Mundarija
Betlar
I.
Oʻquv materiallari
3
1.1.
Ma’ruza matnlari
3
1.2.
Amaliy mashgʻulotlar
284
II.
Mustaqil ta’lim mashgʻulotlari
330
III.
Glossariy
377
IV.
Ilovalar
395
4.1.
4.2.
4.3.
4.4.
4.5.
Fan dasturi
Ishchi fan dasturi
Testlar
Tarqatma materiallar
Baholash mezonlarini qoʻllash boʻyicha uslubiy
koʻrsatmalar
395
404
419
436
univer189 univer189B!
4
KIRISH
“Bugun … milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida, jamiyatimiz
hayotining barcha coha va tarmoqlarida keng ko’lamli va shiddatli demokratik
islohotlar jadal olib borilayotgan mas’uliyatlidavr”, - deb ta’kidlagandi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev
1
.
Shuning uchun yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan yaxshilash,
isloh qilish bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa,
birinchi navbatda, oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat talablarda ko‘zlangan
fanlarning mazmuni va o‘quv dasturlarini xalqaro andozalarga moslashtirib
takomillashtirishni talab qiladi.
Ushbu o`quv-uslubiy majmua kuchli tahririy ishlar va ayrim ikkilamchi
masalalarni chiqarib tashlash natijasida uning umumiy hajmi ikki marotaba
ixchamlashgan. Shu bilan birga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish hisobiga uning mazmuni boyigan. Har bir mavzu masalalarini
bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tamoyillari qo‘llanilgan.
Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar
mazmunini oydinlashtirish uchun dastlab ular muhim mantiqiy tuzilmaviy
elementlar va xarekterli jihatlariga ajratilib, sxema – tarhlar, chizma va boshqa
ko‘rgazmali shakllar orqali tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib,
hayotiy misollar yordamida tushuntirib berilgan.
Ushbu nashrda ayrim mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar, masalan,
statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, dinamikani statistik
o‘rganish usullari, iqtisodiy indekslar va boshqalar muammoli ma’ruzalari tamoyili
asosida bayon etilgan. O‘rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar,
variatsiya ko‘rsatkichlari, ilmiy gipotezalarni statistik tekshirish, dispersion,
korrelyatsion va regression tahlil masalalari ko‘p hisoblash ishlari bilan bog‘liq
bo‘lganligi uchun axborotlar texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati va
yo‘llariga e’tibor jalb qilingan.
Har bir bob qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, qisqacha xulosalar, asosiy
atama va tushunchalar, mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar bilan
yakunlangan. Shu sababli ushbu majmuada talabalar statistik bilimlarni o‘zlari
o‘rganishni tashkil etishda muhim qurol bo‘lib xizmat qila oladi degan umiddamiz.
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёев иштирокида Олий Мажлис Сенатининг ялпи
мажлисидаги нутқидан. 2020 йил июнь.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |