Emotsional - irodaviy ta`sir o’tkazishga qo’yidagi sifat, xislatlar kirishi mumkin:
a) ijtimoiy faollik - rahbarning o’z mehnati, siyosiy, iqtisodiy faolligi bilan ishchi xodimlarning faolligini oshirish qobiliyati (nutqi, shaxsiy namuna, ishbilarmonligi, mimikasi, makiyaji, jestikulyapiyasi, noverbal ta`siri orqali);
b) talabchanlik - maqsadga erishishda dovyuraklik, qat`iylilik, doimiylik
qoidalariga rioya etib, odamlar bilan qadriyatli muomalada bo’lish, mustaqillik va
bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan operativ to’la foydalana olish, ko’pincha xodimlarni
maqsadni amalga oshirish, foyda keltirishiga ishonish, ularda ijodiy faoliyat ko’rsatish
motivlarini shakllantira olish, odamlarning doimiy va vaqtincha psixik holatlarini
nazarda tutib, ular bilan individual yondashish;
v) tanqidlilik - o’zi va boshqalar faoliyatidagi nuqson, xatoliklarni ob`ektiv tan
olish va tezda ularni oldini olish (korrektsiyalash), xatolar, nuqsonlariga mustaqil
tanqidiy tahlil etish va kerakli xulosa chiqara olish, tanqidning ishonarliligi va
mantiqiyligi, pedagogik takt.
Rahbarning tashkilotchilik bilan qiziqishlariga birinchi navbatda uning tashkilotchilik faoliyatda mustaqil shug’ullanish qobiliyati tushuniladi. Uning qo’rqmasdan o’ziga tashkilotchilik funktsiyasini olishi, o’z va jamoa faoliyati uchun ma`suliyatini o’ziga olishi, tashkilot faoliyatida doim innovattsion yangi texnologiyalarni joriy etishga intilishi, o’z faoliyatidan rohatlanishi, har bir xodimning psixologik jihatdan mukammal o’rgangan bo’lishi va ularni ham tashkilotchilikka jalb eta olish xususiyatlari kiradi. YUqorida aks ettirilgan sifat, hislat, bilim va malakalar rahbarlik boshqaruviga tayyorgarligini vujudga keltiradi. Rahbarning tashkilotchilikka doir sifatlari tuzilishini tushunish uchun tashkilotchilik faoliyatining o’zini tahlil etib rahbarning kerakli sifatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.
jamoaning tashkillashtirish malakasi;
boshqaruvga tegishli qarorni operativ qabul qilish malakasi;
axborot uzatishning tezligi;
qarorni bajarish jarayonida yordam berish malakasi;
qayta olingan axborotga e`tiborni qarata bilish malakasi;
integral tashkilotchilik - demokratik sifatlar;
intellektual sifatlar.
Tashkilotchi rahbarga tegishli eng birinchi talablardan biri - uning jamoaviy faoliyatini yo’lga qo’ya olish bilimi, malaka va ko’nikmalaridir. Jamoani tashkil qilmasdan uni xususiyatlarini bilmasdan, qo’yilgan maqsad sari uni yo’naltirmasdan tashkilot faoliyatini boshqarish mumkin emas.
Jamoani uyushtirishdan oldin eng avvalo uning asosiy maqsadini belgilash zarur. Har bir jamoaning tashkilotlardagi maqsadi davr, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosat va boshqa sohalarda mavjud bo’lgan muammolar, ehtiyojlar zaminida vujudga keladi va bu muammolarni echishda, ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi.
Maqsadni aniq belgilagan rahbar unga erishish uchun vazifalarni aniqlashi lozim. Bajarilishi shart bo’lgan vazifalar asosida tanqidiy ishlar amalga oshiriladi.
Bugungi davrda tashkilotchi oldida qo’yiladigan eng asosiy vazifalardan biri - inson va mashina tizimini yaratish, bu tizimni optimal funktsiyasini amaliyotda tatbiq etishdir. Bu vazifani hal etishda rahbarga nafaqat ilmiy boshqarish bilimlari, balkim texnikaviy bilimlar ham talab qilinadi. Rahbarning biror - bir tizimni loyihasini ilmiy asosda tayanib yaratish qobiliyati, malakasi uni jamoatchilikka yaroqli ekanligini dalili hisoblanadi
Bugungi rahbar ijodiy tafakkur, boy xayol, loyihadagi tizimni o’z xayolida yaqqol modelini ko’ra olish qobiliyatlariga ega bo’lmog’i lozim. Boshqarishda vazifalar yuklatilganidan keyin rahbar yangi kadrlar tanlash bilan, tashkilotni kerakli texnik vositalar bilan ta`minlash, bularning hammasining qonunlarga asoslash bilan shug’ullanadi. Rahbarning ishchi kadrlarni tanlash malakasi, ularni qobiliyati va sifat-hislatlariga qarab gap bilan ta`minlash malakasi, bu ishda mutaxassislar, psixologlarni jalb etish boshqaruv faoliyatini samarali bo’lishiga sabab bo’ladi.
Bugungi rahbar o’z ishchi xodimlarning psixologik, psixofiziologik xususiyatlarini kerakli darajada bilmog’i, jamoa va guruh tashkil etishda bu hislatlarga asoslanishi va pedagogik qoidalarga rioya etmog’i zarurdir. Inson tizimini boshqarish, mashina tizimini boshqarishdan tubdan farq qiladi. Mashina tizimini boshqarishda maksad va vazifalar komp`yuter xotirasiga oldin kiritiladi va texnik vositalar aynan qo’yilgan axborot asosida ish bajaradilar. Inson tizimida esa uning o’z funktsiyasini boshqarish shartlari o’zgarib turadi va dinamik tus oladi. SHuning uchun bu tizimning boshqaruv organi yuqorida turgan boshqaruv organlaridan ko’rsatmalar olib turadilar va ular asosida qarorlar qabul etib, faoliyatni boshqaradilar. SHuning uchun boshqaruv faoliyatining asosiy qismlaridan birini boshqaruv uchun kerak bo’lgan qarorni qabul qilish tashkil etadi. SHu paytdan boshlab rahbarning boshqaruv faoliyati boshlanadi.
Rahbarning bir qarorga kelishi va harakteri, balki uning irodaviy xislatlari bilan ham bog’liq. Boshqaruv faoliyati - birinchi navbatda bu irodaviy sifatlar bilan vujudga keladigan faoliyatdir. Bu ongli yo’nalishga ega maqsad sari intilish faoliyati hisoblanadi. Maqsad sari bir qarorga kelish - bu shunday vaziyatki usiz irodaviy faoliyat vujudga kelmaydi. Irodaviy hislatlar orqali inson hayvonlardan farq qilib tabiat va jamiyat qonuniyatlarini hurmat etgan holda ularda qadriyatli o’zgarishlar kiritadi.
O’z qarorlari orqali rahbar tashkilot faoliyati tizimida kerakli o’zgarishlar kiritadi, tizimni bir holatdan boshqa holatga o’tkazadi, uni maqsadga erishishga moyil etadi. Boshqaruv jarayonini qabul qilinmagan qarorsiz boshlash mumkin emas.
Bugungi rahbar tizim va muhit xususiyatlarini bilmasdan turib irodaviy qaror chiqara olmaydi. U muammolarni o’rganish, tizim holatini tahlil etishi, bajariladigan funktsiyalar sharoiti va holatini bilishi lozim. SHu bilan birga rahbar tashqi sharoitlarning tizimga bo’lgan ta`sirini ham nazardan chetda qoldirmasligi kerak. U innovatsiyalarda qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini yaqqol ko’ra olmog’i, tasavvur qilmog’i lozim. SHuning uchun har bir rahbarda yangilik hissiyoti, axborotli tahlil etish va keraklisini ajratib olish malakasi, katta muammolarni ko’rqmasdan hal etish qobiliyati rivojlanmog’i darkor. Rahbar biron bir qaror chiqarishi uchun u muayyan talab va bu talablarni qoniqtirish sharoitlariga ega bo’lish lozim. Talabni qoniqtirish uchun u muammoni belgilaydi. Muammoni to’g’ri belgilash - boshqarish maqsadi, vazifalari va vositalarini aniq, real tanlashga butun tashkilot tizimi faoliyatini kamchiliksiz, xatolarsiz tashkil etishda puxta zamin yaratadi.
Bugungi rahbarda innavatsion tafakkur va xayolga ega bo’lish nihoyatda zarurdir. YAngiliklarni his etish, internet xizmatidan foydalana olish, tashkilotning kelajagini to’g’ri belgilash qobiliyatlari tashkilotning samarali rivojini ta`minlaydi.
Rahbar faoliyatini optimallashuviga uning boshqa namunali tashkilotlarni ish tajribasini o’rganish, tahlil etish, xulosa chiqarish va o’z faoliyatida uni joriy eta bilish qobiliyati yordam beradi. Buning uchun rahbar gazeta jurnal, radio, televideniya xizmatidan, mutaxassislik, tashkilotchilik va ishlab chiqarish uchun chiqarilgan umumiy
va maxsus kitoblar, maqolalar bilan tanishishi, kompyuter va internet kabi axborot vositalaridan keng foydalana olmog’i lozim. Tajriba almashuv vositasi ham rahbarga ko’p axborot beradi Uni yangi g’oyalar bilan ta`minlaydi. Rahbar chiqarilgan qarorni to’g’ri va amaliyligiga uning jamoa bilan maslahatlari sabab bo’ladi. Jamoani fikri, qiziqishi, irodasini inkor etgan rahbar hech qachon yutuqlarga erishmaydi. Bugungi rahbar o’z jamoasini fikri ehtiyojlarini istaklari va holatlarini doim tahlil etib turishi zarurdir. Tashkilot oldida turgan muammolarni echish uchun rahbar ishchi xodimlar, jamoani bilim, malaka va ko’nikmalaridan to’la foydalana olish qobiliyatiga ega bo’lish lozim. Ishni yuritish uchun tashkilot boshqaruvchisiga doim yangi g’oyalar lozim. YAngi g’oyalarni zamonaviy kuch bilan yaratish, jamoani bu ishga jalb etish maqsadga muvofiqdir. Rahbar chiqargan qarorni natijaligi effekti, iktisodiy, ijtimoiy va siyosiy harakterga ega. Har bir chiqarilgan qarorni kompleks har tomonlama samaradorligini ta`minlash qobiliyati bugungi rahbar-tashkilotchi uchun nihoyatda kerakdir. Tashkilot ishlab chiqarayotgan mahsulot (axborot, moddiy narsalar, siyosiy, ijtimoiy harakatlar) ijtimoiy, tabiat qadriyatlari va davlat siyosatiga zarar keltirmasligi lozim. Bu yo’nalishning o’z ishida tatbiq etish uchun rahbar kuchli ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va tabiiy bilim malakalariga ega bo’lishi shart.
Rahbarning umumiy faoliyati uning aqliy faoliyati bilan bog’liq. Bu faoliyatning amaliyligi, ijodiyligi tufayli, bor bilimlarni hayotga tatbiq eta bilish malakasi tufayli rahbar tez va kerakli qaror chiqara oladi. Rahbarning tafakkur jarayonidagi so’z, tushunchalar, kategoriyalarning, ma`nodorligi unda analiz, sintez, taqqoslash, konkretlashtirish, taxminlash, xulosa chiqara olish malakalari vujudga kelishi uchun sabab bo’ladi. Aqlning moyilligi, xotiraning tezligi, xayolning rivojlanishi - rahbar shaxsi uchun eng zarur xislatlardir. Aqliy faoliyatning natijadorligi muayan vaqt davomidagi fikriy operativlarning miqdori bilan belgilanadi. SHuning uchun rahbar o’zida sintetik - analitik sifatlarni, induktiv, deduktiv xulosa chiqarish malakalarini mashq etib shakllantirishi lozim.
Rahbar o’z shaxsiy tajribasini hayotda joriy eta bilmog’i, jamoada ijobiy psixologik muhitni saqlay olishi, jamoada birdamlik, samimiylik, ijodiylik muhitini barqarorligini ta`minlay olishi, har bir muammoni sabr-toqat, sobitqadamlik bilan echa olishi, malaka va ko’nikmalarini o’zida o’stirishi nihoyat zarur.
Har bir tashkilotning faoliyatida shaxs, guruh va jamoaviy mehnat tufayli maqsadga erishadi. Rahbar tashkilot ishlarini ilmiy asoslashi, rejalashtirilgan maqsadini sifatlari va unumli bajarilishi uchun guruh va jamoaning qonun-qoidalarini har tomonlama chuqur bilishi shart.
Tashkilotda faoliyat ko’rsatayotgan har bir shaxsning harakterida, mijozida, hissiyoti va hatti-harakatlarida u mansub bo’lgan millat, xalq, xudud, professional toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi muhim guruhga, oilasining ta`siridan paydo bo’lgan sifatlari va xususiyatlari bo’ladi. Tarixiy shart, sharoit, davr, davlat tizimi va o’sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta`sir ham shaxs individuallligi uning isixologik sifatlariga kuchli ta`sir etadi. Bu ta`sir makro bosqichdagi tasirlar deb atalib, yaqin muhitning ta`siri - mikro bosqichdagi ta`sirlar deb ataladi. Ikkala bosqichdagi ta`sirlar ham ijtimoiy psixologik nuqtai nazaridan o’zining kuchli tarbiyaviy ahamiyatiga ega. CHunki har bir sharoitda shaxs o’ziga xos ijtimoiy rollarni bajaradi va o’zining kashfiyotini namoyon etadi. Har bir insonning sifat-xususiyatlari faoliyatda yaqqol ko’zga tashlanadi. SHaxsni, uning sifat xususiyatlarini o’zgartirish lozim.
SHu boisdan bir vaqtning o’zida shaxs individualligiga har hil ijtimoiy va boshqa ta`sirlar bo’lib turadi. Ma`lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta`siri ko’proq, ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sayozroq bo’ladi, Biz hamma vaqt ma`lum guruhlar ta`sirida bo’lamiz.
Guruh - ma`lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondirilgan insonlar uyushmasidir.
Guruh uchun ikki asosiy mezon mavjud:
Faoliyatning bo’lishligi ( mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar);
Odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
Har bir shaxs uchun davrning bosqichlarida shunday odamlar guruhi bo’ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, g’oya va fikrlariga erishishga harakat qiladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid etadi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deyiladi. Amerikalik sotsiologlar bu guruhning bir necha turlarini farq etadilar.
Normativ guruhlar. Bu shunday guruhlarki ularning normalarini shaxs ma`qullaydi, ularga amal qilishga harakat qiladi. Bu guruhlarga oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professional guruhlarni kiritish mumkin. Oilada bola uchun rolni ota-ona, opa-singil, kattalar, mahallaning qadriyatli insonlari o’ynaydi.
Qiyoslash guruhi. Bu shunday guruhki - shaxs bu guruxga kirishi uchun uning ma`qullashiga muhtoj bo’lmaydi, lekin harakatlarni yo’lga solishda unga asoslanadi va korrektsiya qiladi.
Negativ guruhlar. Bu shunday guruhki - shaxs ularning hatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi. Ular shaxsning z`tiqod darajlaridan mutloq farq qiladilar. Masalan: bir-birini yoqtirmagan odamlar bir-biriga qarama-qarshi gap tutadilar. Biri biron narsani yaxshi desa, ikkinchisi o’sha narsani yomon deydi.
Guruhlar har hil bo’ladilar. Ko’chadagi tasodifiy hodisani ko’rayottan odamlar to’plami agregatsiya (olomon) deyiladi. Haqiqiy guruh uchun o’sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta`sir ko’rsatish imkoniyati bo’lishi kerak. Amerikalik psixolog CH. Kulen hamkorlikning darajasi mezoniga ko’ra guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’ladi.
Birlamchi guruhda shaxslararo o’zaro ta`sir '"yuzma-yuz", “bevosita" ro’y beradi. Masalan: oila davrasida, sinfda. tashkilotda qatnashayotgan odamlar.
Ikkilamchi guruhlarda har doim ham odamning bevosita muloqotda bo’lish imkoniyatlari bo’lmaydi. Ular orasida o’zaro tasir bilvosita bo’ladi. Masalan; yirik bir tashkilotdagi tizimlar orqali muloqot, kasaba uyushmasiga birlashgan odamlar. Vatan tarakqiyoti partiyasi a`zolarining bog’liqligi ikkilamchi guruhga kiradi. Ularda umumiylik mavjud. Partiyani misolini oladigan bo’lsak. Ular qaerda bo’lmasin bari bir umumiy g’oya atrofida birlashadi, a`zolik badalini vaqtida to’laydi, saylov oldi kompaniyalarida bir-birini qo’llab quvvatlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |