8.4. Xodimlarni rejalashtirish
Ish oʻrni — ishlab chiqarish makonining bir qismi boʻlib, unda barcha asosiy
va yordamchi texnologik usqunalar, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus
qurilmalar joylashgan boʻladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun
moʻljallangan boʻladi. Ish oʻrni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch oʻlchovli makon
boʻlib, uning doirasida xodimning barcha asosiy mehnat harakatlari amalga
oshiriladi. Bu zona ish oʻrninint eng faol qismi hisoblanadi va uni tashkil etishga
alohida talablar qoʻyiladi: insonning antropometrik va biomexanik parametrlariga
mos kelishi, fiziologik jihatdan oqilona ish vaziyatini, tana a’zolarinish mehnat
ashyolariga, asbob yoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish organlarigacha
boʻlgan masofa, shuningdek mehnat harakatlarining xavfsizligini va mehnat
sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish oʻrni va ish zonasini tashkil etishga
qoʻyiladigan talablarni fanning maxsus tarmogʻi — ergonomika tomonidan ishlab
chiqiladi. Bu fanning vazifasi — insoning mehnat jarayonlaridagi funktsional
imkoniyatlarini oʻrganish va eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan
tavsiyanomalar ishlab chiqishdir. Bu sharoitlar asbob-uskunalar, mehnat sharoitlari
va
texnologiyalarning
tuzilishi
inson
organizmining
psixo-fiziologik
xususiyatlariga mos kelishishini ta’minlaydi.
Bugun ish oʻrinlari bir qator belgilarga koʻra tasniflashgiriladi. Ular
mexanizatsiya darajasi boʻyicha guruhga boʻlinadi: qoʻl, mashina-qoʻl va
mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan va apparaturali ish oʻrinlari.
Qoʻl ishida ish oʻrinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qoʻl bilan amalga
oshiriladi, qoʻl asboblari qoʻllaniladi, mehnat ashyolarini oʻzlashtirishning asosiy
energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi.
Mashina-qoʻlda ish bajariladigan ish oʻrinlarida mehnat buyumlariga
mexanizmlar bilan ishlov berish (oʻzgartirish) va tashqi energiya (elektr, issiqlik,
kinetik) hisobiga, lekin bevosita xodimning ishtiroki bilan ishlov berish kiradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish oʻrinlari qoʻl va mashina-qoʻdtsa ish
bajariladigan ish oʻrinlaridan shu bilan farq qiladiki, asosiy texnologik jarayoilar
toʻla-toʻkis mashinalar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida
esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf
etiladi, mehnat buyumini oʻzgartirish esa uning zimmasiga kirmaydi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish oʻrinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan
stanokchilar, avtotransport haydovchilari, ekskavator yoki buldozer mashinistlari,
quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshqa koʻpgina kasblar va ish
turlarini bajaradigan xodimlarning ish oʻrinlari kiradi. Bu yerda mashina avtomat
tarzida emas, balki insonning doimiy boshqaruvida ishlaydi.
Avtomatlashtirilgan ish oʻrinlarida butun texnologik jarayoni stanok, mashina
yoki avtomat tarzida harakat qiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga
oshiriladi, xodim zimmasida faqat avtomatni ishga tushirish va toʻxtatish uning
ishini nazorat qilish va zarur boʻlganda sozlash va yarim sozlash ishlari qoladi.
Xodimnint anchagina vaqti boʻshab qoladi, bu vaqgdan koʻp stanokli xizmat
koʻrsatishda va mehnat unumdorligini oshirishda foydalanish mumkin boʻladi.
Apparaturali ish oʻrinlari turli apparatlar bilan jihozlangan boʻlib, ular
yordamida issiqlik, elektr, kimyoviy va biologik energiya hisobiga mehnat
235
buyumiga ta’sir koʻrsatiladi. Avtomatlashgan jarayonlarda boʻlgani kabi xodim
faqat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat qiladi, zarurat
tugʻilganda ularni tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |