Mádeniyat hám kórkem-óner mákemelerin shólkemlestiriw hám basqariw páninen seminar temalari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana14.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#362628
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5235690774502314516

 bo’yicha

 ma'lum bilimlarni o’rgatish, ko’nikma hosil etish, 

taqsimlash,  kamaytirish  yoki  ko’paytirish,  tashkillashtirish,  tayyorlash  va  boshqalar  bo’lishi 

mumkin. 


Yana  bir  ahamiyatli  jihati,  vaziyatni  bayon  qilishda  aniqlik,  o’lchov  birligi,  hududiylik, 

miqyosi, reallik, vaqt bo’yicha ahamiyatini aks ettirishi kerak bo’ladi. 

Loyiha  byudjeti  to’g’risida  fikr  yuritganda,  smetada  keltirilgan  raqamlar  aniqlik  bilan 

tekshirilgan,  real  moliyaviy  axborotlarga  ega  bo’lishi,  inflyasiyani  xisobga  olishi,  moliyaviy 

mablag’larni  ishlatish  vaqti  va  ko’zda  tutilmagan  xarajatlarni  o’zining  yoki  boshqa  manbalar 

hisobidan qoplashlari yuzasidan aniqlik talab qilinadi. 

Smetada  asosan  mablag’ni  nima  uchun  sarflanishi,  qancha  miqdorda  mablag’  ishlatilishi, 

qancha  miqdorda  tovar  olinishi  yoki  xizmatlardan  foydalanishi,  mablag’ni  ishlatish  vaqti, 

qo’shimcha sifatida o’zining mablag’larini kiritishi mumkin.Yuqorida ta'kidlanganidek, xarajatlar 

smetasini shakli loyiha muallifining salohiyatidan kelib chiqqan xolda tuzilishi mumkin. 

Xar  qanday  xolatda  ham  loyihani  amalga  oshirishni  boshlaganda  sizning  loyiha  bo’yicha 

ishingizni  va  olingan  mablag’ni  maqsadli  ishlatilishini  tasdiqlovchi  axborot,  dalil  (fakt)  va 

isbotlarni yig’ish rejasi va taomilini avvaldan belgilab olish zarur. Muassasa taqdim etilayotgan 

ma'lumotlar,  xujjatlarning  xaqqoniyligiga  javobgar  bo’ladi.Moliyaviy  mablag’  olgan  tashkilot 

faoliyat  doirasida  o’zing  tashabbusi  bilan  auditorlik  tekshiruvi  o’tkazishi,  xo’jalik  yurituvchi 

sub'ektning yoki qonunchilikda ko’rsatilgan tartibda boshqa mablag’ beruvchi shaxsning qaroriga 

ko’ra auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi mumkin. 

Umumiy  tartibda  loyiha  muallifi,  reallik,  aniqlik,  ijtimoiy  ahamiyatini  ochib  berishi, 

qonunchilik  doirasida bo’lishi, xududiylik, miqyosi,  aholini  qamrab olishi doirasini baholashi, 

moliyaviy  va  moddiy  resurslarni  o’rnatilgan  tartibda  ishlatishi  va  boshqa  jihatlarni  o’z  ichida 

qamrab olgan bo’lishi kerak. 

Keyingi  o’rinda  loyihani  amaliyotga  tatbiq  qilishda  3  omilni  keltirish  mumkin:  vaqt, 

qobiliyat, munosabat. 

Shuni ta'kidlash joizki, loyiha muallifi tashkilot moliyaviy manfaatini birlamchi qilib qo’yishi 

tavsiya  etilmaydi.  Balki  loyiha  fuqarolik  jamiyati  institutlari  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

ijtimoiy  muammolarni  xal  qilish  va  eng  asosiysi,  ko’p  asrlik  ma'naviy-axloqiy  negizlarni, 

bag’rikenglik g’oyalari va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashga yordam berishi kerak. 

Fandrayzing faoliyatida quyidagi ahamiyatga molik jihatlariga e'tibor qaratish lozim: 

-sohaga  nisbatan  yuqori  prioritet  berilib,  boshqa  bir  sohani  ahamiyatini  pasaytirib 

ko’rsatmaslik; 




-xamkorlik  aloqalarini  bog’lashda  (doimiy tartib  sifatida) ijobiy  fikr  - muammo-ijobiy fikr 

asosida olib borish; 

-xamkorga turli omillarni ta'sirini bo’rttirib ko’rsatmaslik;  

-xamkor tomonidan o’tkazib yuborilgan xatodan foydalanmaslik kerak, xamkor ushbu sohada 

yetarli bilimga ega bo’lmasligi mumkin; 

-fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  tahlil  jarayonida  qo’yilgan  masalani  bo’laklarga  bo’lib 

ko’rsatishi, ma'lumotlarni sintez qilingan xolda taqdim etishi lozim; 

-loyiha  yozishda  murakkablikdan  oddiylikka  o’tishi  yoki  oddiylikdan  murakkablikka 

o’tishini tahlil qilish lozim; 

-ko’tarilgan masalaning ahamiyati ilmiy asoslangan bo’lishi kerak; 

 -xamkor  to’g’risida  olingan  ma'lumotlarni  o’zining  roziligi  asosida  tarqatish,  qolgan 

ma'lumotlarni sirligicha saqlash lozim ("Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida"gi qonunning 

33-  moddasiga  binoan,  nodavlat  notijorat  tashkilot  o’z  faoliyati  natijalari  haqida  xisob-kitob 

yuritadi  va  belgilangan  tartibda  ro’yhatga  oluvchi,  statistika  va  soliq  organlariga  xisobotlar 

taqdim  etadi.  Bundan  kelib  chiqib  ro’yhatga  oluvchi,  statistika  va  soliq  organlariga  xamkor 

to’g’risida ma'lumotlarni taqdim etishlari kerak bo’ladi); 

-amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  xamkorga  moliyaviy 

yordam ko’rsatish to’g’risida bosim o’tkazishi mumkin emas. Lekin bir vaqtning o’zida xolatdan 

kelib chiqib xamkorga nisbatan oqilona fikrlardan foydalanib uni loyihaga jalb qilishi mumkin; 

-bir xamkordan olingan mablag’ni ikkinchi xamkorga taqdim etmaslik kerak. Agar loyiha 

bir nechta NNTlar bilan amalga oshrilsa, bu borada xamkor bilan kelishib olishlari kerak bo’ladi 

("Xomiylik to’g’risida"gi qonunga asoslanib ish yuritish maqsadga muvofiq bo’ladi); 

-agar xamkor tomonidan ariza yoki kamchilik bildirilsa, unga nisbatan o’z vaqtida, aniqlik, 

oqilona, o’zaro tiyib turish va shaffoflik asosida javob berishi lozim; 

-tashkiliy-idoraviy  va  ma'muriy-xo’jalik  faoliyatlari  bilan  bog’lik,  shu  jumladan,  xayriya 

yordamlari ko’rsatish, xar xil ko’rik-tanlovlar, tadbirlar tashkil etish va boshqa loyiha doirasidagi 

tadbirlar o’tkazilishiga doir nizolarni hal qilishning eng maqbul va aniq-ravshan mexanizmini 

yaratishga  xarakat  qilishlari  hamda  baxs-munozaraga  sabab  bo’ladigan  barcha  masalalarni 

konstruktiv muzokaralar yo’li bilan xal qilishlari lozim. 

NNTdan  talab  qilinadiki,  yuqori  malakali  boshqaruv,  tashabbuskordik  va  oshkoralik  kabi 

sifatlar xamkor uchun xar doim juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 

 

Fandrayzing bo’yicha mutaxassis uchun tavsiya qilinadigan umumiy prinsiplar: 



- fandrayzing bo’yicha mutaxassis avvalo amaldagi qonun va qonun osti xujjatlariga rioya 

qilishlari lozim. 

 



-  fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  dress-kodga  (xushbichim  kiyinish)  amal  qilishi, 

xushmuomala  bo’lishi,  vaziyatlarda  o’zaro  tiyib  turishi,  oshkoralik,  uzaro  munosabatlarda 

vujudga kelgan sirlarni saqlash, umumjamiyat manfaati, mas'uliyat va xisobdorlikni his qilishi, 

o’z-o’zini nazorat qilishi, ijtimoiy sheriklikka asoslanishi, xuquq va umuminsoniy qadriyatlarni 

ustuvor deb bilish, insonparvar va adolatli bo’lishi, vijdonli, doimiy ravishda kasbiy mahoratini 

oshirib borishi, o’zaro yordam ko’rsatishi, maqsadlariga sodiqlik kabi sifatlar asosida ishlashi 

sohani uzluksiz rivojlanishga olib keladi; 

-milliy, xalqaro va e'lon qilingan boshqa grant tanlovlar to’g’risida monitoring yuritish; 

-moliyaviy  manbalarni  topish  usullari  bo’yicha  strategiya  va  taktikalarini  ishlash  chiqish 

hamda amalga oshirish; 

-NNT  rahbariyati  va  ishchi  jamoa  bilan  kelishilgan  fandrayzing  faoliyatni  shakllantirish, 

rivojlantirish, amalga oshirishni kelishilgan xolda olib borish, o’z vaqtida moliyaviy manbalar 

to’g’risidagi ma'lumotni NNT rahbariyatiga xabar berish; 

-moliyaviy  mablag’larini  jalb  qilishga  doir  NNTga  tegishli  xujjatlar,  xamkor  tomonidan 

so’ralishi mumkin bo’lgan xujjatlar jamlamasini shakllantirish (Xalqaro va milliy standartlarda 

bo’lishi tavsiya qilinadi); 

-ustav maqsadlaridan kelib chiqqan xolda moliyaviy mablag’larini shakllantirishning asosiy 

yo’nalishlarini aniqlash; 

-NNTni shon-shuxratini oshirishga oid masalalarni tashkillashtirish hamda amalga oshirish; 

-moliyaviy  mablag’larini  jalb  qilishga  doir  tadbirlar,  konferensiyalar,  davra  suhbatlari, 

uchrashuvlar va boshqalarni tashkillashtirish to’g’risida NNT raxbariyatiga takliflar kiritish; 

-fandrayzing  faoliyatiga  doir  ma'lumotlar  ba'zasini  yuritish,  ish  ko’lamidan  kelib  chiqib 

boshqa talablar qilinishi mumkin. 

NNT  raxbari  fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  uchun  qulay  ish  sharoitini  shakllantirish  uchun 

quyidagilar tavsiya qilinadi: 

- NNT xolati to’g’risidagi umumiy yoki aniq boshqa ma'lumotlar bilan ta'minlash; 

-texnika, aloqa vositalari, kompyuter va boshqa inventarlar bilan ta'minlash; 

-fandrayzing bo’yicha mutaxassis tomonidan berilgan takliflarini o’z vaqtida ko’rib chiqib, 

ko’rsatma berish; 

-NNTning bevosita va bilvositada bo’lgan aloqalari to’g’risidagi axborot bilan ta'minlash; 

-moliyaviy va xo’jalik ma'lumotlari bilan ta'minlash; 

 -mexnatga xaq to’lashni kelishilgan yoki o’rnatilgan tartibda amalga oshirish; 

-xizmat safarlari bo’yicha qulayliklar yaratib berish. 

Fandrayzing buyicha mutaxassisning muzokaralar olib borishiga doir tavsiyalar: 




-asosan  fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  bilim  salohiyatini  ko’rsatishi,  xamkorni  loyihaga 

jalb qilinishiga sabab bo’lishi mumkin; 

-o’zaro  tiyib  turish  asosidan  xamkor  to’g’risida  ko’proq  ma'lumot  olish,  bundan  tashqari 

xamkorining shartlari to’g’risida to’lik ma'lumotga ega bo’lish; 

-muzokara chog’ida xamkorga loyihani ilmiy asoslanganligi, unga doir qonun va qonun osti 

xujjatlar bo’lishi lozim; 

-fandrayzing  bo’yicha  mutaxassis  muzokarada  o’ziga  ishongan  holda  so’zlashi  lozim.Bu 

xamkorni NNTga bo’lgan ishonchini ko’taradi. Reallikdan yiroqlashmaslik uchun loyihani ideal 

darajada amalga oshirishga ishontirish shart emas; 

-soha  va  loyihaga  tegishli  termin,  atamalarini  ishlatish,  loyihaning  jozibadorligini,  yanada 

to’laroq  mazmun-mohiyatini  oshirishga  sabab  bo’ladi.  Loyihada  ishlatilayotgan  termin, 

atamalarga ma'nolarini anglatuvchi izohlar bo’lishi lozim. Hamkor tashkilot o’zi tushunmaydigan 

sohani moliyalashtirmasligi oddiy xaqiqat hisoblanadi; 

-muzokaralar o’tkazish bo’yicha aniq bir shakl yo’q.Muzokara vaqtida yangi qizikarli fikrni 

o’rtaga  tashlash,  bu  o’z  o’rnida  muzokaraga  o’zgacha  fayz  qo’shishi  mumkin.  Muzokaradagi 

vaziyatlarga moslashuvchan va yangi g’oyalarga nisbatan erkin bo’lish lozim; 

-

 

fandrayzing bo’yicha mutaxassis muzokara chog’ida inkor qilish va  qabul qilishning eng 



muqobil  yo’llarini  bilishi  lozim.  Aslida  faoliyat  yuritayotgan  har  qanday  mutaxassis  uchun 

kerakli sifat hisoblanadi; 

-ayrim o’tkazilgan muzokaralarning natijasi uzoq vaqtlardan so’ng ko’rinishi mumkin.Lekin 

fandrayzing bo’yicha mutaxassis loyiha oldindan muvaffaqiyatli bo’lishini oldindan bilishi lozim. 

O’z  o’rnida  loyiha  ma'lum  vaqt  utgandan  keyin  axamiyatini  saqlay  oladimi,  vaqt  sarflashga 

arzishi to’g’risida chuqur o’ylab qurish lozim; 

-qiziquvchan  yoki  befarq bo’lish  mutaxassisning qo’lida, ammo ma'lum  ma'noda befarqlik 

asosida ikkinchi tomonning loyihaga qanchalik darajada qiziqish uyg’otganligini bilishi kerak;  



-eng

  muvaffaqiyatli  muzokara  bu  albatta  uning  ikkalatomon  uchun  manfaatli 

yakunlanishidadir.Ma'lum  ma'noda  bir


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish