Ma`suliyat - bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning etukligini belgilovchi muhim ko’rsatgichdir. Oxirgi paytlarda ijtimoiy psixologiya fanida nazorat lokusi nazariyasi keng tarqaldi. Unga ko’ra har bir insonda ikki tipli ma`suliyat kuzataladi. Birinchi tipning ma`sulyati shundayki, shaxs o’zining hayotida ro’y berayotgan barcha hodisalarning sababchisiga, ma`suli sifatida faqat o’zini tan oladi. Ma`suliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro’y bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o’qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar).
CHet davlatlarda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra ikkinchi ma`suliyat turi ko’proq o’smirlarga xos bo’lib, ulardan 84% ma`suliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil ekan. Bu ma`lum ma`noda yoshlar o’rtasida ma`suliyatsizlikning avj olganligidadir.
Nazorat lokusi - tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim J.Rotterning fikricha, ma`suliyatni o’z bo’yniga olishga o’rgatilgan bolalarda xavotirlik, neyrotizm, koformizm holatlari kam uchrar ekan. Ular hayotda tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o’z-o’zini hurmat hissi ham yuqori bo’lib bu boshqalar bilan ham hisoblashib yashashga sira ham xalaqit bermaydi. SHuning uchun ijtimoiylashuvning muhim bosqichi kechadigan ta`lim maussasalarida yoshlarga ko’proq tashabbus ko’rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratishi lozim. Bu hozirgi kunda Prezidentimiz I.A.Karimov siyosatining asosini tashkil etadi.
Ishchi-xodimlarnig maqsad va ideallari. Ijtimoiylashuvning ma`suliyat hissiga bog’liq yo’nalishlaridan biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallaridir. Ular ishchi-xodimlar, jamoadagi har bir shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunni tasavvur qilish va uzoq-yaqiniga mo’ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorgarlikni ta`minlaydi. Maqsad va rejasiz inson ma`naviyatisiz pessimistni o’stiradi. Maqsadlar doimo o’zining anglanganlik va shaxs real imkoniyatlariga bog’liqligi bilan belgilanadi. Ularning shakllanishi va ongda o’rnashishida ma`lum ma`noda ideallar ham rol o’ynaydi. Ideallar shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlar, tilaklar-havaslar ular ongida har doim ham amalga oshmaydi. CHunki ularning paydo bo’lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo’lib, unga ideallar ob`ekti bilan shaxs imkoniyatlari o’rtasida tavofut bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |