Mavzulashgan



Download 9,75 Mb.
bet17/28
Sana09.03.2022
Hajmi9,75 Mb.
#487303
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
5-sinf geografiya fanidan mavzulashgan savo-javob 2020 compressed

DARYOLAR.


  1. Daryo nima? J- O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi.

  2. O‘zan nima? J- Daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi hisoblanadi.

  3. Nima uchun daryolar qurib qoladi? J- Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.

  4. Daryo boshlanadigan joy nima deb ataladi? J- Uning manbayi deb ataladi.

  5. Yurtimizdagi Sirdaryo va Amudaryo qayerdan boshlanadi? J-Baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi.

  6. Volga daryosi qayerdan boshlanadi? J: Volga daryosi tekislikda, Valday qirlari buloqlardan boshlanadi.

  7. Irmoqlar deb nimaga aytiladi? J- Daryoga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga aytiladi.

  8. Daryoning mansabi deb nimaga aytiladi? J-Ko‘pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi. Daryoning okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi daryoning mansabi deyiladi.

  9. Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga nimani hosil qiladi? J- Daryo sistemasini hosil qiladi.

  10. Daryo havzasi deb nimaga aytiladi? J- Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi.

  11. Dunyodagi eng sersuv daryo qaysi? J- – Amazonka daryosi dunyodagi eng sersuv daryo, Janubiy Amerikada joylashgan.

  12. Uning uzunligi qancha? J- 6400 km ni tashkil qiladi.

  13. Amazonka havzasi eng katta havza bo‘lib, maydoni qancha? J-7 mln km2 dan iborat.

  14. Suvayirg'ich deb nimaga aytiladi? J- Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara suvayirgich deyiladi.






  1. Suvayirgichlar tog‘larning qaysi qismiga togri keladi? J- Qirralariga, tekisliklarda esa balandroq joylarga to‘g‘ri keladi.

  2. Tog‘ daryolari tekislik daryolaridan qanday farqqiladi? J- Juda tez oqadi, vodiylari tor va chuqur bo‘ladi.

  3. Ko‘p daryolar tog‘lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga qaysi daryolar kiradi? J-Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

  4. Sirdaryo qaysi tog'dan boshlanadi? J-Tyanshan tog‘larida 6 000 m ga yaqin balandlikdan Norin nomi bilan boshlanadi.

  5. Daryolar tog‘lardan yemirib, oqizib kelgan tog‘ jinslari tekislikda cho‘kib qanday jinslar hosil bo’ladi? J- Cho‘kindi jinslarni hosil qiladi.

  6. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning saralanib cho‘kishi qonuniyatini kim aniqlagan? J- birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

  7. Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib nimalarni hosil qiladi? J- sharsharalar hosil qiladi.




  1. Dunyodagi eng baland sharshara qaysi? J- Janubiy Amerikada, Churun daryosidagi Anxel sharsharasi.

  2. Anxelning balandligi qancha? J- Uning balandligi 1054 m. Lekin suvi ko‘p emas.

  3. Eng sersuv sharsharalardan biri qaysi? J- Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir.

  4. Bu sharsharada suv necha m balanddan otilib turadi? J-48 m balandlikdan otilib tushadi.
  5. Viktoriya sharsharasi qaysi materikda? J- Afrikada.


  6. Unda suv necha m balanddan pastga otilib tushadi? J- 120 m balanddan otilib tushadi.

  7. Daryolarga suv qayerdan keladi? J-Daryolar yomg‘ir, qor, muz suv¬¬lari, buloqlar suvlaridan to‘yinadi.

  8. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar qanday suvlardan toyinadi? J- Tog‘lardagi muzliklar suvi bilan to‘yinadi. Ular yozda sersuv bo‘ladi Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi.

  9. Aralash toyinuvchi daryolar deb nimaga aytiladi? J- Ba’zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi. Bunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar deyiladi. Masalan, Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiradi.

  10. Mamlakatimizda daryo suvlaridan tejab tergab foydalanish maqsadida qanday ishlar qilinmoqda? J- Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta’minlaydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Mamlakatimizda suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari qurilgan, kanal va ariqlar qazilgan, qurg‘oqchil yerlarga suv chiqarilgan. Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi.

KO‘L VA MUZLIKLAR.


  1. Ko'l deb nimaga aytiladi? J- Quruqlik yuzasida yer usti va yer osti suvlari oqib tushadigan chuqurliklar ko‘p. Ana shunday tabiiy chuqurliklarda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi.

  2. Ko‘llar dengizlardan nimasi bilan farq qiladi? J- Okeanlar bilan tutashmagan bo‘ladi.

  3. Yer yuzidagi eng katta ko'l qaysi? J- Kaspiy ko‘li.

  4. Kaspiy ko'lining maydoni qancha? J-Maydoni 376 ming km2 ni tashkil qiladi.

  5. Dunyodagi eng chuqur ko'l qaysi? J- Eng chuqur ko‘l Baykal.

  6. Baykal ko'lining chuqurligi qancha? J- Chuqurligi 1620 m.

  7. O‘rta Osiyodagi eng katta ko‘llardan biri qaysi? J- Orol dengizidir.

  8. Hozirgi vaqtda Orol dengizining axvoli qanday? J- suvi qurib, maydoni juda kichrayib qolgan.

  9. Tektonik ko'l deb nimaga aytiladi? J- Yer po‘stining yorilishidan ham ko‘pincha uzun cho‘zilgan chuqurliklar vujudga keladi. Bunday chuqurliklar suvga to‘lib hosil bo‘lgan ko‘llar tektonik ko‘llar deyiladi. Issiqko‘l va Baykal ko‘llari shunday ko‘llardir.


  10. Download 9,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish