Psixologik moslik deganda, guruh a`zolari sifatlari, qarashlariga aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarini mos kelishi, qolganlarining kerak bo’lsa tafovut qilishi nazarda tutiladi. Psixologik moslik mezoni sifatida N.Obozov quyidagilarni ajratadi: a) faoliyat natijalari; b) a`zolarning mehnat vaqtida sarflagan kuch-energiyasi; v) tashkilotdagi faoliyatdan qoniqish.
Bundan tashqari ikki hil o’zaro moslik farqlanadi: psixofiziologik va ijtimoiy, siyosiy psixologik. Guruh faoliyatini samaradorligini oshirishda guruhiy, jamoaviy qarorlar qabul qilishning ahamiyati kattadir. Bu o’zining psixologik va ijtimoiy qonunlarga ega. Guruh va jamoada odamlarning bir-birlarini yoqtirishlari yoki inkor qilishlari ko’pincha turli hil qarorlar qabul qilish jarayonida ro’y beradi. Guruhiy va jamoaviy qarorlar qabul qilish individual qarorlar qabul etish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida ham avval muammo aniqlanadi, ma`lumotlar to’planadi, bir necha takliflar ilgari suriladi. Nihoyat eng ma`qul qaror qabul qilinadi. Lekin bu jarayon boshqacharoq kechadi va nizolar ko’pincha aynan shu jarayon bilan bog’liq bo’ladi.
Amerikalik psixolog T.Metkinning fikricha o’zaro ta`sir jamoada quyidagi omillar vositasida ro’y beradi:
1. Ayrim a`zolar boshqalariga nisbatan ko’proq tashvishga moyil bo’ladilar;
2. Yuqoriroq mavqega ega bo’lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga tazyiq o’tkazishadi;
Guruh va jamoada ko’p vaqt o’zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini olishga ketib qoladi;
Guruh va jamoada ayrim odamlar ta`sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga nomuvofik qarorlar qabul qilish hollari kuzatiladi;
Barcha a`zolar o’zlari sezmagan holda konformlilikka berilib guruh va jamoa ta`siriga tushib qoladilar, shuning uchun ba`zan majlisni olib boruvchi rahbar kun tartibini e`lon qilgan bo’lsada undan chalg’ib ketishi va keraksiz qarorlar qabul qilishi mumkin.
Guruhiy va jamoaviy qarorlar qabul qilish jarayonining eng katta ijobiy tomoni shundaki unda ko’plab fikrlar tug’iladi va o’rtaga tashlanadi. Fikrlar to’qnashuvida yangi original fikr paydo bo’ladi. SHuning uchun rahbarlik san`ati va mahorati ko’pchilik fikriga tayangan holda eng ma`qul optimal qarorga kela olishdan iboratdir. Ayrim vaqtda rahbarning sezgirsizligi oqibatida guruhiy qaror chiqarish jarayoni ba`zi shaxslarni loqaydlik va tashabbussizlikka olib kelishi mumkin.