Mádeniyat hám kórkem-óner mákemelerin shólkemlestiriw hám basqariw páninen seminar temalari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana14.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#362628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
2 5235690774502314516

 

U

.

 Abduvaliev 

Buyruk bilan tanishdik: 

N.M.Ismoilova 

A. Raximova 

Agar  tashkilot  endigina  o’z  faoliyatini  boshlayotgan  bo’lib,  unda  mehnat  daftarchalarini 

yuritish  ishini  topshirish  mumkin  bo’lgan  xodimlar  bo’lmasa,  tashkilot  rahbari  mehnat 

daftarchasini yuritish bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga olishi mumkin. 

Mehnat daftarchalarini sotib olish. 

Xar  bir  korxona  o’z  extiyojlaridan  kelib  chiqib,  lekin  shtat  jadvalida  nazarda  tutilgan 

xodimlar sonidan oshmagan xolda, mehnat daftarchalari sotib olish xuquqiga ega. 

Mehnat daftarchalari va mehnat daftarchalariga qo’shimcha varaqlar (qistirmalar) korxonalar 

tomonidan  tuman  (shahar)  Bandlikka  ko’maklashish  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish 

markazlaridan  sotib  olinadi.  Mehnat  daftarchalarini  bopqacha  tartibda  sotish,  shuningdek, 

fuqarolar tomonidan mehnat daftarchalarini sotib olish taqiqlanadi. 

Mehnat  daftarchalari  va  mehnat  daftarchalariga  qo’shimcha  varaqlarni  sotib  olish 

shartnomasini  tuzish  uchun  korxonalar  mehnat  bo’yicha  mahalliy  organlarga  yozma  murojaat 

qilishlari lozim. A’rizada shtat jadvali bo’yicha xodimlar soni, vakant lavozimlar (joylar) soni, 

shuningdek,  mehnat  daftarchasi  (mexnat  daftarchasi  dublikata)  yoki  mehnat  daftarchasiga 

qo’shimcha varaq berilishi lozim bo’lgan xodimlar to’g’risida ma'lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi 

kerak. 


Mehnat  daftarchasi  va  mehnat  daftarchasiga  qo’shimcha  varaqlarni  korxonalar  tomonidan 

qayta sotishga yoki boshqacha tartibda begonalashtirilishiga yo’l qo’yilmaydi (Yo’riknomaning 

1,3-bandi). 

Mehnat daftarchalarini saqlash 

Asosiy  xodimlarning  mehnat  daftarchalari  xodim  ish  xaqi  oladigan  korxonaning  kadrlar 

bo’limida (yoki mehnat daftarchalarini berish uchun mas'ul bo’lgan shaxsda) saqlanadi. 

Mehnat  daftarchalarini  qat’iy  xisobot  xujjatlari  tarzida  saqlash  vazifasi  ish  beruvchi 

zimmasiga  yuklatiladi,  ular  seyflarda,  metall  shkaflarda  yoki  ularni  saqlash  mumkin  bo’lgan 

maxsus xonalarda saqlanadi. 

Pensiyalari muddatidan oldin tayinlangan (erkaklar - 65  yoshga to’lgan va ish staji 25  yil, 

ayollar - 55 yoshga to’lgan va ish staji 20 yil bo’lgan) shaxslarning mehnat daftarchalari umumiy 



asoslarda yoshga doir pensiya olish xuquqiga ega bo’lgunga qadar, yoki ishga kirguncha tuman 

(shahar) Bandlikka ko’maklashish va axolini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida saqlanadi. 

O”rindoshlik asosida ishlayotganlarning mehnat daftarchasi asosiy ish joylarida saqlanadi. 

NNT,  har  qanday  boshqa  yuridik  shaxs  singari,  qonun  xujjatlarida  belgilangan  mehnat 

daftarchalarini  to’ldirishga  oid  barcha  qoidalarga  bo’ysunadi.Bunda  notijorat  tashkilotlari 

faoliyatining  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan  bog’lik  jihatlar  mavjud.NNTo’zfaoliyatini  olingan 

grantlar asosida amalga oshiradi.Shu sababli grant amal qiladigan muddatga xodimni ishga qabul 

qilish  paytida  mehnat  daftarchasidagi  lavozimga  qabul  qilish  to’g’risidagi  yozuvda  loyihaning 

nomi ko’rsatilishi shart (masalan, "Axborot platformasi" loyihasi rahbari lavozimiga ishga qabul 

qilindi").Shuningdek mehnat daftarchasiga xodimning ishga qabul qilinishi, ishdan bo’shatilishi, 

lavozimi o’zgartirilishi bilan bog’liq barcha yozuvlar qayd etiladi. Ya'ni NNT xodimlari muddatli 

mehnat  shartnomalari  bo’yicha  ishlab,  loyihadan  loyihaga  o’tadigan  bo’lsalar,  mehnat 

daftarchasiga, bir yilda bir necha xil yozuv qayd etiladigan bo’lsa xam, ularning xar biri bo’yicha 

ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va bo’shatish to’g’risidagi yozuvlar kiritilishi shart. 

2. Shaxsiy xujjatlar yig‘majildini shakllantirish tartibi. Shaxsiy ish - har bir alohida xodimning 

shaxsiy  ma'lumotlaridan  iborat  ma'lumotlar  majmui.  Ish  beruvchi  bunday  ma'lumotlarni 

tizimlashtirishi, ishlov berishi, saqdashi va ximoya qilishi shart. 

Shaxsiy  xujjatlar  yig‘ma  jildi  mehnat  shartnomasi  tuzilgandan  keyin  ishga  qabul  qilishda 

shakllantiriladi. Keyinchalik unga muayyan xodimning mehnat faoliyati bilan bog’liq buyruqlar, 

arizalar,  ma'lumotnomalar  va  boshqa  xujjatlar  nusxalari  tikiladi.  T-2  shaklidagi  shaxsiy  varaka 

ham shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildiga kiritiladi. 

Amaliyotda  shaxsiy  xujjatlar  yig‘ma  jildi  muayyan  muassasadagi  xodimning  mehnat 

faoliyatiga taalluqli xujjatlar solingan papka ko’rinishiga ega bo’ladi. 

Odatda shaxsiy xujjatlar yig‘majildi tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 

-

 

xodimning shaxsiy varaqasi (T-2 shakli); 



-

 

mehnat daftarchasi, mehnat shartnomasi birinchi bor tuzilayotgan yoki xodim o’rindoshlik 



shartida ishga kirayotgan xollar bundan mustasno

-

 



pasport nusxasi yoki uning o’rnini bosuvchi xujjat, o’n olti yoshga to’lmagan shaxslar uchun 

esa – tug’ilganlik xaqidagi guvohnoma va yashash joyidan ma'lumotnoma; 

-

 

tegishincha xarbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun xarbiy bilet yoki xisobda 



turganligi xaqidagi guvohnoma nusxasi; 

-

 



soliq  to’lovchining  identifikatsiya  rakami  (STIR)  berilganligi  xaqida  soliq  organlarining 

ma'lumotnomasi nusxasi; 

-

 

shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya xisob varag’i (ShJBPX) ning berilgan raqami qayd 



etilgan daftarcha nusxasi


-

 

avtobiografiya; 



-

 

ma'lumoti xaqidagi xujjatlar nusxalari (sertifikatlar, maktab attestatlari, diplomlar va x.k.); 



-

 

avvalgi ish joylaridan xarakteristikalar va tavsiyanoma xatlar



-

 

xodimning shaxsiy arizalari; 



-

 

mazkur xodimga taalluqli mehnat shartnomasi va buyruqlar (farmoyishlar) nusxalari; 



-

 

attestatsiya varaklari; 



-

 

salomatligi xaqidagi ma'lumotnomalar; 



-

 

fotosuratlar; 



-

 

boshqa xujjatlar. 



Shaxsiy  xujjatlar  yig‘ma  jildi  xujjatlari  xronologik  tartibda,  ular  kelib  tushishiga  qarab 

shakllantiriladi.  Masalan,  ishga  qabul  qilganlik  xaqidagi  buyruq  (farmoyish)  shaxsiy  xujjatlar 

yig‘ma jildining eng tagida, mehnat shartnomasini bekor qilganlik xaqidagi buyruq (farmoyish) 

esa eng ustida turishi kerak. 

Xodimning  shaxsiy  varaqasi  -  idoralararo  namunaviy  T-2  shaklini  shakllantirishga 

xodimning  shaxsiy  xujjatlar  yig‘ma  jildidagi  majburiy  xujjatlardan  biri  sifatida  alohida  e'tibor 

berish  lozim  (Mehnat  daftarchalarini  yuritish  tartibi  to’g’risida  yo’riqnomaga  4-  ilova).  T-2 

shaklidagi shaxsiy varaqani yuritish zarurati  yo’riqnoma bilan tasdiqlanadi, sababi ishga qabul 

qilish, boshqa doimiy ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi mehnat 

daftarchasiga  kiritiladigan  xar  bir  yozuv  bilan  ish  beruvchi  ushbu  daftarcha  egasini  shaxsiy 

varaqasini imzolash yo’li bilan 3 kun muddat ichida tanishtirishi lozim. 

Bu  xolda  shaxsiy varaka  (T-2)dagi  yozuv  bilan  mexnat  daftarchasidagi  yozuvlar bir-biriga 

o’zaro  mos  bo’lishi  shart.  Yangi  xodimga  shaxsiy  varaqani  to’ldirish  uchun  berish  amaliyoti 

ancha  keng  tarqalgan,  kadrlar  bo’limi  xodimi  esa  keyin  ma'lumotlar  to’g’ri  kiritilganligini 

tekshirib  qo’ya  qoladi.  Buni  to’g’ri.  Shaxsiy  varaqani  xodim  taqdim  etgan  xujjatlar  asosida 

kadrlar bo’limi xodimi to’ldirishi kerak.Shundavaraqa ikkala tomon imzosi bilan tasdiqlanadi. 

Shaxsiy varaqani to’ldirish uchun kadrlar bo’limi xodimiga quyidagi xujjatlar kerak bo’ladi: 

-

 



ishga qabul qilish to’g’risida buyruq (farmoyish); 

-

 



pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa xujjat; 

-

 



xodimning mehnat daftarchasi, mehnat shartnomasi birinchi marta tuzilayotgan yoki xodim 

)o’rindoshlik shartida ishga kirayotgan xollar bundan mustasno

-

 

xarbiy xisobda turganlik xaqidagi xujjatlar - xarbiy xizmatga majburlar va xarbiy xizmatga 



chaqiriladigan shaxslar uchun; 

-

 



ma'lumoti,  malakasi  yoki  maxsus  bilimga  egaligi  xaqidagi  xujjatlar  -  maxsus.bilim  yoki 

maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan ishga kirayotganda




-

 

boshqa  xujjatlar,  agar  amaldagi  qonun  xujjatlarida  ularni  taqdim  etish  nazarda  tutilgan 



bo’lsa. 

Xodim ishdan bo’shaganda mehnat daftarchasini olganligi to’g’risida shaxsiy varaqasiga va 

xodimlar bo’limidagi xisobot kitobiga imzo qo’yadi. 

Yana  bir  savol  yuzaga  keladi:  kartochkani  qay  ko’rinishda  –  kog’oz  yoki  elektron  tarzda 

yuritgan  ma'qul?  Shaxsiy  kartochka  kog’ozda  yuritilishi  kerak,  albatta.  Ishga  qabul  qilishda 

kartochkaga  barcha  zarur  va  uni  to’ldirish  paytida  mavjud  ma'lumotlarni  kiritib,  elektron 

ko’rinishda rasmiylashtirish mumkin. Biroq ma'lumotlarni kiritib bo’lgan zaxoti xodim u bilan 

tanishib chiqishi va kartochka to’g’ri tuldirilganligini imzosi bilan tasdiqlashi uchun uni kog’ozga 

chiqarish kerak. 

Xodim  bilan  mehnat  shartnomasi  bekor  qilinganda  kadrlar  bo’limi  xodimi  buyruq  asosida 

shaxsiy kartochkaga bu xaqda yozuv kiritadi, xodim esa o’z navbatida shaxsiy varaqa (T-2)ga 

imzo chekib, bu bilan mehnat munosabatlari bekor kilinganligidan xabardorligini tasdiqlaydi. 

Shaxsiy  varaqalar  (T-2)  ning  yo’qligiga  nazorat  organlari  mehnat  to’g’risidagi  qonun 

xujjatlarini buzish deb baholab, ma'muriy jazo qo’llashlari mumkin. 

Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildiga xujjatlar ro’yxati ilova qilinishi kerak, unda yig‘ma jilddagi 

barcha xujjatlar qayd etiladi.Ro’yhat xujjatlar yig’ma jildi ochilganda unga tikilib, xujjatlar kelib 

tushishiga qarab to’ldirilib boradi.Bu zarur xujjatni tez topishda yordam beradi. . 

Shaxsiy xujjatlar yig‘ma jildlarini va ularga joylashtirilgan xujjatlarni (ma'lumotlarni) saqlash 

shartlari  o’g’rilik  (oshkor  etish)dan  ishonchli  ximoya  qilinishini  ta'minlashi  kerak.  Shaxsiy 

xujjatlar yig‘ma jildlari bilan faqat vakolatli mansabdor shaxslar va ularning bevosita rahbarlari 

tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. 

Shaxsiy  xujjatlar  yig‘ma  jildi  kadrlar  xizmatida  saqlanishi  kerak,  xodim  ishdan 

bo’shatilganda  esa  shaxsiy  xujjatlar  yig‘ma  jildi  papkasidan  olinib,  arxivda  saqlashga  berish 

uchun rasmiylashtiriladi. 

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish