4-rasm. Korxona faoliyati tizimida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy
jihatdan ta’minlash
38
Ish oʻrnini oqilona rejalashgirishni ta’minlash uchun quyidagi tamoyillarga
rioya qilish zarur:
38
Q.H.Abduraxmonov.Mehnat Iqtisodiyoti.Inson Taraqqiyoti.T.:2013 y.
Korxonaning maqsad va vazifalari
Mehnat taqsimoti va
kooperatsiyasi
Tashkiliy tuzilma yaratish
Korxonaning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash
Mehnatning buyumli elementlarini tashkil
etish
Mehnatning shaxsga oid elementlarini
tashkil etish
Xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash
Tashkiliy elementlar
Tu
zilm
aviy b
o’
linma
doir
asida
me
h
na
t
ta
q
sim
oti
Me
hna
t j
ara
yonl
arini tas
hkil
e
ti
sh
Ish joyla
rini tashk
il etish
Me
hna
tni
me’
yorla
sh
Me
hna
t shar
oit
lar
ini
ya
ra
ti
sh
Me
hna
t va
da
m olish
tar
ti
blar
ini
ishl
ab c
hiqi
sh
Xodiml
arni ta
nlash, ta
yy
orla
sh va
mala
k
asini
oshi
rish
Me
hna
tni
moddi
y ra
g’ba
tlantirish
Ijtim
oiy
-mehna
t
munos
aba
tl
arini tashkil
e
ti
sh
Me
hna
t i
nti
zomi
Xodimlarni shakllantirish
239
— ish makoni eng kichik boʻlishi, lekin ish holatlarida antropometrik
koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda barcha mehnat harakatlarining erkin amalga
oshirilishi uchun etarli boʻlishi lozim;
— asbob-uskunalarning joylashtirilishi asosiy ish zonasida amalga
oshirilishi, ularning boshqarish organlari boʻlsa xodimning qoʻli etadigan doirada
boʻlishi kerak;
— xodim uchun qulay ish holatining yaratilishi u ortiqcha harakatlardan
aylanish, burilish, egilish va qoʻshimcha charchashni keltirib chiqaradigan ortiqcha
kuch-gʻayrat sarflashdan holi boʻlishi lozim;
— barcha hollarda ish holati gavdaning, bosh va qoʻl-oyoqlarning qulay
harakat qilishini ta’minlashi lozim;
— ish zonasining yaxshi koʻzga tashlanishini, mehnat qurollari, asbob,
mexanizm va priborlarning yaxshi boshqarilganligiini ta’min etmogʻi darkor;
— har bir ish oʻrnining texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliqligini, mehnat
buyumlari orasidagi masofani va ularning joylashtirilishini mehnat vositalari va
xodimlar mehnat harakati mazmunini oʻrganish lozim;
ish bajariladigan yuzaning balandligi va xodimning oʻtirish balandligi yoki
oyoqlar ostidagi tagliklar balandligi (tik turib ishlaganda) muhim ahamiyagga
egadir. Bu balandliklar tartibga solib turilishi kerak, bu esa boʻyi turlicha boʻlgan
ishchilarning faoliyati uchun qulaylik tugʻdiradi;
— ish oʻrnini, ish holatini va ishlab chiqarish mebelini shunday rejalashtirish
kerakki, xodimning koʻzi bilan mehnat buyumi oʻrtasidaga fiziologik jihatdan
maqbul boʻlgan masofa alohida aniq bajariladigan ishlarda — 2 sm, aniq ishlarda
— 2-3 sm; koʻrish idrokiga unchalik yuqori talablar qoʻyilmaydigan ishlar
guruhida 3-0 sm, ish bajarishda koʻrish fokusi ikkinchi darajali ahamiyatga ega
boʻlgan ishlar sohasida 0 sm dan ortiq boʻlishi muhimdir.
Ish oʻrinlariga xizmat koʻrsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni
tashkil etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish oʻrinlarini mehnat
vositalari, buyumlari bilan ta’minlash va ishlab chikarish xususiyatiga ega boʻlgan
turli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi.
Xizmat koʻrsatish tizimi — bu asosiy ishchilarning ish oʻrinlarini uzoq vaqt
mobaynida — bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori
unumli, bir maromda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kerakli narsalar bilan
ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar
majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat
koʻrsatishning 10 ta funktsiyasi mavjuddir:
1. Ishlab chiqarish — tayyorlash funktsiyasn. Unga ishlarni ish oʻrinlari
boʻyicha taqsimlash, xom ashyo va materiallarni butlash, texnik va iqtisodiy
hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-toshpiriqlar va shu kabilar) bilan
ta’minlash, shuningdek turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. Asosiy
ishlab chiqarishning muvaffaqiyati ham koʻp jihatdan yaxshi tayyorlashga
bogʻliqdir.
2. Asboblar funktsiyasn. Uning vazifasi — asosiy ishlab chiqarishni asbob va
moslamalar bilan ta’minlashdir.
240
3. Sozlash funktsiyasi. Ishlatiladigan asbob-uskunalar qanchalik murakkab
boʻlsa, sozlash funktsiyasining roli shunchalik koʻproq seziladi. Dastlabki sozlash,
yashi yoki tuzatilgan jihozni oʻrnatshn, moslash, toʻgʻrilash, ishlashini nazorat
qilishdan iborat.
4. Energetnk funktsiya. Tsexlar, uchastkalar va ish oʻrinlarini energiya bilan
ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalalari bilan ta’minlashda
xizmat koʻrsatishdir.
. Ta’mirlash funktsiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chikarish va
profilaktik xizmat koʻrsatishdan, shuningdek tayyor holda olinmaydigan ehtiyot
qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat.
6. Nazorat funktsiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda
nazorat qilib borishni, shuningdek chetdan olinadigan xom ashyo, materiallar va
chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab koʻrish va tahlil
etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish mahsulotning
yaroqsizligi oldini olishdir.
7. Transport funktsiyasn. Uning asosiy vazifasi — xomashyo, material, yarim
mahsulotlar va butlovchi buyumlarni ish oʻrinlariga etkazib berish, mehnat
buyumlarini ish oʻrinlari, uchastkalar va tsexlar oʻrtasida tashish, tayyor
mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga etkazish, shuningdek ishlab chiqarish
chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqari, transport funktsiyasiga ortish-tushirish
ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi.
8. Ta’mirlash-qurilish funktsiyasi. Uning vazifasiga binolar, inshootlarni
ishchi holatida saklash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa oʻrtacha ta’mirlashni
amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi
inshootlarni qurish, yoʻllar va kirish yoʻlaklarini ta’mirlash kiradi.
9. Xoʻjalik-maishiy funktsiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik
va tartibni saklashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut,
kaloriyali nonushta, sharbatlar) bilan, shuningdek ishlab chikarishdagi maishiy
xizmatning barcha turlari bilan ta’minlaydi.
10. Ombor funktsiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta boʻlsa, murakkab
va keng tarmokli ombor xoʻjaligi mavjud boʻlsa, transport funktsiyasidan ajralib
chiqadi.
Xizmat koʻrsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar
bilan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, iqgisodiy jihatdan qulayroq
boʻlgan koʻpgina korxonalarda ish oʻrinlariga xizmat koʻrsatishning aralash usuli
qoʻllanadi, bunda eng muhim va murakkabroq funktsiyalar markazlashgan holda
(masalan, asbob-uskunalarni sozlash va profilakgika ishlari), boshqalari —
markazlashmagan holda tsexlar va uchastkalarning oʻz kuchlari bilan amalga
oshiriladi.
Ikkinchi tomondan, yordamchi ishchilar oʻzlari asosiy mahsulotni ishlab
chiqarmasligini, lekin butun mahsulot barcha ishchilarga taqsimlanishini ham
etiborga olish kerak. Asosiy va yordamchi ishchilar soni nisbatlariga doir biron bir
standart yoki yagona normativlar yoʻq: bu nisbatlar miqdori muayyan ishlab
chiqarish sharoitlariga bogʻlikdir. Faqat shunday umumiy qonuniyatnigina qayd
etib oʻtish mumkin: xizmat koʻrsatish funktsiyalari kanchalik murakkab va xilma-
241
xil boʻlsa, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni asosiy ishchilarga nisbatai shunchalik
koʻp boʻladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |