Reja:
1. Qarorlar (buyruklar, farmoyishlar) qabul qilish
2.Ish vaqtini xisobga olish tabeli
Tayanch so’z va iboralar: Qonun, qaror, farmoyish, buyruq, ijro, tabel, loyiha, meyoriy-
huquqiy hujjat,
Tashkilotlarda har kuni ko’plab turli qarorlar qabul qilinadi. Ularning ta'sir ko’rsatish sohasi
bo’yicha farqlanishi: butun jamoaning manfaatlariga daxldor umumiy yoki ayrim ijrochilarga
taalluqli xususiy tusga ega bo’lishi mumkin. Qarorlar ular qabul qilinadigan boshqaruv darajalari
bo’yicha ham farqlanadilar: tashkilot yoki muayyan xodim darajasida bo’ladi.
Farmoyishni rasmiylashtirishning quyidagi qoidalariga amal qilinsa, nomaqbul oqibatlarga
yo’l qo’ymaslik mumkin:
-
buyruq (farmoyish) ijrochi o’ylab ko’rish va ijro etishga tayyorlanish imkoniyatiga ega
bo’lishini nazarda tutgan xolda berilishi kerak;
-
ijrochi buyruq (farmoyish)ni to’g’ri tushunganligini xar doim tekshirish zarur;
-
farmoyish berish shakli (buyruq, ko’rsatma, maslahat, iltimos) xodimning mehnat
funksiyasi, malaka darajasi, vijdonli ishlashi va ruhiy xususiyatlariga muvofiq kelishi kerak.
Buyruq (farmoyish) - tashkilot ustav faoliyati doirasida asosiy va tezkor vazifalarni xal etish
maqsadida ish beruvchi chiqaradigan xuquqiy xujjat.
Farmoyish berishning qat’iy shakli bo’lgan buyruk, shubhasiz, ijrochiga uni bajarmaslik
tegishli sanksiyalarga olib kelishini tushunish imkonini beradi.
Buyruqlar (farmoyishlar) tashkilot yoki uning tarkibiy bo’limlarini barpo etish, qayta tashkil
etish, tugatish masalalari bo’yicha, tashkilot va uning tarkibiy bo’linmalarining funksiya hamda
vazifalarini belgilash chog’ida, ishni rejalashtirish va faoliyatni tashkil etish jarayonida, yakunlar
chiqarilayotganda, ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish
va qonun xujjatlariga muvofiq, protsessual jihatdan to’gri rasmiylashtirishni talab qiladigan
boshqa masalalar bo’yicha chiqariladi.
Buyruq (farmoyish) loyihasi faoliyati buyrug’ga (farmoyishga) kiritiladigan axborot bilan
bog’lik mansabdor shaxs yoki tarkibiy bo’linma tomonidan tayyorlanadi. Buyruq loyihasini
tayyorlash muddati masalalarning murakkabligi, uni chiqarishning shoshilinchligi darajasi va u
kelishib olinadigan bo’linmalarning soniga bog’liq.
Buyruq (farmoyish), agar uning matnida boshqacha qoida qayd etilmagan bo’lsa, muddatsiz
amal qiladi.
Buyruq (farmoyish) amal qilishining vaqt muddati butun buyruq yoki uning qismlari uchun
belgilanishi mumkin.Bunday xolda buyruqda u (uning qismi) qanday muddatga yoki qanday
voqea boshlanishiga qadar o’zining amal qilishini saqlashi ko’rsatilishi kerak.
Belgilangan muddat tugashiga yoki voqea boshlanishiga qadar buyruq (farmoyish) chiqargan
ish beruvchi buyruq (farmoyish) ning amal qilishini yangi muddatga, boshqa voqea boshlanishiga
qadar uzaytirish yoki unga muddatsiz vaqt berish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.
Buyruq (farmoyish) (uning qismi) quyidagi xollarda o’zining amal qilishini to’xtatadi:
-
buyruq (farmoyish) (uning qismi) mo’ljallangan muddat tugagan yoki mo’ljallangan voqea
boshlangan xolda;
•
-
buyruq (farmoyish) (uning qismi) qonun bilan belgilangan tartibda Konstitutsiyaga zid -
noqonuniy deb topilganda;
-
buyruq (farmoyish) (uning qismi) o’z kuchini yuqotgan deb topilganda;
-
qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda buyruq (farmoyish) bekor qilinadi.
Yangi me'yoriy-xuquqiy xujjat qabul qilinishi munosabati bilan ilgari qabul qilingan
buyruqlarga (farmoyishlarga) zarur o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar kiritiladi.
Buyruqlar (farmoyishlar) qayta kuchga ega emas va ular amalga kiritilgandan keyin yuzaga
kelgan munosabatlarga nisbatan qo’llanadi. Mazmuniga bog’lik xolda buyruqlar (farmoyishlar)
umumiy masalalar (tashkilotning asosiy faoliyati) va shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga
(farmoyishlarga) bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: