6
mlrd. so’m, 2013 yilda - 7 mlrd. so’m, 2014
yilda - 8,2 mlrd. so’m mablag’ ajratildi va taqsimlandi shu tarzda, O’zbekiston Respublikasi
Davlat byudjetidan NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash
uchun ajratiladigan mablag’lar xajmi ham izchil o’sib bordi. Taqsimlangan mablag’lar hajmi 2010
yil bilan taqqoslaganda 1,8 barobarga oshdi va 2015 yil bu ko’rsatkich 2,2 barobarni tashkil qilgan.
Qayd etish lozimki, 2010-2014 yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida davlat byudjeti
mablag’lari xisobidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlashga
ajratilgan mablag’larning taqsimlanishida nafaqat miqdor o’zgarishlar balki qator sifat
o’zgarishlar yuz berdi.Tanlov asosida davlat grantlari shaklida ajratilgan mablag’larning umumiy
xajmi davlat subsidiyalari mablag’lari umumiy xajmidan oshdi,bu davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash strukturasidabirinchi sifat o’zgarishi bo’ldi. Agar 2009 yilda davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlashning asosiy qismi davlat subsidiyasi ko’rinishida yo’naltirilgan bo’lsa,2014 yilda 65%
dan yoki 5 300,0 mln.so’mdan ko’proq mablag’ grant tanlovlarini o’tkazishga va ijtimoiy
buyurtmalarni
joylashtirishga
taqsimlandi.Davlat
tomonidan
qo’llab-quvvatlash
strukturasidagiikkinchi sifat o’zgarish grant loyihalari ulushi va ularga ajratiladigan mablag’
xajmining izchil o’sishi hisoblanadi. Davlat grantlariga ajratilgan mablag’ xajmi 2008 yildagi
ko’rsatkichlar bilan taqqoslanganda 10 barobarga oshdi.Davlat granti va ijtimoiy buyurtmasi
shaklida xorijiy va xalqaro tashkilotlardan qo’shimcha mablag’ jalb qilish amaliyotga joriy
qilinganligi uchinchi muhim o’zgarish hisoblanadi.Xisobot davrida, Fond mablag’larni NNT,
OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning talabnomalari va Parlament
komissiyasining qaroriga muvofiq, oraliq bugun va tuzilmalar ishtirokisiz bevosita va to’g’ridan-
to’g’ri ajratildi.
Xisobot davrida davlat granti berish uchun 29 marotaba tanlovlar o’tkazildi. Mazkur
tanlovlarda 3121 ta NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etib, ular
tomonidan muhim ijtimoiy va sotsial ahamiyatga molik 3762 ta loyiha taqdim etildi.
Xar yili tanlovlarda o’rtacha 642 nafardan ortiq NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari ishtirok etdi, ular tomonidan o’rtacha 750 ta loyiha taqdim etildi.
Qayd etish lozimki, grant tanlovlari o’tkazishning tasdiqlangan dasturiga binoan, 2012-2013
yillarda Jamoat fondi tomonidan 7 ta, 2014 yilda jami 5 ta grant tanlovlari o’tkazildi, mazkur
jarayon 2014 yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan taqdim etilgan
loyihalar soniga ta'sir ko’rsatdi.
Xisobot davrida Parlament komissiyasi qaroriga muvofiq muhim ijtimoiy va sotsial
ahamiyatga molik 1018 nafar loyihalar 12,4 mlrd.so’m miqdorida davlat grantlari shaklida
qo’llab-quvvatlandi.
Xisobot davrida davlat granti mablag’larni xajmini 2010 yil bilan taqqoslaganda 3,5
baravarga, qo’llab-quvvatlangan loyihalar soni 2,3 baravarga o’sdi. Taqsimlangan mablag’larning
umumiy xajmida davlat grantlarining xajmi 42,1% ni tashkil etdi.
Davlat granti loyihalarini amalga oshirish xududlarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial
muammolarini xal qilishga, aholining ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirishga qaratilmoqda.
Qo’llab-quvvatlangan loyihalar joylarda muhim ijtimoiy va umum ahamiyatga molik bo’lgan
sotsial, iqtisodiy, gumanitar va boshqa vazifalarni hal etishga, davlat boshqaruvi va ijro organlari
bilan NNTlarning ijtimoiy sherikligini yuksaltirishga, joylarda NNT, OAV va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari mustaqil faoliyatini rivojlantirishni rag’batlantirishga, moddiy-
texnik bazasini mustahkamlashga ko’maklashmoqda.
Davlat granti shaklida mablag’ oluvchi NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari asosan yoshlar, ayollar, ekologik nodavlat notijorat tashkilotlar, UzNNTMA,
EOAVMA, O’zbekiston ekologik harakati, «Tadbirkor ayol», «Hunarmand», nogironlar,
vrachlar, kardiologlar kabi respublikaning yirik NNT birlashma, uyushmalarining a'zolari
xisoblanadi.
Ijtimoiy buyurtma shaklida 79 ta loyiha 5,54 mlrd. so’m miqdorida joylashtirildi va 2010-2014
yillarda ajratilgan mablag’lar umumiy xajmining 18% ini tashkil etdi.
Loyihalar demokratik qadriyatlarni, inson xuquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini ximoya
qilish, jamiyat xayotini yanada demokratlashtirish jarayonlarini kuchaytirishda davlat boshqaruvi
va ijro organlari bilan NNTlar o’rtasida ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirishga yo’naltirildi.
Joylashtirilgan ijtimoiy buyurtmalar doirasida davlat boshqaruvi va ijro organlari bilan
ijtimoiy sheriklikda joylarda kompleks ishlar amalga oshirildi. Xususan, yosh avlodga, jismoniy
imkoniyati cheklangan bolalarga e'tibor, g’amxo’rlik, ularning oilalariga xuquqiy, ijtimoiy va
boshqa turdagi ko’mak ko’rsatish yanada kuchaytirildi. Bolalarga va ularning oilalariga manzilli
ijtimoiy yordam samaradorligini yanada oshirish maqsadida respublika darajasida malakali
ijtimoiy yordam ko’rsatilmoqda.
«Ehtiyojmandaholi guruhlari bolalarini ijtimoiy ximoya qilish" loyihasi doirasida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Sog’liqni saqlash, Xalq ta'limi vazirligi xamda Farg’ona va
Samarqand viloyatlari xokimliklari bilan ijtimoiy sheriklikda Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuv markazining Farg’ona va Samarqand shaharlaridagi filiallari tashkil etildi, mazkur
filiallar uchun, turli tibbiy, sport va sog’lomlashtirish hamda boshqa inventar jihozlar sotib olindi
va o’rnatildi, o’quv-uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqildi va chop etildi. Shu orqali, Respublika
bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tizimiga, aholining extiyojmand guruhi bolalariga ijtimoiy,
xuquqiy qo’llab-quvvatlash, tibbiy- psixologik sog’lomlashtirish sohalarida malakali
mutaxassislar tayyorlashda ko’maklashildi.
«Bolalarni ijtimoiy ximoya qilish va oilalarini mustahkamlash» loyihasi doirasida Urganch,
Samarqand va Toshkent shaharlarida SOS-maxallalari tarbiyalanuvchilarining bilimi, SOS-
onalarining ta'lim darajasi yuksaltirildi. «SOS Uzbekiston bolalar mahallalari» Assotsiatsiyasi
faoliyatida yangi axborot texnologiyalari tadbiq etildi. SOS-oilalari kompyuterlar, elektron ta'lim
materiallari va Internet imkoniyatlari bilan ta'minlandi, bolalarning xar tomonlama ta'lim olishi,
ma'nan va intellektual- ijodiy rivojlanishi shart-sharoitlari yaxshilandi.
Asosiy e'tibor yoshlarning innovatsion g’oyalari, kasbiy bilim va maxoratlarini oshirishga
qaratildi. Ular uchun ijtimoiy maslaxat, xuquqiy va tashkiliy yordamlar joriy etildi. Mazkur
yo’nalishda mamlakatning oliy o’quv yurtlari bilan sheriklikda «Menejer» loyihasi amalga
oshirildi, iqtisodiyot sohalarida mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qo’shimcha o’quv kurslar
tashkil qilindi.Respublika kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish
bo’yicha maxsus loyihalar amalga oshirildi, qizlar o’rtasida «Usta-shogird» an'anaviy-amaliy
mashg’ulotlari tashkil etildi.
Xisobot davrida mamlakatimizda o’tkazilayotgan siyosiy isloxotlarning, davlat boshqaruvi va
ijro organlari faoliyatining ochiqdigini va shaffofligini, OAVning barkamol, ma'nan yetuk avlodni
tarbiyalash va aholining xuquqiy madaniyatini oshirish jarayonlaridagi faol ishtirokini ta'minlash
asosiy muhim yo’nalishlardan biri bo’ldi. Mazkur yo’nalishda har yili xalqaro va milliy tanlovlar
- jurnalistika sohasida Xalqaro tanlov - «Oltin qalam» Milliy mukofoti, «Inson xuquqlari jurnalist
nigohida», «Jamiyat va men» - o’tkazildi, milliy mustaqil OAV yutuqlarini aks ettiruvchi
«O’zbekiston matbuoti» ko’rgazmalari, "O’zbekiston NNTlari" forumlari tashkil etildi.
Subsidiya shaklida ajratilgan mablag’lar miqdori 12,2 mlrd. so’mni xamda o’sish 1,1
barobarni tashkil etdi. 2010 yilda 2,7 mlrd. so’m miqdorida davlat subsidiyasi ajratilgan bo’lsa,
2011 yilda - 1,81 mlrd. so’m, 2012 yilda - 2,30 mlrd. so’m, 2013 yilda - 2,40 mlrd. so’m, 2014
yilda 3,00 mlrd. so’m mablag ajratildi.
2010-2011 yillarda davlat subsidiyasi oluvchi 7 nafar tashkilotlar - FJShMKMI, UzNNTMA,
EOAVMA, O’zbekiston ekologik xarakati, O’zbekiston mustaqil bosma OAV va AA qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fonda, UzNNTMA xuzuridagi NNTlarini qo’llab-quvvatlash
Jamoat fondi, Mintaqaviy siyosat jamg’armasi faoliyat dasturlari qo’llab-quvvatlangan bo’lsa,
2012-2014 yillar mobaynida UzNNTMA xuzuridagi NNTlarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi
va Mintaqaviy siyosat jamg’armasidan tashqari 5 nafar tashkilotlar faoliyat dasturlariga subsidiya
mablag’larni ajratildi.
Davlat subsidiyasi ko’rinishida ajratilgan mablag’larning umumiy xajmida FJShMKMIning
ulushi 49 % ni, O’zbekiston ekologik xarakati - 20 %ni, UzNNTMA va EOAVMA - mos ravishda
9 %ni, O’zbekiston mustaqil bosma OAV va AA qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi
- 8%ni, Mintaqaviy siyosat jamg’armasi -5%ni tashkil etdi.
Davlat subsidiyasi mablag’lari xisobidan subsidiya oluvchilarning 400 dan ortiq shtat
birligidan iborat bo’lgan devonlari xarajatlari qoplandi, shunga ko’ra mehnat xaqi jamg’armasi
xarajatlari davlat subsidiyasi umumiy xajmining 80%ini tashkil etdi.
Umuman, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash doirasida NNT, OAV va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarining joylardagi eng muhim sotsial va ijtimoiy ahamiyatli
vazifalarni bajarishda, ularning jamiyat xayotini demokratlashtirishdagi rolini oshirishda davlat
xokimiyati va boshqaruvi organlari bilan sherikligi kuchaymoqda.
Ikkinchi yunalish - Fond mablag’larini taqsimlashda demokratik talablarni, mamlakatimizda
o’tkazilayotgai ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy isloxotlarda NNT, OAV va fuqarolik jamiyati
boshqa institutlarining faol ishtirokini ta'minlash.
Jamoat fondi va Parlament komissiyasining ish faoliyati eng yuqori demokratik talablarni
xisobga olgan xolda oshkoralik, ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.
Xisobot davrida 520 tadan ortik xalqaro, respublika miqyosidagi konferensiyalar, seminarlar
va davra suhbatlari, maxorat darslari, matbuot va real vaqt rejimida konferensiyalar, uchrashuvlar
va ko’rgazmalar, forumlar va boshqa turli tadbirlar o’tkazildi, ularda 17 mingdan ortiq NNT, OAV
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etdi.
Bosma ommaviy axborot vositalarida 1720 tadan ortiq turli bosma materiallar joylashtirildi.
NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash milliy mexanizmi
faoliyati to’g’risidagi maxsus film, turli reportajlar, axborot, tahliliy ko’rsatuvlar, grant tanlovlari
e'lonlari to’g’risida video, radio roliklar yaratildi va namoyish etildi. Ular 30292 martaba efirga
uzatildi.
O’tkazilgan tadbirlar "uchinchi sektor" vakillarini NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining
boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarini davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlashning tartibi va shartlari borasidagi xabardorligini oshirishga yo’naltirildi. Tadbirlarda
asosiy e'tibor ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishning mazmun va mohiyatiga, uslublari va
mexanizmlariga, mablag’lardan maqsadli va samarali foydalanishga, NNT, OAV va fuqarolik
jamiyata boshqa institutlarini davlatning turli ijtimoiy dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
xududiy va sohaviy dasturlaridagi ishtirokining ijtimoiy samaradorligini oshirishga qaratildi.
Parlament komissiyaning 53 tadan ortiq yig’ilishi bo’lib o’tdi va ularda NNT, OAV va
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatiga tegishli bo’lgan 200dan ortiq muhim
masalalari ko’rib chiqildi, muhokamalar natijasida Parlament komissiyasining 274 ta qarori qabul
qilindi.
Parlament komissiyasi yig’ilishlarida mablag’larning ajratilishi va o’tkazilgan tanlovlar
natijalari bilan bir qatorda, davlat subsidiyasi, granti va ijtimoiy buyurtmasi shaklida davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlangan loyiha va dasturlarning natijalari va xisobotlari, o’tkazilgan
monitoringlar yakunlari, NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining
murojaatlari, Parlament komissiyasi ishchi guruhlari va Jamoat fondining, davlat boshqaruvi va
ijro organlarining xisobotlari ham tinglandi.
NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat boshqaruvi va ijro organlari
bilan ijtimoiy sherikligini kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senata
ko’magida an'anaviy tarzda joylardagi xalk deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari - viloyat
xokimlari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.
Mablag’larni taqsimlashda, ajratishda va ishlatilishida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik
tamoyillarini ta'minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasiga, Senatiga, xisob palatasiga, moliya va adliya vazirliklariga, Davlat soliq qo’mitasiga,
Davlat statistiga qo’mitasiga, Mehnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligiga va boshqa
qator davlat organlariga, OAVlariga xisobotlar taqdim etildi.
Jamoat fondi va Parlament komissiyasi faoliyati mamlakatimizning bosma ommaviy nashrlari
keng yoritildi. Xususan, «Narodnoe slovo» gazetasida «NNTni qo’llab-quvvatlash - fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish yo’li», "Birlashish, dialog, xamkorlik", «Fuqarolarning faolligini oshirish
uchun», «Eng yaxshi loyihalarga grantlar», «Uchinchi sektorni qo’llab-quvvatlash», «Demokratik
qadriyatlar jamiyatini yaratish yo’lida», «Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar qo’llab-quvvatlandi»,
«Davlatning qo’llab-quvvatlashi - NNTlar uchun rag’batlantiruvchi omil», «Fuqarolik jamiyati
institutlarining katta roli» va shu kabi kator materiallar e'lon qilindi.
Xisobot davrida 235 dan ortiq turli axborot, taxliliy va boshka xujjatlar tayyorlandi va turli
darajadagi tashkilotlarga taqdim etildi. Ularning orasida viloyatlar kesimida NNT, OAV va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat granti tanlovlaridagi ishtiroki, moliyaviy
jadvallar, tanlovlar natijalari va boshqa ma'lumot va axborotlaro’z aksini topgan. Mazkur
materiallar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, ularning qaysi
fraksiyaga a'zo bo’lishidan qat’iy nazar saylovchilar bilan uchrashuvlarda, taxliliy, akademik
tashkilotlarning turli yig’ilish va konferensiyalarida foydalanildi.
Uchinchi yo’nalish - NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining erkin va
mustaqil rivojlanishini taminlovchi me'yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va xuquqiy kafolatlarni
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.
Parlament komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2010 yilning 9 iyulidan
boshlab Parlament komissiyasining a'zolaridan muhim yo’nalishlar bo’yicha 6 ta ishchi guruhi
faoliyat yuritishi ta'minlandi.
Xisobot davrida amaldagi me'yoriy-xuquqiy xujjatlar takomillashtirildi va yangi xujjatlar
ishlab chiqish xamda bir qator me'yoriy xujjatlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
To’rtinchi yo’nalish - NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini xalqaro
aloqalarning rivojlanishi.
Xisobot davrida, xorijiy, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ularning moliyaviy
mablag’larini jalb etish borasida aniq yo’naltirilgan faoliyat olib borildi.
Parlament komissiyasi tomonidan qabul qilingan Nizomlar asosida 2 ta qo’shma tanlovlar
xamda yirik milliy NTTlari, davlat va xalqaro donor tashkilotlar bilan xamkorlikda turli tadbirlar
tashkil etildi.
Xorijiy sheriklar bilan xamkorlikni chuqurlashtirish, davlat tomonidan NNT, OAV va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash sohasidagi chora-tadbirlar
to’g’risidagi xabardorligini oshirish maqsadida 2012 yildan boshlab, 20 dan ortiq turli tadbirlar
- konferensiyalar, seminarlar, "davra suxbatlari", uchrashuvlar, ko’rgazmalar tashkil etildi va
o’tkazildi. Jumladan, Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining O’zbekis- tondagi
vakolatxonasi, Yevropada xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti, Jahon banki, F.Ebert fondi
(Germaniya), Xalqaro notijorat xuquqi markazi, Amerika xalqaro xamkorlik tashkiloti
(YuSAID) raxbarlari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.
O’tkazilgan uchrashuvlarning amaliy natijasida xorijiy ilmiy, tahliliy va boshqa qator
xamjamiyat a'zolarini fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash,
"Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi"da belgilangan asosiy vazifalarini amalga oshirish natijalari borasida
xabardorligini oshirishga qaratilgan 10 ga yaqin turli tadbirlar tashkil etildi.
Umuman, xisobot davrida xalqaro faoliyat doirasida jami 70 mln. so’m, 18 ming AKD1
dollar va 25 ming yevro xajmida xorijiy tashkilotlarning mablag’lari xamda milliy donorlarning
140 mln. so’m mablag’i jalb qilindi.
Beshinchi yo’nalish - Fond mablag’laridan, NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirishga ajratilgan mablag’lardan maqsadli va
samarali foydalanilish monitoringi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2008-yil 3 iyuldagi «Nodavlat notijorat
tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlashni yanada
kuchaytirish chora-tadbirlari» to’g’risidagi № 842- 1/513-1-sonli Qo’shma qarorining 3-bandi,
3-xat boshisi xamda «Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat Fondi to’g’risidagi Nizom" ning 3.2-bandiga asosan
ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni amalga oshirish natijalarini, NNT va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarining ustav vazifalarini bajarilishini monitoring qilishning
umumiy tizimi shakllantirildi.
Parlament komissiyasining 26.05.2011 yildagi № 64-sonli Qaroriga muvofiq Jamoat fondi
tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarning samaradorligi, mablag’larning maqsadli, samarali
sarflanishini monitoring qilish mamlakatimiz viloyatlarida axborot- tahliliy guruhlarning tarkibi
belgilandi.
Parlament komissiyasining 19 avgust 2011 yildagi 83-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan
loyihalarning, pul mablag’larining maqsadli ishlatilishi va ularning amalga oshirish
samaradorligini aniqlash bo’yicha monitoring o’tkazish tartibi to’g’risida»gi Nizomi qabul
qilingan.
Davlat subsidiyasi va ijtimoiy buyurtmasi olgan tashkilotlar tomonidan mablag’larning
ishlatilishi Parlament komissiyasi a'zolari, deputatlar, senatorlar, adliya va moliya vazirliklari
ekspertlaridan tarkib topgan Parlament komissiyasining maxsus guruxi tomonidan amalga
oshiriladi. Davlat subsidiyasi va ijtimoiy buyurtmasi olgan NNT raxbarlari ular Parlament
komissiyasi a'zosi bo’lishidan qat’iy nazar ishchi guruh tarkibiga kiritilmaydi. Davlat
subsidiyalarini ishlatilishi bo’yicha o’tkazilgan monitoring va tahlillar natijasida 160 mln. so’m
miqdoridagi mablag’lar qaytarib olindi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida joylashtirilgan loyihalarni bajarilishini monitoringi
natijasida 300 mln.so’m, tahlil asosida 223 mln. so’m, jami bo’lib 523 mln. so’m miqdordagi
mablag’lar qaytarib olindi.
Shuning bilan birga, alohida ta'kidlash kerakki, davlat grantlari, subsidiyalari va ijtimoiy
buyurtmalari shaklida qo’llab- quvvatlangan loyihalarni,2010-2014 yillarda monitoring va tahlil
qilish natijasida, jami bo’lib 1,08 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’lar qaytarib olindi.
Parlament komissiyasi o’z faoliyatini NNTlarni qo’llab-quvvatlashga davlat byudjetidan
ajratilgan moliyaviy mablag’larni yanada ochiq, oshkora, aniq yo’naltirilgan va eng muhimi,
demokratik asosda taqsimlashni ta'minlash imkoniniyatini yaratish uchun xarakat qilib, NNT,
OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatining tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy
negizini mustahkamlashga samarali ta'sir ko’rsatib kelmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari mamlakatimizning milliy iqtisodiyotida va ijtimoiy hayotida
sezilarli kuchga aylanmoqda. Ular borgan sari yetarli darajada tajribaga ega bo’lib, bosqichma-
bosqich o’zining moddiy-texnik bazasini mustahkamlamoqda, jamiyat xayotida o’z o’rnini
egallab, ijtimoiy sheriklikning kuchayishiga yordam bermoqda, loyiha va dasturlarning ijtimoiy
ahamiyatini yuksaltirmoqda.
"Uchinchi sektor" bugungi kunda potensial ish beruvchi, ijtimoiy va jamiyat resurslarini
mobilizatsiya qiluvchi mexanizm hisoblanmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari ko’makka
extiyojmand aholi qatlamlari, yoshlar, ayollar, nogironlar, nogiron bolalar ota-onalari, qariyalar,
yetim bolalar, yolg’iz va ko’p bolali ota-onalarga zarur ijtimoiy xizmatlarni tez va sifatli
ko’satmoqda, ularning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va jamoatchilik ishlariga jalb qilmoqda.
Jamoat fondi va Parlament komissiyasi NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-
quvvatlash tizimini tadbiq etish jarayonida, davlat, biznes tuzilmalari va NNTlarining o’zaro
hamkorligi mustahkamlanib, ijtimoiy sherikligi tobora kuchayib borayotganining guvohi bo’lib
bormoqda. Shuningdek, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining
xuquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy bilimlarini oshirishga yo’naltirilgan ishlarni yanada
kuchaytirish lozimligini, ayniqsa, ijtimoiy, umum ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish,
amalga oshirish, maqsadli guruhlar va uning ko’lamini aniqlash, loyiha va dasturlarni amalga
oshirishning mexanizm va shakllarini belgilash, muammolarni tahlil qilish, ularni qisman yoki
to’lik xal etish, kutilayotgan natijalarni prognoz qilish, loyihalarni amalga oshirilishini,
byudjetining ochiqligini xamda shaffofligini ta'minlash bilan bog’liq ishlarni yanada kuchaytirish
muhimlini ko’satmoqda.
Davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida qo’llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag’larning
izchil oshganligiga qaramasdan, ijtimoiy
buyurtmalarni joylashtirish yo’nalishlarini
diversifikatsiya qilish va geografiyasini kengaytirish maqsadida ijtimoiy sheriklikni yanada
kuchaytirishni tavsiya etish, davlat subsidiyalari shaklida qo’llab-quvvatlashda boqimandalik
kayfiyatiga barham berib, qonun bilan belgilangan o’zini-o’zi mablag’ bilan ta'minlash
manbalaridan unumli foydalanishni o’rgatish, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari
faoliyatinining normativ-xuquqiy bazasini takomillashtirish, qonunlar va qonunosti xujjatlarini
unifikatsiya qilish, mavjud bo’shlik, kamchilik va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, soha
qonunlarini to’g’ridan-to’g’ri amaliyotga tadbiq etish choralarini ko’rishga ularni jalb etmoqda.
2015 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida"gi
qonunining amalga kiritilishi munosabati bilan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi va Parlament
komissiyasi NTT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlashning yo’nalishlari, mavzulari va xajmlarini oshirish, moddiy-texnik bazasi, tashkiliy
iqtisodiy asoslarini mustahkamlash barobarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish,
loyihalarning monitoringini olib borish, faoliyatning ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash,
Parlament komissiyasi ishchi guruhlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Jamoat
fondi tarkibida qo’shimcha bo’limlar tashkil etish masalasini kelib chiqishining faoliyatida
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq etish, "uchinchi sector " vakillariga sifatli
davlat interaktiv xizmatlarini joriy etishni maqsad qilib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |