17. SHaxs xususiyati va faoliyatining psixologik portretini yaratish (so’z yordami bilan chizish) metodi ommaviylashib bormoqda. Rahbar yoki mutaxassisning psixologik portreti to’g’risida ma`lumotga ega bo’lish, shaxsiy tavsifnoma yozish, lavozimga loyiqligini baholash, umumiy ruhiy muhitni aniqlash, shaxslararo munosabat maromi yuzasidan mezoniy malumotlarni umumlashtirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Menejer (rahbar) shaxsi to’g’risida jamoatchilik jamoa a`zolari o’rtasida axborot va muloxaza sifatida bir insondan ikkinchi shaxsga fikr almashuv jarayonida uzatiladigan fazilat, xususiyat, sifatga taalluqli ma`lumotlar yig’indisi muayyan tanlanishdan keyin, o’ziga xos umumiyat bahosi ko’rinishida mujassamlanadi. Aynan uning negizida shaxsning psixologik portreti yaratiladi. Ushbu yaralish jarayoni og’zaki (so’zlar uzatilishi yoki qabul qilinishi orqali) va yozma (muayyan odam to’g’risida hujjat, ocherk, tavsifnoma va hokazo) tarzda ifodalanadi, psixologik portretning og’zaki va yozma shakli bilan tanishish orqali yoki bu tarzdagi taassurotlar, kechinmalar, xayrixoxlik, samimiyat, antipatiya, faxr tuyg’ularini vujudga keltiradi.
Faoliyatning kechishi, unga nisbatan munosabatning ifodalanishi muayyan darajada sub`ektning psixologik portretini yaratishga muhim shart-sharoit yuzaga keltiradi. Bu ruhiy hodisa yaqqol kuzatish orqali yoki faoliyat mahsuliga nisbatan boshqa odamlarning munosabati (baho berishi) tufayli namoyon bo’ladi. Menejer yoki mutaxassis faoliyat yuzasidan bildirilgan mulohazalar ularning psixologik portretini xosil qiladi va taxminiy baxolashga imkon tug’diradi.
SHaxsning xususiyati va faoliyati mazmuni to’g’risida mulohaza yuritish psixologik portretni yaratadi, shaxslararo munosabat maromini aniqlashga xizmat qiladi. Tasavvur obrazlari, umumlashma obrazlar, avtoritar munosabat psixologik portret negizida shakllanishi mumkin.
18. Menejer faoliyatini shahodatlash (attestatsiyalash) metodi ijtimoiy psixologiya uchun muhim ahamiyat kasb etadi va uning shu kasbga (lavozimga) loyiqligi yoki yarog’sizligi to’g’risida qat`iy baholash tizimini vujudga keltiradi. Aksariyat hollarda uning psixologik xususiyatlari harakterologik xislatlari, individual tipologik sifatlari, irodaviy fazilatlari, xis-tuyg’ulari, bilimdonligi, intellektual darajasi, keng ko’lamdagi qobiliyatlari, dunyoqarashi, e`tiqodi, iymoni darajasi aniqlanadi va baholanadi. Buning uchun maxsus testlar, eksperimental tekshirish, so’rovnoma, muammoli vaziyat, savol-javob va boshqa tadqiqot metodlari qo’llaniladi. Olingan natijalar tekshiriluvchining yaxlit psixologik barkamolligiga oid mezonlarga mutanosib bo’lsa, u taqdirda shaxodatlash jarayoni amalga oshirilishi mumkin.
Psixologiya fanida shahodatlashning bir necha turkumlari mavjud va qo’llaniladigan metodikalar ham rang-barang bo’lishi nazarda tutiladi. Ulardan bittasi menejerning motivatsion, emotsional, kognitiv, irodaviy, regulyativ sohalarini o’rganish orqali uning shaxsini qo’pqirrali yondashuv yordami bilan aniqlashdan qoniqish tufayli shahodatlash. Kasbiy faoliyati tizimini puxta egallashga nisbatan baholash mezoni ham shahodatlashga imkon beradi. Bu mezon bir yoqlamga o’xshab tuyulsada, lekin kasbiy mukammallikni o’zida mujassamlashtirishi mumkin. Ba`zi hollarda ishlab chiqarishning texnologik jabhalari ustuvorlik qilsada, ammo gumanitar, ijtimoiy tomonlari bir muncha zaifligicha qolaveradi. SHuning uchun menejer yoki etakchi mutaxassisni shahodatlash jarayonida shaxsiy tekshirilish natijasi bilan ekspert baxosini uyg’unlashtirilsa, oqilona ish qilingan bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |