Qaysi faslda pasayib qoladi? J- Yozda, kuz boshida esa pasayib qoladi.
Buloqlar qanday hosil bo'ladi? J- Grunt suvlari tog‘ jinslaridagi g‘ovaklar orqali past tomonga asta-sekin oqadi. Ular jarlarda, daryo vodiylarida, pastliklarda yer yuzasiga chiqib, buloqlarni hosil qiladi.
Hozirgi vaqtda, qishloqlarda, ayniqsa, cho‘llarda nimalar qazilgan? J- juda ko‘p artezian(burg‘) quduqlar qazilgan. Ularning suvi aholi, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaliklari ehtiyojlariga sarflanadi.
Nima uchun yerosti suvlaridan tejab tergab foydalanish zarur ekan? J- Yer osti suvlari miqdori chegaralangan. Shuning uchun ularni tejab, isrof qilmasdan sarflashimiz zarur.
Mineral suv deb nimaga aytiladi? J- Dunyoning ayrim joylarida tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yer osti suvlari mavjud. Ular mineral suvlar deyiladi.
Bunday suvlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? J- Turli kasalliklarni davolash uchun foydalaniladi. Turli davolanish va dam olish maskanlari aynan shunday buloqlar yoniga quriladi. O‘zbekistonda shifobaxsh suvlar ko‘p.
O‘zbekistonda qanday shifobaxsh suvlar bor? J: Toshkent, Chimyon, Chortoq mineral suvlari.
ATMOSFERANING TUZILISHI.
Atmosfera qanday qobiq? J- Atmosfera—Yerni o‘rab turgan havo qobig‘i.
Atmosfera so'zining ma'nosi nima? J- Yunoncha «atmos» — bug‘, «sphaira» — shar ma’nosini bildiradi.
Atmosferaning ahamiyati qanday? J- Yer yuzini samodan keladigan meteor jismlardan, Quyoshning tirik jonlar uchun zararli bo‘lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi.
Atmosfera bo‘lmaganida Yer yuzida harorat qanday bo’lar edi? J: Yer yuzi kunduzi +120°C gacha qizib, tunda esa –180°, –200°C gacha sovib ketar edi.
Havo qobig‘i Yer yuzini nima kabi asrab turadi? J: shaffof ko‘rpa kabi.
Yerning havo qobig‘i qanday gazlardan tarkib topgan? J- Asosan ikki xil gazdan, ya’ni azot va kislorod aralashmasidan iborat.
Havodagi gazlarning 78 % qaysi gaz tashkil qiladi? J- azot,
21 % ini qaysi gaz tashkil qiladi? J- Kislorod tashkil etadi.
Bulardan tashqari havoda yana qanday gazlar mavjud? J- Karbonat angidrid, boshqa gazlar, suv bug‘lari, changlar ham bor.
Azot va kislorod nisbati nimalarning ta'sirida hosil bo'ladi? J- O‘simliklar ta’sirida saqlanib turadi.
Nima uchun Atmosferani takibini tozaligiga e'tibor berishimiz kerak? J- Avtomobillardan chiqadigan is gazi, yirik korxonalardan chiqadigan tutun havoni ifloslaydi. Shuning uchun ham havo tarkibini, uning tozaligini doimo qattiq nazorat qilib turish, ifloslanishining oldini olish zarur. Chunki, insonning sog‘ligi atmosferaning tozaligiga juda bog‘liq.
Yer havo qobig‘ining yuqori aniq chegarasi bormi? J- yo‘q. Taxminan 2000 km balandda deyiladi. Lekin turli balandlikda havoning tarkibi, harorati, zichligi har xil bo‘lib, atmosfera bir qancha qatlamlarga ajratiladi.
Troposfera so'zining ma'nosi nima? J- Atmosferaning quyi qatlami («tropos»—yunoncha so‘z bo‘lib, aylanmoq, o‘zgarmoq degani).
Troposferaning o'rtacha qalinligi qancha? J- O‘rtacha qalinligi 10—11 kilometr.
Qutblar ustida qancha qalinlikka ega? J- 8—9 km.
Ekvatorda qancha qalinlikka ega? J- 17 km gacha yetadi.
Havodagi barcha suv bug‘lari qaysi qatlamda mavjud? J- Troposferada. Bu qatlamda bulutlar paydo bo‘ladi. Yog‘inlar yog‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi.
Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da harorat necha gradusga pasayadi? J- 6°C ga pasayadi.
Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 100 m da harorat necha gradusga pasayadi? J- 0,6°C ga pasayadi.
Stratosfera so'zining ma'nosi nima? J- (yunoncha «stratum» — qatlam) troposferadan yuqorida joylashgan.
Stratosferaning yuqori chegarasi qayerdan o'tadi? J- Yuqori chegarasi 50—55 km balandda.
Stratosferaning quyi qismida harorat necha gradusga pasayadi? J- –45°C dan –75°C gacha pasayadi.
Lekin yuqoriga ko‘tarilgan sari havo isib harorat necha gradusga ko'tariladi? J- +10°C gacha ko‘tariladi.
Mezosfera, termosfera va ekzosfera so'zlarining ma'nosi nima? J- — (yunoncha «mesos» — o‘rta, «therme» — issiq, «ekzos» — tashqi) atmosferaning yuqori qatlamlaridir.
Bu qatlamlarda havo qanday bo'ladi? J- Juda siyrak va koinotdan keladigan nurlar ta’sirida elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan bo‘lib qolgan.
Qaysi hodisalar shu qatlamda hosil bo'ladi? J- Qutb yog‘dulari, «Yulduz uchishi» hodisalari shu qatlamlarda ro‘y beradi.
Atmosferani o‘rganish. Insonlarga nima uchun kerak? J- Inson juda qadim zamonlardan ob-havoni, atmosferada bo‘ladigan hodisalarni kuzatib keladi.
Atmosferada ro‘y beradigan ayrim hodisalar havo aynib, yomg‘ir yog‘ishidan, boshqa hodisalar esa havo ochilishi, Quyoshli kunlar bo‘lishidan darak berishini odamlar qadimdan anglab olganlar. Inson uchun ob-havoni oldindan bilish juda zarur.
Hozirgi vaqtda atmosfera, unda ro‘y beradigan hodisalar nimalar orqali organiladi? J- Dunyoning turli joylaridagi minglab meteorologik stansiyalarda o‘rganiladi.
Bu ishda qanday vositalardan foydalaniladi? J- Elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar, havo sharlari, meteorologik raketalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalaniladi. Barcha ma’lumotlar maxsus ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘rganilib, ob-havo xaritalari tuziladi va ob-havoda ro‘y beradigan o‘zgarishlar e’lon qilib turiladi.
HAVO HARORATI VA BOSIMI.
Havoning harorati nima yordamida o'lchanadi? J- Termometr yordamida o‘lchanadi.
Termometr qayerga o'rnatiladi? J- Yer yuzasidan 2 m balandga, Quyosh nuri tushmaydigan soya joyga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |