6.Mavzu: Nodavlat notijorat tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash.( 2
soat).
Reja:
1.Nodavlat notijorat tashkilotlarida moliyaviy manbalarni shaklantirishga oid qonunchilik.
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarida moliyaviy va moddiy resurslarni shakllantirish yo’llari.
3. Nodavlat notijorat tashkilotlarida moliyaviy mablag’ jalb etishga bo’lgan qobiliyatni
yuksaltirish
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish
borasida amalga oshirilgan salmoqli ishlar natijasi o’laroq, bosib o’tgan yo’li aholining keng
qatlamlarini qo’llab-quvvatlaydigan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa
institutlarining jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo’ldi. Ular faoliyati doirasida ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishi, mamlakat aholisining turli qatlamlarini qo’llab-
quvvatlashi, ijtimoiy muammolarni xal etishdagi ko’magi, bu borada belgilab olingan vazifalar
ko’lamining kengayib borishi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar bo’yicha muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining moliyaviy asosini yaratib berilganligi, fuqarolik
jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar
amaliyotga tadbiq qilinayotganligi yuqori amaliy natijalarini bermoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa soha
vakillario’rtasida ijtimoiy sheriklikka asoslangan munosabatlarning yanada rivojlanib borishi, bu
boradagi faoliyatni davlat tomonidan rag’batlantirilishi va ommalashtirilayotgani, nodavlat
notijorat tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarining kengayib borayotganligi jamiyatda ular
ta'sirining ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Nodavlat notijorat tashkiloti tadbirkorlik yoki ma'lum bir foyda olish uchun faoliyat turi bilan
shug’ullansa qonun xujjatlarida belgilangan tartibda byudjet va davlat maqsadli jamg’armalariga
soliqlar xamda boshka majburiy to’lovlar to’laydi, shuningdek amaldagi qonunchilikda beg’araz
xomiylik yoki yordam ko’rsatgan tashkilotga nisbatan turli imtiyozlar ishlab chiqilgan bo’lib,
bugungi kunda ulardan keng foydalanib kelinmoqda.
Notijorat tashkilotlar soliq ob’ekti sifatida foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib
olmagan va olingan daromadlarni o’z qatnashchilari (a'zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan
yuridik shaxslar tushuniladi.
Notijorat tashkilotlarga byudjet tashkilotlari, shu jumladan davlat xokimiyati va boshkaruvi
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yhatidan o’tgan
xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning o’zini uo’zi boshqarish
organlari va qonun xujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi.
NNTlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishdan olingan foydadan soliq tushuruvchi buladi. Agar Soliq kodeksning soliq solishning
soddalashtirilgan tartibida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq kodeksiga
muvofiq soliq solishning sodsalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar xisoblanadi.
NNTlari uchun quyidagilar soliq to’lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
-
byudjetdan berilgan subsidiyalar;
-
olingan grantlar va insonpavarlik yordami;
-
notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta'minoti va uni amalga oshirish uchun
olingan, belgilangan maqsadga ko’ra va (aki) tekin kelib tushgan mablag’lar;
-
agar mablag’larni. (mol-mulk yoki mulkiy xuquqlarni) boshqa shaxsga o’tkazish, ishlarni
bajarish, xizmatlar ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarori asosida yuz berayotgan bo’lsa, tekin olingan
mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy xuquqlar), ishlar va xizmatlar.
NNTlar uchun quyidagi boshqa daromadlarga nisbatan soliq solinmaydi (boshqa
daromadlarga tovarlar, ishlarni, xizmatlarni, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq
bo’lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi):
1.
Soliq to’lovchining Solik kodeksning 133-moddasiga muvofiq asosiy vositalari va boshqa
mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan daromadlar.
2.
Soliq kodeksining 134-moddasining birinchi qismiga muvofiq mol-mulkni operativ ijaraga
berishdan olinadigan daromadlar.
3.
Soliq Kodeksning 134-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar.
4.
Solik Kodeksning 135-modsasiga muvofiq tekin olingan mol- mulk, mulkiy xuquqlar,
shuningdek ishlar va xizmatlar.
.• 5. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zahiralar xamda boshqa
mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar.
6. Xisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar
7.
Soliq Kodeksning 136-moddasiga muvofiq majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan
olinadigan daromadlar.
8.
Soliq Kodeksining 137-moddasiga muvofiq talablardan o’zganing foydasiga voz kechish
shartnomasi bo’yicha olingan daromadlar.
9.
Soliq Kodeksining 138-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki
zararlarning o’rnini to’plash tarzidagi daromadlar.
10.
Soliq Kodeksning 139-modqasiga muvofiq xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan olinadigan
daromadlar.
11.
Undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va penya, shuningdek
qonuniy kuchga kirgan sud xujjati asosida qarzdor tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan jarimalar
va penya.
12.
Soliq Kodeksining 140-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq
13.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita
bog’lik bo’lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.
14.
Olingan grantlar va insonparvarlik yordami.
15.
Ustav faoliyatining ta'minoti amalga oshirish uchun tekin kelib tushgan olingan,
belgilangan maqsadga mablag’lar.
Qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan boshqa daromadlar qo’shilgan qiymat solig’i summasi
chegirilgan holda aniqlanadi.
NNTlar uchun yuqorida nazarda tutilgan daromadlarga soliq solinmaydi, bundan Soliq
Kodeks 132 moddasining 11-bandidagi, 157-moddasining birinchi qismiga muvofiq birgalikdagi
faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar, 14-bandidagi dividendlar va foizlar va 15-
bandlaridagi dividetorlik faoliyatidan tushgan daromadlarga soliq solinadi.
Yuridik shaxslar homiylik va xayriya tarqasida quyidagi maqsadlari uchun NNTlarga
moliyaviy mablag’ o’zgarsa yuridik shaxsning soliq solinadigan foydasi kamaytiriladi, biroq soliq
solinadigan foydaning ikki foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda (Soliq Kodeksining 159 moddasi):
ekologiya, sog’lomlashtirish va xayriya jamg’armalariga, madaniyat, sog’likni saqlash,
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta'lim
muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlariga beriladigan xomiylik va xayriya tariqasidagi mablag’lar. Misol uchun korxona 10 000
000 so’mdan soliq va boshqa majburiy to’lovlarini to’lashi lozim. Agarda korxona NNTga
yuqorida keltirilgan maqsadlar uchun 200 000 so’mgacha pul soliq solinadigan foydasi
kamaytiriladi.Korxona esa 9 800 000 uchun soliq tulaydi.
Xulosa qilib aytganda, nodavlat notijorat tashkilotlariga moliyaviy mablag’larni jalb qilishda
iqtisodiy nuktai nazardan ijtimoiy masalani xal qilish uchun talabni oshishi yoki ijtimoiy
masalalarni eng to’g’ri, barcha uchun manfaatli hamda muqobil yo’lini topish, ularni mafaatdor
tashkilotga taklif qilishi lozim. Taklif qilinayotgan loyihaga nisbatan manfaatlar muvozanatni
ta'minlash esa talabni o’z-o’zidan ortishiga olib keladi. Yuqorida keltirilganlar asosida
tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa tashkilotlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining
rivojlanishigao’z xissalarini qo’shishlari mumkin.
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarida moliyaviy va moddiy resurslarni shakllantirish yo’llari.
Nodavlat notijorat tashkilotlari o’zlari maqsad qilib olgan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni
yechishda turli ko’rinishdagi resurslar talab qilinadi.
NNTlar faoliyatining moddiy asoslarini jamlashda quyidagi 4 guruhga bo’linadi:
1.
Davlat byudjet mablag’laridan (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash
Jamoat Fondi), vazirliklar, idoralar, qo’mitalar, agentliklar, xokimiyatlar, davlat- ning
byudjetdan tashqari maqsadli fondlari va boshqalar.
2.
Boshqa jamoat birlashmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya jamg’armalari
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari.
3.
Tadbirkorlik, tijorat tuzilmalari.
4.
Xalqarovaxorijiytashkilotlarbo’lishimumkin.
NNTlardamoliyaviymanbaalarnijamlash,
tashkilotyokitadbirdasturlaruchunmol-
mulkjamlashNNTlartomonidanamalgaoshirilayotganishlariningsamarasiniyanadato’laroqifodaet
adi.NNTlarniloyiha,
dastur,
rejavaboshqaijtimoiyahamiyatgamoliqishlarniamalgaoshirishvanatijagaerishishdagimoddiyasosi
niquyidagilartashkilqiladi:
-
grantlar (O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksning 129-moddasi 8-bandiga binoan,
olingan faktlar soliq to’lovchining daromadi hisoblanmaydi);
-
ijtimoiy buyurtma;
-
subsidiya;
-
moliyaviy ko’mak;
-
yordam;
-
xayriya;
,
-
xomiylik (ixtiyoriy va kelishuv asosida);
-
kirish va a'zolik badallari, ular ustavda nazarda tutilgan bo’lsa;
-
muassislardan, qatnashchilardan (a'zolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan
tushumlar;
-
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar,
foyda (ushbu faoliyatdan tushgan daromadlarga NNT urnatilgan tartibda soliq solinadi);
-
devidend (ushbu faoliyatdan tushgan daromadlarga NNT o’rnatilgan tartibda soliq
solinadi);
-
foiz (ushbu faoliyatdan tushgan daromadlarga NNT o’rnatilgan tartibda soliq solinadi);
-
ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan beriladigan beg’araz
mol-mulk, tovar (xizmat) va boshqalar bo’lishi mumkin;
-tovarlarni tannarxidan yoki olish bahosidan past baxolarda realizatsiya qiluvchi, shuningdek
tovarlarni tekinga beruvchi yuridik shaxslar uchun - tovarlar tannarxi yoki ularni olish bahosi.
Bunda baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar uchun
realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan xolda
aniqlanadi. Ushbu norma ekologiya, sog’lomlashtirish xamda xayriya jamg’armalariga,
madaniyat, sog’likni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va
sport, ta'lim muassasalariga tekinga beriladigan tovarlarga tatbiq etilmaydi; Masalan, NNT
yuqorida ekologiya sohasiga oid tadbir o’tkazsa va tadbir ishtirokchilari uchun sovg’a tariqasida
korxonadan olgan tovarlari soliq solishning ob'ekti hisoblanmaydi (Soliq Kodeks 355 moddasi).
Nodavlat notijorat tashkilotlarida moliyaviy mablag jalb etishga bulgan kobiliyatni
yuksaltirish .
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun zarur bulgan resurslarni yigishda xalqaro amaliyotida
fandrayzing bo’yicha mutaxassislardan foydalaniladi.
Fandrayzing (inglizcha "fundraising" suzi "mablag’ yig’uvi" degan ma'noni anglatadi) -
moliyaviy resurslar va boshqa ko’rinishdagi resurslarini (inson, moddiy, axborot va boshqalarni)
jamlash jarayoni xisoblanib, shu jumladan loyiha va dasturlarini, u yoki bu faoliyatining
maqsadini amalga oshirishda barcha vositalarni yig’ish tushuniladi.
Ushbu faoliyat turi bilan NNT uzi ishchi xodim olishi yoki yuqori malakali fandrayzing
mutaxassisidan foydalanishi mumkin.NNTlarda fandrayzing faoliyatini tashkil qilishda shtat
jadvaliga asosan xodim yo’llanishi maqsadga muvofiq xamda rahbariyat tarkibiga kirishi tavsiya
etiladi.Ushbu tushuncha O’zbekistonda deyarli ishlatilmasada, amalda xar xil ko’rinishda, turli xil
shaxslar tomonidan amalga oshirib kelinmokda. Fandrayzing faoliyati ishlab chiqarish va tijorat
sohalarida xam keng qo’llaniladi.
Fandrayzing faoliyatida, asosan quyidagi 3 yo’l bilan resurslar shakllantiriladi:
-aniq maqsadga yo’naltirilgan beg’araz moliyaviy, moddiy, tehnik ko’rinishdagi vositalarni
tanlovida ishtirok etish;
-yuridik, jismoniy shaxslardan tomonidan ixtiyoriy ravishda beg’araz beriladigan mablag’lar;
-yuridik, jismoniy shaxslar tomonidan aniq maqsad uchun beriladigan turli ko’rinishdagi
xomiylik mablag’lar.
Yuqorida keltirilgan yo’nalishlar bo’yicha resurslar jalb qilinganda NNT bilan xamkorlik
qilingan xisoblanadi.NNT resurslarini jalb qilishni xujjatlashtirish maqsadga muvofiq bo’lib,
NNT o’zining kelajakdagi faoliyati davomida bo’lishi mumkin bo’lgan xamkorlik qilayotgan
shaxs o’rtasidagi muammoni oldini olgan bo’ladi (shartnoma, bitim, memorandum, xamkorlik
rejasi bo’lishi mumkin).
Fandrayzing faoliyatini jamoaviy yoki yakka bir shaxsga yuklatilishi mumkin.Ikkala xolatdan
qat'iy nazar NNT fandrayzing bo’yicha o’zining strategiyasini ishlab chiqishi lozim.Bu srategiya
o’z yo’nalishini alohida jihatlarini xisobga olgan xolda ishlab chiqadi. Uni ishlab chiqishda
quyidagi jihatlariga e'tibor berish tavsiya etiladi:
-fandrayzing bo’yicha xarakat rejasi;
-xamkorlik yoki xomiylik taklifi ishlab chiqish (aniq, yuqori saviyali, jalb qiluvchan, qanday
shartlar asosida xamkorlik qilinishi o’zida jamlagan reja, xat, loyiha, dastur, media vositalar va
boshqalar bo’lishi mumkin);
- aniq maqsadli guruh, qanday sohada ishlashni ko’rsatish;
-jalb qilinayotgan xamkor bilan kelajakda ikki tomonlama samarali xamkorlik qilish b’'yicha
ishni tashqil qilish;
-jalb qilinayotgan mablag’ni ishlatishga doir loyiha (ijtimoiy masalalar kompleksi, xarajatlar
smetasi va boshqalar) ishlab chiqish.
NNTlar qaysi yo’l bilan moliyaviy mablag’ topish mumkin, bu borada qaysi strategiyani
tanlash kerak?Nima ishlar qilish kerak?mazmunidagi savollarga javob berish juda qiyin.
Yuqoridagi savollarga javob topishda raxbariyat, ishchi jamoa, fandrayzing bo’yicha mutaxassis
soha to’g’risidagi bilimlarini yig’ganda va umumlashtirganda, samarali yoki samarasiz, to’g’ri
yoki noto’g’ri degan qarorga kelinadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, avvalo, o’zlarining
ustav maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan xolda fandrayzing faoliyatini tashkil qilishlari
maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa, loyiha doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar
majmui tashkilotning ustav maqsadlari va vazifalariga to’g’ri kelishi nodavlat notijorat
tashkilotlarning mas'ul xodimlari tomonidan baholanishi lozim.
Loyihaning maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilmaganligi sababli loyihani moliyaviy
jihatdan qo’llab-quvvatlovchi tashkilotning shartlari doirasida yozish tavsiya etiladi.
Loyiha yozishda asosan titul varag’i, tashkilotning bank rekvizitlari, loyihaning mazmuni,
muammoning quyilishi, ishtirokchi tashkilotning shu sohadagi tajribasi, loyiha maqsadi,
vazifalari, kalendar rejasi, kutilayotgan natija keng yoritib berilgan qismlariga katta e'tibor
qaratiladi. Shu bilan bir qatorda, tashkilot tarkibiga tegishli ma'lumotlar (rahbar, xodimlar),
ro’yhatga oluvchi organ (guvoxnoma), muassasaning sheriklari va moliyaviy jihatdan qo’llab-
quvvatlovchi tashkilotning boshqa shartlari bo’lishi mumkin. Loyihani yozish shakli muallifning
salohiyatidan kelib chiqqan xolda belgilanishi mumkin.
Loyiha yozuvchi muallif quyidagi savollarga javob topishi lozim: muammo nima uchun
mavjud? Muammoni qanday sabablar yuzaga keltiradi?Ko’rsatilgan muammolar bir-biri bilan
bog’likmi?Muammoni oqibatlari qanday?Mazkur muammolarning odamlarga ta'siri qay
darajada?va xakozolar.
Loyiha yozishning muhim jihati shundaki, bosh maqsadga erishish uchun maqsadli guruhlarni
qo’llab-quvvatlash, yaxshilash, kuchaytirish, ko’maklashish, muvofiqlashtirish, qayta ko’rishni
o’zida mujassam etishi lozim. Yakunibo’yicha ma'lum bilimlarni o’rgatish, ko’nikma hosil etish,
taqsimlash, kamaytirish yoki ko’paytirish, tashkillashtirish, tayyorlash va boshqalar bo’lishi
mumkin.
Yana bir ahamiyatli jihati, vaziyatni bayon qilishda aniqlik, o’lchov birligi, hududiylik,
miqyosi, reallik, vaqt bo’yicha ahamiyatini aks ettirishi kerak bo’ladi.
Loyiha byudjetda to’g’risida fikr yuritganda, smetada keltirilgan raqamlar aniqlik bilan
tekshirilgan, real moliyaviy axborotlarga ega bo’lishi, inflyasiyani xisobga olishi, moliyaviy
mablag’larni ishlatish vaqti va ko’zda tutilmagan xarajatlarni o’zining yoki boshqa manbalar
xisobidan ko’plashlari yuzasidan aniqlik talab qilinadi.
Smetada asosan mablag’ni nima uchun sarflanishi, qancha miqdorda mablag’ ishlatilishi,
qancha miqdorda tovar olinishi yoki xizmatlardan foydalanishi, mablag’ni ishlatish vaqti,
qo’shimcha sifatida o’zining mablag’larini kiritishi mumkin. Yuqorida ta'kidlanganidek, xarajat-
lar smetasini shakli loyiha muallifining salohiyatidan kelib chiqqan xolda tuzilishi mumkin.
Xar qanday xolatda xam loyihani amalga oshirishni boshlaganda sizning loyiha bo’yicha
ishingizni va olingan mablag’ni maqsadli ishlatilishini tasdiqlovchi axborot, dalil (fakt) va
isbotlarni yig’ish rejasi va taomilini avvaldan belgilab olish zarur. Muassasa taqdim etilayotgan
ma'lumotlar, xujjatlarning xaqqoniyligiga javobgar bo’ladi.Moliyaviy mablag’ olgan tashkilot
faoliyat doirasida o’zing tashabbusi bilan auditorlik tekshiruvi o’tkazishi, xo’jalik yurituvchi
sub'ektning yoki qonunchilikda ko’rsatilgan tartibda boshqa mablag’ beruvchi shaxsning qaroriga
ko’ra auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi mumkin.
Umumiy tartibda loyiha muallifi, reallik, aniqlik, ijtimoiy ahamiyatini ochib berishi,
qonunchilik doirasida bo’lishi, xududiylik, miqyosi, aholini qamrab olishi doirasini baholashi,
moliyaviy va moddiy resurslarni o’rnatilgan tartibda ishlatishi va boshqa jihatlarni o’z ichida
qamrab olgan bo’lishi kerak.
Keyingi o’rinda loyihani amaliyotga tatbiq qilishda 3 omilni keltirish mumkin: vaqt,
qobiliyat, munosabat.
Shuni ta'kidlash joizki, loyiha muallifi tashkilot moliyaviy manfaatini birlamchi qilib qo’yishi
tavsiya etilmaydi. Balki loyiha fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari
ijtimoiy muammolarni xal qilish va eng asosiysi, ko’p asrlik ma'naviy-axloqiy negizlarni,
bag’rikenglik g’oyalari va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashga yordam berishi kerak.
Fandrayzing faoliyatida quyidagi ahamiyatga molik jihatlariga e'tibor qaratish lozim:
-sohaga nisbatan yuqori prioritet berilib, boshqa bir sohani ahamiyatini pasaytirib
ko’rsatmaslik;
-xamkorlik aloqalarini bog’lashda (doimiy tartib sifatida) ijobiy fikr-muammo-ijobiy fikr
asosida olib borish;
-xamkorga turli omillarni ta'sirini bo’rtirib ko’rsatmaslik;
-xamkor tomonidan o’tkazib yuborilgan xatodan foydalanmaslik kerak, xamkor ushbu
sohada yetarli bilimga ega bo’lmasligi mumkin;
-fandrayzing bo’yicha mutaxassis tahlil jarayonida qo’yilgan masalani bo’laklarga bo’lib
ko’rsatishi, ma'lumotlarni sintez qilingan xolda taqdim etishi lozim;
-loyiha yozishda murakkablikdan oddiylikka ishi yoki oddiylikdan murakkablikka o’tishini
tahlil qilish lozim;
-ko’tarilgan masalaning ahamiyati ilmiy asoslangan bo’lishi kerak;
-xamkor to’g’risida olingan ma'lumotlarni o’zining roziligi asosida tarqatish,qolgan
ma'lumotlarni sirligicha saqlash lozim ("Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida"gi qonunning
33- moddasiga binoan, nodavlat notijorat tashkilot o’z faoliyati natijalari xaqida xisob-kitob
yuritadi va belgilangan tartibda ro’yhatga oluvchi, statistika va soliq organlariga xisobotlar
taqdim etadi. Bundan kelib chiqib ro’yhatga oluvchi, statistika va soliq organlariga xamkor
to’g’risida ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak bo’ladi);
-amaldagi qonunchilikka muvofiq fandrayzing buyicha mutaxassis xamkorga moliyaviy
yordam ko’rsatish to’g’risida bosim o’tkazishi mumkin emas. Lekin bir vaqtning o’zida xolatdan
kelib chiqib xamkorga nisbatan oqilona fikrlardan foydalanib uni loyihaga jalb qilishi mumkin;
-bir xamkordan olingan mablag’ni ikkinchi xamkorga taqdim etmaslik kerak. Agar loyiha
bir nechta NNTlar bilan amalga oshirilsa, bu borada xamkor bilan kelishib olishlari kerak bo’ladi
("Xomiylik to’g’risida"gi qonunga asoslanib ish yuritish maqsadga muvofiq bo’ladi);
-agar xamkor tomonidan ariza yoki kamchilik bildirilsa, unga nisbatan o’z vaqtida, aniqlik,
oqilona, o’zaro tiyib turish va shaffoflik asosida javob berishi lozim;
-tashkiliy-idoraviy va ma'muriy-xo’jalik faoliyatlari bilan bog’lik, shu jumladan, xayriya
yordamlari ko’rsatish, xar xil ko’rik-tanlovlar, tadbirlar tashkil etish va boshka loyiha doirasidagi
tadbirlar o’tkazilishiga doir nizolarni xal qilishning eng maqbul va aniq-ravshan mexanizmini
yaratishga xarakat qilishlari hamda baxs-munozaraga sabab bo’ladigan barcha masalalarni
konstruktiv muzokaralar yo’li bilan xal qilishlari lozim.
NNTdan talab qilinadiki, yuqori malakali boshqaruv, tashabbuskordik va oshkoralik kabi
sifatlar xamkor uchun xar doim juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
'
2. Fandrayzing buyicha mutaxassis uchun tavsiya qilinadigan umumiy prinsiplar:
-fandrayzing bo’yicha mutaxassis avvalo amaldagi qonun va qonunosti xujjatlariga rioya
qilishlari lozim.
. f
- fandrayzing bo’yicha mutaxassis dress-kodga (xushbichim kiyinish) amal qilishi,
xushmuomala bo’lishi, vaziyatlarda o’zaro tiyib turishi, oshkoralik, o’zaro munosabatlarda
vujudga kelgan sirlarni saqlash, umumjamiyat manfaati, mas'uliyat va xisobdorlikni qilishi, o’z-
o’zini nazorat qilishi, ijtimoiy sheriklikka asoslanishi, xuquq va umuminsoniy qadriyatlarni
ustuvor deb bilish, insonparvar va adolatli bo’lishi, vijdonli, doimiy ravishda kasbiy maxoratini
oshirib borishi, o’zaro yordam ko’rsatishi, maqsadlariga sodiqlik kabi sifatlar asosida ishlashi
sohani uzluksiz rivojlanishga olib keladi;
-milliy, xalqaro va e'lon qilingan boshqa grant tanlovlar to’g’risida monitoring yuritish;
-moliyaviy manbalarni topish usullari bo’yicha strategiya va taktikalarini ishlash chiqish
xamda amalga oshirish;
-NNT rahbariyati va ishchi jamoa bilan kelishilgan fandrayzing faoliyatni shakllantirish,
rivojlantirish, amalga oshirishni kelishilgan xolda olib borish, o’z vaktida moliyaviy manbaalar
to’g’risidagi ma'lumotni NNT raxbariyatiga xabar berish;
-moliyaviy mablag’larini jalb qilishga doir NNTga tegishli xujjatlar, xamkor tomonidan
so’ralishi mumkin bo’lgan xujjatlar jamlamasini shakllantirish (Xalqaro va milliy standartlarda
bo’lishi tavsiya qilinadi);
-ustav maqsadlaridan kelib chiqqan xolda moliyaviy mablag’larini shakllantirishning asosiy
yo’nalishlarini aniqlash;
-NNTni shon-shuxratini oshirishga oid masalalarni tashkillashtirish xamda amalga oshirish;
-moliyaviy mablag’larini jalb qilishga doir tadbirlar, konferensiyalar, davra suxbatlari,
uchrashuvlar va boshqalarni tashkillashtirish to’g’risida NNT raxbariyatiga takliflar kiritish;
-fandrayzing faoliyatiga doir ma'lumotlar ba'zasini yuritish, ish ko’lamidan kelib chiqib
boshqa talablar qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |