Rahbar imidjini shakllantirish texnologiyasining yana bir printsipi, tamoyili - "mayli ularga yaxshi bo’lsin". Bu pozitsiv imidjining ko’rinishidir va u hamma uchun kerakdir. Rahbar imidji uning maqsadli va maqsadsiz harakatlari asosida shakllanadi. Jamoa ko’proq rahbarning anglamagan harakatlaridan olgan axborotga ishonadi va shu asosda rahbar haqidagi fikrga ega bo’ladi. Bu qonuniyatni bilgan holda rahbar o’zining yaxshi xislatlarini anglamagan harakatlari yordamida tashqariga tarqata bilishi zarur. Bu rahbar imedjini shakllanishiga zamin yaratadi. Jamoa imidjni shakllantiruvchi axborotni ongi va ong osti jarayoni yordamida qabul etadi. Rahbar haqidagi tasavvur inson ongi va uning "hissiyot dunyosi"- ong osti imkoniyatida paydo bo’ladi. Insonlarning qo’polligi ko’proq o’zining hissiyotlariga ishonadilar. SHuning uchun rahbar haqidagi imidj shakllantiruvchi axborotni jamoaning ong osti tarkibida aks etilishi maqsadga muvofiqdir.
Rahbar-tashkilotchiga nisbatan jamoaning fikri rahbarning kasbiy va shaxsiy imidji asosida shakllanadi. Agarda jamoa rahbarni hurmatlasa, sevsa, jamoada rahbar shaxsiga nisbatan ustanovka shakllanadi. Bu paytda jamoa rahbarning ayrim xatoliklarini nazarda tutishni hohlamaydi va ularnn esda uzoq muddat saqlamay ularga ishonmaslikka harakat qiladi va nuqsonlar rahbar imedjiga uncha ta`sir etmaydi.
Insonning imidji - bu tizimli shakllangan murakkab tuzilmani tashkil etadi. U bir necha alohida shaxsiy imidjlar to’plamidan iboratdir. Sotsial psixologiyasining bu sohadagi asosiy maqsadi shu tuzilmalarning birgalikda integral holatda o’z funktsiyasini bajarish qonuniyatlarini o’rganishda, jamoaning konkret shaxs haqida qaysi psixologik ichki va tashqi yo’naltiruvchi jarayonlari orqali ma`lumot olish, uni tahlil etish va xulosa chiqarib muayyan ob`ektiv, real fikrga ega bo’lish qoidalarini izlashdan iborat. Rahbarning umumiy imidji, uning kichik imidjlari negizida o’sadi. SHuni, aytish mumkin "muhit imidji" - rahbarning uyi, ish xonasi, avtomashinasi kabilar asosida shakllanadi. Rahbar- tashkilotchining "gobitar imidji" (lotin tilida - tashqi qiyofa)- shaxsning tashqi qiyofasi- uning kostyumi, makiyaji, sochining ko’rinishi, uzugi va brasleti, chekayotgan sigaretasi, galstugi va boshqalar asosida shakllanadi.
Rahbarning tashkilotchilik faoliyati natijasi va tashkilot chiqarayottan mahsulotlar asosida uning "predmetlashtirilgan imidji" rivojlanadi. Rahbarning nutq faoliyatiga ko’ra uning nima haqida va qanday so’zlasha olishi, yozishi natijasida "verbal imidj" o’sa boradi. Uning "kinetik imidji" noverbal nutqi, nutq jarayonida qo’l oyoq harakatlari, mimikasi asosida shakllanadi. Imidjmeyker rahbar shaxsidagi namoyon bo’lib turgan va yashirin imidjga taaluqli sifat, xislat, bilim, malaka va ko’nikmalarni o’rganib, har bir rahbar uchun individual ahamiyatta ega bo’lgan va amaliyotga qaratilgan umumiy imidj modelini ilmiy asosda yaratadi va rahbarni bu texnologiya bilan qurollantiradi. Haqiqiy rahbar doim o’z imidjini dinamikasini esda tutib, uni o’rganib to’g’ri, kerakli, ijobiy tomonga rnvojlantirishga ongli ravishda shug’ullanishi lozim, agarda imidjini salbiylashuvi vujudga kelsa, uning sabablarini ob`ektiv diagnostikalab zaruriy chora tadbir, operativ korrektsion ishlar olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Buyuk shaxslar uchun ularning imidji faoliyat ko’rsatib o’z funktsiyasini yuqori darajada bajaradi. Allomalar - Ibn Sino, Al Farobiy, Al Beruniy, Rudakiy, Al Xorazmiy, Al Buxoriy, Al motrudiy, Jomiy, Navoiy va boshqalarning butun dunyo xalqlari ongida imidji juda yuqori turadi. O’zbekiston xalqining tarixdagi ilmiy kashfiyotlari, amaliy yutuqlari uning umumjahon tsivilizatsiyasigi qo’shgan qadriyatli hissasi - bu xalq va davlatning imidjini butun dunyo miqyosida ko’tarib turishi hammaga ma`lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |