7
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi,
Inson tafakkuri rivojining manbai ma‘lumotlar
(axborotlar) majmuidan iboratdir. Shak-shubhasiz o‘z vaqtida olingan to‘la va
ishonchli ma‘lumot, shu ma‘lumot bilan bog‘liq bo‘lgan holatdan kelib chiqadigan
amaliy faoliyatlarning maqsadli kechishlarini muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Faoliyat maqsadlarining turlicha bo‘lishi tabiiy ravishda axborotlardan
turli maqsadlarda foydalanish asoslariga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bugungi,
axborotlarni saqlash va uzatish tizimlari bir tomondan takomillashib
murakkablashgan va ikkinchi tomondan axborotlardan foydalanuvchilar uchun
keng qulayliklar vujudga kelgan davrda, axborotlarni maqsadli boshqarishning
qator muhim masalalari kelib chiqadi. Bunday masalalar qatoriga katta hajmdagi
axborotlarning tez va sifatli uzatish hamda qabul qilish, axborotlarni ishonchliligini
ta‘minlash, axborotlar tizimida axborotlarni begona shaxslardan (keng ma‘noda)
muhofaza qilish kabi ko‘plab boshqa masalalar kiradi. Axborot va axborot
tizimidan foydalanish insoniyat faoliyatining barcha sohalariga kirib borib, muhim
ahamiyat kasb etib, rivojlanib borayotgan bugungi jamiyatda axborotlarni maqsadli
boshqarish faollashmoqda. Kompyuterlar va kompyuter tizimlari axborot
tizimining muhim bo‘g‘imidir. Internet tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha
sohalarini qamrab olib, axborotni tez va sifatli almashinuvini ta‘minlash
texnologiyalarining rivojlanishiga ijobiy manba bo‘lib kelmokda. Yuqoridagi
keltirilgan asosli mulohazalardan kelib chiqib, axborotlarni asli holidan
o‘zgartirilgan holda, ya‘ni shifrlangan holda, saqlash va uzatish masalalarining
muhim ekanligiga shubha yo‘qdir.
Hozirgi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya
texnologiyalari, dasturiy ta‘minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida
keng turdagi interfaol xizmatlar ko‗rsatishni o‗z ichiga olgan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli tobora ortib bormoqda.
Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‗ra, jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi
ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
8
sohasiga to‗g‗ri kelmoqda. Janubiy Koreya, Shvetsiya, Amerika Qo‗shma Shtatlari
singari mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining ulushi yuqori foizlarni tashkil etadi.
Mamlakatimizda mazkur tizimda amalga oshirilayotgan tub islohotlar barcha
sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, sohaga oid
ilmiy izlanishlar olib borish, yangi dastur, loyihalarni ishlab chiqish va hayotga
tatbiq etish, olim va yosh olimlarni qo‗llab-quvvatlash imkonini bermoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 27-iyundagi ―O‗zbekiston
Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‗lmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 8-avgustdagi ―Hududlarning jadal ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi
qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal
bo‗layotir.
Mazkur hujjat ijrosi doirasida viloyatning barcha tuman va shaharlarida
hokimlik, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari
rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha
4 sektor samarali faoliyat ko‗rsatmoqda. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish bo‗yicha sektorlar ishini tashkil etish bo‗yicha Nizom hamda
―Mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika‖ tamoyili belgilanib, to‗rt
sektorga aholining eng muhim masala va muammolarini yechish yuzasidan keng
vakolatlar berildi, mas‘uliyat va javobgarlik oshirildi.
Har bir sektor bo‗yicha mas‘ullar tarkibi, sektorlar faoliyatini nazorat qilish
bo‗yicha jamoatchilik guruhlari, muvofiqlashtiruvchi shtablar tashkil etilgan.
Sektorlar faoliyatida uy-joy, kommunal, gaz, suv, elektr energiyasi ta‘minoti, ichki
yo‗llar sifati va transport qatnovini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish,
tadbirkorlikni rivojlantirish, kredit olish, aholi salomatligini muhofaza qilish,
bandlik, oila va mahallalarda ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlash, kam
ta‘minlangan oilalarga nafaqa tayinlash singari qator masalalarga alohida e‘tibor
qaratilmoqda.
9
Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi turmush darajasi va hayot sifatini
yanada oshirish, turli sohalardagi muammolarni joyida hal etishning zamonaviy va
samarali mexanizmi yo‗lga qo‗yilgani xalqimizning davlatga, ertangi kunga
ishonchini yanada mustahkamlamoqda.
Mamlakatimizda fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari faoliyati
samaradorligini oshirish, yoshlarni ma‘nan va jismonan yetuk insonlar etib
tarbiyalash, aholining ehtiyojmand qatlamlari, keksa avlod vakillarini ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlash borasida mahallaning davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‗zaro
hamkorligini mustahkamlashga alohida e‘tibor qaratilayotgani ta‘kidlandi.
Farg‘ona viloyatida 517 fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organi bo‗lib,
ularga uslubiy va amaliy yordam ko‗rsatish, moddiy qo‗llab-quvvatlash, zarur
sharoitlar yaratish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
– O‗tgan yili tumandagi 24 nafar fuqaroga 68 million so‗mlik moddiy
yordam ko‗rsatildi, – deydi Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish bo‗yicha Rishton tumani kengashi raisi o‗rinbosari
Abbdujalilov. M – Bayramlar arafasida 78 kishiga sovg‗a, kam ta‘minlangan 64
oila farzandlariga kiyim-kechak tarqatildi. Hududdagi 48 ta fuqarolar yig‗ini binosi
yaxshi holatda. Ularning barchasi komputer jamlanmalari, mebellar bilan
jihozlangan. Joriy yilda bu boradagi ishlar ko‗lamini yanada kengaytirish
belgilangan.
Bizga
ajratilgan
ushbu
xizmat
avtomashinalari
uchun
Prezidentimizdan minnatdormiz.
Respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi va ―Nuroniy‖ jamg‗armasi
faollarining to‗ylar, oilaviy tantanalar va boshqa marosimlarni ortiqcha sarf-
xarajatsiz, dabdabasiz o‗tkazish yuzasidan mamlakatimiz xalqiga murojaati qabul
qilindi.
Keyingi paytlarda to‗ylar, oilaviy tantanalar, turli marosimlarni o‗tkazishda
shuhratparastlik, atrofda yashayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik,
xalqimizning asriy urf-odatlari va an‘analarini mensimaslik kabi illatlar
ommalashmoqda. Taraqqiyotimizga katta to‗siq va g‗ov bo‗lib kelayotgan
dabdababozlikka barham berish, to‗y-ma‘rakalarni ixcham, zamonaviy ko‗rinishda
10
o‗tkazish o‗rniga, kerak-nokerak tadbirlarni o‗ylab topish, haddan ziyod
isrofgarchilikka yo‗l qo‗yish holatlari kuchayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |