9.2. Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv
samaradorligi koʻrsatkichlari.
Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga
oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati koʻproq menejerlarning
san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bogʻliq. Biznesning
murakkab dunyosida bunday oʻzini oʻzi baholash yetarli emas. Ammo
muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar,
maslahatchilar va raqiblarning koʻzlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus
ishlab chiqilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil
korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan
foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni oʻzi tomonidan baholashga aniqlik,
tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos
keladi.
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida soʻz yotadi. Muvaf-
faqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli
maqsadlar)ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan
qonunlar, ahloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar
va h.k. koʻrinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni
hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar,
moddiy-ashyoviy va boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning
asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy
koʻrinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf
Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona
uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali boʻladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes
samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yigʻma
daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy toʻlovlar toʻlangandan keyin
korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
250
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan
daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan
daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy
baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari,
xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar,
sugʻurta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qoʻllanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar
minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo,
materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar, sugʻurta va
tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks
ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda
faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat
qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat
raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar.
Gʻarbda ular oʻzlarini oʻstirgan mamlakatlaring faxri boʻladilar, ularning
menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar
kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va
sotsial fondlarga ihtiyoriy toʻlovlar toʻlanganidan keyin korxona ixtiyorida
qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qoʻshilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati
minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial
toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha
daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar,
toʻlovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon
berishlar, holatiy yoʻqotishlar va h.k.) koʻrinishida undirib olinadigan
daromadlarga boʻlinadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy
fondlar va moddiy aylanma mablagʻlar, avans qilib berilgan yoki qoʻllanilgan
sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat,
vaqt, bozor sigʻimining oʻzlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yoʻli
bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona
salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir
qator koʻrsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi,
unga erisha turib, korxona raqobatbardosh boʻladi. Standartlarni ishlab chiqish
usullari gʻoyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan
mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular
orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini oʻzgarishi – bu uning
tijorat sirining oʻzagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va
batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi
indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda
korporatsiyalar uchun maxfiy boʻladi. Shunga qaramasdan biznes boʻyicha gʻarb
adabiyotlarini koʻrib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy
251
hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va koʻproq foydalaniladigan
standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning
raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning
raqobatbardoshligi salohiyati
standartlari
iqtisodiy
va
sotsiallarga boʻlinadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha koʻp
yoki nisbatan kam boʻlishi mumkin. Bu oʻtkazilayotgan tadqiqotning kengligiga
bogʻliqdir.
Bizning
minimum
korxona
salohiyati-
ning
iqtisodiy
raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan
belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt,
texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy koʻrsatkichlar va korxona
raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning
maqsadlariga koʻra bir nechta boʻlishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini
ajratamiz. Bu jahon etakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq
miqdorlarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar); jahon standarti (ekspert yoʻli bilan
olingan me’yoriy koʻrsatkichning oʻrtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-
moʻljallar safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xoʻjaligi etakchisi; xalq xoʻjaligi
standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja
(undan keyin korxona raqobatbardosh boʻla olmaydi). Raqobatbardoshlikning har
bir darajasiga aniq koʻrsatkichlar koʻrinishidagi indikatorlarning belgilangan
majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining
matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan koʻrsatkichlarning nisbiy
miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq koʻrsatkichlar bilan toʻldirish oson ish emas. U
korxonada malakali aqliy markazni mavjud boʻlishini, raqiblar tomonidan
yashirilgan tijorat sirini qoʻshish va oʻzinikini saqlab qolish, hamda axborat
manbalarini, shu jumladan xorijnikini qoʻshimcha oʻrganish va ulardan
foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”:
maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va
hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy
ishi boʻlsa ham. Bunday ishsiz obroʻli va oʻzini hurmat qiluvchi firma biznesdagi
uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi
eng yuqori – ekspert yoʻli bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul
qilinadi va shunga koʻra 100 ball boʻladi. Ushbu matritsa asosda
raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar boʻyicha va ham, umuman,
ularningg butun majmuasi boʻyicha balli hisoblanishlarini berish mumkin.
252
Do'stlaringiz bilan baham: |