Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet49/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

Asosiy tushunchalar: Psixologik sezgirlik, psixologik takt, tafakkurning amaliyligi, tanqidchanlik, emotsionallik, talabchanlik, qaror, qo’shilmalar. Guruh, jamoa, faollik, munosabatlar, samaradorlik, liderlik, konformizm, sotsiometriya, referent guruh.
Mavzuning ta`lim maqsadi. Xalq ta`limi tizimidagi rahbarlarga qo’yiladigan psixologik-pedagogik talablarning mazmunini tushuntirib berish.
Mavzuning tarbiyaviy maqsadi. Talabalarda rahbarlikka bo’lgan moyilliklarni analiz qilish asosida qobiliyatlarini rivojlantirish.
Hozirgi zamon rahbariga qo’yiladigan talablar?
Hozirgi ijtimoiy psixologiya fanining qadri va ahamiyati shundaki undagi xulosalar qay sifatda va qay vaqtda amaliyotga kirib borib, tadbiqiy salohiyati ortib borishi bilan baholanadi. Amaliy psixologiya xulosalari jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko’ra ish yuritadi. Respublikamizda qabul qilingan va o’z funktsiyasini amaliyotda bajarayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturini misol sifatida olsak, uning bajarilishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologning aralashuvi zarurdir.
Kichik korxonada, yirik firmada yoki hukumat darajasidagi idorada faoliyat samaradorligini oshirish, insonlar faoliyati va ulardagi resurslardan oqilona foydalanish uchun rahbarning pedagogik - psixologik bilimdonligiga tobora talab kuchaymoqda.
Rahbarlar va mutaxassislarning amaliy faoliyatida muayyan sharoitda, muayyan tashkilotdagi ish tajribasi ayniqsa muhimdir. Ayni biror tashkilotning turli bo’linmalarini diqqat bilan taqqoslab qaraganda, mana bunday qonuniyatni payqab olish qiyin emas: - rahbarlar va psixolog mutaxassislar bilan ishlab kelayottan joylarda barcha ko’rsatkichlar bo’yicha natijalar yuqoridir.
Hozirgi zamon rahbarining asosiy bilim, malakalari, uning jamiyat va davlatning rivojlanish maqsadlarini yaxshi bilish, sotsial, siyosiy va iqtisodiy talablarni o’z faoliyatiga singdira olishidadir. Ayrim tashkilotlarda mutaxassis va rahbar kadrlarning qo’nimsizligi ancha yuqoridir. Buning sabablaridan biri ishlab chiqarish harakteridagi qiyinchiliklarda, uy-joy va madaniy maishiy sharoitning qoniqarsizligidan va xizmat burchlarining nomuayyanligidan va hokozolardan iboratdir. Lekin ishdan ketib qolishlarga ko’pincha rahbarlar bilan yoki o’zi boshqarib turgan kollektiv bilan chiqisha olmaslik, qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik o’ziga ishonmaslik va shaxsiy intizomsizlik sabab bo’ladi. Boshqaruvchi kadrlarning qo’nimliligini ta`minlash ishlari har bir xodim uchun normal uy-joy-maishiy sharoit yaratib berish, jamoa bilan va boshqa rahbarlar bilan yaxshi o’zaro munosabatlarni ta`minlash, uning manfaatlariga javob beradigan ijodiy ish uchun imkoniyat yaratib berishdan iborat ko’pdan-ko’p masalalarni o’z ichiga oladi.
Rahbarlar va mutaxassislarning javobgarlik hissini oshirish, ularning qo’nimliligini ta`minlashga qaratilgan eng muhim yo’nalishlardan biridir. Ba`zan xodimlarni ishni uddalay olmadi deb bo’shatib yuboradilar. Bunday xollarda ko’pincha shunday bo’ladiki, avval boshqa xodimning kamchiliklariga e`tibor bermaydilar, unga yordamlashmaydilar va undan talab qilmaydilarda keyin, u ma`suliyatsizlik sharoitida ishlashga o’rganib qolganda, birdaniga unga nisbatan yuksak talabchanlik qilinadi, tabiiyki, u shuni uddalay olmaydi va uni bo’shatib yuborishga majbur bo’ladilar, Har bir xodimning har qanday xato va nuqsonlari o’z vaqtida payqab oladigan va o’z vaqtida tuzatiladigan yuksak printsipial talabchanlik vaziyatida, xodimda o’zining tashkilotga kerakligiga va undagi o’z ish uchastkasida ko’p ish qilishi mumkinligiga ishonch uyg’ota olgan haqiqiy rahbar, mutaxassis fazilatlarining vujudga kelishiga yordam beradi. Vazifalarning bajarilishi, takliflarning va tanqidiy mulohazalarning realizatsiya qilinishi ustidan har bir uchastkada qat`iy kontrol sistemasining o’rnatilishi buning zarur shartidir. Mehnat va dam olish uchun normal sharoit yaratilishi ham juda muhimdir.
Bo’linma rahbarlari o’z xodimlarining normal sharoitda ishlashlari uchun sanitariya gigiena va estetika talablarini yaxshi bilishlari va bajarishlari lozim. Ma`naviy burchaklari va dam olish xonalari yorug’, ozoda va osoyishta bo’lishi, normal temperatura rejimiga ega bo’lishi kerak.
Rahbarlar va mutaxassislarning qanchalik unumli ishlashi ko’p jihatdan mehnat va dam olish rejimiga bog’liq. Hozirga vaqtda ko’pgina bo’linma rahbarlari va mutaxassilari mehnat va dam olish rejimini puxta ishlab chiqmaganlar yoki unga rioya qilmaydilar.
Rahbar shaxsi tashkilotni ta`minlash uchun odamlarning mehnat qilishi maqsadini amalga oshirishi, tadbiq eta bilishi, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, faolliligini ta`minlashi, malaka, ko’nikmlari va ishchi xodimlarning dam olishi, uy-ro’zg’or ishlaridan xabardor bo’lib uni normallashtirishga o’z hissasini qo’sha olish malakalarini maqsadli, tizimli va printsipial yo’nalishda rivojlantirishi lozim. Rahbar tashkilot faoliyatini jamiyat va davlat rivojlanishi maqsadi bilan bog’lash malakasigi ega bo’lmog’i kerak. SHunda rahbar o’z boshqaruv faoliyatini samaradorligini oshira oladi. U inson faktoridan optimal ravishda, uning ichki imkoniyatlaridan keng foydalanadi. Rahbar shaxsining boshqaruv faoliyatiga tayyorligi, o’zining ko’p qirraligi, kompleksligi, integrativ jarayon ekanligi bilan ajralib turadi.
Rahbarning demokratik sifatlari yuqorida aytib o’tilgan kompleks tayyorgarlikning bir qismini tashkil etadi. Rahbarning demokratik tayyorgarligi tashkilotchilikni amaliy yo’nalishi olishining omilidir. Rahbarning gapni bajarishi uchun xulosalar chiqarib qarorlar qabul etishi, ularni xodimlarga, bo’limlarga, to’g’ri tarqata olish malakasi, boshqarishning har kungi muammolarini o’z vaqtida, operativ hal eta olish malakasi va qobiliyati bo’limlardagi faoliyatni koordinatsiya, muvofiqlashtira olish malakasi va ko’nikmalari birgalikda uning boshqaruvga kasbiy tayyorgarligini ta`minlaydi,
Rahbar o’z muassasining har bir xalqasini funktsiyalarini yaxshi bilmog’i zarur. Zvenolarni tizimli tasavvur eta olish, ularning o’zaro munosabatlariga ko’z oldiga keltira olish qobiliyati boshqarish uchun imkoniyat yaratadi. Psixolog V. Golnevaning fikricha tashkilotchining asosiy sifatlaridan biri tariqasida uning odamlarga ta`sir eta olish malakasi hisoblanadi. Bu xislatga ega tashkilotchi har bir insonga individual yondashadi, bunda har bir shaxsning psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy holat, imkoniyatlari hisobga olinadi. Rahbar ishchi - xodimlarning ham ongi ham hissiyoti va ham irodasiga birgalikda ta`sir eta olishi lozim. Rahbar tafakkurining amaliyligi, undagi tahlil, sintez, abstraktsiya, xulosa chiqarishning mantiqiyligi va tezligi, ish unumdorligini va tizimni boshqarishni ta`minlaydi.
A.Kovalev va V.Myasishevlarning ta`kidlashicha rahbarning hislatlaridan biri
faoliyatga chin yurakdan berilib ketish, faoliyat uchun javobgarlikni his etish, insonni
bilish va unga nisbatan kerakli munosabat o’rnata olish, qat`iyatlilik va
irodaviylikni yuzaga keltiradi. Bu hislatlarsiz rahbarlik qobiliyati ishga tushmaydi.
Psixolog L.Y.Umanskiyning fikricha rahbarning tashkilotchilik qobiliyati 3 guruhga
bo’linadi:,
1. Tashkilotchilik hissi;
2. Emotsional-irodaviy ta`sir etish;
3. Tashkilotchilik faoliyati bilan qiziqish.


Tashkilotchilik hissi;
a) psixologik sezgirlik boshqa odamlarning psixologik holati, xususiyatlarini tez
va ob`ektiv tushuna olish, odamlarni va ularning xatti-harakatini esda saqlash
malakasi, odamlarning harakatlarini psixologik tahlil etishga qiziqish, fikran
o’zini boshqa inson o’rniga qo’ya bilish malakasi, o’zining, ishchi guruhning, jamoaning
kuchi, aqli, zakovatiga chin yurakdan ishonish hissi;
b) psixologik tafakkurning amaliyligi rahbardagi har bir ishchiga uning
individual qobiliyatiga qarab vazifalarni bo’lib berish malakasi, guruhlardagi
liderlarni to’g’ri tanlash va o’zaro munosabatlarni qadryatli tus olganiga ta`sir
o’tkazish malakasi va boshqalar.
v) psixologik takt. Tezda insonlar bilan to’g’ri munosabat o’rnata olish ularni
hurmatini joyiga qo’ya bilish malakasi, kommunikabellik holati, har bir kishi bilan
to’g’ri munosabat o’rnata olish malakasi, uni shaxs sifatida qabul etish, individual
hislatlarini tan olish, u bilan samimiy, do’stona munosabatda bo’lish, ularning
mehnatini baholashda ob`ektivlik va haqiqatga suyanish, ishchining uy-ro’zg’or
muammolaridan boxabar bo’lib turish, unga o’z qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun
imkoniyat yaratish.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish