Mavzulashgan



Download 9,75 Mb.
bet5/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

Quyosh bilan Yer oralig‘i masofasi qancha? J- O‘rta hisobda 150 million kilometr (mln km).

  • Soatiga 1000 km tezlikda uchadigan samolyot bu masofani necha yida bosib o'tadi? J- 17 yilda bosib o‘tadi. Raketa soatiga 39600 km tezlikda uchsa, Quyoshga 5 oydan ko‘proq vaqtda «yetib boradi».

  • Yerning shakli qanday? J- Dumaloq, shar ko‘rinishida.
  • Uning o‘r tacha diametri qancha? J- 12756 km.


  • Yerning aylanasi qancha? J- 40000 km dan ortiqroq.

  • Yerning qutb radiusi qanday? J- salgina siqiqroq. Uning qutb radiusi ekvator

    radiusidan 21 km qisqa.

    1. Globus deb nimaga aytiladi? J- Odamlar Yerning kichraytirilgan shaklini yasashgan. U globus deb ataladi.

    2. Globusda yer yuzi qanday tasvirlanadi? J- Materiklar, okeanlar, orollar, tog‘ va tekisliklar, umuman butun Yer yuzasi kichraytirilgan holda tasvirlangan bo‘ladi. Globuslarda ekvator, meridianlar, parallellar chizib qo‘yiladi.




    1. Odamlar juda qadim zamonlardanoq nima haqida bilib olganlar? J- Quyosh har kuni sharqdan chiqib, g‘arb tomonga botishini bilib olganlar.
    2. Quyosh chiqib, botgunga qadar o‘tgan vaqt nima deb ataladi? J- Kunduzi,


    3. Quyosh botgandan chiqqunicha o‘tgan vaqt nima deb ataladi? J- Kechasi deyiladi.

    4. Sutka deb nimaga aytiladi? J- Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi.

    5. Yer necha soatda o'z o'qi atrofini bir martaaylanib chiqadi? J- Bir sutkada, ya’ni 24 soatda o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi.

    6. Kecha bilan kunduzning almashinib turishini qanday tajriba qilib korish mumkin? J- o‘zingiz bemalol tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun kechqurun qorong‘uda koptok yoki sharni olasiz. Ularni chiroq yonida tutib tursangiz, yarmiga nur tushib yorug‘ ko‘rinadi, yarmi esa qorong‘u bo‘ladi. Agar sharni sekin aylantirsangiz yorug‘ va qorong‘u tomonlari almashinadi. Yerda kecha bilan kunduzi ham xuddi shunday almashinadi. Chunki Quyosh nuri Yerni bir vaqtning o‘zida hamma tomonini yorita olmaydi.

    7. Yer Quyosh atrofini qancha vaqtda aylanib chiqadi? J- 365 sutka va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Hisobga to‘g‘ri bo‘lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan.

    8. Kabisa yili deb nimaga aytiladi? J- Har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi.

    9. Shu yili fevral oyi necha kundan iborat boladi? J- 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.




    1. Yozgi quyosh turish kuni qachon yuz beradi? J- Iyun oyida Shimoliy yarimshar

    Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22-iyunni yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko‘tariladi.

    1. Bu paytda yarim sharlarda qaysi fasl boladi? J- Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi.

    2. Bahorgi va Kuzgi teng kunlik qachon sodir bo'ladi? J- 21-mart va 23- sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi.

    3. 22-dekabr qanday kun? J- 22-dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi.
    4. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda qaysi fasl boladi? J- yoz fasli.


    5. Shimoliy yarimsharda qaysi fasl? J- Qish bo‘ladi.

    6. 22 dekabrni qanday kun deb ataymiz? J- 22-dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.

    7. Qutbiy doiralar nimaning chegarasi hisoblanadi? J- Qutb kuni va qutb tuni bo‘ladigan joylarning (66,5° shimoliy va janubiy kengliklar) chegarasidir.

    8. Shu chegarada bir hafta nima yuz beradi? J- yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo‘ladi.

    9. Qutblarda qut kuni va qutb tuni qancha vaqt davom etadi? J- qishda yarim yil tun, yozda yarim yil kunduzi bo‘ladi. Tropik chiziqlar.

    10. Globus, Yarimsharlar xaritalarida qayerdan parallellar o'tkazilgan? J- 23,5° shimoliy va 23,5° janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o‘tkazilgan.

    11. Bu parallel qaysi chiziqlar hisoblanadi? J- tropik chiziqlardir.

    12. Shimoliy yarimshardagisi qanday nom bilan ataladi? J- Shimoliy tropik.

    13. Janubiy yarimshardagisi qanday nom bilan ataladi? J- Janubiy tropik deyiladi.

    14. Quyosh bu kengliklarda qachon zenitda bo'ladi? J- Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi.

    15. Quyosh qaysi kengliklarda bir yilda ikki marta zenitda bo'ladi? J- Janubiy va Shimoliy tropik chiziqlari oralig‘ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga keladi.

    16. Qaysi kengliklar da quyosh hech qachon zenitda bo'lmaydi? J- Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda esa Quyosh hech qachon qoq tepa(zenit)ga kelmaydi.

    17. Quyoshdan keladigan issiqlik va yorug‘lik Yer yuzida qanday taqsimlanadi? J- Bir xilda taqsimlanmaydi

    18. Qaysi kengliklar quyoshdan eng ko'p issiqlik va yorug'lik oladi? J- Ekvatorning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo‘lgan joylarga eng ko‘p issiqlik va yorug‘lik keladi. Bu yerlarda Quyosh ufqdan baland ko‘tarilib, yil bo‘yi quruqlik va okeanlarni qattiq isitadi.

    19. Bu joylar qanday mintaqalar hisoblanadi? J- Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.


    20. Download 9,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish