Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet44/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

Avtoritar ta`sir uslubi. Bu jarayonda tashkilotchi - rahbarning roli, mohiyati nihoyatda kuchaytirilgan bo’ladi. Hamma muammolarni u o’zi yakka echishga harakat qiladi. Boshqalar fikri uni qiziqtirmaydi. U juda talabchan, bu esa hamkasblarning mustaqilligi va ijodiy yondashuviga xalal beradi. Avtoritar ta`sir natijasida rahbar ishchini doim qo’rqitadi, unga nisbatan dag’al munosabatda bo’ladi. Bu tipdagi tashkilotchi hech qachon tushuntirish va ishontirish vositalaridan foydalanmaydi.

  • Liberal ta`sir uslublari. Bu tipdagi rahbar hamkasblarning ishi bilan qiziqmaydi. Ishchilar qanday hohlasa shunday ishlaydi. Tashkilotchi - liberal ishchilarning ma`suliyatini susaytiradi hamda ish tartibini bo’shatib yuboradi, natijada mahsulot sifati va samarasi zarar ko’radi.

  • Demokratik ta`sir uslubi. Bu jarayonda tashkilotchi asosiy muammolarni echishda hamkasblarni bor kuchi, aqli, idroki va irodasini ishga soladi. U qaror qabul qilishda ham boshqalar fikrini, maslahatini ishlatadi. Bu tipdagi boshqaruvda o’zaro hurmat - izzat, mustaqil fikrlash, maqsadga erishish uchun bir yoqadan yondoshish bir - biriga yordam, tanqid va o’z - o’zini tanqid hukmron bo’ladi. Demokratik rahbarlik uslubi mustaqillik talablariga to’la javob bera oladi. U butun jamoaning ishlab chiqarishini boshqarishda keng ishtirok etishni ta`minlaydi. Bunda eng muhim qarorlar jamoaviy holatda qabul qilinadi. Jamoaviy muhokama qilish va muvofiqlashtirish formalaridan, jamoaviy tekshiruv uslubidan keng foydalaniladi. Tashkilotchi - rahbar hamma vaqt faol bo’lsada, lekin u har masalada jamoaga tayanadi . Ish uslubida rahbarning o’z qo’l ostida ishlovchi xodimlar bilan o’zaro munosabati, insonlar bilan ishlash layoqati muhim rol o’ynaydi. Uning hurmati, obro’si, rahbarlarning ta`sirchanligi ko’p jihatdan uning o’z xodimlari bilan qanday munosabatlarda bo’lishiga, o’zini qanday tutishiga, ko’rsatmalarni qanday formada berishiga bog’liq, Hammaga ma`lum, har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo.

    Rahbar - tashkilotchining butun faoliyati shaxslar bilan o’zaro munosabatlarda bo’lib o’tadi. Dunyoda bir - biriga aynan o’xshash bo’lgan ikki kishini topish qiyin. Inson tashqi qiyofasi, bo’yi - basti bilan odamga o’xshashi mumkin, lekin fe`li, mijozi, harakteri, iroda sifatlari, emotsional holatlari bilan undan tubdan farq qiladi. Insonning bu xususiyati uning individuallik xislatidan darak beradi. "Individuallik" - konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi. SHaxsning individual - tipologik xususiyatlari uning itsdividuayaligidan xabar beruvchi ko’rsatgichlardir. Bu ko’rsatgichlarni rahbar tashkilotchi o’z tajribasida samarali foydalanishi zarur. SHaxsning tipologik va harakterologik sifatlari qobiliyatlar, temperament, harakter, irodaviy sifatlar, emotsiya va motivatsiyalardir.
    Temperament - insonni turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti - harakatlarda nisbatan reaktsiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
    Harakter - shaxsning o’z-o’ziga, vaziyatlarga, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini o’zida aks ettiradigan sifatlar majmuasidir.
    Irodaviy sifatlar - har birimizning o’z oldimizga maqsad qo’yib, unga erishishi yo’lidagi qiyinchiliklarni echishimizni ta`minlovchi ma`lum sifatlarimiz majmuini o’z ichiga oldi.
    Emotsiyalar va motivatsiya - atrofimizda sodir bo’layotgan hodisalar, bizni o’rab turgan odamlar va ularning xatti - harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo’lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
    Bundan ko’rinib turibdiki har bir inson o’z tipologik va harakterologik sifatlari bilan boshqa insondan tubdan farq qiladi. SHuning uchun rahbar - tashkilotchi har bir odamni shaxs sifatida aks ettirib u bilan o’rnatadigan muomalada uning shaxsiy individual xususiyatlariga tipologik va harakter sifatlariga e`tiborini qarata bildirish lozim. Har bir xodimning ongi, intellektual imkoniyatlari, tafakkurning real holati, ichki dunyosi, mijozi, harakter, iroda va emotsional sifatlarini o’rganib ular bilan ham individual, ham guruhiy munosabatlarni ob`ektiv o’rnata olishda tashkilotchilarga yuqorida ko’rsatib o’tilgan shaxs sifatlari yordam beradi.
    SHarq olimlaridan Majid Xavofiy o’zining "riazvati xuid" risolasida ta`kidlashicha "Garchi odamlar bir hil bo’lsalarda tashqi dunyoni har hil qabul qiladilar". Buyuk mutafakkirlar - Gippokrat, Ibn Sinoning aytishicha insonlardagi o’zgalikni, farqlarni, mijozini, harakterini o’rganib bilish mumkin. Rus fizioligi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ilmiy izlanishlari - insonning temperament va harakter sifatlarini o’rganishda, uning ilmiy fiziologik ildizlarini bilishga yordam beradi.
    Asab tizimining faoliyatida ikkita asosiy jarayon - qo’zg’alish va tormozlanish yuz beradi. SHularning o’zaro munosabatidan mijoz tiplari kelib chiqadi. Bu jarayonlar tug’ma bo’lib ular temperament tiplarini belgilaydi. Bu uyg’unlik 4 hil bo’lishi mumkin.

    1. Kuchli, muvozanatsiz, harakatchan-xolerik (qizg’in otashin, serjahl);

    2. Kuchli,muvozanatli, harakatchan-sangvinik (quvnoq, xushchaqchaq, chaqqon);

    3. Kuchli, muvozanatli, kamharakat-flegmatik (tepsa tebranmas, sovuqqon);

    4. Kuchsiz, muvozanatsiz, kamharakat - melonxolik, (xafaqon, g’amgin).

    Amerikalik psixolog G.Ayzenk shu asosda o’z testini tuzadi. U ekstroversiya, introversiya deb individual xususiyatlarni belgilashga harakat qilgan.

    1. Ekstrovert, barqaror bo’lmagan - xolerik;

    2. Ekstrovert, barqaror bo’lgan - sangvinik;

    3. Introvert, barqaror bo’lmagan - melanxolik;

    4. Introvert, barqaror bo’lgan - flegmatik.

    SHu klassifikatsiya asosida G.Ayzenk o’z testini tuzadi va bu test orqali har bir kishining mijozini aniqlaydi.
    Inson tipologiyasi va harakterini aniqlash ilmiy asoslarini yaratishda aytib o’tilgan olimlardan tashqari YUng, Fromm, Krechmer, SHeldon, Kant, Dekart kabi olimlar o’z hissalarini qo’shgan. Frantsuz olimlari N.A.Robert va F.Telmanning yozishicha asosan besh hil tiplar mavjud.


    1. Download 0,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish