MENEJMENT FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI Menejmentning psixologik asoslari fanining ilmiy jihatdan asoslangan yuqorida sanab o’tilgan yondashuvlari va usullaridan o’zaro uyg’unlashgan tarzda foydalanish maqsadga muvofiq. Talaba bu o’rinda menejment psixologik asoslari fanining mazmuni, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat ekanligiga o’z dikqatini yana bir marta shu narsaga qaratib, hozirgi davrdagi turli fan sohalarida erishilgan bilimlarni menejment faoliyatini samarali tashkil etishga safarbar etish, uning o’ziga xos qonuniyati, printsiplari va mexanizmlarini chuqur o’rganish imkoniyatini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.
Menejmentning psixologik asoslari fani bir qator fanlar bilan aloqaga kirishgan holda tadqiqot ob`ektini rejalashtiradi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar Ijtimoiy -iqtisodiy fanlar Xuquqshunoslik Tabiatshunoslik
Etnografiya MENEJMENT Biologiya
Pedagogika PSIXOLOGIYASI Fiziologiya
Sotsiologiya Iqtisodiyot
Politologiya Statistika
Madaniyatshunoslik Informatsion texnologiya
Falsafa (etika,estetika va logika) Soliq nazariyasi va amaliyoti
Menejmentning psixologik asoslari barcha fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda o’z mavzui darajasida tadqiqotni amalga oshiruvchi, shuningdek boshqa fanlarning xulosalariga tayangan holda bozor munosabatlari sharoitida hamkorlik faoliyatini yuqori saviyada va samarali olib borishga oid nazariy va amaliy bilimlarni beruvchi fan ekanligini ta`kidlash maqsadga muvofiq. Menejment fanining har bir alohida olingan fan bilan o’zaro aloqadorligiga to’htalib o’tish lozim. Masalan, menejment psixologiyasi va xuquqshunoslik bilan o’zaro chuqur aloqaga ega ekanligini ta`kidlab o’tish, ularning o’zaro aloqadorligini ko’rsatuvchi qator dalillarni keltirish joiz. Jumladan menejmentning "ob`ekt-sub`ekt" munosabatlarini o’rganish jarayonida qator qonun va qarorlar majmuasi asosida, ya`ni huquqiy normalarga amal qilgan holda u yoki bu ob`ektga nisbatan aniq vazifalarni bajarish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqariladi.
Umuman, menejment sohasida hizmat ko’rsatayotgan yoki uni o’rganayotgan har bir mutaxassis xuquqiy bilimlarni puxta egallash va ularga har tomonlama amal qilish oralig’ida mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga o’zining munosib hissasini qo’sha oladi xolos.
Hozirgi davrda menejer nafaqat o’z sohasining puxta bilishi, balki yaxshi tashkilotchi psixolog, ayni bir paytda hukuqiy bilimlarning ham bevosita sohibi bo’lishi zamon talabi hisoblanadi.
Mazkur fanlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik iqtisodiy-ijtimoiy demokratiyaga asoslangan sog’lom raqobatni rivojlantirish eng muhim tashkiliy faoliyatni huquqiy jihatlariga, inson omiliga doir bir qator majburiyatlarni belgilaydi. Menejment jarayonida ularga to’liq amal qilish har qanday mehnat jamoasida sotsial-ijtimoiy psixologik muhitni qaror toptiradi va uning muvaffaqiyatini qat`iy ravishda belgilaydi.