7.2-rasm. Bessemer konvertoru
120
Dastlab uglerod yonmaydi, chunki vannadagi harorat uning
yonishi uchun yetarli bo‘lmaydi. Kremniy va marganeslaming oksid-
lanishi natijasida vannadagi harorat ko‘tarilib, uglerod yona boshlaydi:
2C + O
2
= 2CO - Q kkal
С + FeO = CO + Fe - Q kkal
Konvertoming sig'imi, qayta ishlanayotgan cho‘yan tarkibi va
ulaming miqdoriga ko‘ra uglerodning yonishi 8-10 daqiqa davom
etadi. Cho‘yan tarkibidagi uglerod yonib kamayishi natijasida alanga
pasayib qo‘ng‘ir tutun chiqa boshlaydi. Bu esa cho'yan tarkibidagi
qo‘shimchalar deyarli yonib tugaganligini bildiradi. Kutilgan
tarkibdagi po‘lat olingach, jarayonni tugatish uchun konvertomi yotiq
holatga keltira borish bilan havo bosimi asta-sekin pasaytirib boriladi
va to ‘xtatiladi.
Ingliz metallurgi S.Tomas fosforga boy cho‘yandan po‘lat olish
maqsadida Bessemer konvertorining ichki devorlarini asosan o ‘tga
chidamli dolomit g‘ishtidan terishni va suyuq cho‘yanni quyishdan
oldin flyus sifatida ohaktosh kristallari kiritishni taklif qilgan.
0 ‘zgartirilgan Bessemer konvertori Tomas usuli deb ataldi.
1953-yildan e’tiboran asosli konvertorlarga quyilgan qayta
ishlanadigan cho‘yan sathiga texnik toza kislorod haydash yo‘li bilan
turli markalardagi uglerodli va kam legirlangan po‘latlar olish usullari
qo'llanila boshlandi. Bu usulning oddiy konvertor usulidan farqi
shundaki, jarayonning boshidanoq metall yaxshi aralashgani uchun
uglerod, kremniy va boshqa qo‘shimchalar yaxshi oksidlanadi.
Natijada kisloroc|iing ta’sir doirasida harorat 3000°C gacha
ko‘tariladi. Konvertorda metall tez qizib, yaxshi qizigan faol shlak
hosil bo‘ladi. Bunda fosfor va oltingugurt shlakka o ‘tadi. Bu usul
sanoatda borgan sari keng qo‘llanilmoqda, chunki u oddiyligi,
ixchamligi, yoqilg‘i talab etmasligi, ish unumi yuqoriligi, ishlash
sharoitining yaxshiligi, po‘latda azot va vodorod gazining kamligi,
kapital mablag‘lami kam talab etishi, chiqindilami qayta ishlashga
imkon berishi kabi afzalliklarga ega. Pechning kamchiligi shuki, u
suyuq cho‘yanni ko‘proq talab etadi. Bundan tashqari, metall
kuyindisi ko‘p, ancha miqdorda chang ajralib chiqadi.
Marten pechi. Yuqorida qayd etilganidek, konvertorli pechlarda
po‘lat ishlab chiqarish usullarining kamchiliklarini kamaytirish
121
borasidagi izlanishlar Marten usuli paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Marten pechining ish bo‘shlig‘i gorizontal yo‘nalishda cho‘zilgan
kameradan iborat (7.3-rasm). Ish bo‘shIig‘ining devorlari o ‘tga
chidamli materiallardan tayyorlanadi. Pechning qiziydigan qismlari
suv bilan sovitish qurilmalari bilan ta’minlangan. Pechning old
qismida shixta materiallarini yuklash uchun darchalar mavjud. Orqa
devorida esa erigan metall va shlakni chiqarish uchun maxsus
teshiklar bo‘lib, ularga novlar o ‘matilgan. Suyuq metallni pechdan
ravon chiqishi uchun uning tubi va devorlari ma’lum qiyalikda
ishlangan.
Pech ju ft regeneratorlarga ega. Pech vannasidagi shixtani eritish
uchun regeneratorlarda 1880-2000°C ga qizdirilgan yonuvchi gaz
pech bo‘shlig‘idagi havo kislorodi hisobiga yondiriladi. Buning uchun
jarayonning boshlanishida pechga haydalayotgan gaz bilan havo
I200-1300°C gacha qizdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |