73
ifloslangan, issiq yoki sovuq havoni so‗rib olib, toza
isitilgan yoki sovitilgan
havoni berish yo‗li bilan ish joylarida havo muhitini yaxshilashga aytiladi.
Shamollatish sistemalari umumalmashinuvchi, lokalli (ish joyida) va
kombinatsiyalangan bo‗lishi mumkin.
Umumalmashinishda havo xonalar butun hajmi bo‗yicha almashinadi.
Lokal (ish joyini) shamollatishda zaharli va zararli moddalar ajralib
chiqayotgan ish joylariga o‗rnatiladi, zaharli moddalar ishlab chiqarish xonalaridan
chiqariladi.
Ishchi zonaga havoni haydab berish usuliga qarab tabiiy va sun‘iy (mexanik)
shamollatishga bo‗linadi. Tabiiy shamollatishda havo tabiiy faktorlar:
issiqlik
napori, yoki shamol ta‘sirida harakat qiladi. Sun‘iy shamollatishda havo mexanik
qurilmalar: ventilyator, elektr va boshqa qurilmalar
yordamida harakatga
keltiriladi.
Shamollatish
oqib
keladigan
yoki
so‗rib
olinadigan
umumalmashinuvchi shamollatishda toza havo binolar tashqarisidan olinib xonalar
barcha hajmi bo‗yicha tarqaladi. Ifloslangan havo eshik, deraza va tirqishlar orqali
siqib
chiqariladi.
So‗rib
olinadigan
umumalmashinuvchi
shamollatishda
ifloslangan issiq havo xonalar butun hajmidan chiqarilib tashlanadi. CHiqarilgan
havo o‗rniga binolar tashqarisidan toza havo eshik deraza va qurilish tirqishlari
orqali so‗rib olinadi.
Ishlab chiqarishdagi mikro iqlim
Ishlab chiqarish muhitining meteorologik sharoiti havoning fizik holatiga
bog‗liq va quyidagi asosiy meteorologik faktorlar bilan xarakterlanadi:
Havo temperaturasi va namligi, havoning harkat qilish tezligi, bosimi hamda
jihoz va uskunalar ishlayotganda va ishlab chiqarilgan mahsulotlotlardan ajralib
chiqayotgan issiqlik. Ko‗rsatilgan faktorlar jami ma‘lum bo‗lim
uchun ishlab
chiqarish mikroiqlimiga hisoblanadi.
Meteorologik faktorlar jami yoki alohida turlari inson faoliyatiga, his
qilishiga va yorug‗likligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Ko‗pgina holatlarda ishlab
chiqarishda, ishlab chiqarish sharoitida ko‗rsatilgan faktorlar jami inson faoliyatiga
ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday ta‘sir antoganik bo‗lishi mumkin, ya‘ni
faktorlar guruhi
74
ta‘sirini boshqa faktorlar yo‗qotishi yoki kamaytirishi mumkin yoki ta‘sir - faktor
o‗zaro ta‘sir etib, inson faoliyatiga ta‘sirini kuchaytiradi.
Termoregulyasiya - inson organizmida me‘yor temperaturada (36-37S) fizik-
kimyoviy jarayondir. Yuqori o‗zgaruvchan meteriologik sharoitda inson organizmi
xayotiy inson organizmi temperaturasini bir xil me‘yorda ushlab turish zaruriy
shartlardan hisoblanadi. Tana temperaturasining ko‗tarilishi issiqlik oshganini,
pasayishi esa soviganini ko‗rsatadi.
Tana issiqligi
oshib ketishi yoki pasayishi, kishi organizmida kechadigan
hayotiy funksiyalarning buzilishiga olib keladi. Organizm tarmoqq regulyasiyasi
inson fiziologik mexanizmini bajaradi va markaziy
nerv sistemasi nazoratida
bo‗ladi. U organizmda modda almashishi natijasida uzluksiz ravishda hosil
bo‗layotgan issiqlik bilan atrof-muhitga uzatilayotgan issiqlik orasida muvozanat
saqlab turadi, ya‘ni inson organizmida issiqlik balansini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: