Kriptovalyutalar Insoniyatga kerakmi yoki yoq? -Dastlab Kriptovalyuta xaqida tushuncha ega bolish kerak. Kriptovalyutalar shifrlangan maxsus kodlarga ega electron pullar. Bu pullar foydalanuvchilarni ozida maxsus shifrlangan hamyonlarda saqlanadi va hohlagan paytida undan foydalana olishini taminlaydi. Kriptovakyutalar savdosi uchun ishlaydigan tizim Blokchain deb ataladi. -Blokchain nima u ?
-Blochain bu tarjima qilinganda “bloklardan iborat zanjir manosini anglatadi”. Masalan men birorta narsa sotib olmoqchi bo’ldim va sotuvchiga o’zimning plastic kartamdan pul o’tkazdim. Bu o’tkazma bank tizimlarida saqlanadi yani men o’tkazgan pulni hisobimdan olib sotuvchining kartasiga o’tkazadi va o’zining tizimiga bu haqida yozib qoyadi. Blokchain ham huddi narsani bajaradi lekin o’tkazma haqidagi ma’lumotni o’zida emas butun internetda hammaning ko’z oldida saqlaydi. Bank markazlashgan tizim bolsa Blokchain markazlashmagan tizim xisoblanadi. -Demak Blokchain hamma malumotni internetga chiqarib yuboradimi unda malumotlar havsizligini kim taminlaydi?
-Malumotlar havfsizligi taminlanadi yani kim kimga qancha o’tkazma o’tkazganli hamma ko’radi lekin o’tkazuvchi va sotuvchi anonimligicha qoladi. O’tkazuvchi hohlagan internetga ulangan kompyuterdan kirib bu xaqidagi malumotni topa oladi. Blokchainda ishlatiladigan pullar esa kriptovalyuta deb ataladi. Eng birinchi chiqarilgan va ommabop kriptovalyuta esa bu Bitcoin. Hozirda uning narxi adashmasam 1Bitkoin=42000 $ dollarga teng edi. -Kriptovalyutalar qayerda saqlanadi ular xavfsizmi ?
-Kriptovalyutalar bir necha xil turlari bor. Bular Bitcoin, Etherium, Litecoin va hakozo yana koplab shunday coinlar bor. Bu pullar electron shifrlanga hamyonlarda saqlanadi. Bu hamyonlarning egalari ozlarining login va parollari orqali kirib ishlatishlari mumkin. Har bir hamyon hamyon 32talik shifrlangan kodlardan iborat va anashu shifrlar yordamida boshqa hamyonlardan ajralib turadi. -Agar shifrlar adashib ketilib bashqa odamga ketsa yoki boshqa umuman mavjud emas odamga yuborilsa internet orqali qaytarib olsa boladimi?
-Agar boshqa odamga ketsa qaytarib olsa bo’lsa kerak chunki malumotlar internetda korinib turadi lekinagar yoq hisobga ketsa unda Bitcoinlar yoqolib ketadi. Shu paytgacha internetda jami bitkoinlarni 15 foizi yo’qolib ketgan. -Unda bu tizim juda hafli xisoblanadiku buni kimga keragi bor.
- To’gri lekin tizim takomillashib bormoqda keyinchalik buni ham oldi olinsa kerak.Bitcoin orqali savdo qilinganda bu tizim barchaning ko’z o’ngida bo’ladi va bu balki korrupsiyani oldini olishi mumkin va bu pullar butun dunyo bo’yicha ishlaydi. -U tizim ishlashi uchun nimalar kerak? Biror korxona boshqaradimi uni?
- Tizim ishlab turishi uchun Miner degan apparatlar 24 soat ishlab turishi kerak. Minerlar bu serverlarga o’xshash xisoblanadi. Va ular juda kop energiya ishlatadi va narxlari juda qimmat . -Ular qimmat bo’lsa , elektr bilan ishlasa va kop quvatta ishlatsa unga ketgan elektr energiyani pulini kim tolaydi, nega uni sotib olishadi u qanday foyda keltiradi.
-Siz maynerlarni yoqib qo’yib blokchain tizimini qo’llab quvvatlaganiz uchun unga ketgan energiya qiymati miqdoridagi Bitcoin bilan mukofotlanasiz va uni ozingiz ishlatishingiz mumkin bo’ladi. - Demak bundan har ikkala taraf ham minnatdor bo’ladi shundaymi?
-Ha shunday. Umuman olganda blokchain bu foydalanuvchilarni banklarsiz o’zaro foydalanishi uchun chiqarilgan tizim. Agar davlat Byudjetini ham Blokchainga o’tkazib qo’yganda korrupsiyalar bo’lmasligi mumkin edi. Chunki davlatdan ajratilgan pul qayerga ketayotganini xalq o’zi ko’rib tura oladi. -Lekin O’zbekistonda bunday tizim hali rivojlanmagan. Shunday bo’lsa ham banklar ananaviy pul o’tkazmalarini qo’llab kelyapdi.
-Ha shunday. Lekin Kriptovalyutalarni salbiy taraflari ham bor. Kriptovalyutalarni hech qaysi davlat organi tekshirmaganligi sabali u Darknetda ham ishlatiladi. Bu valyutalar darknetning asosiy pul birligi hisoblanadi. Darknet esa juda ko’p qing’ir ishlar savdosing markazi hisoblanadi.Yani unda giyohvand moddalar , qurollar, kontrabanda maxsulotlari va hattoki odam savdosi bilan ham shug’illaniladi. -Nega unda ularni to’xtashtishmaydi chunki hamma bu o’tkazmalarni ko’rib turadiku. Kim kimga jo’natganini bilib nega bunga chek qo’yilmaydi?
-Gap shundaki boshida aytganimdek bu o’tkazmalarni o’tkazgan odamlarni ism shariflarini kiritishi majburiy emas yani kim kimga jo’natgani anonimligicha qoladi shunday ekan buni aniqlashni iloji yo’q.
-Nega bu bitkoinlarni hech kim to’xtatmaydi va lar nega qimmat?
-Negaki Bitkoin miqdori chiqarilgandayoq 21Milyonta qilib cheklangan.Bu o’z navbatida bozor iqtisodiyotida talab va taklif qonuniga muvofiq Bitcoin narxini o’sib borishiga olib keladi.Agar uni hech kim harid qilmasa u o’z-o’zidan qadrsizlanib ketadi. -Nima uchun bunga taqiq qo’yilmagan unda?
-Umuman olganda bunga bir nechta davlatlar taqiq qo’ygan. Bitcoin birjalarda ishlab kelganligi uchun birjalar uni qadrsizlanishini hohlashmaydi. Bu aksiyalar narxini kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Qadrsizlanishini oldini olish uchun esa bir necha yil oldin NFT ni ishlab chiqarib uni sota boshlashdi. -NFT bu nima degani?
-NFT bu biror bir narsaga egalik huquqini bildiruvchi raqamli hujjat hisoblanadi. NFT asosan san’at asarlari , musiqa , vidyo va boshqa shunga o’xshagan narsalarni raqamli hujjati. Buni sotib olgan odam o’sha narsani virtual olamda egasi hisblanadi. NFT bozorida juda katta pul aylanadi va bu pullar kriptovalyutalar hisoblanadi. Kriptovalyutalarni esa yana Birjalarda sotib naqd pulga aylantiriladi. -Demak ularni asosan birjalarda ishlatishadi va turli hil yo’llar bilan ularni narxini ushlab turishar ekanda.
-Ha huddi shunday. Xulosa qilib aytganda bu tizim ham yaxhi maqsadda ham yomon maqsadlarda ishlatilinadi. Buni Insonlarga foydasi ham zarari ham bor. Agar bu tizimni yanada yaxshilab rivojlantirilsa kelajakda bu tizim juda yaxshi natijalarni beradi. Hamma narsani ishlatishda inson o’zi maqsadini yaxshi anglab olsa bu juda yaxshi narsalarni yaratilishiga sabab bo’ladi. Insonning qo’lidagi narsani ishlatish o’ziga bog’liq. Yaxshi maqsad bilan ishlatsa yaxshi natija beradi yomon maqsadda ishlatsa uni salbiy ishlarga tortib ketadi.