’tibor qaratishibdi.
Xavfsizlik xizmatidagi yigit yuk tashuvchilarni “chiqindi” deb ataydi. Zamonaviy
bombalar chiqillamaydi. Ammo chemodanda qandaydir harakat sezilsa, yo
“chiqindilar”, yo xavfsizlik xizmati vakili politsiya chaqirishi kerak.
Ko’pchilik aviakompaniyalardagi mana shu qoida tufayli Taylerning uyiga
ko'chib borishimga to'g'ri keldi.
Dallasdan qaytayotganimda yonimda ichiga bir dunyo narsa solingan
chemodanim bor edi. Ko’p safar qilsang senda o’z-o’zidan hamma eng zarur
narsalarni o’zing bilan olib yurish odati paydo bo’ladi. 6 ta oq ko’ylak. 2 ta qora
shim. Yashab qolish uchun zarur bo’lgan mayda-chuydalar.
Budilnik.
Akkukumulyatorli elektr ustara.
Tish cho’tkasi.
6 ta ich kiyim.
6 juft qora paypoq.
Agar xavfsizlik xodimining so’zlariga ishonadigan bo’lsak, safardan oldin
mening chemodanimda chiqillagan ovoz eshitilgan va uni tekshirish uchun
Dallasda qoldirishgan. Hamma narsam o’sha chemodanda edi. Kontakt linzalar
uchun suyuqlik. Ko’k yo’lli qizil bo’yinbog’. Yana bitta oddiy qizil bo’yinbog’.
Bu narsalarning ro’yxatini kiyim shkafining eshigiga yopishtirib qo’ydim.
Mening uyim – bu kitob javonini esga soladigan ko’p qavatli uyning o’n
beshinchi qavatida joylashgan kvartira. Reklama qog’ozida devordagi televizor
yoki stereo bilan qo’shnimning xonasi o’rtasida eng kamida bir fut qalinlikdagi
pol, shift yoki devor bo’lishi aytilgan edi. Bir fut beton, shunga qaramasdan
ventilyatsiya tizimi shunday qurilgan ediki, xonaning hidi gaz plitasida unutib
qoldirilgan tushlikning hidi darajasiga yetmaguncha oynalarni ochib bo’lmasdi.
Shuningdek, xonamda haqiqiy yo’g’ochdan yasalgan oshxona jihozlari va
yoritgichlar uchun past voltli elektr o’tkazgichlar ham bor edi.
Shunga qaramasdan bir fut beton juda muhim, ayniqsa qo’shningning eshitish
apparati batareyasi o’tirib qolib, sevimli ko’rsatuvini bor balandlikda ko’rayotgan
bo’lsa. Yoki gaz plitasining vulqon kabi portlashi natijasida hamma narsalaring
tashqariga o’rnida g’orga o’xshash teshik qoldirgancha uchib chiqsa.
Shunaqasiyam bo’lib turadi.
Portlash hamma narsani yo’q qildi, usti notekisroq ichida pufakchalari bor yashil
rangli shisha servizni ham(bular servizni halol, mehnatkish, sodda shishasoz-usta
yasaganini isbotlaydi). Ha shunaqa, portlash mana shu servizga qo’shib
qolganlarini ham yo’q qildi. Uch metrli qimmatbaho pardalar yonib yirtilib ketgan.
O’n besh qavat balandlikdan tushayotgan kul shahar bo’ylab tarqalib, yon-
atrofdagi mashinalarning tomini qoplab qo’ygan. Dallasda esa FQB, barcha
ishchilar evakuatsiya qilingan joyda bitta o’zi tansportyorda turgan chemodanimni
sinchiklab tekshirmoqda. O’ndan to’qqiz holatda elektr soqol olgich bo’lsa kerak.
21
Ha, chemodanimdan shunday qilib ayrildim. O’ndan bir holatda falloimitator
bo’lishi mumkin.
Menga buni xavfsizlik xizmati xodimi aytib berdi. Keyin taksida uyimga bordim
va asfalt ustida dabdalasi chiqib yotgan ich kiyimlarimni ko’rdim.
Tasavvur qiling, dedi xavfsizlik xizmati xodimi, yo’lovchi belgilangan joyga
yettib keldi, bu yerda esa unga uning yuklarini falloimitator tufayli Sharqiy Sohilda
ushlab qolishganini ma’lum qilishmoqda. Chemodan egasi erkak kishi bo’lishi
ham mumkin. Aviakompaniyalar siyosati shunday – falloimitator kimga tegishli
ekanini aniqlashtirishmaydi. Shunchaki – falloimitator.
Hech qanaqasiga “sizning falloimitatoringiz” emas.
“Falloimitatorning o’zidan-o’zi yoqilib qolishi” deyish kerak qoida bo’yicha.
“Falloimitatorning o’zidan-o’zi yoqilib qolishi natijasida yuklaringiz ushlab
qolindi”.
Men Jorjiya shtatidagi Steypltonda belgilangan uchrashuvdan qaytayotganimda
yomg’ir yog’ardi.
Uyimga yettib kelganimda ham yog’ishda davom etardi.
Avvaliga styuardessa o’rinlarimizga yaxshilab qarashimiz va hech narsamizni
unutmasligimiz kerakligini e’lon qildi. Keyin u menga aeroportda meni
aviakompaniya vakili kutayotganini aytdi. Soatimni uch soat orqaga qaytarib
qo’ydim.
Chiqish eshigida meni aviakompaniya vakili va xavfsizlik xizmati xodimi kutib
turardi. Ha, ha, ha, sizning ustarangiz yoqilib qolgani tufayli yuklaringizni
Dallasda ushlab qolishdi. Xavfsizlik xizmati xodimi yuk tashuvchilarni
“chiqindilar” deb atardi. Bundan yomon bo’lishi ham mumkin edi, dedi u, ustara
har holda falloimitator emas. Bu yigit uchuvchilarnikiga o’xshash forma kiygandi;
mayda epoletlari bor oq ko’ylak va zangori bo’yinbog’. U mening yuklarimni
tekshirishgani va ertaga yetkazib berishlarini ma’lum qildi.
U mening ismim, manzilim va uy telefonim raqamini yozib oldi.
Yonimdagi so’nggi o’n dollarga taksida uyga yettib oldim.
Mahalliy politsiya meni savollar bilan qiynab tashladi.
Mening bomba deb o’ylashgan elektr ustaram hamon mendan 3 vaqt kengligicha
uzoqlikda edi. Haqiqiy, buni ustiga kattagina bomba esa mening “Nyurunda”
uslubida ishlangan yashil va zarg’aldoq rangli “in” va “yan” ko’rinishidagi ajoyib
kofe stolimni parchalab tashladi.
Erik Pekkari dizaynida tayyorlangan “Haparanda” kreslolari bilan ham xuddi
shunday bo’libdi.
Menda ham ko’pchilikda bo’lgani kabi o’z uyasini turli narsalar bilan to’ldirish
instinkti bor. Mening bir vaqtlar xojatxonada behayo jurnallarni tomosha qilib
o’tirgan tanishlarimning barchasi, hozir IKEA firmasi katalogini tomosha qilib
o’tirishadi.
Hozir hammamizda “Yoxannes” kreslolari, “Shtinne” gilamlari bor. Aytgancha,
menikilari hozirgina yarmi yonib kul bo’lgan holda o’n beshinchi qavatdan fontan
ustiga tushdi.
“Rislampa-Xar” cho’ntak fonari.
22
“Alle” pichoqlar to’plami. Sayqallangan po’latdan yasalgan. Mashinada yuvsa
ham zanglamydi.
Oksidlangan po’latdan yasalgan “Vild” devor soati. Usiz yashab bo’ladimi, axir?
Tushunarliki, “Klipsk” konstruktori.
“Hemlig” shlyapa qutisi ham, albatta.
Turli-tuman rangli Tomas Haril dizaynida ishlangan “Mommala” yopinchiqlari.
Orxideya.
Fuksiya.
Kobalt.
Fil suyagi.
Antratsit.
Doimiy yashil buta.
Butun hayotim mana shularni sotib olishga sarflangan edi.
Mebel sotib olasan. Sen o’zingni bu birinchi va oxirgi divaning ekaniga
ishontirasan. Keyin idish-tovoq masalasi hal qilinadi. Keyin yotoq masalasi.
O’zingga mos parda va gilam tanlaysan.
Mana endi o’zingning shinam uyangning mahbusiga aylanasan, sen egalik
qilyapman degan narsalaring senga egalik qila boshlaydi.
To bir kuni uyingga kelganingda portye senga portlash yuz bergani va allaqachon
politsiya kelib, bir dunyo savol berishga ulgurganini aytmaguncha shu tariqa
davom etadi hammasi.
Politsiya hammasiga gaz sabab bo’lgan deb, taxmin qilmoqda. Balki, duxovka
yoniq qolib ketgandir, balki nosozlik, yoki biror joyni o’chirishni unutgandirman,
keyin gaz to’planib, portlash sodir bo’lgan. Shift baland shu sababli, xona gazga
to’lishi uchun bir kun yetali emas. Gaz to’lgan paytda esa qayerdadir, masalan,
muzlatgich kompressorining relesida chaqnash sodir bo’lgan....
Detonatsiya.
Zarba kuchi oynalarni alyuminiy romlardan yulib tashlaydi va xonangda nimaiki
bo’lsa hammasi – divanlar, lampalar, servizlar, diplomlar va telefon olov bilan
qoplangancha oynadan uchib ketadi.
Ey, Xudo, mening muzlatgichim! Axir erinmasdan turli ikralarni to’plagandim –
qora ikra, qizil ikra, baqlajon ikrasi(chet eldan keltirilgan)! Menda o’n to’rt xil
salat uchun ziravorlar bor edi.
Ha, ha – siz butunlay haqsiz, uy to’la ziravor edi, ovqat sotib olmasam ham,
ziravor sotib olganman.
O’n beshinchi qavatga ko’tarilishingiz mumkin, tushuntirdi portye, ammo
kvartirangizni muhrlab qo’yishgan. Politsiya muhrlab qo’ygan. Politsiya mendan
jahldor sobiq sevgilim yoki dinamit tayyorlay oladigan dushmanim bor yoki
yo’qligini so’radi.
- Buni ustiga xonada quruq devordan boshqa hech narsa qolmagan, davom
etdi portye.
Politsiya ataylab portlatish variantini ham ko’rib chiqmoqda, chunki gaz hidi
yo’q edi.
Portye qoshlarini ma’nodor ko’tarib qo’ydi.
23
(Bu yaramasning qilar ishi farroshlaru uy xizmatchilarining boshini aylantirish
edi. Men bu yerda uch yil yashadim. Men sotib olgan narsalarimni uyimga olib
kirarkanman, portye o’zining “Elleri Kvin”ini varaqlab o’tirardi.)
Portye qoshlarini ma’nodor ko’tarib dedi: “Ayrimlar xonaga benzinni to’kadida,
hosil bo’lgan halqoblar orasiga uzun shamlarni yoqib tashalb ketishadi. Moliyaviy
muammolari bor insonlar shu yo’l bilan sug’urtachilardan pul undirishga
urinishadi”.
Men undan xizmat telefonidan foydalanishim mumkinligini so’radim.
- Eh, yoshlar, o’zlaringga ortiqcha narsalarni sotib olib kerilishni
yoqtirasizlar, - dedi portye.
Men Taylerning raqamini terdim.
Taylerning Qog’ozchilar ko’chasida ijaraga olgan uyidagi telefon jiringlaydi.
O, Tayler, meni bu yerdan olib ket!
Telefonni hech kim ko’tarmaydi.
Portye qulog’imga shivirlaydi”
- Yoshlar, nima xohlashingizni o’zingiz ham bilmaysiz.
O, Tayler, qutqar meni!
Meni shved mebellaridan qutqar.
Meni san’at asarlaridan qutqar.
Nihoyat, Tayler telefonni oladi.
Tayler bilan barda uchrashishga kelishib oldik.
Portye meni qaysi raqamdan topishi mumkinligini so’radi. Yomg’ir yog’ishda
davom etmoqda. Mening “Audi”m butun edi, “Dakapo” galogen lampalari old
oynasini sindirganini hisobga olmasa, albatta.
Biz uchrashdik, rosa pivo ichdik, keyin Tayler menga unikida yashashim
mumkinligini, faqat bitta sharti borligini aytdi. Chemodanim ertasi kuni yettib
keldi. 6 ta ko’ylak va 6 ta ich kiyim, qolgan narsalar yo’q.
Biz barda kayfimiz oshib o’tirardik, biz bilan hech kimning ishi yo’q edi. Men
Taylerdan nima qilishim kerakligini so’radim.
Tayler dedi:
- Meni bor kuching bilan ur.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |