MÁDENIYAT HÁM KÓRKEM-ÓNER MÁKEMELERIN SHÓLKEMLESTIRIW HÁM
BASQARIW PÁNINEN SEMINAR TEMALARI
1.Mavzu: NNTda kadrlar ishini yuritishni tashkil etishdagi umumiylik va o’ziga xos
xususiyatlari.
Reja:
1.
NNTda kadrlar ishini yuritishni tashkil etishdagi umumiylik va uziga xos xususiyatlari.
2.
Kadrlar ishini yuritish.
3.
Ichki mehnat tartibi qoidalari.
Tayanch so’z va iboralar: nodavlat-notijorat, kadr, tashkilot, mehnat tartibi,
intizom, jazo, xujjat, qonun, normativ hujjat.
Kadrlar bo’yicha ish yuritish - bu xujjatlashtirish va kadrlarga oid xujjatlar bilan ishlashni
tashkil etishni ta'minlaydigan faoliyat xisoblanadi. An'anaga ko’ra kadrlar buyicha ish yuritishga
xodimlarni boshqarish, xodimlar xarakati va xodimlarni xisobga olish, ish vaqtini xisobga olish
va xodimlar bilan xisob-kitob kilish bilan bog’lik xujjatlarni ishlab chiqish va yuritish,
shuningdek, tashkilotning joriy faoliyatida xujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish hamda
xujjatlarni arxiv saqloviga topshirish kiradi.
Ayrim tashkilotlarda kadrlar bo’yicha ish yuritishga xodimlarni izlash, tanlash va
moslashtirish bilan bog’lik, xujjatlarni yuritish (nomzodlarning rezyumelari hamda suhbat
o’tkazish, testdan o’tkazish natijalari ma'lumotlar bazasi, yangi ishga qabul qilingan xodimlarning
bajargan ishlari to’grisidagi xisobotlar vakazo), xodimlar malakasini oshirish ishini yuritish xam
kiradi.
NNT xodim va ish beruvchi o’rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish, kadrlarga oid
xujjatlarni yuritish bo’yicha qonun xujjatlarining umumiy talablariga bo’ysunadi. Notijorat
tashkilotlari xam huddi tijorat tashkilotlari singari ish beruvchi xisoblanadi, shuning uchun ularga
mexnat to’g’risidagi qonun xujjatlari – O’zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi, boshqa
me'yoriy-huquqiy xujjatlarning qoidalari to’liq xajmda tatbiq etiladi.
Binobarin notijorat tashkilotida kadrlar bo’yicha ish yuritish tijorat tashkilotlarinikidan biroz
farq qiladi. Bu farq qonun xujjatlari talablaridan kelib chiqib emas, balki NNT faoliyati va
moliyalashtirilishining xususiyatlaridan kelib chiqadi, zero ular kadrlarni xisobga olish va mexnat
munosabatlarini rasmiylashtirishda quyidagi bir kator murakkabliklar va o’ziga xosliklarni
tug’diradi:
1.
Doimiy moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi va ish xaqining muntazam
to’lanmasligi. NNTlarning bir qismi to’lik maosh bilan shtatdagi xodimlarga ega bo’lishni uziga
lozim topmaydi.
2.
NNT faoliyati aksariyat xollarda bir nechta manbalardan moliyalashtiriladi. Xodimlarning
ish xaqi ham bunda bir qancha qismdan shakllanadi. Tegishli tarzda, tashkilot har bir loyiha va
dasturlar bo’yicha ish vaqtining alohida xisobini yuritishi zarur.
3.
Ko’plab NNTlar "bir grantdan - keyingi grantgacha" qoidasi bo’yicha ish yuritadi.
Moliyalashtirish manbasi vujudga kelgan paytda (odatda u bir yilgacha muddatda bo’ladi) ular
loyihani amalga oshiruvchilarni o’rindoshlik asosida yoki fuqarolik-xuquqiy tusdagi shartnomalar
bo’yicha jalb etadilar. Shu bois tijorat tashkilotlaridan farqli ravishda NNT o’rindoshlar uchun
muddatli shartnomalar, pudrat, topshiriq va boshqa shartnomalarni nisbatan ko’proq foydalanadi.
4.
Ayrim NNTlar grantlar va ijtimoiy buyurtmalar mablag’lari xisobiga faoliyat yuritishlari
sababli, xodimlar rahbar buyrug’iga binoan bir loyihadan boshqasiga tez-tez o’tkazilib turiladi,
bir vaqtning o’zida bir necha lavozim vazifalarini bajaradilar. Ularning bu xatti-xarakatlarini
grantlar va buyurtmalarning muddatlari xamda ularning maqsadli xususiyati takozo etadi.
5.
Mablag’ tanqisligi yuzaga kelgan paytlarda NNT raxbarlari xodimlari oldidagi
o’z
majburiyatlarini bajara olmaydigan xolatga xam duch keladilar. Ayniqsa, bu holat loyihaning
byudjetida nazarda tutilmagan bo’lsa, xodimlarning dam olish va bayram kunlaridagi mexnati
uchun ikki baravar xaq to’lashga qurbi yetmaydi.
6.
NNTda xaq to’lanmaydigan, ixtiyoriylik asosida bajariladigan (volontyorlik) ishlarning
muayyan xajmi bo’lishi mumkin. Bunday ishlar shtatdagi xodimlarga xos bo’lgan muayyan
vazifalar va javobgarlik doirasida xam belgilanishi mumkin.
7.
NNTning ayrim tashkiliy-xuquqiy shakllarida (masalan, jamoat fondlarida) rahbar,
xodimlar va taftish organlari a'zolariga to’lovlar to’lash bilan bog’lik muayyan qonuniy cheklovlar
mavjud. Shuningdek, ayrim xollarda shtat jadvali loyihasi yuqori rahbar organ bilan kelishiladi, u
tasdiqlanadigan yillik byudjet parametrlariga muvofiq kelishi va NNTning barcha xarajatlari
summasining muayyan foizidan oshmasligi kerak. (Masalan, O’zbekiston Respublikasining
"Jamoat fondlari to’g’risida"gi qonuni 24-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, xar yilgi
ma'muriy xarajatlarning jami summasi, shuningdek fondning vasiylik kengashi xamda taftish
komissiyasi a'zolariga xaq to’lash xamda ularning o’z vazifalarini bajarish bilan bog’lik
xarajatlarini kompensatsiya qilish fond barcha xarajatlari summasining yigirma foizidan
oshmasligi kerak).
Ana shu xususiyatlar va murakkabliklar ba'zida mexnat to’g’risidagi qonun xujjatlarining
buzilishiga olib keladi. NNTning xar bir rahbari uning tashkiloti mehnat inspeksiyasining
tekshiruviga "nishon" bo’lib kolishi mumkinligini nazardan qochirmasligi kerak.Bu o’rinda
aksariyat xollarda sud ish beruvchining emas, xodimning tarafini oladi.
Notijorat tashkilotining har bir rahbari Mehnat Kodeksining quyidagi me'yorini esdan
chiqarmasligi kerak: "ishga qabul qilish xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki
uning ijozati bilan xodimga xaqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo’lsa, ishga qabul qilish tegishli
ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan
e'tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb xisoblanadi" (Mexnat Kodeksining 82- moddasining
oltinchi qismi). Ya'ni, xatto agar sizning tashkilotingizda xujjat aylanishi yuritilmasa va biror-bir
ish haqi bo’lmasa, lekin faollar yoki a'zolar qandaydir faoliyatni yuritib turishgan bo’lsa, u xolda
mexnat to’g’risidagi qonun xujjatlarining barcha me'yorlari kuchga kiradi.
Shunday qilib, kadrlar bo’yicha ish yuritish nima uchun kerak?
Shuning uchun kerakki:
birinchidan, bu O’zbekiston Respublikasi qonun xujatlarining talabi;
ikkinchidan, kadrlarga oid xujjatlarni to’g’ri yuritish ayanchli xatolarga yo’l qo’ymaslik va
pirovardida mehnat buyicha inspeksiya tomonidan qo’llaniladigan jarimalar va mexnat nizolari
xolatida yoki mehnat to’g’risidagi qonun xujjatlarini qo’pol tarzda buzganlik dalillarining
aniqlanishida sud chiqimlarini to’lashni chetlab o’tishga imkon beradi;
uchinchidan, kadrlarga oid xujjatlar faqatgina tekshiruvchi organlar uchun kerak emas, balki
kadrlarga oid ko’pgina xujjatlar xodimlar bilan munosabatlarni tartibga solishga yordam beradi,
bunda mexnat shartnomasining barcha taraflari nimalarni bilish va amalga oshirish kerakligini
yaxshi anglaydilar. Agar NNTda ichki tartib- intizom qoidalari ishlasa, u xolda xech qachon
xodimda u soat nechada ishga kelishi keragu tushlik vaqtining uzunligi qancha ekanligi xaqida
savollar yuzaga qalqib chiqmaydi. Bu xujjatlarni xodim ishga qabul qilinayotganda o’qib chiqadi
va agar u mehnat shartnomasini imzolasa, demak bu shartlarga rozi bo’ladi va ularni bajarishi
kerak.
Kadrlar hisobini yuritish majburiyati eng avvalo korxonaning bevosita rahbari zimmasida
bo’ladi.Zarurat bo’lganda ichki mehnat tartibi qoidalari bilan yoki maxsus buyruq bilan mazkur
majburiyatlar tashkilotdan istalgan lavozim egasiga yuklanishi mumkin.
Kadrlar bo’yicha mas'ul sifatida rahbardan boshqa biror xodimni tayinlashdan ma'no
bormi?Bu faqat NNTning o’zi, uning tarkibi, faoliyat xajmlariga bog’lik. Shuni hisobga olish
lozimki, faol tarzdagi faoliyat va loyihalarning katta miqdori bo’lganda xujjatlarning xajmi
salmoqli bo’ladi, mablag’larning alohida xisobini ta'minlash uchun esa undagi tartibga rioya etish
va barcha zarur narsalarni o’z vaqtida rasmiylashtirish lozim.
Kadrlar hisobini yuritish uchun mas'ul xodim zimmasiga qanday funksiyalarni yuklanishi
mumkin?
1.
Xujjatlar, shuningdek mehnat va fuqarolik-xuquqiy shartnomalar, bajarilgan ishlar
dalolatnomalari, tashkilot bo’yicha buyruqlarni (xizmat safariga yuborish, ta'tillar, qo’shimcha
to’lovlar va boshqalarga buyruqlarni) tuzish.
2.
Mehnat daftarchalarini to’ldirish va yuritish.
3.
Tashkilot xodimlari va volontyorlari (ko’ngillilari) ish vaqtini xisobga olish.
4.
Xodimlarning shaxsiy varaqalarini to’ldirish va yuritish (T- 2} shaklidagi shaxsiy
varaqalar, ma'lumotnoma-ob'ektivkalar, ishga qabul qilishda talab etiladigan xujjatlarning
nusxalari, rag’batlantirish, intizomiy choralar ko’llash to’g’risidagi buyruqdar nusxalari va x.k.).
5.
Ro’yhatdan o’tkazish, saqlash, berish va mehnat daftarchalariga yozuvlar qayd etish.
Kadrlar bo’yicha ish yuritish uchun javobgar xodim zimmasiga buyruq, ishonchnoma va yoki
lavozim yo’riqnomasi bilan uning mexnat vazifasi bilan bog’lik boshqa majburiyatlar xam
yuklatilishi mumkin.
Agar tegishli buyruq yoki ishonchnoma mavjud bo’lmasa, kadrlar xisobini yuritish uchun
javobgar bo’lgan xodim tomonidan tuzilgan barcha xujjatlar tashkilot raxbarining imzosi bilan
tasdiqlanadi (Mexnat daftarchasidagi yozuvlardan tashqari).
Do'stlaringiz bilan baham: |