14. Menejer uchun faoliyat va muomala xususiyatlarini tekshirishda tabiiy eksperiment metodidan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya fanida ko’zlaniladigan tabiiy eksperiment metodi menejer faoliyati va muomala jarayoni kechishining ob`ektiv tarzda baholash uchun xizmat qiladi. Umumiy tamoyillarga binoan kuzatiluvchi, o’rganiluvchi tekshiriluvchi odamlar tajriba vaziyatidan bexabar bo’lishligi lozim, aks holda uning xolisonaligi pasayadi, samaradorligi ko’rsatkichi qiymati esa qadrsizlanib boradi.
Menejer faoliyati kechishini (ish boshidan to oxirigacha) ma`lum maqsad, muayyan bosqichlarning ro’yobga chiqishiga asoslangan holda tekshirilishi uning ishga munosabati (faolligi, serg’ayratligi, qat`iyatligi, uyushqokligi mas`uliyatligi jiddiyligi, rejaliligi, sobitqadamliligi, maqsadga yo’nalganligi, mehnatsevarligi va hokazo), ish o’rni, quroli, rejasi yaqqolligi (kundaligi yoki istiqbolligi) ko’rsatkichiga ehtiyoj sezish etuklikdan dalolat beradi. Har kungi grafik bo’yicha mehnat faoliyatini tashkil qilish va uni boshqarish muayyan darajada qayd qilib borish orqali shaxsning xususiyatlari ish uslubi, kasbiy ko’nikma va malakalari bo’yicha ma`lumot olinadi. SHuningdek vaqtni idrok qilish, axborotlarni xotirada saqlash, fikr yuritish, fahm-farosat, verbal va noverbal nutqdan foydalanish va uni qo’llash texnologiyasi, ish yuritish taktikasi inson-texnika munosabatini ro’yobga chiqarish sur`ati, tembri, chastotasi bo’yicha psixologik ma`lumotlar to’planadi. Ma`lumotlarni to’plash va ularni sifat, miqdor jihatidan tahlil qilish tabiiy sharoitda kechgan faoliyatning o’ziga xosligi hamda uni amalga oshiruvchi shaxsning fazilatlari motivatsion, emotsional, irodaviy, kognitiv, regulyativ xususiyatlari aniqlanadi. Ularni (ma`lumotlarni) umumlashtirish natijasida insonning psixologik tasviri ichki kechinmalari ilmiy mezonlar yordamida yaxlit xolga keltiriladi.
SHaxslararo yoki guruxlararo munosabat xususiyatini tekshirishda muomalaga kirishish va uning tabiiy sharoitda kechishini kuzatish, vaziyat va uning echimini topish, o’ziga hos ravishda omillar harakatlanuvini qayd qilish maqsadga muvofiq. Muomalaning kommunikativ, interaktiv, pertseptiv tarkiblari yuzasidan ma`lumotlilik (bilimga egalik) muloqot mohiyati, tsikli, maromi funktsiyasi, vaziyati muammosi va uning echimini topishda sheriklar (muomaladoshlar) ning huquqiy tengligi muomala barqarorligini ta`minlaydi. Muomaladoshini xurmat qilish, uning imkoniyatini ob`ektiv baholash, erkin, samimiy fikr almashish, biri ikkinchisiga kamroq ta`sir o’tkazish natijasida o’zaro tortilganlik holati yuzaga keladi. Muomalaning barqarorligi uzluksizligi ko’tarinkiligi, sheriklarning (muloqotga kirishuvchilarning) bir-birini tushunuviga va o’zaro qabul qiluvchanligiga bog’liq Muomalaning kechishiga uning funktsiyalarini to’g’ri amalga oshish sharoiti bilan tavsiflanadi. Muomalaning tashqi (eksternal) va ichki (internal) ifodasi menejer bilan xodim o’rtasidagi fikr almashuv muloqotdoshlarning nutqi qobiliyati, ta`sir o’tkazish imkoniyati, kasbiy nazokati, xulq-atvori fikrlash darajasi, insonni inson tomonidan idrok qilishning odilligi, oqilligi to’g’risida psixologik ma`lumotlar to’planadi. Mazkur ma`lumotlar ishonchliligi tekshiruv yoki eksperiment jarayonining tabiiy ravishda kechishida o’z ifodasini topadi. Fikr uzatish va uni qabul qilish kezida o’zaro nazokatlilikka rioya qilishlik va o’zaro tushunuv, o’zaro hurmat, o’zaro simpatiya, xatto empatiya tuyg’ulari mavjudligidan dalolat beradi.
Menejer (xodim) psixikasini o’rganishda tabiiy eksperiment metodidan foydalanish va bunda shaxsning faoliyati hamda muomalasiga alohida e`tibor berish menejment psixologiyasi asoslari sohasini amaliy, nazariy ahamiyatini oshiradi, shaxslararo munosabat uslubi, maromi, maqomi takomillashuviga olib keladi.
15. Rahbar (menejer) va tobe kishilar (xizmatchilar, xodimlar) psixikasini o’rganishda laboratoriya eksperimenti metodi muhim rol o’ynaydi. Eksperimentning laboratoriya shakli (ko’rinishi) umumiy psixologiya fanida qanday qo’llanilgan bo’lsa, xuddi shu maqsadni o’rganishga xizmat qiladi. Unda farqli o’laroq aksariyat hollarda qiyosiy tavsifini berishga mo’ljallanadi, natijada o’zaro mutanosiblik (har jihatdan), o’zaro intilish uyg’unligi aniqlanadi. Laboratoriya sharoitida tadqiqot maqsadi qatnashchilariga oshkora qilinadi, fan uchun xolis yordam berish zarurati tushuntiriladi.Laboratoriya eksperimeti ikkita negizga suyangan holda tekshiruv ishini amalga oshiradi; portativ metodikalar (yangi va mumtoz) va maxsus asboblar (apparaturalar) yordami bilan menejer yoki alohida xodim o’rganiladi. Ushbu metodikalarni o’ziga xos tomoni shundaki, unda vaziyat, maxsus sharoit hotirjamlikka putur etkazadi, buning oqibatida bezovtalanish, xavotirlanish vujudga keladi, olingan natijalar aniqligi sub`ektiv omillar bilan aralashadi, muammoli, sun`iy vaziyatlar tabiiylik alomatlarga salbiy ta`sir o’tkazadi.
Laboratoriya sharoitidagi shaxs xadik his etishi tufayli hayajonlanish oqibatida
mavjud ruhiy imkoniyatlarini to’la-to’kis ro’yobga chiqara olmaydi. Lekin tabiiy
eksperimentga qaraganda samaradorligi, ishonchliligi, validliligi, reprezentativligi bilan bir necha barobar ustuvorlikka ega.
Laboratoriya sharoitida testlar, ishbilarmonlik o’yinlar, boshqotirma toshpiriqlar va boshqa tadqiqot shakllari yordami bilan insonni bilish jarayonlari, uning individual tipologik xususiyatlari, faoliyat, xulq, muomala sifatlari o’rganiladi. Bunda proektiv metodikalar, rasmli testlar, tugallanmagan gap, ijodiy (kreativ) fikrlash kabi bir qator metodlarni ishtirokchilarda sinab ko’rish ijobiy natijalar beradi. Laboratoriya sharoitida sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarini, shaxsning individual tipologik xususiyatlarini, asab tizimini, fiziologik mexanizmlarini aniq elektron asboblar yordami bilan o’lchash mumkin. Bundan tashqari, kasbiy moyillik, kasbiy layoqat, kasbiy yaroqlilik ham asboblar bilan aniq va takroran o’lchash imkoniyatiga ega.
16. Menejment psixologiyasi kursi bo’yicha ma`lumotlar to’plashda
muammoli va sun`iy qiyinlashtirilgan vaziyatni qo’llash eksperimental
metodi muhim rol o’ynaydi. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish va uning
echimini topish metodi sinaluvchining aql-zakovati ko’rsatkichi, ijodiy izlanishi, aqlning chuqurligi, teranligi, mahsuldorligi tezligi, hissiy kechinmalarini idora eta olish imkoniyati, shaxsning introvertligi, ekstravertligi xususiyatlari, xavotirlanish (bezovtalanish) darajasi yuzasidan ham nazariy, ham amaliy materiallar yig’ishga mo’ljallangan. Odatda muammoli vaziyatni tabiiy sharoitda yaratish muayyan bosqichlar orqali echimini topish tufayli amaliyligini barqarorlashtiradi:
1) muammo mohiyatiga kirish;
2) muammo echimini izlash uchun vositalar, yo’llar tanlash;
3) saralangan usullar, vositalar va yo’llarni tatbiq etish;
4) echimning to’g’riligini tekshirish.
Muammoli vaziyatlar hilma-hil holatlarga, mavzularga bag’ishlangan bo’lib, aniq vaqt oralig’ida uni hal qilish, echish amalga oshiriladi. Masalan, "Ishlab chiqarishning iqtisodiy omilini barqarorlashtirish mumkinmi?", "Xodimlar o’rtasida qo’nimsizlikning oldini olish uchun nima qilish kerak?", "'Jamoada fidoiylik to’yg’usini qanday shakllantirish mumkin?" va xokazo. Muammo individual va guruxiy tarzda hal qilish yo’llari mavjud bo’lib, yuzaga kelgan sharoit, holat va vaqt birligiga binoan har hil usullar tatbiq, etiladi. Muammoli vaziyatning echimi qat`iy va mutloq bo’lishi shart emas, ko’pincha nisbiy xususiyatga asoslangan holda unga yondashiladi. Vaziyatlar to’g’risida amaliy tajribalar va nazariy xulosalar malakasi oshib borish tufayli echimini topishga kamroq vaqt sarflana boshlaydi.
Menejment psixologiyasida kutilmagan, ekstremal holatni yuzaga keltirish uchun sun`iy qiyinlashtirilgan vaziyatdan eksperiment sifatida foydalaniladi. Masalan, vaqt tig’izligi, ta`minot nochorligi, mablag’ etishmasligi, qo’shimcha ishlash imkoniyatining yo’qligi mohiyatidan kelib chiqqan holda tezkor echimini topish taklif qilinadi. Agarda menejer yoki xodim tashkilotchilik qobiliyatiga, ishchanlik uquviga, topqirlikka ega bo’lsa, sun`iy vaziyatdan chiqish engil ko’chadi. SHuningdek, tekshiriluvchilarning psixologik xususiyatlari mulohaza yuritish davomida aniqlashadi, lavozimga mos yoki nomutanosib ekanligi yakqol ko’zga tashlanadi. Xuddi shu boisdan mazkur eksperiment metodini qo’llash ijobiy natijalar olishga xizmat qiladi hamda qatnashchilarning ichki imkoniyatlarini aniqlashga zamin hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |