Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet1/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi



+


MENEJMENT PSIXOLOGIYASI


1. Mavzu. MENEJMENT PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI,
AHAMIYATI VA VAZIFALARI.

Reja: 1. Menejment psixologiyasi fanining predmeti.



  1. Menejment psixologiyasi fanining vazifalari.

  2. Menejment psixologiyasi fanining tamoyillari.

4. Menejment fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Asosiy tushunchalar: Detsentralizm, motiv, kommunikativ,boshqaruv-menejment, menejment tamoyillari, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Mavzuning ta`lim maqsadi. Menejment psixologiyasining predmeti, vazifalari,tamoyillari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida ma`lumot berish.
Mavzuning tarbiyaviy maqsadi. Talabalarni rahbar shaxsiga xos indvidual-psixologik hususiyatlar bilan tanishtirish.


Menejment psixologiyasining mavzu bahsi nima?
Hozirgi davrda menejmentning psixologik talqini, uniig mohiyati va mazmuni
muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa menejment psixologiyasining mexanizmlarini
tadqiqot qilish muammolari, uning nazariy asoslari, etakchi funktsiyalari o’zaro
aloqadorligi, o’zaro munosabatlarning ob`ektivligi va sub`ektivligi hamkorlik
uchun muhim ahamiyatga ega. Agarda mazkur jarayonda uyg’unlik hukm sursa, jamoa yoki muayyan tizimda o’zaro tushkunlik barqarorlik mahsuldorlik ro’yobga chiqadi. Bu ijtimoiy-psixologik hodisalar, holatlar, vaziyatlar, muammolar echimi ko’p jihatdan menejment psixologiyasi materiallariga, uning ijtimoiy-amaliy
tizimiga, tadrijiylikka bevosita bog’liq. Xuddi shu boisdan mazkur fan sohasini
o’rganish davr talabi, tsivilizatsiya taqozosi, jamiyat taraqqiyoti, ravnaqining
zaruriyatidir.
Menejment psixologiyasi darslarini puxta egallash orqaligina har bir insonda yuksak his-tuyg’ular, mehnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollikni shakllantirish mumkin. O’zini-o’zi anglash milliy ong kabi yuksak tuyg’ularni qaror toptirish orqali mehnatsevar, vatanparvar kishilarni shakllantirish joiz. Bozor iqtisodiyotini bir muncha murakkab mexanizmlari qay yo’sinda ishlashini tushunib etish, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olish uchun nimalar qilish kerakligini anglash, ularga to’g’ri yo’l topa bilish mumkindir.
Hozirgi ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlar silsilasida "birdamlik ruhi" va "mushtaraklik tuyg’usi" singari hamkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishning samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilgan. Xuddi shu nuqtai nazarga binoan ijrochi, amalga oshiruvchi inson fikrlashga ojiz robot emas, balki individual maqsad va manfaatlarga erishish yo’lida o’zining muayyan ijtimoiy ehtiyojlari majmuasiga ega bo’lgan o’ziga xos shaxs sub`ektidir, degan ta`rifini berish bilan birga u ziddiyatli zot ekanligiga asoslanib menejerga (boshqaruvchiga) jiddiy e`tibor qaratishi hamda uning jamoadagi faoliyati darajasiga asoslanib jamoaning unga nisbatan munosabatini shakllantirish va aksincha holatlarni o’rganishga e`tibor ortayotganligini ta`kidlab o’tish maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda menejment (boshqaruv) to’g’risida quyidagi umumiyat tomonidan qabul qilingan fikrlar mavjud bo’lib, quyida uning shakliy ifodasi berilgan.

"BOSHQARUV" - "MENEJMENT"


Menejment psixologiyasi fanini o’qitishdan maqsad - psixolog,


sotsiolog talabalarda boshqarishning o’ziga xos murakkab muammolarini bilishga
nisbatan intilishni kuchaytirish, ularda amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq
uyg’otishga qaratilgandir. Hozirgi davr talabasi ertangi kunda boshqaruv
tizimining xodimi, kichik, o’rta va katta jamoalar rahbari, korxona yoki firma
faoliyatini turli tomonlarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab
chiquvchi yuksak saviyali mutaxassis bo’lib etishadi. Buning uchun menejment
psixologiyasining o’ziga xos xususiyatlari bilan qurollanishi mutlaqo shart.
Aynan, biz yuqorida bayon qilgan holatlar menejment nazariyasi asoslarini tashkil etuvchi umumiy tushunchalar majmuasidir.
Jahon psixologiyasi fanida xalq xo’jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va ularni boshqarish jarayonida "inson-texnika'' tizimidan, tashqari "inson-inson" ("inson-tabiat", "inson-obraz" singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim ahamiyat kasb etishi, uning tahlili ko’p jihatdan sotsial psixologiyaning empirik ma`lumotlariga asoslanishi muayyan darajada yoritilgan. Amaliy, tatbiqiy xususiyatli ma`lumotlar menejer shaxsiyatining gultojisidir.
Ishlab chiqarish jamoalari va moddiy mahsulot yaratmayditan muassasalarning xodimlarini sotsial psixologik jihatdan idora qilishning jabhalarini tadqiqot qilishda mazkur fanning metodologiyasi va xalq xo’jaligini boshqarishning umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda faoliyatini uyushtirish, omilkorona yo’lga qo’yish yuksak samaralar beradi. Psixologiya faniga "boshqaruv", "menejment" tushunchasi davlat, jamiyat, jamoat, ishlab chiqarish va texnikani boshqarish tizimidan, ya`ni kibernetikadan kirib kelgan bo’lib, u hozirgi davrda insoniyat xulqi, xususiyatlari, ruhiy holatlari, bilishning jarayonlari, ommaviy, jamoaviy va ruhiy harakatlarni boshqarish ma`nosini bildiradi. U hozirgi davrga kelib: ''inson-inson", "inson-jamoa", "jamoa-inson", "jamoa-jamoa" munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirishni taqozo qiluvchi istiqbolli, mustaqil, maxsus sohalari ko’lami yanada kengaydi. Natijada menejmentning yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari, ijtimoiy manbalari, shaxslararo munosabat uslublari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari, menejer va tobe kishilar yoki hodimlar o’zaro muomalasining maromi, tekshirilishning o’ziga xosligi va uslubining takomillashuvi, nizoli va ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqilona echimini topish imkoniyatlari yuzaga keldi.
Menejment psixologiyasini predmeti ta`rifi bo’yicha bir qancha shakldagi mulohazalar mavjud bo’lsada, lekin ularning birontasi ham uning tub manodagi xususiyati va mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas. Bu asnoda XX asrning 60-70 yillarida berilgan ta`riflar hilma-hil bo’lib, ular sohaning yo’nalish mazmunini chuqurroq yoritilishiga qaratilgandir. Ushbu fikrimizni dalillash maqsadida ayrim malumotlarga murojaat qilamiz va ularni tahlil etishga (sharxlashga) intilamiz.
Jumladan, birinchi ta`rif: "Menejment psixologiyasining predmeti - rahbar (menejer) kadrlar va ijrochilarning psixologik xususiyatlari, yaxlit tizimdagi hamkorlik faolligida ularning o’zaro aloqasini o’rganishdir".

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish