Asosiy tushunchalar: Avtobiografiya, atribut, affekt, ifodalab berish, xujjatlar tahlili, funktsional holat, suhbat metodlari.
Mavzuning ta`lim maqsadi. Menejment psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish.
Mavzuning tarbiyaviy maqsadi. Talabalarda menejment psixologiyasining metodlari rahbar uchun ijobiy natijalar berishini shakllantirish.
Menejment psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari nima?
Hozirgi mulohazalarimizda menejment psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari, ularning turkumlari, o’ziga xos xususiyatlari, tuzilishi, mohiyati, qo’llanish imkoniyati yuzasidan qisqacha ma`lumot berishga harakat qilamiz. CHunki ilmiy tadqiqot metodlariga oid bilimlar bilan qurollanmasdan turib, sohaning amaliy va tatbiqiy jihatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi mumkin emas. Quyida sohani o’rganish metodlarining tavsifiga to’htalib o’tamiz.
1. Hujjatlarni tahlil qilish metodi (muassasa yoki tashkilotda ish yuritishdan tortib to moliyaviy xujjatlargacha boshqaruvni rasmiy qayd qilishning modellari ifodasi). Har bir muassasada katta yoki kichik bo’lishdan qatiy nazar umumiy talablarga javob beradigan xujjatlar majmuasiga ega bo’lishi lozim. Ularning har birini alohida tahlil qilish rahbar yoki xodimni kasbiga faoliyatiga nisbatan munosabatini, mas`uliyat hissini aniqlashga imkon berdi.
Alohida olingan hujjatning tashqi ko’rinishi, tuzilishi, mazmuni, mohiyati ya`ni uning shakliy tomoni va ichki mohiyati sirtdan kuzatuvchi uchun muayyan taassurot qoldirsa, unda hayajon, qoniqish hissini vujudga keltirsa, demakki iliq baholash tendentsiyasi tug’ilganligidan dalolat berishi to’g’risida xulosaga kelavering. Agar har bir hujjat unga yuklatilgan funktsiyani aks ettirgan bo’lsa, binobarin, u maqsadga muvofiq yaratilganligini anglatadi.
Hujjatlarning tadrijiy, izchil, ierarxik ravishda tuzilganligi, zarur ma`lumotlarni undan olish imkoniyati mavjudligi yuzasidan muayyan qarorga kelish ularning tuzuvchilari to’g’risida ilmiy psixologik taassurot olish, xulosa chiqarishga puxta asos yaratadi. Jumladan, quyidagi ma`lumotlarni olish mumkin:
1) rahbar yoki uning qo’l ostidagi xodimning birinchi navbatda faoliyatga nisbatan mas`uliyat hissi shakllanganligini bildiradi;
2) ularning u yoki bu narsaga nisbatan mayli, intilishi, qobiliyati mavjud ekanligini anglatadi;
3) yuksak his-tuyg’ular, nafosat kechinmalari tarkib topganligidan dalolat beradi;
4) ma`lumotga serobligi, boyligi rahbar xodimning saviyasi, dunyoqarashi e`tiqodi yuzasidan ta`sirot olishga imkon tug’diradi;
5) har qaysi axborot yoki ma`lumotning batartibliligi mantiqiy yuksaklikni aks ettiradi;
6)hujjatlarni o’z o’rnida saqlanishi, ularga nisbatan e`tiborlilik mobilizatsion qobiliyat mavjudligiga kafolatdir.
2. Menejer va uning qo’l ostidagi odamlarning biografiyasini o’rganish metodi.
Odatda biografik ma`lumotlar bir necha manbalarni tahlil qilish orqali to’planishi mo’ljallangan bo’lib, shaxsning avtobiografiyasi, o’sha berilgan tavsifnoma, devoriy gazeta, mahalliy matbuotlardagi muassasalarning xujjatlari, badiiy xususiyatli ma`lumotnoma kabilardagi sub`ektga taalluqli psixologik jabhalari umumlashtiriladi. Umumlashtirilgan ma`lumotlar asosida rahbar o’z qo’l ostidagi tobe xodimlar, kichik bo’g’indagi rahbarlar yuzasidan g’oyalar bankini tuzadi. Ularga asoslangan holda turli soha bo’yicha rezerv rahbarlar ro’yhatini tuzish, oddiy xodimlar xizmati, salohiyati, yuksak ko’rsatkichi mezonlariga suyangan tarzda moddiy va ma`naviy rag’batlantirish ishlari yo’lga qo’yilishi mumkin. Bu borada tavallud kuniga bag’ishlangan kechalar uchun zarur ma`lumotlar to’planishi muhim imkoniyat yaratadi.
Umuman olib qaralganda, biografiya metodi rahbarlar va tobe kishilar to’g’risida muayyan ma`lumotlar yig’ishga xizmat qiladigan empirik metodlar tarkibiga kiradigan uslub hisoblanadi. Huddi shu boisdan undan ham rahbar kadrlarning, ham xizmatchilarning psixologik xususiyatlari to’g’risida faktik materiallarga asoslangan ma`lumotlar to’plash imkoniyati mavjud bo’lib, statistik hisoblashga beriluvchi miqdorlar orqali sifat tahlili amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |