Uning xaritasida qayerlar tasvirlangan? J- Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g‘arbiy qismlari tasvirlangan.
Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida qanday quruqliklar tasvirlangan? J: Yevropa, Osiyo, Liviya, Iskandariya, Siyena, Arabiston, Bobil, Ariana, Hindiston, Skiflar, Massagetlar, Tavr tog’lari.
Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida qanday orollar tasvirlangan? J: Ierne oroli, Albion oroli, Tule oroli, Taprabon oroli.
Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida qaysi okean tasvirlangan? J: Efiopiya okeani.
Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida qaysi dengizlar tasvirlangan? J: Sharqiy dengiz, Eritreya dengizi, Ichki dengiz.
Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida qaysi daryolar tasvirlangan? J: Istr, Dajla, Nil, Yaksart, Oks, Hind, Ganga daryolari.
Erotosfen xaritasidan mukammalroq haritani kim tuzgan? J- Milodiy 2-asrda bu xaritaga nisbatan ancha mukammalroq xaritani Ptolemey tuzgan.
Ptolomey tuzgan dunyo xaritasiga necha asr bo’ldi? J: XIX asr (19 asr).
Bu xaritada qayerlar tasvirlangan? J- Unda Yevropa va Osiyoning katta qismi hamda Afrikaning shimoli tasvirlangan.
Ptolomey tuzgan dunyo xaritasida qanday orollar tasvirlangan? J: Ierne, Albion, Tule, Taproban orollari.
Ptolomey tuzgan dunyo xaritasida qaysi dengizlar tasvirlangan? J: Hindiston dengizi, Ichki dengiz, Kaspiy dengizi.
Ptolomey tuzgan dunyo xaritasida qaysi ko’l tasvirlangan? J: Fors ko’li.
Ptolomey tuzgan dunyo xaritasida qaysi okean tasvirlangan? J: G’arbiy ocean.
Ptolomey tuzgan dunyo xaritasida qaysi daryolar tasvirlangan? J: Nil, Hind, Ganga, Yaksart, Oks, Ra daryolari.
Ptolomey tuzgan dunyo xaritasida qanday quruqliklar tasvirlangan? J: Yevropa, Osiyo, Liviya, Efiopiya, Arabiston, Hindiston, Skifiya.
Bizning bobokalon olimlarimizdan kimlar geografiya fani rivojiga xissa qoshgan? J- Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariylar ham geografiya ning rivojiga katta hissa qo‘shishgan va dunyo xaritalarini tuzishgan
Muhammad al-Xorazmiy (783—850-yy) qaysi asarni yozgan? J- «Surat ulArz»
— «Yerning tasviri» nomli kitobini yozgan.
Xorazmiy tuzgan xaritada xozirgi Kaspiy dengizi nima deb nomlangan? J: Xorazm dengizi
973—1048-yillarda yashab o‘tgan olim kim? J- Abu Rayhon Beruniy.
Abu Rayhon Beruniy nimani yaratdi? J- Yerning (o‘sha vaqtdagi eng mukammal) modeli — shimoliy yarimshar globusini yasagan va asarlarida Yer
sharining narigi tomonida ham quruqlik borligi haqida yozib qoldirgan, dunyo xaritasini tuzgan.
Maxmud Koshg‘ariy (XI asr) qaysi asarni yozgan? J- «Devonu lug‘atit turk» asarida ko‘p geografik joy nomlari va terminlarga izoh yozgan, dunyo xaritasini ishlagan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530-yy.) qaysi asarni yozgan? J-
«Boburnoma» kitobida Farg‘ona vodiysi, Afg‘oniston, Hindiston tabiati haqida ko‘plab muhim ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Materik va okeanlarni o'rganishda kimlarning xizmatlari katta? J- Materiklar va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi hamda sayyohlarning xizmatlari juda katta bo‘lgan.
O‘rta osiyolik Nosir Xisrov nechanchi yilda yashab o'tgan? J- (1004—1088-yy.)
Nosir Xisrav qaysi asarni yozib qoldirgan? J- Safarnoma.
Nosir Xisrav qayerlarga sayohat qilgan? J- Janubi-G‘arbiy Osiyo va Shimoli- Sharqiy Afrikaga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lumotlar to‘plagan.
U necha yil davomida sayohat qilgan? J- Yetti yil davomida.
Nosir Xisrav necha km masofani piyoda bosib o'tadi? J- Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming kilometr(km)dan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan.
Nosir Xisraf sayohati nechanchi asrga to’g’ri keladi? J: XI asrga.
Nosir Xisraf tuzgan xaritada qanday dengizlar tasvirlangan? J: Abiskun dengizi, Qulzum dengizi, Rum dengizi.
Nosir Xisraf tuzgan xaritada xozirgi Kaspiy dengizi nima deb nomlangan? J: Abiskun dengizi deb nomlangan.
Nosir Xisraf tuzgan xaritada qanday dengizlar tasvirlangan? J:
Xiristafor Kolumb nima maqsadda sayohatga chiqadi? J- 1492-yilda X ristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo‘l topish maqsadida Ispaniyadan g‘arbga tomon suzib ketadi.
Kolumb Atlantika okeanini kesib o‘tib, qayerga borib qoladi? J: Amerika qirg’oqlariga.
Kolumb 4 marta uyushtirgan sayohati davomida u qayerni kashf qildi? J- Amerika qit’asini kashf qiladi.
Yangi qit’aga 1499—1504-yillarda Janubiy Amerikaning shimoliy qismini o‘rgangan kimning nomi berilgan? J: Amerigo Vespuchchi nomi.
Nechanchi yilda Hindistonga dengiz yoli ochilgan? J- Portugallar 1498-yilda Afrikani aylanib, Hindistonga borishdi.
Dunyo aylana birinchi sayohat nechanchi yilda va kim boshchiligida amalga oshiriladi? J- 1519—1522-yillarda Fernan Magellan boshchiligidagi ispanlar ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni g‘arbdan sharqqa aylanib chiqdi.
Sayohat natijasida nima isbotlandi? J- Tinch okeanni kesib o‘tdi. Natijada Yerning sharsimonligi isbotlandi, Yer yuzining katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi.
Antarktidani kimlar nechanchi yilda kashf qildilar? J- 1820-yil yanvarida rus dengizchi sayyohlari F.Bellinsgauzen va M.Lazarev eng uzoqda joylashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan Antarktida materigini kashf etishdi.
Nima uchun olimlar tabiatni hozirgacha o'rganishda davom etyabdilar? J- Hozirgi vaqtga kelib, Yer yuzida aniqlanmagan, xaritaga tushirilmagan joy qolmagan. Biroq Yer yuzi tabiatining barcha xususiyatlarini, ayrim tabiiy hodisalarni, ularning sabab va oqibatlarini olimlar yetarlicha tushuntirib berganlari yo‘q. Shuning uchun geograf olimlar Yer yuzasini, uning tabiatini yanada mukammal o‘rganishni davom ettirishmoqda. Geograflarning tadqiqotlari natijalaridan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |