Umumiy masalalar
bo’yicha buyruqlar (farmoyishlar) tashabbusli buyruqlar tarzida va
direktiv ko’rsatmani bajarish maqsadida chiqarilishi mumkin.
Buyruq (farmoyish) matni unda, oddiy va ravshan tilda bayon etiladi. Buyruqda (farmoyishda)
ishlatiladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun xujjatlarida qabul qilingan va
turli talqinlar imkoniyatini istisno etadigan ma'nosiga muvofiq qo’llanadi.
"Ijro etish uchun" buyruqlari (farmoyishlari) a'zo tashkilotlar e'tiboriga yuqori organlarning
direktiv ko’rsatmalarini muayyan muassasalarga nisbatan ijro etish usullari, uslubiyatlari,
muddatlarini aniqlashtirgan xolda yetkazish zarur bulgan xollarda chiqariladi.Agar buyruq
(farmoyish) yuqori organning xujjati asosida chiqarilsa, bu xaqda tegishli xavola beriladi; ba'zan
buyruqning (farmoyishning) butun mazmuni yuqori instansiyaning ko’rsatmalarini e'lon qilish
bilan cheklanadi.
Buyruq (farmoyish) matni kadrlar ishini yuritish amaliyotida shakllangan umumiy qoidaga
ko’ra ikki qismdan - qayd etuvchi (bayon etuvchi yoki deklarativ) va farmoyish beruvchi
(imperativ) qismlardan iborat bo’ladi.
Buyruq (farmoyish) boshlanishida, qayd etuvchi kism oldidan, buyruq (farmoyish)ning
qiskacha mazmuni-maqsadi keltiriladi (masalan, "Xodimlarni mukofotlash to’g’risida", "Mehnat
intizomini muntazam buzishlar to’g’risida", "Dam olish kunida ishlash to’g’risida" va xokazo).
Ushbu qoidaga rioya qilish vaziyatni to’g’ri baholash imkonini beradi va asoslangan qarorga omil
bo’lib xizmat qiladi.
Qayd etuvchi sistemada
buyruq berilayotgan xarakatlarning maqsad va vazifalari xamda
buyruq (farmoyish)ni chiqarish sabablari bayon etiladi, mazkur buyruq (farmoyish)ni chiqarish
uchun asos bo’lib xizmat qilgan xujjatlarga xavolalar beriladi. Qayd etuvchi qism imkoni boricha
qisqa, biroq mazmuniga ko’ra mufassal bo’lishi kerak.
Amaliyotda ushbu qoidani buzishning ikki turi kuzatiladi. Ba'zi xollarda qaror qabul qilishning
xaqiqiy zarurati ochib berilmaydi ("ishlab chiqarish zarurati munosabat bilan"), boshqalarida,
aksincha, keraksiz qism va tafsilotlarning ko’pligi xujjatning mohiyatini idrok etishni
qiyinlashtiradi. Buyruqning (farmoyishning) qayd etuvchi qismida barcha zarur xavolalarning
(tushuntirish xatlari, yuqori organlarning farmoyishlari, tekshiruv dalolatnomalar iva
xokazolarga) berilmasligini ham kamchilik deb hisoblash kerak.
Agar farmoyish berish qismi asoslashga ehtiyoj sezmasa, qayd etuvchi qismni bermaslik
mumkin.
Odatda ko’pchilik qarorlar bitta maqsadni ko’zlamaydi. Agar sodir etilgan qilmish to’g’risida
so’z borsa, buyruq (farmoyish) kam deganda ikki maqsadga ega bo’ladi: aybdorlarga jazo qo’llash
va kelgusida bunday xuquqbuzarliklarning oldini olish. Zararni undirish va ko’plash, mehnat
jamoasining g’ayratini rag’batlantirish va safarbar qilish singari va xokazo maqsadlar ham bo’lishi
mumkin.
Buyruqda (farmoyishda) qarorning maqsadlarini aks ettirib, rahbar bu bilan ko’rilayotgan
choralarni asoslaydi, xujjatni yanada aniqlashtiradi, ko’rilayotgan choralarni ularning ahamiyatiga
ko’ra taqsimlaydi.
Farmoyish berish qismi buyruq shaklida bayon etiladi.
Unda ko’rsatma berilayotgan xatti-xarakatlar aniq bayon etiladi, ularni bajarish uchun mas'ul
mansabdor shaxslar belgilanadi va ijro etish muddatlari o’rnatiladi. Buyruq (farmoyish)ning ushbu
qismi bandlarga bo’linishi mumkin, ular nuqta bilan arab raqamlarida raqamlanadi. Har bir band
muayyan xarakat va ijrochini ko’rsatish bilan boshlanadi.
Ijro muddati umumiy yoki bandlar bo’yicha tabaqalangan bo’lishi mumkin.
Barcha xollarda buyruq (farmoyish)ning ko’rsatma beruvchi qismi ham shaklan unda, biroq
mufassal bo’lishi kerak; u boshqa xujjatlarda o’z ifodasini topgan qismlarga to’ldirilmasligi kerak.
Masalan, ba'zan ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq (farmoyish)da xodimning barcha bo’lg’usi
vazifalari sanab o’taladi. Bunga zarurat yo’q, chunki har bir lavozim bo’yicha majburiyat va
xuquqlar lavozim yo’riqnomalari mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Zarurat bo’lganda oxirgi bandlarning birida ilgari chiqarilgan, mazkur buyruq (farmoyish)
bilan bekor qilinadigan, to’ldiriladigan yoki o’zgartiriladigan farmoyish xujjatlari sanaladi.
Oxirgi bandda odatda umuman buyruq (farmoyish)ning ijrosi uchun mas'ul shaxs ko’rsatiladi.
U quyidagicha bayon etiladi: "Mazkur farmoyishni ijro etish ustidan nazorat (lavozimning to’liq
nomi va familiyalar) zimmasiga yuklansin".
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar (farmoyishlar) o’z xususiyatlariga ega. Ular mehnatga oid
xuquqiy munosabatlar: ishga qabul qilish; boshqa lavozimga o’tkazish; mehnat shartnomasini
bekor qilish; xizmat safariga yuborish; ta'tillar berish; familiyalarni o’zgartirish; taqdirlashlar; jazo
choralari va xokazolar rasmiylashtiriladi.
Umumiy masalalar bo’yicha buyruq (farmoyish)lar va shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq
(farmoyish) lar ko’p xollarda bir-biridan alohida-alohida yuritiladi va o’z raqamlanishiga ega
bo’ladi. Masalan, 125-k raqami kadrlar bo’yicha buyruq (farmoyish)ni anglatadi. Bu xil buyruqlar
(farmoyishlar)i kadrlar bo’limi xujjatlarning to’planishiga qarab tayyorlaydi.
Katta tarbiyaviy ahamiyati va qonunchilik talablari munosabati bilan taqdirlash va intizomiy
jazolar alohida buyruqlarda e'lon qilinadi.
Buyruqlar (farmoyishlar) me'yoriy xujjatlarga muvofiq kelishi kerak.Yurist konsult
ishlaydigan muassasalarda, agar bu yuridik xizmat to’g’risidagi nizomda, lavozim yuriqnomasida
yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo’lsa, uning vizasi bo’lishi shart. Kadrlar bo’limi
boshlig’i va buyruq (farmoyish) daxldor bo’lgan tarkibiy bo’linmalar rahbarlarining vizalari xam
majburiy.
Amaliyotda buyruq (farmoyish) oxirida go’yo uni chiqarish uchun asos bo’lib xizmat qilgan
turli xujjatlarni ko’rsatish keng tarkalgan.Aslini olganda bu zarur.Biroq ba'zan asos bo’lgan
xujjatlar g’ayriqonuniy bo’lishi, xatto yoki ataylab buzib ko’rsatilgan ma'lumotlarga ega bo’lishi
mumkin.Masalan, ishga qabul qilish to’g’risida buyruq (farmoyish) chiqarish uchun asos sifatida
fuqaroning yozma arizasi ko’rsatiladi. Biroq mazkur xolda bunday arizalarni talab qilish
noqonuniy va MKning 82-moddasini buzish xisoblanadi, unda mazkur buyruq (farmoyish) ni
chiqarish uchun asos bulib xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xisoblanishi ta'kidlangan.
Buyruq (farmoyish) chiqarish uchun asos bo’lib dalolatnomalar, bildirishlar va xizmat xatlari
yoki xodimning tushuntirishlari, yuqori turuvchi, vakolatli va boshqa organlarning ilgari
chiqarilgan buyruqlari (farmoyishlari) yoki bayonnomalari xizmat qilishi mumkin. Ularga
buyruq (farmoyish) matnida axborot manbai yoki ba'zan buyruq (farmoyish) chiqarish uchun
majburiy shart xisoblangan isbot-dalil (masalan, ish beruvchining tashabbusiga ko’ra mehnat
shartnomasini bekor qilishga kasaba uyushmasi qo’mitasining roziligi va boshqalar) sifatida
xavola qilish mumkin. Shu sababli buyruq (farmoyish) oxirida "Asos" so’zini yozish va uni
chiqarish uchun asos bo’lgan muayyan xujjatni ko’rsatish lozim. Bundan tashqari, asosni ochib
berish chiqarilgan buyruq (farmoyish)ning to’liq asosliligini tushunish imkonini beradi.
Barcha ma'muriy xujjatlar singari, buyruq (farmoyish)lar xam individual tusga ega, ya'ni
ularga bir shaxs imzo chekadi.
Imzolanganidan keyin buyruq (farmoyish)lar ro’yhatdan o’tkaziladi, so’ngra manfaatdor
bo’linmalarga yuborish uchun zarur miqdorda ko’paytiriladi. Yuborishga ro’yxatni buyruq
(farmoyish) ijrochisi tayyorlaydi.Buyruq yuboriladigan manzillar ro’yhati uning oxirgi
varag’ining orqa tomonida yoki alohida kog’oz varag’iga bosiladi.Buyruq (farmoyish)
nusxalarida xodimlarning vizalari qo’yilmaydi.
Xar bir ro’yhatdan o’tkaziladigan buyrugg’a (farmoyishga) tartib raqami beriladi va sana
qo’yiladi. Buyruq (farmoyish)lar ularning chiqarilishiga qarab sonining o’sib borishi tartibida
ro’yhatdan o’tkaziladi.
•
Buyruq (farmoyish)ning tartib rakamida "a", "b" va xokazo xarflar ko’rsatilmasligi kerak,
shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq chiqarilganligini anglatuvchi "k" xarfi bundan mustasno. Odatda
buyruq (farmoyish)ning tartib raqamiga bunday xarflarni qo’llash buyruq (farmoyish) tegishli
muddatlarda chiqarilmaganligidan guvohlik beradi.
Buyruq imzolangan paytdan boshlab, agar matnda boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa,
kuchga kiradi.Buyruqda nomlari keltirilgan barcha shaxslar uning mazmuni bilan
tanishtirilganliklari xususida unga yoki alohida qog’oz varag’iga imzo qo’yiladi.
Ish beruvchi tomonidan bunday talabning bajarilmasligi buyruq (farmoyish)da qayd etilgan,
ularning mavjudligini xodim inkor etayotgan shartlarni xaqiqiy emas deb topish uchun asos
bo’lishi mumkin.
Ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq (farmoyish) larda ba'zan "tayinlansin" atamasi
qo’llanadi. Biroq barcha qonunlar va qonunosti xujjatlarida tayinlash emas, balki ishga qabul
qilish to’g’risida so’z boradi. Shu sababli buyruq (farmoyish)da "Ishga qabul qilinsin" deb yozish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |