Ish vaqtini xisobga olish tabeli - bironta tashkilot u siz ishlashi mushkul bo’lgan xujjat.
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’z mehnat
vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi (MKning 114-moddasi).
Tabelda xodimlarning ish vaqtidan foydalanishi - amalda ishlangan soatlar va ishlanmagan
vaqt (turib qolish, kasallik, progullar va xk.) xaqida barcha axborot mavjud. Ushbu xujjat
-
buxgalterga, chunki tabel birlamchi xujjat hisoblanib, uning asosida ish xaqi xisoblab
yoziladi;
-
mehnat sohasidagi nazorat qiluvchi davlat organlari vakillariga.
Ular tabelga asoslanib, masalan, ish vaqtidan tashqari ishlash me'yorlariga rioya etilishi bobida
xodimlarning xuquqlari buzilmaganligiga baxo bera oladilar.O’zbekiston Respublikasining
Ma'mu riy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 49-moddasiga muvofiq, mansabdor shaxs tomonidan
mehnat to’g’risidagi qonun xujjatlarining buzilishi - eng kam ish xaqining ikki baravaridan besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.Xuddi shunday xukukbuzarlik voyaga
yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo’lsa - eng kam ish xakining besh baravaridan o’n
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Fuqarolik-xuquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishlayotgan ijrochilar vaqtining xisobi
tabelga kiritilmaydi, chunki mazkur shartnomalar fuqarolik-xuquqiy tusda bo’lib, muayyan
mehnat munosabatlari yuzaga kelishini anglatmaydi.Bajarilgan ishlar dalolatnomasi mazkur
shartnomalar yuzasidan xaq to’lash uchun asos bo’ladi. Ishlarni birga yuritish va ish joyida
vaqtincha bo’lmagan xodim o’rnini bosish tartibida asosiy ish vaqtida boshqa lavozim
majburiyatlarini bajarish ham tabelda aks ettirilmaydi. Biroq xodimning asosiy mehnat
shartnomasi bo’yicha majburiyatlarni bajarishi unda aks ettirilishi shart.
Mehnat kodeksining 125-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ish beruvchi xar bir xodimning
xaqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashkari ishlagan vaqtini o’z vaqtida
aniq xisobga olib borishi shart. Buning uchun kadrlar ishini yurituvchi xodim bilan tuziladigan
mehnat shartnomasida uning ish vaqti xisobini yuritish majburiyati qayd etilishi kerak. Agar
shartnomada bunday vazifa qayd etilmagan bo’lsa, ish beruvchi xodimlardan biriga tegishli
majburiyatlarni yuklash to’g’risida buyruq (farmoyish) chiqarishi kerak. Bunda ish beruvchi
amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq ish vaqti xisobini yuritish sohasida yetarli bilimga ega
bo’lgan xodimni tayinlashi lozim, chunki tabelni to’ldirishda yo’l qo’yilgan xato sababli xodimga
to’lanishi kerak bo’lgan to’lovlar noqonuniy ravishda kamayib yoki ko’payib ketishi ehtimoli
mavjud.
Tabel yuritish uchun mas'ul xodimni tayinlash xaqidagi buyruq namunasi:
TASHKILOT NOMI 3-son BUYRUK
Toshkent shahri.
2014 yil 6 yanvar
Mexnat Kodeksining 125-moddasi ikkinchi qismi talablariga va tasdiqlangan Ichki mehnat
tartibi qoidalariga muvofiq tashkilot xodimlari ish vaqtini o’z vaqtida va aniq xisobga olish,
shuningdek belgilangan ish vaqti rejimiga rioya etilishini nazorat qilish va mehnat xaqini
xisoblash uchun ishlangan vaqti to’g’risida ma'lumotlar olish maqsadida,
BUYURAMAN:
Do'stlaringiz bilan baham: