Mádeniyat hám kórkem-óner mákemelerin shólkemlestiriw hám basqariw páninen seminar temalari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana14.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#362628
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5235690774502314516

4.

 

Fandrayzing bo’yicha mutaxassisning muzokaralar olib borishiga doir tavsiyalar: 

-asosan  fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  bilim  salohiyatini  ko’rsatishi,  xamkorni  loyihaga 

jalb qilinishiga sabab bo’lishi mumkin; 

-o’zaro  tiyib  turish  asosidan  xamkor  to’g’risida  ko’proq  ma'lumot  olish,  bundan  tashqari 

xamkorining shartlari to’g’risida to’liq ma'lumotga ega bo’lish; 

-muzokara chog’ida xamkorga loyihani ilmiy asoslanganligi, unga doir qonun va qonunosti 

xujjatlar bo’lishi lozim; 

-

 

fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  muzokarada  o’ziga  ishongan  xolda  so’zlashi  lozim.  Bu 



xamkorni NNTga bo’lgan ishonchini ko’taradi. Reallikdan yiroqlashmaslik uchun loyihani ideal 

darajada amalga oshirishga ishontirish shart emas; 

-soha  va  loyihaga  tegishli  termin,  atamalarini  ishlatish,  loyihaning  jozibadorligini,  yanada 

to’laroq  mazmun-mohiyatini  oshirishga  sabab  bo’ladi.  Loyihada  ishlatilayotgan  termin, 

atamalarga ma'nolarini anglatuvchi izohlar bo’lishi lozim. Xamkor tashkilot o’zi tushunmaydigan 

sohani moliyalashtirmasligi oddiy xaqiqat hisoblanadi; 




-muzokaralar o’tkazish bo’yicha anik bir shakl yo’q.Muzokara vaqtida yangi qiziqarli fikrni 

o’rtaga  tashlash,  bu  o’z  o’rnida  muzokaraga  o’zgacha  fayz  ko’shishi  mumkin.  Muzokaradagi 

vaziyatlarga moslashuvchan va yangi g’oyalarga nisbatan erkin bo’lish lozim; 

-

 



fandrayzing bo’yicha mutaxassis muzokara chog’ida inkor qilish va  qabul qilishning eng 

muqobil  yo’llarini  bilishi  lozim



Aslida  faoliyat  yuritayotgan  xar  qanday  mutaxassis  uchun 

kerakli sifat xisoblanadi; 

-ayrim o’tkazilgan muzokaralarning natijasi uzoq vaqtlardan so’ng ko’rinishi mumkin.Lekin 

fandrayzing bo’yicha mutaxassis loyiha oldindan muvaffaqiyatli bo’lishini oldindan bilish lozim. 

O’z  o’rnida  loyiha  ma'lum  vaqt  o’tgandan  keyin  ahamiyatini  saqlay  oladimi,  vaqt  sarflashga 

arzishi to’g’risida chuqur o’ylab ko’rish lozim; 

-qiziquvchan  yoki  befarq bo’lish  mutaxassisning qo’lida, ammo ma'lum  ma'noda befarqlik 

asosida ikkinchi tomonning loyihaga qanchalik darajada qiziqish uyg’otganligini bilishi kerak;  

-

eng  muvaffaqiyatli  muzokara  bu  albatta  uning  ikkala  tomon  uchun  manfaatli 

yakunlanishidadir.Ma'lum  ma'noda  bir  tomonning  manfaati  bilan  yakunlanishi  kelajakda 

xamkorni  yuqotishga  olib  kelishi  mumkin.  Kelajakda  xamkorni  yuqotish  pul  yoki  Jamoaviy 

natijadan ko’ra ko’proq yuqotishga olib kelishi mumkin; 

-ayrim xollarda muzokalar olib borish san'at darajasida qaraladi va bunga erishishda tartib, 

amaliy ahamiyatga ega bo’lgan usullar va ijodkorona  yondashuv  talab qilinadi. Muzokaralarni 

bir xil ko’rinishda olib borish xar doim ham yuqori natija beravermaydi.Muzokaralarni yuqori 

darajada pog’onama-pog’ona oshirib, yangilab boorish lozim; 

-muzokara  yakunida  bir  ovozda  kelishib  olingan.ishni

:

  ikkadla  tomon  o’rnatilgan  tartibda 



amalga oshirishi yoki voz kechilgan ishni loyiha faoliyati davomida qilmaslik lozim. Bu esa o’z 

navbatda yuqori natijaga sabab bo’lishi mumkin. 

NNTlarga moliyaviy mablag’larini jalb qilishning yana bir ahamiyatga molik tarafi sifatida 

o’zaro sheriklikni  rivojlantirish bo’lib, bu jahonda Friendraising (ingizcha do’stdik,  sheriklikni 

rivojlantirish) deb nomlanadi. Ushbu faoliyatni tashkil qilishning ahamiyati shundaki, ma'lum bir 

masala  yechimini  topishda,  sohadagi  NNTlar  yoki  fuqarolik  jamiyatining  institutlari  bilan 

birgalikda  ishlab  chiqilgan  loyixaga  moliyaviy  manbalarni  jalb  qilish  va  sarflash  tushunilib, 

moliyaviy masalalarni xal qilishda birgalikdagi xarakat samaraliroq xisoblanadi. Bu tushunchani 

faqat NNT va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida ishlatish to’laroq xisoblanadi. Davlat, ishlab 

chiqarish va tijorat tuzilmalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasidagi xamkorlik ijtimoiy 

sheriklik xisoblanadi. Mamlakatimizda "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida" gi qonun qabul qilingani, 

sohani izchil rivojlanishiga olib keladi. 

 



1.

 

Nodavlat  notijorat  tashkilotlarida  moliyaviy  mablag’  jalb  etishga  bo’lgan  qobiliyatni 



yuksaltirish– Fandrayzing 

Reja: 


1. Fandrayzing bo’yicha mutaxassis uchun tavsiya qilinadigan umumiy prinsiplar 

2.NNT raxbari fandrayzing buyicha mutaxassis uchun kulay ish sharoitini shakllantirish uchun 

kuyidagilar tavsiya kilinadi: 

3.Fandrayzing bo’yicha mutaxassisning muzokaralar olib borishiga doir tavsiyalar: 

 

Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun zarur bo’lgan resurslarni yigishda xalqaro amaliyotida 



fandrayzing bo’yicha mutaxassislardan foydalaniladi. 

1. Fandrayzing 

 

Fandrayzing  (inglizcha  "fundraising"  suzi  "mablag’  yig’uvi"  degan  ma'noni  anglatadi)  - 



moliyaviy resurslar va boshqa ko’rinishdagi resurslarini (inson, moddiy, axborot va boshqalarni) 

jamlash  jarayoni  hisoblanib,  shu  jumladan  loyiha  va  dasturlarini,  u  yoki  bu  faoliyatining 

maqsadini amalga oshrishda barcha vositalarni yig’ish tushuniladi. 

Ushbu  faoliyat  turi  bilan  NNT  o’zi  ishchi  xodim  olishi  yoki  yuqori  malakali  fandrayzing 

mutaxassisidan  foydalanishi  mumkin.NNTlarda  fandrayzing  faoliyatini  tashkil  qilishda  shtat 

jadvaliga asosan xodim yollanishi maqsadga muvofiq hamda rahbariyat tarkibiga kirishi tavsiya 

etiladi.Ushbu tushuncha O’zbekistonda deyarli ishlatilmasada, amalda xar xil ko’rinishda, turli xil 

shaxslar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Fandrayzing faoliyati ishlab chiqarish va tijorat 

sohalarida xam keng qo’llaniladi. 

Fandrayzing faoliyatida, asosan quyidagi 3 yo’l bilan resurslar shakllantiriladi: 

-aniq  maqsadga  yo’naltirilgan beg’araz moliyaviy, moddiy, texnik  ko’rinishdagi vositalarni 

tanlovida ishtirok etish; 

-yuridik, jismoniy shaxslardan tomonidan ixtiyoriy ravishda beg’araz beriladigan mablag’lar; 

-yuridik,  jismoniy  shaxslar  tomonidan  aniq  maqsad  uchun  beriladigan  turli  ko’rinishdagi 

xomiylik mablag’lar. 

Yuqorida  keltirilgan  yo’nalishlar  bo’yicha  resurslar  jalb  qilinganda  NNT  bilan  xamkorlik 

qilingan  xisoblanadi.  NNT  resurslarini  jalb  qilishni  xujjatlashtirishi  maqsadga  muvofiq  bo’lib, 

NNT  o’zining  kelajakdagi  faoliyati  davomida  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  xamkorlik  qilayotgan 

shaxs  o’rtasidagi  muammoni  oldini  olgan  bo’ladi(shartnoma,  bitim,  memorandum,  xamkorlik 

rejasi bo’lishi mumkin). 

Fandrayzing faoliyatini jamoaviy yoki yakka bir shaxsga yuklatilishi mumkin.Ikkala xolatdan 

qat'iy nazar NNT fandrayzing bo’yicha o’zining strategiyasini ishlab chiqishi lozim.Bu srategiya 




o’z  yo’nalishini  aloxida  jihatlarini  xisobga  olgan  xolda  ishlab  chiqadi.  Uni  ishlab  chiqishda 

quyidagi jihatlariga e'tibor berish tavsiya etiladi: 

-fandrayzing bo’yicha harakat rejasi; 

-xamkorlik yoki xomiylik taklifi ishlab chiqish (aniq, yuqori saviyali, jalb qiluvchan, qanday 

shartlar asosida xamkorlik qilinishi o’zida jamlagan reja, xat, loyiha, dastur, media vositalar va 

boshqalar bo’lishi mumkin); 

- aniq maqsadli gurux, qanday sohada ishlashni ko’rsatish; 

 - jalb qilinayotgan hamkor bilan kelajakda ikki tomonlama samarali xamkorlik qilish bo’yicha 

ishni tashkil qilish; 

-jalb qilinayotgan mablag’ni ishlatishga doir loyiha (ijtimoiy masalalar kompleksi, xarajatlar 

smetasi va boshqalar) ishlab chiqish. 

NNTlar  qaysi  yo’l  bilan  moliyaviy  mablag’  topish  mumkin,  bu  borada  qaysi  strategiyani 

tanlash  kerak?Nima  ishlar  qilish  kerak?mazmunidagi  savollarga  javob  berish  juda  qiyin. 

Yuqoridagi savollarga javob topishda rahbariyat, ishchi jamoa, fandrayzing bo’yicha mutaxassis 

soha  to’g’risidagi  bilimlarini  yig’ganda  va  umumlashtirganda,  samarali  yoki  samarasiz,  to’g’ri 

yoki noto’g’ri degan qarorga kelinadi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, avvalo, o’zlarining 

ustav  maqsadlari  va  vazifalaridan  kelib  chiqqan  xolda  fandrayzing  faoliyatini  tashkil  qilishlari 

maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Ayniqsa,  loyiha  doirasida  amalga  oshirilishi  kutilayotgan  ishlar 

majmui  tashkilotning  ustav  maqsadlari  va  vazifalariga  to’g’ri  kelishi  nodavlat  notijorat 

tashkilotlarning mas'ul xodimlari tomonidan baholanishi lozim. 

Loyihaning  maqsadi  iqtisodiy  foyda  olishga  qaratilmaganligi  sababli  loyihani  moliyaviy 

jixatdan qo’llab-quvvatlovchi tashkilotning shartlari doirasida yozish tavsiya etiladi. 

Loyiha  yozishda  asosan  titul  varag’i,  tashkilotning  bank  rekvizitlari,  loyihaning  mazmuni, 

muammoning  quyilishi,  ishtirokchi  tashkilotning  shu  sohadagi  tajribasi,  loyiha  maqsadi, 

vazifalari,  kalendar  rejasi,  kutilayotgan  natija  keng  yoritib  berilgan  qismlariga  katta  e'tibor 

qaratiladi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  tashkilot  tarkibiga  tegishli  ma'lumotlar  (rahbar,  xodimlar), 

ro’yxatga oluvchi organ (guvohnoma), muassasaning sheriklari va moliyaviy jixatdan qo’llab- 

quvvatlovchi tashkilotning boshqa shartlari bo’lishi mumkin. Loyihani yozish shakli muallifning 

salohiyatidan kelib chiqqan xolda belgilanishi mumkin. 

Loyiha  yozuvchi  muallif  quyidagi  savollarga  javob  topishi  lozim:  muammo  nima  uchun 

mavjud?  Muammoni  kanday  sabablar  yuzaga  keltiradi?Ko’rsatilgan  muammolar  bir-biri  bilan 

bog’likmi?Muammoni  oqibatlari  qanday?Mazkur  muammolarning  odamlarga  ta'siri  qay 

darajada?va xokazolar. 




Loyiha yozishning muhim jixati shundaki, bosh maqsadga erishish uchun maqsadli guruhlarni 

qo’llab-quvvatlash,  yaxshilash,  kuchaytirish,  ko’maklashish,  muvofiqlashtirish,  qayta  ko’rishni 

o’zida mujassam etishi lozim. Yakuni


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish