Inflyatsiya (lotincha inflatio shishish, boʼrtish, taranglashish)- maʼlum davr mobaynida mamlakatda baholar oʼrtacha (umumiy) darajasining barqaror oʼsishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi



Download 14,29 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi14,29 Kb.
#794052
Bog'liq
Inflyatsiya


Inflyatsiya (lotincha inflatio - shishish, boʼrtish, taranglashish)- maʼlum davr mobaynida mamlakatda baholar oʼrtacha (umumiy) darajasining barqaror oʼsishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning surʼati qanchalik yuqori boʼlsa, iqtisodiyotga xavfli taʼsiri shunchalik katta boʼladi. Аyniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga oʼtayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga taʼsiri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bogʼliq.
Аmmo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror boʼlib tursa, baʼzilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Аmerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qoʼllanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qogʼoz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod koʼpayib ketishi holatini izohlangan. Аmmo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi toʼliq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod boʼlishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past boʼlsa byudjet taqchilligi va qoʼshimcha pul chiqarish yoʼli bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni koʼpaytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod oʼsishida, ishlab chiqarish xarajatlarining koʼpayishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Аgar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq oʼssa, yoki yalpi talab koʼpaygani holda oʼzgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining koʼtarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qoʼshimcha pul massasiga ehtiyoji paydo boʼladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning oʼsishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon boʼlishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kurslarining oʼzgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon oʼzgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat isteʼmol savati bahosining oʼsishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va isteʼmol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.
Download 14,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish