Mavzulashgan


Aholi sonining ko‘payishi nimaga bog‘liq?



Download 9,75 Mb.
bet28/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

Aholi sonining ko‘payishi nimaga bog‘liq? J: har yili qancha bola tug‘ilib, qancha odam o‘lishiga bog‘liq.
  • Yer yuzida odam paydo bo‘lganiga necha yil bo‘lgan deb taxmin qilishadi? J: 3–4 mln yil.


  • Yer yuzida aholi soni nechanchi aasrlarda juda tez ko‘paydi? J: X asrdan keyin, ayniqsa XIX va XX asrlarda tibbiyot fanining rivojlanishi bilan.

  • Nima uchun aholi Yer yuzida bir tekisda joylashmagan? J: Odamlar tabiiy sharoiti inson yashashi, xo‘jalik yuritishi uchun qulay iqlimli tekisliklarda, dengiz bo‘ylarida, vodiylarda o‘rnashib qolgan.

  • Hozirgi vaqtda aholisi eng ko‘p bo’lgan mamlakatlar qaysilar? J: Xitoy, Hindiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Indoneziya va Braziliya.

  • Insonning ta’siri atmosferada necha km balandlikkacha bo’ladi? J: 18–20 km balandlikkacha, Yer yuzidagi, tuproq, o‘simlik va hayvonlarga ta’siri kuchli bo‘ladi.

  • Insonning Yer po‘stida necha km chuqurlikkacha ta’siri bo‘ladi? J: 3–4 km chuqurlikkacha ayniqsa kuchli bo‘ladi.

  • Noosfera deb nimaga aytiladi? J: Biosferaning odam yashaydigan va tabiatga juda katta ta’sir ko‘rsatadigan shu qismi noosfera deb ataladi.

  • Noosfera so’zining ma’nosi? J: Noos yunoncha aql degani. Noosfera aqllilar qobig‘i, ya’ni odam yashaydigan qobiq degani.

  • O‘simlik va hayvonlar, mikroorganizmlar qaysi qobiqqa katta ta'sir ko'rsatadi? J- Atmosferaga, ayniqsa, uning gaz tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

  • O‘simliklar havodan nima olib nima chiqaradi? J- karbonat angidridni olib, o‘rniga kislorod chiqaradi.

  • Tabiat resurslari (boyliklari) deb nimaga aytiladi? J: Inson tabiatdan olib, foydalanadigan, odamlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar tabiat resurslari (boyliklari) deb ataladi.

  • Tabiat boyliklariga nimalar kiradi?J: quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, tuproqlar, foydali qazilmalar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi kiradi.

  • Tabiat resurslari (boyliklari) nechta turga bo‘linadi va qaysilar? J: uchta katta turga bo‘linadi. Bular tugaydigan, tugamaydigan va qayta tiklanadigan.

  • Tugamaydigan tabiiy resurslarga nimalar kiradi? J: suv, havo, quyosh issiqligi va yerning ichki energiyasi, tugaydigan boyliklarga ko‘pchilik foydali qazilmalar kiradi.

  • Tiklanadigan boyliklarga nimalar kiradi? J: o‘simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar kiradi.

  • Nima uchun o'simliklarni kislarod fabrikasi deymiz? J- Havodagi hamma kislorodni o‘simliklar hosil qilgan va uni doimo yangilab turadi. Shuning uchun o‘simliklarni «kislorod fabrikasi» deyishadi. Agar bu «fabrika» to‘xtab qolsa, havo tarkibidagi kislorod tez kamayib ketadi.

  • Hozirgi vaqtda dunyodagi o‘rmonlarning qancha qismi qirib yuborilgan? J- Uchdan ikki qismi qirqib yuborilgan. O‘simliklarning bundan ham kamayishi juda xavfli. Ularni asrash va ko‘paytirish zarur.

  • Qanday qilib osimlik va hayvonlar havodagi kislarod miqdorini boshqarib turadi? J- O‘simliklar karbonat angidridni olib, kislorod chiqarsa, hayvonlar, aksincha, havodan kislorod olib, karbonat angidrid chiqaradi. Shunday qilib, tabiatda o‘simliklar bilan hayvonlar havodagi kislorod bilan karbonat angidrid miqdorini boshqarib turadi.

  • Organizmlarning Yerning suv qobig‘i gidrosferaga ta’siri bormi? J- Albatta bor, ular okeanlar suvining tuz tarkibiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Ma’lumki, okean va dengizlar suvining tuz tarkibi butun dunyoda bir xil. Ammo daryolar suvining tuz tarkibi boshqacharoq. Daryolar suvida kalsiy tuzlari eng ko‘p. Okean suvida esa bunday tuzlar eng kam. Nega shunday? Bunga okean va dengizlarda yashaydigan organizmlar sababchi ekan. Okeandagi organizmlar suvdan o‘zlariga kerakli moddalarni, ayniqsa, kalsiy tuzlarini oladi. Ularga kalsiy tuzlari suyaklarini, chig‘anoqlar va zirhlarini hosil qilish uchun kerak bo‘ladi. Hayvonlar o‘lganda esa ularning qoldiqlari suv tagiga cho‘kib to‘planadi. Ular uzoq vaqt davomida zichlashib qalinlashib, ohaktosh va bo‘r qatlamlarini hosil qiladi. Okean suvlarida shuning uchun kalsiy tuzlari juda kam bo‘ladi.

  • Organizmlarning litosferaga ta’siri qanday? J- Ayniqsa, uning ustki

    qismiga ta’siri juda katta. Chunki, eng ko‘p o‘simlik va hayvonlar uning ustida hayot kechiradi. Demak, hayvon va o‘simliklar qoldig‘i shu qatlamda to‘planadi. Ular zichlashib, qalin organik qatlamlar va tog‘ jinslariga aylanadi.

    1. Ohaktosh qatlamlari qalinligi qanchaga yetadi? J- Bir necha yuz va hatto minglab metrga yetadi.

    2. Toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, slanets, torflar nimaning qoldig'i? J- Ham o‘simlik qoldig‘idir.

    3. Tuproq nima? J- Yerning unumdor qismi. Uni faqat tog‘ jinsi deb ham, faqat organik modda deb ham bo‘lmaydi. U yemirilgan tog‘ jinsi zarralaridan va gumus (chirindi)dan iborat. Tuproqda bulardan tashqari suv, havo va turli xil tirik organizmlar bo‘ladi. Tuproq tarkibida millionlab mikroorganizmlar mavjud.

    4. Mikroorganizm nima? J- Juda mayda, ko‘zga ko‘rinmaydigan jonivordir.

    5. Ular nima ish bajaradi? J- Tuproqqa tushgan organik qoldiqlarni tezda chiritib, gumusga aylantiradi. Tuproqni unumdor qiladi.

    6. Tuproqda yana qanday hasharotlar yashaydi? J- Chuvalchanglar, qo‘ng‘izlar, turli hasharotlar yashaydi.

    7. Tuproqda nima ko'p bo'lsa u unumdor bo'ladi? J- Chirindi qanchalik ko‘p bo‘lsa, u shuncha unumdor hisoblanadi.

    8. Eng unumdor tuproq qaysi tuproq? J- Qora tuproq. Bunday tuproq o‘t ko‘p o‘sadigan dasht yerlarda tarqalgan.

    9. Mamlakatimizda qanday tuproqlar tarqalgan? J- Cho‘l sur tuproqlari va bo‘z tuproqlar ko‘p. Ularni sug‘orib, o‘g‘it solib, yaxshi parvarish qilinsa, mo‘l hosil beradi.

    10. Tuproqlarni nimadan asrash kerak? J- Suv yuvib ketishidan, cho‘llardagi tuproqlarni esa sho‘r bosib ketishidan, shamol uchirishidan asrash zarur.

    11. Mamlakatimizda Orol dengizi qurib, juda kichrayib qoldi. Hozir bu yerlarga qanday o’simliklar ekilmoqda? J: cho‘lda o‘sadigan o‘simliklar saksovul va yulg‘un ekilmoqda.

















    Download 9,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish