Mening daxshatli xarakterimdan hammadan ko’p aziyat chekkan Kerol Miderga



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana12.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#145607
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JANGOVOR KLUB

Shamol uchirib keldi,
Kulmi yoki qor,
Yoki tosh.
   
   Marla stoldan turadi. Uning egnida qandaydir yaltiroq matodan tikilgan kalta 
yengli, moviy ko’ylak. Marla ko’ylagining pastini ko’taradi, ichki tarafining 
choklari aniq ko’rinadigan darajada. Uning ichki kiyimi yo’q. U ko’zlarini suzadi.
- Men senga yangi ko’ylagimni ko’rsatmoqchiman. Bu qo’lda tikilgan to’y
libosi. Senga yoqdimi? Buni eski kiyim sotadigan ayoldan bir dollarga 
sotib oldim. Tasavvur qilyapsanmi, mana shu ahmoqona lattani yaratish 
uchun kimdir o’tirib mana bu nozik choklarni tikkan.
   Ko’ylakning pastki qismining bir tomoni ikkinchisiga qaraganda uzunroq, bel 
qismi esa Marlaning boldirigacha cho’zilgan.
   Do’konga ketishidan oldin, Marla yana ko’ylagini ko’taradida, yalong’och 
orqasini namoyish qilib stol atrofida aylanadi. Marla odamlar bir kun avval 
kechqurun mahliyo bo’lgan narsalaridan ertasi ertalab qanday qilib bunday oson 
yuz o’girishlarini tushuna olmasligini aytdi. Masalan, yangi yil archasi. Bir lahza 
avval u e’tibor markazida edi. Hozir esa o’ziga o’xshagan yuzlab shunaqa archalar 
bilan yo’l chetida yotibdi. 
   Oh, uning daf bo’lishini qanchalik istashimni bilsangiz edi.
- Men daydi hayvonlar markazida bo’lganimda bu haqda o’ylagandim, - 
davom etadi Marla. – U yerdagi barcha jonivorlarni, kuchukchalarni, 
mushukchalarni qachondir egalari yaxshi ko’rishgan, ammo keyinroq 
ko’chaga uloqtirishgan, ular senga qarab e’tiboringni tortishga urinishadi,
chunki uch kundan keyin ularga fenobarbital natriyning o’ldiradigan 
dozasini berishadi va hayvonlar krematoriysida yoqib yuborishadi.
   Marla menga xuddi tuni u bilan men bo’lgandek qaraydi:
- Nima bo’lganda ham oxirgi so’zni sen aytasan, shundaymi?
37


   Marla ahmoqona “Shindler ro’yxati” filmidagi musiqani xirgoyi qilgancha eshik 
tomon yuradi. 
   Men uni nigohim bilan kuzatib qolaman.
   Marla ketganidan so’ng ikki soniya jimlik hukm suradi. 
   O’girilaman. Orqamda Tayler turgan ekan.
   U mendan so’raydi:
- Xo’sh, undan qutuldingmi?
   Tayler har doim oldimda ovozsiz paydo bo’lib qoladi.
   Tayler boshlig’imdan keladigan xatlarni o’qish joniga tekkanini, pochta 
bo’limiga borib kerakli hujjatlarni to’ldirsam, ular osonlik bilan manzilimni 
o’zgartirib qo’yishlarini aytdi. Uning o’sha xatlari Janubiy Dakotadagi xudo urgan 
biror bir chekka joyga jo’nay qolsin.
   Tayler muzlatgichdan plastik paketga o’ralgan oq narsalarni olib ularni yuvishga 
tayyorlaydi. Men esa choynakni plita ustiga qo’yib suv solaman. Suvni kamroq 
quysang salo darhol qorayib ketadi.
- Bu yog’da tuz juda ko’p, shuning uchun qancha ko’p suv solsang, 
shuncha yaxshi, - deydi Tayler.
   Saloni suvga solib qaynatamiz.
   Tayler suvga paket ichidagi narsani solib, paketlarni axlat qutisiga tashlaydi. 
- Miyangni ishlat. Boyskautlik oromgohida o’rganganlaringni esla. Yuqori 
sinfdagi kimyo darslarini esla. 
   Tayler qachondir boyskaut bo’lganini tasavvur qilish qiyin.
   Taylerning aytishi bo’yicha mana yana qila olishim mumkin. Boshliqning uyiga 
borib, shlang yordamida uyning suv aylanish tizimiga ulanishim mumkin. Qo’l 
nasosi yordamida u yerga sanoat bo’yog’ini qo’shib yubor. Qizil, yashil, moviy – 
ahamiyati yo’q. Keyin, ertasiga boshlig’ing qanday ahvolga tushganini tomosha 
qil. O’sha nasos yordamida uning vannaxonasidagi atmosfera bosimini yettigacha 
ko’tarish mumkin. Boshlig’ing dushni ochmoqchi bo’lganida pol o’pirilib, pastga 
zambarak o’qining tezligida tushib ketadi.
   Tayler meni ruhan qo’llab-quvvatlashni xohlaydi. Lekin, to’g’risi boshlig’imni 
yoqtiraman. Uning ustiga men to’liq dzen holatidaman. Deyarli Buddadek. Bir 
so’z bilan aytganda avliyoman.
- Orqangga pat tiqib olganing bilan tovus bo’lib qolmaysan, - deydi Tayler.
   Salo erib, yog’ suv ustida to’planadi. 
   Demak, men orqamga pat tiqib olibmanda?
   Tayler qo’li papiros cho’g’idan qolgan chandiqlar bilan to’lgani tufayli o’zini 
boshqalardan balandroqda bo’lib qolgandek his qiladi. Mister va missis Sassiq 
Latta. Men esa yuzimga xotirjam qiyofa berib, o’zimni ba’zida aeroport xodimlari 
otib tashlashga majbur bo’ladigan hind sigiridek tutishga harakat qilaman.
   Olovni pasaytiramiz.
   Men qaynoq suv solaman.
   Borgan sari ko’proq yog’ suv ustida to’plana boshlaydi va marvarid rangiga 
kiradi. Yog’ning ustini katta qoshiq bilan olamiz.
   Xo’sh, Marlaga nima bo’lyapti?
- U, kerakli nuqtagacha yettib bormoqchi, - javob beradi Tayler.
38


   Yana issiq suv solaman. Yog’ni qaynoqligida olish kerak. Faqat mana shu tarzda 
qaynatilgan yog’ yuqori sifatli bo’ladi. Bizga faqat shunday yog’ kerak. 
   Taylerning aytishicha, men kerakli nuqtagacha borishni xohlamas ekanman. 
Agar kerakli nuqtagacha borilmasa, ozod bo’lishdan umid yo’q ekan. Iso Masih 
xochga o’z ixtiyori bilan borgan. Puldan, mulkdan jamiyatdagi o’rningdan voz 
kechish yetarli emas. Bunaqasi hammaning qo’lidan keladi. Mukammallikka 
erishishning yagona yo’li o’zini-o’zi yo’q qilish. Tavakkal qilishni boshlash kerak. 
   Bu, oxir-oqibatda, ilmiy seminar emas.
- Agar nuqtaga yettib bormasdan, qo’rqib chekinadigan bo’lsang ozod 
bo’la olmaysan, - ta’kidlaydi Tayler.
   Faqatgina to’liq o’z-o’zini yo’q qilish orqaligina qayta tirilish mumkin.
- Faqat hammasini yo’qotish orqali ozod bo’la olamiz.
   Qiziq, muddatidan avval avliyo bo’lish mumkinmikan?
- Aralashtirib turish esdan chiqmasin, - turtadi Tayler.
   Yog’ning hammasi qaynab bo’lgach, suvni to’kib tashlaymiz. Choynakni yuvib 
toza suv bilan to’ldirib qo’yamiz.
   Nahotki, nuqtaga yettib borishimga hali uzoq bo’lsa? – so’rayman Taylerdan. 
- Qanchalik uzoqligingni tasavvur ham qila olmaysan.
   Yog’ olish jarayonini boshidan takrorlaymiz. Suvda eritib, tepa qismini qoshiq 
bilan yig’ib olamiz.
- Saloda tuz juda ko’p, - deydi Tayler. – Agar tuz juda ko’p bo’lsa, sovun 
qotmaydi.
   Erit va yig’ib ol.
   Marla qaytadi.
   Marla eshikni ochishi bilan Tayler yo’qolib qoladi. U shunchalik tez yo’qolib 
qoladiki, xuddi yer yutgandek.
   Balki, yuqoriga chiqib ketgandir, balki, yerto’laga tushib ketgan.
   Yaramas qo’rqoq.
   Marla qo’lida ishqor to’la kanistr bilan kirib keladi. 
- Do’konda 100 foiz xojatxona qog’ozini qayta ishlash yordamida 
tayyorlangan xojatxona qog’ozi bor ekan, - deydi Marla. – Qaysi 
aqllining xayoliga kelgan ekana?
   Bir so’z demay kanistrni olib stol ustiga qo’yaman.
- Bugun shu yerda tunasam bo’ladimi? – so’raydi Marla. 
   Men xayolimda xayku to’qiyman:

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish