Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet9/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

3. Rahbarning ish sharoitini bayon qilish (ifodalab berish) metodi.
Muassasa yoki tashkilot to’g’risidagi ma`lumotlarni mujassamlashtirgan psixologik holatlar majmuasi rahbar kadrning o’z ish (xizmat) sharoitiga nisbatan munosabatida o’z ifodasini topadi. Bayoniy xususiyatli faktik ma`lumot, sub`ektning jismlarga, uning qurshovidagi xodimlarga, faoliyatga bo’lgan his-tuyg’ulari, kechinmalari to’g’risida muayyan psixologik material to’plashga sharoit yaratib beradi. Ushbu jarayonda quyidagi psixologik hodisalar yuzasidan ham ichki, ham tashqi motivlarga asoslangan mulohazalar ierarxik tarzda bayon qilinishi muayyan xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi.
1) rahbarning kasbiga nisbatan ichki munosabati, uning ovoz toni, sur`ati, jarangdorligi atributlarga asoslanib ifodalansa, demak g’urur, faxr tuyg’usi qat`iy ekanligini anglatib keladi;
2) rahbar mulohazalarida ishonch, istiqbolga nisbatan ezgu niyat alomatlari aks etib tursa, u holda mehnati yoki faoliyatidan qoniqish hissi mavjudligini bildiradi, binobarin, takomillashtirish, texnik jihozlash maqsadi zaruriyatligini tan olish hodisani hukm surishidan dalolat beradi;
3) praksik hislar (mehnatdan lazzatlanish) faqat rahbarga, ya`ni egosub`ektga egotsentristik munosabatni aks ettirmasligi lozim, chunki umumiyatga mo’ljallangan umumiy psixologik holat yakka shaxs bilan cheklanmasligi shart va hokazo.
Rahbar ish sharoitining obektiv va sub`ektiv tomonlari yuzasidan bildirilgan mulohazalar oqilona bo’lsa, uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga taalluqli ma`lumotlarni to’plash imkoniyati tug’iladi. SHaxsning har hil tarkiblariga aloqador psixologik materiallar bo’yicha fikr yuritishga negiz hozirlaydigan muayyan qatiylik darajasidagi tavsifnomani olishga muvaffaq bo’linadi.


4. Xulq va xatti-harakatni kuzatish va qayd qilish metodi.
Odatda rahbar va uning qo’l ostidagi xodimlar xulqini kuzatish bir necha vaziyatlarni tahlil qilish yoki tashqi ko’rinishga ega bo’lgan hodisalarga e`tibor berish tizimi doirasida amalga oshiriladi. Kuzatishning ob`ektlari faoliyat, muomala, sport, tajriba jarayonlari bo’lib hisoblanadi hamda xulqning tarkibiy qismlari u yoki bu tarzda ularning har qaysisida o’z ifodasini topadi. Masalan, rahbar yoki xodimning faoliyatini bajarish jarayonida tashqi va ichki ko’rinishdagi xatti-harakati xoh u verbal, xoh noverbal ifodalanishidan qat`i nazar individ munosabatini bildiradi. Faoliyat jarayonidagi har hil lahzalarning o’ziga xos tarzda kechishini kuzatish qayd etish manbaynida belgilanishi, kompyuterga kiritilishi orqali aks ettirilishi lozim. Xulqdagi nazorat, me`yorini odob maromlariga rioya qilinishi, undan ham ustuvor, xatto kuzatuvchini hayratga soluvchi daqiqalar taassurotini u yoki bu yo’sinda qayd ettirilishi ijobiy kechinmalarni ifodalasa, qaltislik, xohishning mavjud emasligini aks ettirish salbiy voqelik tariqasida yozib qoldirilishi maqsadga muvofiq.
Muomala jarayonidagi shaxslararo munosabatlar ko’rinishi ularning maromida, o’ziga xos xurmat negiziga qo’rinishi yoki fikrlar nomutanosibligi, stress, affekt holatlarni keltirib chiqarish to’g’risidagi real voqeliklar psixologik ma`lumotlar olish manbai tariqasida qayd qilinishi ayni muddao bo’lib hisoblanadi.
Tajriba almashish, faoliyatni sifatli bajarish, ortiqcha xatti-harakatlarni sodir etish jarayonini kuzatish orqali rahbar yoki xodim to’g’risida psixologik ma`lumotlarni qayd qilish mumkin. Odatda kuzatish materiallari aniq yozib qo’yish, kommunikatsiya sifatida uzatish, kompyuter dasturiga kiritish shaklida mujassamlashtiriladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish