Domna gazi Domna ishlab chiqarishi



Download 39,55 Kb.
bet1/13
Sana11.01.2022
Hajmi39,55 Kb.
#346865
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Domna ishlab chiqarishi


Domna ishlab chiqarishi

Reja:


  1. Domna ishlab chiqarishi 

  2. Domna pechining tuzilishi va ish jarayoni

  3. Domna  gazi

Domna ishlab chiqarishi - metallurgiya korxonalarining domna sexlarida (yoki alohida domnali zavodlarda) choʻyan ishlab chiqarish. Hora metallurgiya i. ch. siklining asosiy boʻgʻini. D. i. ch. asosi — domna pechi. Domna pechi mahsulotlari asosan (82—84%) qayta ishlanuvchi choʻyanlardan iborat. Bunday choʻyanlar bessemer, tomas konvertorlarida (qarang Bessemer jarayoni, Tomas jarayoni) va marten penila qayta ishlanib, poʻlatga aylantiriladi. Quyma choʻyanlar domna choʻyanlarining taxminan 16% ini tashkil qiladi. Ularni qayta eritib, quymalar olinadi. Domna pechidan chiqadigan toshqol (shlak) va domna gazi ham sa-noatda ishlatiladi. Toshqoldan sement, beton, oʻgʻit va kurilish sanoatida ishlatiladigan kuymalar olishda foydalaniladi.

D. i. ch.da xomashyo sifatida temir rudasi, yoqilgʻi va flyuslar ishlatiladi. Ruda sifatida kizil, qoʻngʻir, magnit hamda shpat temir toshlari qoʻllaniladi. Maxsus choʻyanlar olish uchun tabi-iylegirlangan temir va marganets rudalaridan ham foydalaniladi. Eri-tishdan oldin rudalar boyitiladi (foydali minerallar zararli qoʻshim-chalardan tozalanadi). Yoqilgʻi sifatida koks, flyus sifatida, asosan, ohaktosh, dolomit va marten pechidan chikadigan toshqollar ishlatiladi.

Domna pechi koloshnik orqali shixta (pechga tashlanadigan materiallar — koks, aglomerat va b.) bilan toʻldiriladi. Shixta avval ruda maydonidagi uralarga yoki vagonlarda toʻgʻri bunkerlar estakadasiga keltiriladi. Koks va aglomerat (yiriklashtirilgan ruda) tas-mali transportyorlar yordamida koks batareyasi yoki aglomerat fabrikasidan ham keltirilishi mumkin. Shixta aravacha-bunkerlardan avval tarozi-vagonlarga, soʻngra skiplar (oʻz-oʻzidan boʻshaydigan aravachalar) ga solinadi. Ikki skip chigir (lebyodka) yordamida koʻprikdan koʻtarilib, shixtani yuklash qurilmasiga toʻkadi. Shixta taqsimlovchi moslamaga tushib, kichik konusni ochadi va to'quvchi moslamaga, soʻngra katta konusni ochib, pechning ichiga tushadi. Har bir shixta solinganidan soʻng taqsimlovchi moslama kichik konus bilan birga 60° buriladi, natijada shixta tekis solinadi.

Havo rekuperatorlaraa 800—1160° gacha qizdirilib, maxsus nasoslar yordamida taqsimlash quvuri va furmalar orqali pechga yuboriladi. Rekuperatorlarning soni pechning katta-kichikligiga qarab toʻrttagacha, furmalar esa 20 tagacha boʻladi.

Domna gazi quvurlar orqali gaz tozalash kurilmalariga kelib tozalanadi. Domnaga berilgan havo furma atrofida uglerod bilan birikib, karbonat angidrid (SO2) hosil qiladi. Domna gazlarining temperaturasi 1900° gacha koʻtariladi. SO2 yuqori temperaturada qisman uglerod (II)-oksid (SO) ga aylanadi. Issiklikning shixtaga sarflanishi va reaksiya natijasida domna gazlarining temperaturasi pasayib, koloshnikda 200—360° atrofida boʻladi. 570° dan past temperaturada temir oksidlaridan ajralgan kislorod SO bilan birikib, SO2 ga aylanadi. temperatura oshganda (750—900°) temir kisloroddan juda tez ajralib, sof temir (Fe) va SO hosil boʻladi. Bu reaksiyalar ortiqcha uglerod taʼsirida utgani uchun qaytarilgan temir uglerod bilan birikib, toza temirga qaraganda pastroq temperaturada suyuklanadigan choʻyan hosil boʻladi (toza temir 1539° da suyuklanadi). Choʻyan va shlak domna pechi gorniga yigʻilib, vaqt-vaqti bilan teshikdan chiqariladi. Shixta materiallari (ruda va koks) da boshqa aralashmalar ham boʻlgani uchun kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor va b. chuyan tarkibiga utadi. Ulardan baʼzilari (kremniy, marganets) foydali, baʼzilari (oltingugurt, fosfor) zararli hisoblanadi. Domna jarayoni ulchov asboblari yordamida kuzatib boriladi. Olinadigan chuyan turi va asboblarning kursatishiga qarab shixta tarkibi, havo temperaturasi va miqdori oʻzgartirib turiladi.


Download 39,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish