Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana12.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#145607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JANGOVOR KLUB

7
   
Ajoyib tonglarning birida unitaz ichida meduzadek suzib yurgan ishlatilgan 
prezervativ topib oldim.
   Mana qanday qilib Tayler Marla Singer bilan tanishdi.
   Qiziq, spermatazoidlarning boshida qanday o’y bor ekan?
   Nima bu?
   Nahotki, bachadon bo’yinchasi bo’lsa?
   Tuni bilan Marla bilan yotganim tushimga kirib chiqdi. Marla sigaret chekadi. 
Marla ko’zlarini suzadi. Uyg’onib qarayman: xonada bir o’zimman, Taylerning 
eshigi berk. Lekin, Tayler hech qachon eshigini yopmasdi. Kechasi bilan yomg’ir 
tinmadi. Tom allaqachon chirib ketgan, suv chordoqda to’planadida, shift 
tirqishidan tomchilay boshlaydi. 
   Yomg’ir yog’ayotganda tokni uzib qo’yamiz. Yomg’ir paytida bu yerda elektrni 
yoqib qo’yish o’z joniga qasd qilish bilan barobar. Tayler ijaraga olgan bu uy uch 
qavatli va yerto’lasi ham bor. Yomg’ir yog’gan paytlari shamdan foydalanamiz. 
   Yomg’ir hamma joydan tomchilaydi, uyning yog’och devorlari g’ichirlaydi, 
yog’ochlarni ushlab turgan mixlar joyidan chiqib ketadi. 
   Hamma joyda zanglagan mixlar sochilib ketgan, ehtiyotsizlik qilib bosib olish 
hech gapmas, yettita yotoqxona, ammo bittagina xojatxona bor. Aynan shu 
xojatxonada ishlatilgan prezervativ yotibdi.
   Uy nimanidir kutayotganga o’xshaydi – balki, ta’mir qilinishini, balki davlat 
tortib olib, buzib tashlanishini. Taylerdan qachondan beri bu yerda yashashini 
so’radim, Tayler javob berdi – olti hafta. Bu uyda avval turganlar bir dunyo jurnal 
yig’ishgan ekan – asosan, “Neyshnl Jiografik” va “Rayders Dayjest”. Taylerning 
aytishicha, bu uyda oxirgi bo’lib yashagan odam jurnal varaqlaridan kokain uchun 
paket sifatida foydalangan ekan. Kirish eshigi kimdir qachonlardir uni buzib 
ochgandan beri ishlamaydi, balki bu ishni politsiya qilgandir. Oshxona devori yetti
qavat gulqog’oz bilan qoplangan, yo’l-yo’l chiziqlar ustida gullar, gullar ustida 
chiziqlar, chiziqlar ustida qushchalar, qushchalar ustida barglar.
   Yon-atrofimizda hech narsa yo’q – bir tarafimizda yopilgan mashina do’koni, 
boshqa tarfimizda butun bir kvartal uzunligicha ketgan ombor. Yana uyimizda 
shkaflar bor, biz undan yostiq va choyshablar topdik. Yana bir shkafda temir-
tersaklar saqlanar ekan. Vanna plitkalariga hech qaysi to’ydagi bezaklardan 
qolishmaydigan qilib, qo’lda gullar chizilgan, unitazda esa prezervativ suzib 
yuribdi.
   Men Tayler bilan deyarli bir oydan beri yashayapman. 
   Tayler nonushtaga bo’salar tufayli ko’karib qolgan bo’yin va ko’kraklarini 
namoyish qilgancha chiqib keladi. Men o’tirib olib “Rayders Dayjest”ning eski 
sonlaridan birini o’qiyman. Narkotik bilan savdo qiluvchilar biznikiga o’xshash 
tashlandiq uylarni yaxshi ko’rishadi. Qo’shnilar yo’q. Umuman olganda 
Qog’ozchilar ko’chasida ombor va qog’oz fabrikasidan boshqa hech narsa yo’q. 
Uning mo’rilaridan chiqayotgan bug’ ichakdagi gazlar kabi sasiydi, hovlisi atrofida
yig’ilib ketgan payrahaning hidi esa xomyak solingan qafas hidiga o’xshaydi. 
31


Narkotik bilan savdo qiluvchilar biznikiga o’xshash uylarni yaxshi ko’rishadi, 
chunki, kunduzi o’tib turadigan eski yuk mashinalarini hisobga olmasa, bir 
kilometr radiusda men va Taylerdan boshqa hech kim yashamaydi. Yerto’ladan 
“Rayders Dayjest”ning bir dunyo eski sonlarini topib oldim, endi ular hamma 
xonada sochilib yotibdi.  
   “QO’SHMA SHTATLAR HAYOTI”.
   “KULGI – ENG YAXSHI DORI”.
   Shu jurnallardan boshqa mebelimiz ham yo’q. 
   Eng eski jurnallarda juda kulgili maqolalar bor, masalan, odamning turli 
organlari o’zlari haqida birinchi shaxs sifatida gapirishadi. “Men – Jeynning 
bachadoniman”.
   “Men – Joning prostatasiman”.
   To’g’risi, aynan shunday yozilgan. Mana yarim-yalang’och Tayler, stolga 
yaqinlashadi, ko’kragi bo’salardan qolgan momataloqlar bilan qoplangan. U 
menga kecha kechqurun Marla Singer bilan tanishganini va tunni u bilan 
o’tkazganini aytadi. 
   Buni eshitib o’zimni Joning prostatasidek his qilaman. O’zim aybdorman. 
Ba’zida qilgan, ba’zida esa qilmagan ishing uchun o’kinar ekansan. 
   Kecha kechqurun Marlaga telefon qildim. Biz u bilan qo’llab-quvvatlash 
guruhlariga borishdan avval, uchrashib qolmasligimiz uchun telefonlashib turishga
kelishib olgan edik. O’sha kecha melanoma guruhida yig’ilish edi, mening esa 
biroz kayfiyatim yo’q edi.
   Marla “Regent” mehmonxonasida yashaydi. Nomi ulug’ bo’lgani bilan bu 
shunchaki beton bilan maxkmlangan bir uyum g’ishtdan o’zga narsa emas. Bunaqa
joylarning egalari xonalardagi to’shaklarni katta plastik paketlar bilan o’rab 
qo’yishni ma’qul ko’rishadi, chunki bu yerda yashovchilar tez-tez narigi dunyoga 
jo’navorib to’shakning dabdalasini chiqarishadi. Shuning uchun yotganda ehtiyot 
bo’lish kerak, bo’lmasa ko’rpa-po’rpaga qo’shilib polga yiqilish hech gapmas.
   Men “Regent”ga Marlaning melonomaga borish-bormasligini bilish uchun 
telefon qildim.
   Marla zo’rg’a gapirdi. U menga, o’zini o’ldirmoqchi bo’lmaganini, ammo 
hozirgina bir quti uyqu dori qabul qilganini aytdi.
   Tomoshani qarang: Marla xonasida yotvolib “O’lyapman! O’lyapman! 
O’lyapman!” desaya.
   Demak, bugun hech qayerga bormaysanmi?
   Men rostdan ham o’lyapman, tushuntiradi Marla. Buni ko’rishga qiziqsang 
yonimga kelishing mumkin.
   Rahmat, albatta, deyman men, ammo bu kecha uchun boshqa rejalarim bor.
   Ha, mayli deydi Marla. Televizorning yonida ham o’lish mumkin. Tuzukroq 
narsa qo’yishsa bo’lgani.
   Men melanomaga bordim. Erta qaytib, uxlab qoldim.
   Mana bugun ertalab boshdan-oyoq momataloq bo’lgan Tayler Marlaning uyatsiz 
va suyuqoyoq ekanligini, lekin shunisi unga yoqib qolganini aytib turibdi.
   Kecha kechqurun melanomadan qaytib kelishim bilanoq uxlashga yotdim. 
Kechasi bilan Marla bilan yotganimiz tushimga kirdi.
32


   Mana bugun ertalab Taylerning hikoyasini eshitib o’zimni jurnal o’qiyotganga 
solib o’tiribman.
   Men – Joning yallig’langan oshqozonosti beziman.
   U kechasi aytgan gaplarni, - ma’lum qiladi Tayler boshqa ayoldan 
eshitmaganman.
   Men – Joning liqillayotgan tishiman.
   Men – Joning oqib ketgan burniman.
   Taylerning aytishicha, Marla bilan qatorasiga o’n marta birga bo’lishgach, undan
homilador bo’lishni xohlashini aytib. Marla keyin abort qildirish uchun homilador 
bo’lishni xohlashini aytibdi. 
   Men –Joning og’riyotgan barmoq suyagiman.
   Bu gaplar bilan Taylerni boshini aylantirib bo’lmaydi. Axir bu o’sha disneyning 
“Oppog’oy”ining orasiga jinsiy organlar kadrini yopishtirib qo’ygan Taylerku.
   Endi qanday qilib Taylerning e’tiborini tortaman?
   Men – Joning qurib sasib yotgan axlatiman.
   Ammo hammasidan yomoni bularga o’zim aybdorman. Men uxlab qolganimdan 
keyin, Tayler ofitsiant bo’lib ishlagan banketidan qaytib kelgan, shu paytda Marla 
yana “Regent”dan telefon qilib qolgan. Hammasi haqiqat, degan Marla. Ruhing 
uchib boradigan tunnel ham, tunnel oxiridagi nur ham. Marla o’lim juda 
qoyilmaqom ekanligini va tanasidan ajralib chiqqach men gaplashmoqchi ekanini 
aytgan.
   Marla ruhlar telefonda gaplasha olishiga ishonchi komil emasligiga, ammo hech 
bo’lmaganda so’nggi nafasini eshitishimni xohlashini aytgan.
   O’sha payt Tayler telefonni ko’tarib, bu gaplarni eshitgan.
   U Marlani bir marta ham ko’rmagan emasmi, uning o’limini katta yo’qotish deb 
hisoblagan.
   Buni ustiga Taylerning Marlaga hech qanaqa aloqasi bo’lmasa ham politsiyaga 
qo’ng’iroq qilgan, o’zi ham taksi ushlab “Regent”ga shoshgan. Bugundan boshlab,
qadimgi Xitoy urf-odatlari bo’yicha Tayler Marlaning hayoti uchun javobgar, 
chunki uning hayotini saqlab qoldida.
   Agar vaqtimni ayamasdan Marlaning o’lishini kuzatib turganimda edi, bularning 
hech qaysinisi sodir bo’lmagan bo’lardi.
   Taylerning aytishicha, Marla so’nggi qavatdagi “8G” xonada yashar ekan. Tayler
butun koridor bo’ylab yugurib kelgan ekan hamki, oxirgi eshikdan oppoq qo’l 
chiqib kiyimidan ushlabdida, ichkariga tortib ketibdi. 
   Men o’zimni jurnalning ichiga kirib ketgandek tutaman.
   Tayler mehmonxona oldida politsiya mashinalarining sirenalari va tormozi 
ovozini eshitadi. Javon ustida millionlab Barbi qo’g’irchog’i bilan bir xil 
plastikdan yasalgan falloimitator turgan ekan. Qandaydir lahzalarda Taylerning 
ko’z oldida qanaqadir tayvan fabrikasi konveyeridan yonma-yon chiqib kelayotgan
Barbi va falloimitatorlar paydo bo’libdi. 
   Marla Taylerning qayerga qarayotganini payqabdi va ko’zlarini suzgancha debdi:
- Qo’rqma, u seni yeb qo’ymaydi.
   Keyin u Taylerni koridorga itarib, politsiyani bekor chaqirganini aytibdi.
33


   Keyin o’zi ham koridorga chiqib, Taylerni zina tomon yetaklab ketibdi, “8G” 
xonani izlayotgan politsiyachilarni o’tkazib yuborish uchun devorga qapishib 
olishlariga to’g’ri kelibdi. 
   Marla ularga “8G” xonaga borish yo’lini ko’rsatib yuboribdi.
   Marla politsiyachilarning orqasidan o’sha qiz juda yoqimtoy va chiroyli bo’lgan, 
ammo hozir haqiqiy suyuqoyoqqa aylangan deb baqiribdi. U hech narsaga 
yaramaydigan maxluqqa aylangan, qilishi kerak bo’lgan ishni qilishdan qo’rqqani 
uchun hech nima qilmaslikni afzal ko’radi debdi.
- “8G” xonadagi qiz o’ziga ishonmaydi, - baqiradi Marla, - qarigan sari 
tanlash imkoni kamayib ketishidan qo’rqadi. Umid qilamanki, uni 
qutqarishga ulgurasizlar!
   Politsiyachilar eshikni sindirmoqchi bo’lib turganlarida Marla va Tayler 
allaqachon vestibyulda yugurib ketishardi.
   Politsiyachi eshikka qarab qichqiradi:
- Yordam berishimizga, qo’yib bering, miss Singer! Siz yashashingiz 
kerak! Eshikni oching, biz muammolaringizni hal qilishga yordam 
beramiz.
   Marla va Tayler ko’cha bo’ylab yugurishadi. Taksi ushlashadi. Tayler mashina 
oynasidan Marlaning xonasida izg’ib yurgan sharpalarni ko’radi.
   Taksi millionlab chiroqlar qayoqqadir shoshayotgan olti chiziqli avtostradaga 
chiqqach Marla Taylerga ertalabgacha uni uxlatmasligi kerakligini aytadi. Agar 
uxlab qolsa, ahvol chatoq.
   Marla Taylerga uni juda ko’pchilik o’ldirishni xohlashini aytadi. Asosan 
allaqachon o’lib ketgan odamlar. Ular narigi dunyodan qo’ng’iroq qilishadi va 
hech narsa deyishmaydi. Ba’zida barmen kimdir uni telenda so’rayotganini aytadi, 
u go’shakni ko’taradi, u yoqda esa – o’lik sukunat.
   Tayler va Marla butun tunni qo’shni xonada o’tkazishibdi. Tayler uyg’onganda 
Marla ketib bo’lgan ekan. “Regent”ga qaytgan bo’lsa kerak.
   Men Taylerga Marlaga uni sevadigan erkak emas, balki ruhshunos kerakligini 
aytaman.
- Sevgi haqida gap-so’z bo’lgani yo’q, - javob beradi Tayler.
   Qisqasi, Marla yana sahnada, yana mening hayotimni izdan chiqarmoqchi. 
Kollejda ham shunday edi. Do’stlashasan, do’sting uylanadi va senda endi do’st 
yo’q.
   Ajoyib.
   Tayler nima uchun bezovtaligimni so’raydi.
   Men – Joning ichagida tiqilib qolgan tugunman.
   Yo’q, yo’q, hammasi joyida, deyman.
   Kimdir boshimga pistolet to’g’irlab miyamning qatig’ini chiqarib tashlasa edi.
   Hammasi yaxshi, deyman men. To’g’risi.
   
34


8
   Boshlig’im shimimdagi qotib qolgan qon dog’ini ko’rib, uni almashtirib kelishim
uchun uyimga ruxsat berdi. Rad qilmadim.
   Iyagimdagi yara hech qanaqasiga bitmayapti. Ishga boraman, ko’zlarim ko’karib 
qora undan qilingan teshikkulchaga o’xshab qolgan. O’rtadagi teshikdan dunyoni 
ko’raman. Shu kungacha mening to’lig’icha meditatsiya holatiga tushgan DZEN 
o’qituvchisiga aylanganimga hech kim e’tibor bermayotgani jahlimni 
chiqarayotgandi. Men FAKS maktabi vakiliman. Men XAYKU deb ataladigan 
kichik she’rlar yozaman va ularni hammaga FAKS orqali jo’nataman. Korxonamiz
zalidan yurib borayotganimda HAMMA menga dushman ko’zi bilan tikilr ekan, 
to’liq DZEN holatni his qilaman. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish