4.Mavzu: Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro’yhatga olish.
Reja:
1.NNTni davlat ruyxatidan utkazish uchun taqdim etiladigan xujjatlar:
2. NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan xujjatlarni ko’rib chiqish.
3.NNTniqayta ruyxatdan utkazish, davlat ruyxatidan utkazish tugrisidagi guvoxnomaning va ta'sis
xujjatlarining dublikatini berish.
4. Aloxida bo’linmalarni xisobga qo’yish
5. Xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarini ro’yxatga olish.
O’zbekiston Respublikasi "Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida"gi Qonunining 2-
moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan
ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib
olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a'zolari) o’rtasida
taqsimlamaydigan nodavlat notijorat tashkiloti deyiladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining
tashkiliy-xuquqiy shakllari hisoblangan: jamoat birlashmalari, jamoat fondlari (jamg’armalari),
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, notijorat tashkilotlar va O’zbekiston Respublikasida
davlat ro’yhatidan o’tgan xalqaro tashkilotlar shular jumlasiga kiradi.
Barcha nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari O’zbekiston Respublikasi qonunlari asosida tashkil etiladi, adliya organlarida
ro’yhatga olinadi, qonunlarda hamda nizom (ustav) larida ko’rsatilgan faoliyat turlarini olib
boradilar.
Ayrim xususiy mulk egasi tomonidan mablag’ bilan ta'minlanadigan shuningdek, qonun
chiqarish aktlarida ko’zda tutilgan boshqacha shakldagi yuridik shaxslar notijorat tashkilotlari
xisoblanadi.Notijorat tashkilotlari tushunchasi NNT tushunchasidan xam kengroqdir, chunki u
davlat tashkilotlarini ham o’z ichiga qamrab oladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining
tashkiliy-xuquqiy shakllariga bir necha ko’rinishdagi tashkilotlar kirishi ko’rsatib berilgan:
iste'molchilar, kooperativlar (matlubotchilar) uyushmalari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari
(jamg’armalari) muassasalari kiradi.
«Jamoat birlashmalari haqida»gi qonunning 1-moddasiga muvofiq, o’z xaq-xuquqlari,
erkinliklari va qonuniy talablarini siyosat, iqtisod, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya
va boshqa xayotiy jabhalar sohasida o’zaro amalga oshirish uchun birlashgan, fuqarolarning
erkin xoxish-istaklari natijasida paydo bo’lgan, ixtiyoriy ravishda shakllangan fuqarolarning
jamoat birlashmasi jamoat birlashmasi deb e'tirof etiladi.
Siyosiy partiyalar, ommaviy xarakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar
tashkilotlari, veteranlar va nogironlar, ilmiy, texnik, madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sport va
boshqa ixtiyoriy jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, vatandoshlar uyushmasi, assotsiatsiyalar va
fuqarolarning boshka tashkilotlari jamoat birlashmalari deb ataladi.
«Jamoat fondlari (jamg’armalari) haqida» gi qonunning 3-moddasiga muvofiq, jismoniy va
yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida tashkil etilgan xayriya,
ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko’zlaydigan, a'zoligi
bo’lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e'tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasi FKning 76-moddasiga muvofiq, mol-mulk egasi tomonidan
boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki notijorat yo’nalishidagi boshqa vazifalarni amalga oshirish,
tashkilotni to’liq yoki qisman mablag’ bilan ta'minlash ishlari zimmasiga olinsagina, u tashkilot
sifatida e'tirof etiladi.
Shuningdek, notijorat tashkilotlari sifatida uy-joy xususiy mulk egalari shirkati iste'molchilar
kooperativi (O’zbekiston Respublikasi FK 73-moddasi) deb e'tirof etiladi.Ammo "Kooperatsiya
to’g’risida" qonunning 3-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs xuquqiga ega bo’lgan, mustaqil
ravishda xo’jalik ishini yuritayotgan shaxs xam kooperativ xisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki,
kooperativning asosiy maqsadi o’z a'zolari uchun foyda olishdan iborat bo’lib, bu NNT
maqsadlari va vazifalariga zid keladi. Shuningdek, NNTga fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish
organlari (O’zbekiston Respublikasi FK 78-moddasi), mikrokredit tashkilotlar ("Mikrokredit
tashkilotlari haqida"gi qonunning 4-moddasi), advokatlik shakllanishlari ("Advokatura to’g-
risida” gi qonunning 4-1, 4-2, 4-3-moddalari), Savdo-sanoat palatasi (O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Farmonining "SSP tuzish haqida"gilar 3-punkti) ham kiradi.
Shu bois nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning tashkiliy- xuquqiy shakllari bo’lib
xisoblangan barcha tashkilotlar O’zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlari
to’grisida” gi qonun va qonunosti xujjatlari asosida ro’yhatga olinib faoliyat yuritib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining xozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada kuchaytirish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish, demokratlashtirish va mamlakatning jahon xamjamiyatiga integratsiyalashuvi
bo’yicha o’z oldiga qo’ygan maqsadini ro’yobga chiqarishda samarali ishlarni amalga oshirib
kelmoqda.
Xususan, ularning faoliyatini tartibga solish, xuquq va majburiyatlarini mustahkamlashga
qaratilgan bir kator kator qonunlar qabul qilindi. "O’zbekiston Respublikasida jamoat
birlashmalari to’g’risida», "Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida", «Nodavlat notijorat
tashkilotlari faoliyatining kafolati to’g’risida", "Jamoat fondlari to’grisida", "Xomiylik
to’g’risida", "Vasiylik va xomiylik to’g’risida", "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
to’g’risida” gi (yangi tahrirda), "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida” gi,
"Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida’ gi, "O’zbekiston
Respublikasida nogironlarni ijtimoiy ximoya qilish to’g’risida” gi (yangi tahriri), "Ekologik
nazorat to’g’risida" gi, "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida" gi va boshqalar shular jumlasidandir.
Yurtimizda ko’plab ijobiy o‘zgarishlarning xarakatlantiruvchi kuchi bo’lgan fuqarolik
jamiyati institutlarining tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash asosida sog’likni saqlash, ta'lim, atrof
muxitni muxofaza qilish, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish, jamiyatda xuquqiy
madaniyatni oshirish, barkamol avlodni tarbiyalash sohalarida yuzlab loyihalar xayotga tatbiq
etilmoqda va ayni shunday amaliy yondashuv bilan mamlakatda boshqa ko’p sohalar qatori
demokratik islohotlarning muxim tarkibiy qismi bo’lgan fuqarolik jamiyati institutlarini yanada
mustahkamlash va rivojlantirish, fuqarolarga o’z xayoti va butun jamiyat xayotini boshqarish va
tashkil etishda faol ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom Karimovning
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada
rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida 2013 yil 12 dekabrda imzolagan "Fuqarolik jamiyati
institutlarini rivojlantirishga ko’maklashish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"' gi
qarori muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu qarori nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik
jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy, sotsialistik iqtisodiy faolligini yanada oshirish,
mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash bo’yicha islohotlarni amalga
oshirishdagiularning roli va ahamiyatini kuchaytirish, «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik
jamiyati sari» tamoyilini izchillik bilan bosqichma-bosqich ruyobga chiqarish, shuningdek
NNTlar tizimini keng rivojlantirish, ularni tashkil etish hamda faoliyatini yo’lga qo’yish bilan
bog’lik tashkiliy-xuquqiy mexanizmlar xamda tartib-taomillarni takomillashtirish, xisobot
topshirish mexanizmini soddalashtirish masalalarini amalga oshirishga keng imkoniyat yaratdi.
Ma'lumki, Mazkur qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014
yil 10 martdagi 57-sonli O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining «Fuqarolik jamiyati
institutlarini rivojlantirishga ko’maklashish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»
2013 yil 12 dekabrdagi qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» gi qarori qabul qilingan.
Qarorning ijrosini tashkillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro’yhatidan o’tkazish tartibi, nodavlat notijorat
tashkilotlarining ramzlarini davlat ro’yhatidan o’tkazish tartibi,
nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo’lgan xodimlarini, shuningdek ularning
qaramog’idagi
oila
a'zolarini
akkreditatsiyadan
o’tkazish
tartibi
to’g’risidagi
nizomlarinitasdiqladi,
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining xuquqiy asoslarini takomillashtirishga doir
qo’shimcha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib uni ijroga qaratish to’g’risidagi qarorni
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublikaning
tegishli vazirlik va idoralari jo’natildi.
Mazkur qarorni ijro etish bo’yicha: davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat xokimiyati
rahbarlariga nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-xuquqiy mexanizmlarini takomillashti-
rishga, shuningdek fuqarolarning xuquqlari, manfaatlarini ximoya qilish va farovonligini oshirish,
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, ayniqsa nodavlat notijorat
tashkilotlarining amaliy ko’magiga zaruriyat bo’lgan sohalardagi davlat dasturlarini ishlab chiqish
va amalga oshirishda samarali ishtirok etashiga yo’naltirilgan faoliyatiga har tomonlama
ko’maklashishga va qo’llab-quvvatlashga doir ishlarning xolatini xar yilgi majlislarda muntazam
ravishda muhokama qilish;
mamlakatni ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng avvalo, ta'lim, sog’likni saqlash,
atrof muhitni muhofaza qilish, bandlikni ta'minlash, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish kabi
sohalarda tarmoq, mintaqaviy va xududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish,
shuningdek ularni amalda ro’yobga chiqarish masalalari bo’yicha jamoatchilik muhokamalarini
va eshituvlarini muntazam ravishda o’tkazish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb
etish amaliyotini qo’llash;
nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat dasturlarini amalga oshirishning borishi to’g’risidagi
hisobotlarni eshitish, ularni bajarish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish,
ko’rsatib o’tilgan davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining borishi
yuzasidan jamoatchilik nazorati natijalari to’g’risida xulosalar va axborotlar taqdim etish
imkoniyatini bergan xolda, ularni katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarining
bajarilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan
komissiyalar va ishchi guruxlar ishiga jalb etish;
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida jamoatchilik muhokamalarini, eshituvlarini hamda
fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan normativ-xuquqiy xujjatlar
loyihalarini ekspertizadan o’tkazish yo’li bilan jamoatchilik manfaatlarini har tomonlama
hisobga olish mexanizmlaridan keng foydalanish belgilandi.
Shuningdek, O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston
Ekologik partiyasi, O’zbekiston mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini
qo’llab-quvvatlash jamoat fondi xamda turli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini
birlashtiruvchi boshqa jamoat tashkilotlarining ustavlaridagi vazifalarni amalga oshirishda,
ijtimoiy, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, aholi turli qatlamlarining xuquqlari, erkinliklari va
manfaatlarini himoya qilish dasturlarini xal etishda ular bilan o’zaro mustahkam xamkorlik
qilish;
notijorat tashkilotlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlarida va xalqaro shartnomalarida
mustahkamlangan xuquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash bo’yicha chora-
tadbirlar ko’rish yuklatildi.
Vazirlar Maxkamasining qaroriga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat
ro’yhatidan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarni, shu
jumladan ularning yuridik shaxslar xisoblanadigan alohida bo’linmalarini (vakolatxonalari va
filiallarini) (keyingi o’rinlarda alohida bo’linmalar deb ataladi), shuningdek xalqaro va xorijiy
NNTning vakolatxonalari va filiallarini, ayni bir vaqtda ularni davlat soliq organlarida va davlat
statistika organlarida hisobga qo’ygan xolda, davlat ro’yhatidan o’tkaziladi va qayta ro’yhatdan
o’tkaziladi;
Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat
tashkilotlarini adliya organlari tomonidan davlat ro’yhatidan o’tkazishga xam tatbiq etiladi.
Quyidagilarni:
xalqaro, respublika, viloyatlararo NNTni, xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va
filiallarini, shuningdek qonun xujjatlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xujjatlarida va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan xollarda, alohida
NNTlarni davlat royhatidan o’tkazish – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;
faoliyatini viloyat, tuman, shaxar, shaharcha, qishloq va ovul xududida olib boradigan
NNTni, shuningdek ularning ustavlarida belgilangan muayyan xududlarda faoliyatini amalga
oshiruvchi yuridik shaxslar xisoblanadigan NNTning aloxida bo’linmalarini davlat ro’yxatidan
o’tkazish – Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya
boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida bo’linmalarni, shu jumladan xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining
alohida bo’linmalarini hisobga olish Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ularning turidan qat’iy nazar, aynan bir nomdagi NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazishga yo’l
qo’yilmaydi.
Nomi bir xil bo’lgan ikki yoki undan ortiq NNTni davlat royhatidan o’tkazish to’g’risidagi
a’riza tushgan xollarda boshqalardan oldinroq a’riza bergan NNT ro’yhatdan o’tkazishda
ustunlik xuquqiga ega bo’ladi.
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish uchun quyidagi miqdorlarda: xalqaro NNT, shuningdek
xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallari uchun - eng kam oylik ish xaqining un
baravari, shuningdek 50 AKD1 dollari;
Respublika va viloyatlararo NNT uchun - eng kam oylik ish xaqining to’rt baravari;
faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul xududida olib boradigan NNT
uchun - eng kam oylik ish xaqining ikki baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro’yhatidan o’tkazish
uchun ushbu Nizomning 6 bandida nazarda tutilgan summaning 50 foizi miqdorida davlat boji
undiriladi.
NNTni qayta ro’yhatdan o’tkazish uchun ushbu Nizomning 6 va 7 bandlarida nazarda tutilgan
summaning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
NNTning alohida bo’linmalarini davlat ro’yhatidan o’tkazish va hisobga qo’yish uchun davlat
boji undirilmaydi.
NNTning davlat ro’yhatidan o’tkazilgani to’g’risidagi guvoxnoma dublikatini olish uchun eng
kam oylik ish xaqining bir baravarini miqdorida to’lov undiriladi.
Bu Nizomga muvofiq undiriladigan davlat boji va to’lov qonun xujjatlarida belgilangan
miqdorlarda O’zbekiston Respublikasining Respublika byudjetiga xamda Sudlar va adliya
organlarini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi.
NNTni davlat ruyxatidan utkazish uchun taqdim etiladigan xujjatlar:
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risidagi ushbu nizom 1-ilovasiga muvofiq shakl
bo’yicha ariza ro’yhatdan o’tkazuvchi organga ta'sis s'ezdi yoki umumiy yig’ilish o’tkazilgan
kundan boshlab ikki oy mobaynida, jamoat birlashmasi uchun - bir oy mobaynida beriladi.
Jamoat birlashmasini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza rahbar organning kamida
uch nafar a'zosi tomonidan imzolanadi.
NNTni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinadi:
a) davlat tilidagi ustav yoxud yuridik, shaxs xisoblanadigan alohida bo’linma to’g’risidagi
nizom, ikki nusxada Ustav (nizom) tartib raqami qo’yilgan, ip o’tkazib tikilgan va ta'sischi (lar)
vakil qilgan shaxs imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak;
b) ta'sis shartnomasi - NNT assotsiatsiyalari (uyushmalari) uchun;
v) NNTni tashkil etish to’g’risidagi ta'sis s'ezdi (konfe- rensiyasi) ning yoki umumiy
yig’ilishning bayonnoma yoxud ta'sischining qarori (respublika va viloyatlararo NNT uchun
tegishli alohida bo’linmalar tashkil etish to’g’risidagi ma'lumotlar ham ko’rsatiladi);
g) NNTning pochta manzili sifatida foydalanish uchun mo’ljallanayotgan ko’chmas mulkka
yoki undan foydalanishga bo’lgan xuquqni tasdiqdovchi jujjat;
d) siyosiy partiyalardan tashqari, NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud ta'sischilari
to’g’risidagi ma'lumotlar, ularda jismoniy shaxslar uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi,
tug’ilgan sanasi, yashash joyi hamda yuridik shaxslar uchun - nomi, pochta manzili, soliq
to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat ro’yhatidan o’tkazilgan sanasi ko’rsatiladi;
y) tashabbuskor fuqarolar ro’yhati:
kamida uch ming kishining ro’yhati - kasaba uyushmalari uchun;
kamida un kishining ro’yhati - boshqa jamoat birlashmalari uchun, siyosiy partiyalardan
tashqari;
j) «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni talablarining
bajarilganligini tasdiqlovchi xujjatlar - siyosiy partiyalar uchun, shu jumladan:
siyosiy partiyaning dasturi;
mazkur partiyaga birlashish xoxishini bildirgan, kamida sakkizta xududiy sub'ektlarda
(viloyatlarda), shu jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan
kamida yigirma ming nafar O’zbekiston Respublikasi fuqarosining o’zlari imzo qo’ygan ro’yhati,
saylab qo’yiladigan organlarning a'zolari to’g’risidagi ma'lumotlar (familiyasi, ismi, otasining
ismi, tug’ilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ a'zolariga vakolatlar, shu
jumladan ro’yhatdan o’tkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda
partiya nomidan ishtirok etish xuquqi berilganligi to’g’risidagi partiya oliy organining qarori;
z) bosh NNT davlat ro’yhatidan o’tkazilgani to’g’risidagi guvohnomaning notarial
tasdiqlangan nusxasi - alohida bo’linmalar uchun;
i) dastlabki mablag’larning shakllanganligini tasdiqlovchi xujjat (vaqtincha jamg’arib
boriladigan xisob raqamlariga pul mablag’lari o’tkazilganligi to’g’risidagi bank ma'lumotnomasi)
- jamoat fondlari uchun;
k) vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi - vasiyatnoma bo’yicha tashkil etilayotgan
jamoat fondlari uchun;
l) belgilangan miqdorda davlat bojining to’langani to’g’risidagi bank to’lov xujjati.
Birlashtirish, bo’linish, ajralib chiqish yoki o’zgartirish shaklida qayta tashkil etish yo’li bilan
tuzilayotgan NNTlar qo’shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: .
-
qayta tashkil etilayotgan tashkilotga ma'lum bo’lgan barcha kreditorlar yozma ravishda
xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish to’g’risida ommaviy axborot vositalarida e'lon
berilganligining tasdiqnomasi;
-
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan
barcha majburiyatlari, shu jumladan tomonlar da'volashayotgan majburiyatlari bo’yicha xuquqiy
vorislik to’g’risidagi qoidalar ko’rsatilgan topshirish dalolatnomasi (birlashtirishda va
o’zgartirishda) yoki taqsimlash balansi (bo’linishda va ajralib chiqishda);
-
davlat ro’yhatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek
ichki ishlar organlarining tashkilotning muxri va shtampi yuk qilinganligi to’g’risidagi
ma'lumotnomasi (birlashtirishda, ajralib chiqishda va o’zgartirishda).
Yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida bo’linmalarni davlat ro’yxatidan o’tkazishda,
NNTlar bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan alohida bo’linma to’g’risidagi nizomni
yoxud bosh tashkilotning alohida bo’linmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish
tartibini, xuquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi ustavi nushasini taqdim etadilar.
O’z faoliyatini turli xududlarda:
bir yoki undan ortik chet el davlati xududida - xalqaro NNTlar uchun;
kamida uchta xududiy sub'ektlarda - respublika NNTlari uchun;
ko’pi bilan ikkita xududiy sub'ektlarda - viloyatlararo NNTlar uchun amalga oshiruvchi
NNTlar ustavlarida alohida bo’linmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi,
ularning xuquq va majburiyatlari mavjud bo’lishi kerak.
Alohida bo’linmani davlat ro’yhatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan xujjatlar NNTning
markaziy raxbar organi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan xujjatlarni ko’rib chiqish.
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish uchun taqdim etilgan xujjatlar ular taqdim etilgan kundan
boshlab bir oy muddatda ko’rib chiqiladi.
Xujjatlarni olgan tashkilot yigirma kun mobaynida o’z xulosasini taqdim etishi shart.
Agar xulosada NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazishni rad etish maqsadga muvofiqligi
to’g’risidagi fikr mavjud bo’lsa, u xolda tashkilot ushbu Nizom 24-bandining nazarda tutilgan
xolatlar doirasida o’z xulosasini asoslashi kerak.
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchiga:
-
ushbu Nizomga muvofiq belgilangan namunada davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risidagi
guvoxnoma;
-
«ro’yhatdan o’tkazilgan» yozuvi qayd etilgan, ro’yhatdan o’tkazuvchi organ muxri bilan
tasdiqlangan NNT ustavi beriladi.
Davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda ro’yhatdan o’tkazuvchi
organ NNTga Davlat soliq qo’mitasining va Davlat statistika qo’mitasining aniq vaqt rejimida
Internet tarmog’idagi tegishli idoraviy saytlardan foydalangan xolda olingan STIR va KTUT
kodlarini beradi.
Ro’yhatdan o’tkazish tartibotlari (statistika kodlarini, STIRni berish) tugallangandan keyin
davlat ro’yhatidan o’tkazilgan NNT to’g’risidagi ma'lumotlar ruyxatdan utkazuvchi organ
tomonidan tegishli ravishda ushbu Nizomga va muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat
reestriga, Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida bo’linmalarning davlat reestriga yoki
Xalqaro va xorijiy NNTlarining vakolatxonalari va filiallari davlat reestriga kiritiladi.
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish:
-
NNTning ta'sis xujjatlari O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo’rlik
bilan o’zgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy
xuquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib etish,
fuqarolarning sog’ligi va axloqiga qasd qilish maqsadiga ega bo’lganda;
-
xujjatlarning to’liq ro’yhati taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda
rasmiylashtirilmaganda;
- xujjatlar ustav qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki oy muddat (jamoat birlashmasi uchun -
bir oy muddat) keyin taqdim etilganda;
NNT aynan shu nom bilan ilgari ro’yhatdan o’tkazilganda;
NNTni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibi buzilganda yoki uning ta'sis xujjatlari
qonunga nomuvofiq bo’lganda;
Ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgan ta'sis xujjatlarida atayin noto’g’ri ma'lumot
keltirilganligi aniqlangan bo’lsa;
NNTning nomi yoki ramzi fuqarolarning axloqiga, milliy va diniy tuyg’ulariga daxl qilsa;
NNTning ta'sis xujjatlari xarbiylashtirilgan birlashmalar tuzishni nazarda tutganda rad etilishi
mumkin.
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazish ta'sis xujjatlarida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga va qonun xujjatlariga zid bo’lgan qoidalar mavjud bo’lgan boshqa xolatlarda
ham rad etilishi mumkin.
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazishning rad etilishi rad etishning asoslari bartaraf etilgan
taqdirda davlat ro’yhatidan o’tkazishga xujjatlarni takroran berish uchun to’siq bulmaydi.
NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazishni rad etish to’g’risidagi qaror ariza beruvchilarga qaror
qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda xabar qilinadi. Ariza beruvchiga
davlat bojini kaytarish masalasi bo’yicha murojaat qilish yoxud uch oy, siyosiy partiyalar uchun
esa - bir oy muddatda rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin, davlat boji to’lamasdan NNTni
davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza bilan takroran murojaat qilish xuquqi
tushuntiriladi.
Ro’yhatdan o’tkazuvchi organning NNTni davlat ro’yhatidan o’tkazishni rad etish
to’g’risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
NNTni qayta ro’yhatdan o’tkazish, davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risidagi
guvoxnomaning va ta'sis xujjatlarining dublikatini berish.
NNTlar ta'sis xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan taqdirda NNTning raxbar
organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir oy mobaynida ro’yhatdan
o’tkazuvchi organga quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
ta'sis xujjatlariga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalarni davlat ro’yhatidan o’tkazish
to’g’risidagi ariza;
NNT vakolatli rahbar organining ta'sis xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
to’g’risidagi qarori (bosh tashkilotning ta'sis xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
to’g’risida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil quyilgan qarori (bayonnomasi) -
xalqaro va xorijiy NNTlarning filiallari va vakolatxonalari uchun);
ta'sischi(lar) tomonidan vakil qilingan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan ikki nusxada -
ta'sis xujjatlariga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalarning matni yoki ta'sis xujjatlarining
yangi tahriri;
davlat ro’yhatidan o’tkazilgani to’g’risidagi guvohnomaning asl nusxasi - nomi o’zgargan
taqdirda;
belgilangan miqdorda davlat boji to’langani to’g’risidagi bank to’lov xujjati.
NNTning nomi yoxud NNTni ro’yhatdan o’tkazgan organ o’zgargan taqdirda ham ushbu
Nizomga muvofiq belgilangan namunada davlat ro’yhatidan o’tkazilgani to’g’risidagi yangi
guvohnoma beriladi. Bunda davlat ro’yhatidan o’tkazish to’g’risidagi yangi guvoxnomada
qo’shimcha ma'lumotlar sifatida NNT to’g’risidagi oldingi ma'lumotlar, shu jumladan nomi,
ro’yhatdan o’tkazuvchi organ, ro’yhatdan o’tkazish sanasi ko‘rsatiladi.
Ro’yhatdan o’tkazuvchi organning o’zgarishi bilan bog’liq xolda NNT qayta ro’yhatdan
o’tkazilgan taqdirda yangidan ro’yhatdan o’tkazgan adliya organi bu to’g’rida oldingi ro’yhatdan
o’tkazish joyidagi adliya organini, tegishli ro’yhatdan o’tkazish ma'lumotlari ko’rsatilgan xolda,
yozma shaklda xabardor qiladi. Olingan ma'lumotlar asosida oldingi ro’yhatdan o’tkazish
joyidagi adliya organi bu to’g’rida davlat reestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda davlat soliq
xizmati organlarini va davlat statistika organlarini xabardor qiladi.
Pochta manzili, bank rekvizitlari o’zgargan taqdirda NNT bir oy muddatda bu to’g’rida
ro’yhatdan o’tkazuvchi organga xabar qilishi shart.
Davlat ro’yhatidan o’tkazilgani to’g’risidagi guvohnoma yoxud ta'sis xujjatlari yuqolganda
yoki ular yaroqsiz xolga kelganda NNTning arizasiga binoan ro’yhatdan o’tkazuvchi organ
tomonidan ularning dublikatlari beriladi.
Alohida bo’linmalarni xisobga qo’yish
Alohida bo’linmani xisobga qo’yish uchun NNTning markaziy rahbar organi tomonidan qaror
qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda alohida bo’linmaga rahbarlik qilish zimmasiga
yuklangan shaxs tegishli adliya organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Alohida bo’linmani xisobga qo’yish to’g’risidagi arizada NNTning markaziy rahbar organi
tomonidan tasdiqlangan quyidagi xujjatlar ilova qilinadi:
alohida bo’linmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, uning xuquqlari va
majburiyatlari nazarda tutilgan bosh tashkilot ustavining nusxasi yoki bosh tashkilot ustaviga
muvofiq ishlab chiqilgan davlat tilida, ikki nusxadagi aloxida bo’linma to’g’risidagi nizom.
Alohida bo’linma to’g’risidagi nizom taqdim etilganda bosh tashkilot ustavining nusxasi ilova
qilinadi;
NNT markaziy rahbar organining alohida bo’linmani ochish to’g’risidagi bayonnomasi
(qarori);
NNT markaziy rahbar organining alohida bo’linma rahbarini tayinlash to’g’risidagi
qarorining nusxasi;
NNT markaziy rahbar organi tomonidan alohida bo’linma rahbariga berilgan
ishonchnomaning nusxasi;
NNTning davlat ro’yhatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvoxnomaning notarial
tasdiqlangan nusxasi.
Alohida bo’linmani xisobga qo’yish to’g’risidagi ariza zarur xujjatlar taqdim etilgan kundan
boshlab bir oy muddatda ko’rib chiqiladi.
Xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarini ro’yhatga olish. Xozirgi kunda yurtimizda
faoliyat yuritib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari qatorida AQSH, Fransiya, Germaniya,
Rossiya, Gollandiya, Sloveniya, Hindiston, Koreya va Qozogiston kabi davlatlarning nodavlat
notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallari keng miqyosda faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Bu ko’rsatkich respublikamizda nodavlat notijorat tashkilotlariga bo’lgan extiyoj tobora oshib
borayotganidan dalolat beradi. Zero nodavlat notijorat tashkilotlari inson xuquqlari va qonuniy
manfaatlarini ximoya qilish, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy maqsadlarga erishish va shu kabi
ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida"gi Qonuniga (2004
yil 30 aprelda kiritilgan qo’shimcha va o’zgartishlar)ga muvofiq xalqaro va chet el nodavlat
notijorat tashkilotlar vakolatxona va filiallarini O’zbekiston xududida ochish va faoliyat yuritishi
uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan "akkreditatsiya"dan o’tkazish uchun emas,
balki davlat ro’yhatidan o’tkazish tartibi belgilandi.
Xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallari davlat
ro’yhatiga olingan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladilar.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida xalqaro
xuquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan. Bu norma "Nodavlat notijorat
tashkilotlari to’g’risida"gi Qonunning 3-moddasida o’z ifodasini topgan bo’lib,
respublikamizdagi bir qator xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va
filiallari xukumatlararo bitimlarda ko’rsatilgan imtiyozlardan foydalangan xolda faoliyat yuritib
kelmoqdalar. Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlari va O’zbekiston Respublikasi Hukumatlari
o’rtasidagi 1994 yilning 1 -martida imzolangan, Germaniya Federativ Respublikasi va
O’zbekiston Respublikasi Xukumatlari )o’rtasidagi 1993 yil 28 aprelda imzolangan "Madaniy
xamkorlik to’g’risida"gi, O’zbekiston Respublikasi Xukumati va Germaniya Federativ
Respublikasining "Konrad Adenauer fondi" o’rtasidagi 1993 yil 9 noyabrda imzolangan,
O’zbekiston Respublikasi Xukumati va Germaniya Federativ Respublikasining "Fridrix Ebert
fondi" o’rtasidagi 1998 yilning 19 mayida imzolangan bitimlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va
filiallariga maxalliy nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bir katorda O’zbekiston Respublikasi
qonun xujjatlari bilan xam bir qator imtiyoz va afzalliklar berilgan. Jumladan, Soliq kodeksiga
muvofiq bir necha xil soliq to’lovlaridan va byudjetga majburiy to’lovlardan ozod etilganlar.
"Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida"gi qonunda xalqaro va chet el nodavlat notijorat
tashkilotlari vakolatxona va filiallarining chet ellik rahbarlari, xodimlari va ularning
qaramog’idagi oila a'zolarini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya
qilish belgilangan.
Akkreditatsiya 1 yil muddatgacha va muddati uzaytirish xuquqi bilan berilib, chet ellik
xodimlar akkreditatsiya kartochkasida belgilangan muddat davomida Tashqi mehnat migratsiyasi
masalalari agentligining ruxsatnomasisiz mehnat faoliyatini amalga oshirish xuquqiga ega
bo’ladilar.
Xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxona va filiallarining chet ellik
raxbarlari, xodimlari va ularning qaramog’idagi oila a'zolarining O’zbekiston xududida bo’lish
tartibi, xususan viza olish hamda vaqtinchalik ro’yhatdan o’tish masalalari Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Xorijiy
fuqarolarning va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasiga kelishlari va
O’zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi"ga asosan amalga oshirish belgilangan.
Shuni ta'kidlash joizki, Respublikamiz xududida nodavlat notijorat tashkilotlari, shu
jumladan chet el tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda davlat ro’yhatidan o’tmasdan
(xisobga olinmasdan) turib faoliyat yuritishlari man etilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi
Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 239-moddasida jarima belgilangan.
Qolaversa, Qonunning 30-moddasiga ko’ra xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlari
vakolatxona va filiallari hamda ularning xodimlarining siyosiy faoliyatda, shuningdek ustavdagi
maqsad va vazifalarga to’g’ri kelmaydigan boshqa faoliyatda qatnashishi man etilgan. Shu bilan
birga ularning siyosiy partiyalar xamda ommaviy xarakatlar tomonidan o’tkaziladigan amaliy
xarakatlar va tadbirlarni moliyalashtirishga, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi
bilan chiqishiga hamda shunday tashkilotlar tuzishni qo’llab-quvvatlashga yo’l qo’yilmasligi
belgilangan. Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 239-moddasiga asosan belgilangan
tartibda ro’yhatdanutkazilmagan ramziy belgilarni ishla- tishi, ro’yhatdan o’tkazuvchi organning
roziligisiz tadbirlar o’tkazishi, xuddi shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari o’tkazayotgan
tadbirlarga ro’yhatdan o’tkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish, o’z faoliyati
to’g’risidagi xisobotlarni ro’yhatdan o’tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o’z vaqtida taqdim
etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat
tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag’laridan
foydalanilishi to’g’risidagi tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etmaslik ularni ma'muriy
javobgarlikka tortishga olib keladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining
O’zbekistondagi vakolatxona va filiallari tomonidan keng miqyosdagi faoliyatni amalga
oshirishlari uchun normativ-xuquqiy baza yaratilgan. Biroq mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlar samarasini ta'minlashda nodavlat notijorat tashkilotlarni kengroq ishtirok etishi va
ularning rolini kuchaytirish uchun taraqqiy topgan davlatlar tajribasini inobatga olib xamda
ertangi kun talablaridan kelib chiqib mavjud xuquqiy bazani takomillashtirish takozo etiladi.
So’nggi paytda qonunchilikka kiritilgan o’zgartishlarning biri bu avval xalqaro va chet el
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Adliya vazirligiga ayrim xujjatlar legallashtirilgan
xolda taqdim etish talab etilgan bo’lsa, endilikda ushbu xujjatlarni O’zbekiston Respublikasining
"Ayrim qonun xujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi 2012 yil 10
apreldagi qonuniga asosan belgilangan tartibda legallashtirish yoki apostil qo’yilgan nusxalarini
taqdim etish talab etiladi. Qolaversa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23
avgustdagi 1602-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
to’g’risidagi Nizom bilan Adliya vazirligi vakolatlari doirasiga xalqaro va chet el nodavlat
notijorat tashkilotlari vakolatxona xamda filiallarining chet ellik xodimlarini akkreditatsiyadan
o’tkazishdan tashqari mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining chet ellik xodimlari va ularning
qaramog’idagi oila a'zolarini akkreditatsiyadan o’tkazish vakolati kiritildi.
Xullas, ushbu qarorda nodavlat notijorat tashkilotlarini ro’yhatga olish, ularning xisobot
topshirish tartiblarini soddalashtirilganligi, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari
o’zaro munosabatlarining tashkiliy-xuquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqilganligi, davlat boji va nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini
davlat ro’yxatiga olish uchun to’lanadigan yig’imlar miqdori sezilarli darajada kamaytirilganligi,
Davlat ro’yxatiga olish bo’yicha murojaatlarning adliya organlari tomonidan ko’rib chiqish
muddati qisqartirilganligi nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirishda keng
imkoniyatlar yaratmoqda. Yaratilayotgan bunday imtiyozlar, nodavlat notijorat tashkilotlarini
yanada rivojlanishiga muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |