Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi
ishchilar va
xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga
qoʻzgʻatishdir. Inson omiliga e'tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas'uliyat bilan
yondoshish mehnat resurslarini boshqarishning bosh gʻoyasidir.
222
3-chizma. Mehnat resurslarini boshqarish chizmasi
“Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy
inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlariga doir materiallarni
oʻrganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni
qamrab olayotgani, regsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy
faollik koʻlamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi,
shuningdek, jahonning koʻplab mamlakatlariga ta’sir koʻrsatadigan jiddiy ijtimoiy
talafotlar sodir boʻlishi mumkinligi oʻz tasdigʻini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank
tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini
koʻrsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan oʻz korporativ manfaatlarini koʻzlab ish
yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qogʻozlar bozorlarida turli spekulyativ
amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan etarli darajada nazorat yoʻqligini
ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi,
koʻlami va oqibatlari qanday boʻlishi koʻp jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi.
Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechogʻliq mustahkam
ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (toʻlov
imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga,
shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va
Xodimlarni rеjalashtirish
Ixtiloflar, nizolarni hal qilish
Tanlov, ishga qabul va ishdan bo’shatish
Kadrlarni lavozim va profеssional, ma'muriy
o’sishini rеjalashtirish
Ma'qul ish sharoiti va ijtimoiy-ruhiy muhitni
yaratish
Xodimlarni boshqarishdagi harajatlar va ularning
samaradorligini baholash
Motivatsiya
Mas'uliyat va vakolat
223
pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va
raqobatga bardoshlik darajasiga bogʻliq.
Toʻrtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning
oqibatlarini engillashtirish koʻp jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo
hamjamiyati
miqyosida
qabul
qilinayotgan
chora-tadbirlarning
qanchalik
samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uygʻunligiga bogʻliq”
Moddiy
ne’matlar ishlab
chiqarish va xizmatlar koʻrsatish ikkita zarur tarkibiy qismdan: bir tomondan, moddiy
resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazo)dan va ikkinchi tomondan, inson
resurslaridan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega boʻlgan xodimlardan iborat.
Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi boʻlgan inson resurslari
moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon
boʻladi. Biroq bu omillar oʻz xususiyatlariga qarab bir-birlaridan muhim belgilari bilan
farqlanadi.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy oʻzgarishlar davrida hamma narsalarni
inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Mehnat resurslari mamalakat aholisining oʻz psixofiziologik va aqliy sifatlari bilan
moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar koʻrsatishga qodir boʻlgan
qismidan iboratdir.
Mehnat resurslari deb, oʻzining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar toʻplamiga aytiladi.
Bu ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari oʻziga iqtisodiyotda
mehnat bilan band boʻlgan kishilarni ham, mehnat bilan band boʻlmasa ham mehnat
qilishlari mumkin boʻlgan kishilarni xam qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat
resurslari haqiqiy (real) va potentsial xodimlardir.
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda
koʻnikmalar, shaxsiy hususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan
faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi.
Insonning har ikkala sifati boʻlgan jismoniy va ma’naviy rivoji tasvirlarining
ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda oʻzgarib boradi. Bu
hol, oʻz navbatda mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini toʻliq aks ettiradi,
iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va chuqur oʻzgarishlar boʻlib turgan davrlarda
kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlari roli ayniqsa ortadi.
Kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, real hayotda koʻpgina "imtiyozli pensionerlar"
avvalgi kasblarida yoki boshqa ishlarda oʻz ishlarini davom ettirmoqdalar, shuning
uchun ham ular mehnat resurslari tarkibida qoladilar. Ishlamayotgan pensionerlar esa
mehnat resurslarining tarkibidan chiqariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon "iqtisodiy jihatdan faol aholi" tushunchasi
qaror topgan. Halqaro standartlarga muvofiq ularga mehnat bilan band aholi va ish
qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, "fuqorolik jihatidan iqtisodiy faol aholi"
tushunchasi ham tarqalgan boʻlib, ynga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi.
Shunday qilib, "mehnat resurslari" oʻzining mazmuniga koʻra, "iqtisodiy faol
aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat resurslari
yana mehnatga layoqatli yoshdagi oʻquvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy
bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz boʻlmasa ham,
224
qandaydir sabablarga koʻra, mamlakat xoʻjaligida ish bilan band boʻlmagan aholini
ham oʻz ichiga oladi.
Mavjud adabiyotlarda "ish kuchi" tushunchasi koʻp ishlatilsada, uning chegarasi
aniq belgilanmagan. Ba’zan ish kuchi deganda ham haqiqiy xodimlar, ham potentsial
xodimlar, ya’ni amalda oʻsha "mehnat resurslari"ning oʻzi tushuniladi. Koʻpincha bu
tushuncha tor ma’noda ~ xodimlarning umumiy sonini anglatadi.
Bunga sabab shu boʻlganki, koʻpgina mualliflar mehnat bozoridagi vaziyatga baho
berar ekanlar, "ish kuchiga boʻlgan talab”, “ish kuchini taklifi" degan tushunchalardan
ham foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |