3-rasm. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari guruhlari.
37
Ixtisoslashuv belgisi boʻyicha barcha ish oʻrinlari ixtisoslashgan va universal
ish oʻrinlariga boʻlinadi. Mazqur vazifalarni bajarish uchun jihozlangan
ixtisoslashgan ish oʻrinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi
boʻyicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumkin (qoliplovchi, termist,
burgʻulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish oʻrinlari).
Universal ish oʻrinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish oʻrinlari odatda
asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish tarzida
tezda boshqasiga oʻtib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va
mexanizmlar boʻladi (masalan, ta’mirlash — texnika ustaxonalari, aholiga maishiy
xizmat koʻrsatish va shu kabi sharoitlarda).
Mehnat taqsimoti belgisi boʻyicha ish oʻrinlarining ikki turi — yakka
tartibdagi ish oʻrinlari va jamoa ish oʻrinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish
oʻrnida har doim bitta ijrochi xodim band boʻladi. Jamoa ish oʻrinlarida mehnat
jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni
brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura
tizimlariga va shu kabilarga xizmat koʻrsatganda). Bu oʻrinda kadrlarni tanlash
ijrochilar oʻrtasida vazifalarni aniq taqsimlash va xar bir xodimning jamoa
mehnatiga qoʻshgan mehnat hissasiga xolisona baho berish muhim ahamiyatga
egadir.
Xizmat koʻrsatiladigan asbob-uskunalar soniga karab ish oʻrinlari bir stanokli
va koʻp stanokli boʻlishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq ish oʻrinlariga yarim
avtomat yoki avtomat asbob-uskuna bilan koʻp stanokli xizmat koʻrsatishda bir
37
Ortiqov A.A., Yuldasheva Sh.M., Karabaeva G., Najimaddinov R. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish (O’quv
qo’llanma). – T.: TDIU, 2004, -144 bet.
Ishlab
chiqarish
xodimlari
Asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar
Xizmat ko’rsatish va yordamchi jarayondagi xodimlar
Ko’makchi va qo’shimcha ishlab chiqarish xodimlari
Laboratoriya, tajribaxonalarda band bo’lgan xodimlar
Korxona boshqaruvi xodimlari
Korxonani qo’riqlashda band bo’lgan xodimlar
236
vaqtning oʻzida xizmat koʻrsatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin
boʻlgan sonlarini toʻgʻri aniqlash zarur. Bundan maqsad ularning bekor turib
qolishiga barham berish va ijrochi ishchilarni unumli mehnat turi bilan band
qilishdir. Bunday xizmat koʻrsatishga ishlab chiqarish toʻliq yoki qisman
avtomatlashgan taqdirda erishish mumkin, har bir stanokda mashina avtomat vaqgi
mavjud boʻlib, bu vaqt mobaynida ishchi yana bitga yoki boshqa koʻpgina
stanoklarga xizmat koʻrsata oladi. Hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga
oshiriladi.
NKK = T MA / Txiz+ T ut
Bu erda: NKK — koʻp stanokli xizmat koʻrsatish normasi;
T MA — bitga stanokda mashina-avtomat ishining vaqti;
Txiz— bitga stanokka xizmat koʻrsatish vaqti;
T ut — bitta stanokdan boshqasiga oʻtish vaqti.
Nihoyat ish oʻrinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular
bitga ish oʻrnida joylashgan va jihozlangan muhim ish oʻrinlariga (masalan,
sganokchilar, yigʻuvchilar apparatchilarning ish oʻrinlari) makonda doimo joyini
almashtirib turadigan koʻchma ish oʻrinlari (quruvchilar, kon ishchilari, navbatchi
yoki ta’mirlovchi xodimlarning ish oʻrinlari).
Ish oʻrinlarini tasniflashning boshqa belgilari ham joriy etilishi mumkin.
Masalan, ochiq va er osti kon ishchilarida parmalovchilarning ish oʻrinlari ochiq va
er osti ishchilari uchun, montajchilar uchun — balandlik va er usti yuzasidagi
montaj boʻyicha ishlar uchun ajratilishi mumkin va hokazo.
Lekin ish oʻrinlari qanchalik xilma-xil boʻlmasin, ular qanday turkum va
guruhlarga boʻlinmasin, ish oʻrinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy
talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va
xizmat koʻrsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu
elementlari juda muhim va e’tibor berishga molikdir.
Ish oʻrnini ta’minlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari:
asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy
jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza qilish va
xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Asosiy texnologik uskunalarga: stanoklar,
ish manshnalari, agregatlar, avtomat liniyalar, texnologik apparaturalar va shu
kabilar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar
kiritiladn
Yordamchi asbob-uskunalar: transportyorlar, rolganglar va boshqa transport
vositalarini yigʻish, payvandlash va sinash stendlari, turli yuk koʻtarish qurilmalari
va hokazolar kiradi.
Texnologik uskuna tarkibiga qirquvchi va oʻlchovchi asboblar, turli
moslamalar va texnik hujjatlar kiradi, tashkiliy jihozlar esa ishlab chiqarish mebeli,
idishlar, signal berish vositalari, aloqa yoritish vositalari, toʻsib turuvchi va
saqlovchi qurilmalar hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi
vositalarini qamrab oladi. Sanoatning har bir tarmogʻida asosiy va yordamchi
ishchilarning, ayniqsa mashinasozlikning etakchi tarmoqlaridagi ishchilarning ish
237
oʻrinlarini jihozlashga kiradigan batafsil buyumlar roʻyxati ishlab chiqilgan
boʻladi.
Asosiy va yordamchi texnologik asbob-uskunalarga hamda texnologik va
tashkiliy jihozlash ashyolariga qattiq ergonomik talablar qoʻyiladi. Ergonomika
insoniyatning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini oʻrganadi va
ishchanlik qobiliyatini, yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sonini
saklashni ta’minlaydigan qoidalarni ishlab chiqadi.
Ergonomika “Inson — mashina — muhit” tizimini oʻrganadigan, insonning
tanasi antropometrik mezonlarini fiziologik va psixo-fiziologik xususiyatlarini,
shuningdek ishlab chiqarishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiena talablarini belgilab
beradi.
Mashinalar, asbob-usqunalar va jihozlarni loyihalashtirish va joylashtirish
uchun ish oʻrni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana
a’zolarining etishi mumkin boʻlgan zonalarini aniqlash, ish harakatlari,
traektoriyasi, mehnat jarayonida ish almashtirishlar va shu kabilar) muhim
ahamiyatga egadir.
Bu masaladagi eng muhim narsa inson harakatlari va energiyasini tejash
tamoyili hisoblanadi. Ana shu vazifalarni hal etish uchun insonning antropometrik
belgilarini, ya’ni inson tanasining asosiy oʻlchovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni
hisobga olish zarur. Asbob-uskunalar va ish oʻrinlarini loyihalashtirishga fiziologik
jihatdan oqilona boʻlgan ish holatini ta’minlaydigan jihatlar insonning
antropometrik jihatdai mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi a’zolarining
muvofiqligi) va ish oʻrinlarini hamda asbob-uskunalarini jihozlashning moddiy
buyumlari mosligi asos qilib olinadi.
Ish oʻrnini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning oʻzaro bir-biri bilan
funktsional jihatdan bogʻlangan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning
oʻzi uch oʻlchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi.
238
Do'stlaringiz bilan baham: |